Авторы

  • Abbosjon Jumayev
    Zarmed universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.98852

Ключевые слова:

ma’rifatparvar elchi yozuvchi rassom xattot olim islohotchi mirza madrasa asar amir ulamo.

Аннотация

Ushbu maqolada Buxorolik  ma’rifatparvar, yozuvchi, rassom, xattot, olim Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik faoliyati manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek maqolada yirik ulamo Ahmad Donish o’z asarlarida tarix, falsafa, astronomiya masalalarini bayon etganligi,  Buxoro amirining elchisi sifatida faoliyat yuritganligi, islohotchilik g’oyalarini ilgari surganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.


background image

`

40

AHMAD DONISH BUXORIYNING MA’RIFATPARVARLIK FAOLIYATI VA ILMIY

ME’ROSI

Jumayev Abbosjon Akmalovich

Zarmed universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15561729

Annotasiya

Ushbu maqolada Buxorolik ma’rifatparvar, yozuvchi, rassom, xattot, olim Ahmad

Donishning ma’rifatparvarlik faoliyati manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek

maqolada yirik ulamo Ahmad Donish o’z asarlarida tarix, falsafa, astronomiya masalalarini
bayon etganligi, Buxoro amirining elchisi sifatida faoliyat yuritganligi, islohotchilik g’oyalarini
ilgari surganligi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar.

ma’rifatparvar, elchi, yozuvchi, rassom, xattot, olim, islohotchi, mirza,

madrasa, asar, amir, ulamo.


Ahmad Donish Maxdum ibn Nosir 1826-yilda Buxoroda mudarris oilasida tug’ilgan va

1897 yilda Buxoroda vafot etgan. Ahmad Donish-yozuvchi, rassom, xattot, olim, ma’rifatparvar.
Nosir o’g’li Ahmad Donish XIX– asrda Buxoro taraqqiyparvar muhitining yuzaga kelishida
muhim o’rin tutgan. Tojik tilida ijod qilgan. Ahmad Donish boshlang’ich savodni onasidan
olgan, so’ng maktabda, madrasada tahsil ko’rgan. Adabiyot, tarix, falsafa, tibbiyot,
matematika, astronomiya ilmini mustaqil o’rgangan. Xattotlik, rassomlik va naqqoshlikni
yaxshi bilgan, munajjimlikdan yaxshi xabardorligi bilan Nasrulloxon nazariga tushgan. 1857,
1869, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilarining mirzasi bo’lib, Rossiya (Peterburg) ga borgan.
Safar taassurotlari asosida “Navodir ul-vaqoye’” (“Nodir voqyealar”) va “Tarjimai ahvoli
amironi Buxoro” (“Buxoro amirlarining tarjimai hollari”) kabi asarlar yozgan.
Ularda amirlik tuzumini isloh qilish masalasini ko’targan. Ahmad Donish 1865 yilda Amir
Muzaffar taklifi bilan “Manozir ul-kavokib” (“Sayyoralarning joylashishlari”) nomli
astronomiya (ilmi nujum)ga oid kitob yozgan. 1870-1873 yillarda islohot haqida “Risolai dar
nazmi tamaddun va taovun” (“Madaniyat va jamiyat tartibi haqida risola”) asarini yaratgan.

1857 yil Amir Nasrullo Peterburgga o’z elchilik delegasiyasini yuboradi. Elchilar

zimmasiga rus hukumatiga Nikolay I (1855) vafoti sabab ta’ziya izhor etish va yangi imperator
Aleksandr II taxtga o’tirgani bilan qutlash, ya’ni Rossiya va Buxoro o’zaro savdo aloqalarini
mustahkamlash va kengaytirish haqida shartnomalar boshlash majburiyati yuklatilgan edi.
Ahmad Donish amir hurmat e’tibori bilan elchilar delegasiyasining kotibi sifatida boradi.
Shaxsan Amir Nasrulloning Ahmad Donishga Rossiyadagi davlat qurilishi va uning hayotini
ko’rib, o’rganib kelishni topshiradi. Bu haqda Ahmad Donish shunday yozadi: “Menga shunday
topshiriq berilgan edi, mamlakat ichki tartiblarini o’rgan, davlat qurilishiga yaxshi e’tibor ber
va bu haqda amir janoblariga yetkaz. Biz qo’shni davlatlar hakida faqat savdogar va sayyohlar
so’zlaridangina bilamiz”.[11;172]

Ahmad Donish elchilar tarkibida Peterburgda bo’lib, Yevropa madaniyati, ilm-fan

sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi, mutafakkir
dunyoqarashida katta burilish yasadi va o’z taassurotlari ta’sirida Buxoroda mavjud tartiblarni
isloh qilish loyihasini olg’a surdi.[12;322]


background image

`

41

Ahmad Donish Peterburgda Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligining mas’ul kishisi bilan

yaqindan tanishadi. A.Donish uni namunali inson deb e’tirof etadi. Uning sharofati bilan
A.Donish rus xalqining hayoti va odatlari bilan tanishadi. Ahmad Donish rasmiy uchrashuvlarda
va qabullarda o’zini tutishi, tarbiyasi bilan hukmron doiralar orasida katta hurmat va ehtirom
qozonadi.[2;13]

1873 yili Chor Rossiyasining Xiva xonligiga qilgan yurishining g’alabasi imperator

Aleksandr II ning qizi Mariyaning ingliz shahzodasi Alfred bilan bo’ladigan to’yi munosabati
bilan Buxoro amiri Peterburgga Abdulqodir Dodho boshchilik elchilar delegasiyasini sovg’a
salomlar bilan jo’natadi. Elchining birinchi o’rinbosari etib Ahmad Donish tayinlanadi. Shunday
qilib Buxoro elchilari Peterburgga 1874 yil 6 yanvarda yetib kelib, u yerda 1,5 oycha
bo’ladilar.[11;82]

Elchilik chog’ida A.Donish bir qator rus hukmron doiralari tomonidan yana ham katta

hurmatga sazovor bo’ldi. Imperatorning o’zi, bir suhbatda Donishga “Menga seni ma’lumotli,
ilmli inson, bu yerda 2-3 marta bo’lgan deb maqtashdi. Ammo nima uchun rus tilini
o’rganmading?”. Ahmad Donish unga: “Men sizning yurtingizga kelganimda kunu-tun sayohat
qilaman, ustaxonalarda, teatrda bo’laman. Bir yerda o’tirib alifbo bilan shug’ullanishni
istamayman. Go’yoki yana boshqa bu yerlarga kelamanmi yo’qmi deb o’ylayman, hamma
qiziqarli joylarni ko’rishga oshiqaman”, -deb javob qaytaradi.[2;139]

Ahmad Donish Buxoroga qaytganidan so’ng Amir Muzaffar yana uni davlat devonida

mas’uliyatli amalni egallashga taklif qiladi. Biroq Ahmad Donish saroy ahli bilan o’tkazgan uzoq
yillik umri achchiq tajribadan iborat ekanligini biladi. U uzoq va sabr bilan amirni davlat
boshqaruvida islohotlar qilishga, ya’ni yuqori va saroy mansab, lavozimlariga bilimli insonlarni
tayinlashni uqtiradi. Ahmad Donish faqat shu yo’l bilangina mamlakatda tartib o’rnatib,
mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilash, xalqning turmush darajasini yaxshilash mumkinligini
tushunib yetadi.

Ahmad Donish Rossiya iqtisodiy-siyosiy hayoti bilan tanishgandan keyin Buxoro

amirligidagi mavjud tuzumni o’zgartirmasdan turib, o’z maqsadini amalga oshira olmasligiga
tushunib yetgan edi. Ahmad Donish o’zi yozgan “Davlat qurilishi va odamlarning o’zaro
munosabatlari haqida risola” asarini amirga ko’rsatib, agar shu lavozimga o’tirishimni
xohlasangiz, quyidagi talablarni bajarishini aytadi. Risolaning kirish qismida Ahmad Donish
quyidagicha yozadi: “shu satrlarni yoza turib, o’z g’ururim va bilimimga suyangan holda
hukmdorlar va harbiy boshiqlar bilan ish yuzasidan muloqotda bo’ldim. Va ko’rdimki ularni
atrofini yolg’onchilar, boylik orttirish payidagilar o’rab olgan, shuning uchun ular orasida
xizmat qilish juda qiyin va men ulardan o’zimni chetga oldim. Agar amir meni o’z ilmiy
faoliyatimni tashlab, davlat devonida xizmat qilishimni xohlasa, boshqa davlatlardek davlat
boshqaruvini aniq bir tizimga solishi kerak. Albatta o’zbeklar (mang’it) orasida tartibni
o’rnatish albatta qiyin, shuning uchun men Yevropa davlatlari va amirlik davlat boshqaruvi
prinsiplarini o’zida ifodalagan risolani yozayapman. Agarda ular bunga (risola) amal qilsalar
men har kuni saroyga borib, u yerda 4-6 soatlab, kuchim yetgancha ishlayman. Agar bunga rozi
bo’lmasalar, meni kechirsinlar”.[4;104]

Shunday qilib, Ahmad Donish davlat tizimi va boshqarish tartibida Yevropaning ba’zi

peshqadam davlatlari hamda Rossiyaning davlatchilik tizimidagi ba’zi tamoyillar va tuzilmalar


background image

`

42

shaklini joriy etishni, asosiy e’tiborni davlat boshqaruvi tartibiga qaratishni, parlament tizimini
maqsadga muvofiq deb tan olishni lozim topgan edi.

Ammo afsuski, Ahmad Donish siyosiy qarashlari amir saroyidagi mansabdor shaxslarga

yoqmadi. Ma’lumki, amirlikning bu bosqichdagi tarixida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning
barcha sohalarida eski aqidalar ustun bo’lib, o’sha davr Buxoro O’rta Osiyoda diniy taassub
markaziga aylangan, misol sifatida, shuni ko’rsatish mumkinki, madrasalarda har qanday
dunyoviy ilmlarga zohir etilgan moyillik yoki qiziqish ta’qib ostiga olinib, “gunohkor” odamlar
jazoga tortilganlar. Bunday shaxslar kofir deb e’lon qilinib, xalqning nafratiga yo’liqtirilar edi.
Natijada Ahmad Donish ham zamonning shu oqimida “qurbonlar” qatoriga aylandi.[7;13]

Amir va uning atrofidagilar Ahmad Donishning bu taklifini jim tingladilar. Donishning bu

botirligi ular uchun, ya’ni Buxoro hukmdorlari uchun qo’pollik, noshukrlik deb qabul qilindi.
Endi Amir Donishni nafaqat davlat xizmati, balki uni saroy atrofidan, hatto Buxoroning o’zidan
yo’qotishga bor kuchi bilan harakat qilib, jahl bilan: “Men uni Rossiyaga elchilik tarkibida
jo’natsam, u bo’lsa menga o’rgatmoqchi bo’lyapti. Men unga boshqa rahm qilmayman”,- deydi.
Donish buni eshitib o’z do’stlariga: “Men endi bularga boshqa xizmat qilishni istamayman”, -
deydi.

Shundan so’ng, Ahmad Donishning mashhurligi oshib, uning taraqqiyparvarlik g’oya va

fikrlari o’z asarlarida namoyon bo’lib, o’sha davrning eng oldi ilm ahli va shoirlari orasida tez
va keng yoyila boshladi. Bundan qo’rqgan amir, Ahmad Donishni Buxorodan chiqarib yuborish
yo’lini izladi. Chunki amir Ahmad Donishning isloh qilishga undovchi g’oyalari bilan
boshqalarga ta’siri kuchayishidan qo’rqgan edi. 1882-yil Ahmad Donishni G’uzorga qozi qilib
jo’natishadi. 1885-yilda esa u Narpayga qozi bo’lib ketadi. Keyin u qozilik lavozimidan
chetlashtirilib, Zafarxo’ja kutubxonasining mudiri etib tayinlanadi. 1889 yil sentyabrigacha shu
lavozimda faoliyat yuritadi. Ahmad Donish Amir Muzaffar o’limidan so’ng Buxoroga qaytadi va
butunlay ijodga sho’ng’iydi.

Ahmad Donishni o’zbek qabilalarini tarixi masalalari ham qiziqtirgan. U o’z xatlarining

birida 92 ta turli xil o’zbek qabilalarining hayoti va tarixiga oid ma’lumotlar to’plaganini xabar
qiladi.[8;290]

Ahmad Donishning tarjimai xoli, ijodiga doir muhim ma’lumotlar uning “Daftari taqsim”

degan kundaligida keltirilgan. Ahmad Donishning ijtimoiy ilmlar sohasida Markaziy Osiyoning
o’tmish tarixi, fani, adabiyoti, davlatchiligi, dini kabi masalalariga oid hamda o’ziga xos
mazmunga ega bo’lgan she’riy asarlar yaratish bilan birga, tabiiy ilmlar, xususan astronomiya,
kosmologiya muammolari ustida ham mutassil tadqiqotlar olib borgan va bu sohada qator
asarlar yozib qoldirgan.[12;323]

Ayniqsa, Ahmad Donish Peterburgda o’z bilimini rus fani muvafaqqiyatlari bilan boyitdi.

Sadriddin Ayniy o’z esdaliklarida Ahmad Donish haqida quyidagilarni yozadi: “Kunlardan bir
kuni kechqurun Miri Arab madrasasining ichki katta darvozasi supachalarida shogirdlar va
muallim odatdagicha o’tirishgan bir paytda, ko’chadan baland bo’yli bir kishi kirib keldi. U og’ir
qadam tashlab madrasa sahniga chiqdi. Kiraverishda o’tirgan mutavalli va muallimlar haligi
kishi ko’rinishi bilanoq o’rinlaridan turib, unga muloyim salom berdilar”.[1;61]

Ahmad Donish “Navodir-ul-vaqoye” degan asar yozib, barcha muammolarni yechish

yo’lida shu asarini yo’lboshchi qonun sifatida ko’rsatishga uringan. “Navodir-ul-vaqoye”


background image

`

43

A.Donishning eng yirik asari bo’lib, unda mutafakkirning turli masalalar to’g’risidagi fikrlari
bayon etilgan.

Mutafakkir o’zining bu shoh asarini butun umri davomida yozdi. Bu haqda Axmad Donish

“Navodir-ul– vaqoye” ning kirish qismida shunday yozadi: “...zamona ahlining qilgan ishlari,
ularning harakatlari menga yoqmas edi. Juda ko’nglim olinib, yuragim torayib ketganda qayg’u-
alamlarimni chiqarish uchun do’stlarim yoniga qalam ko’tarib borib qog’oz yuzini qoralash
bilan shug’ulanar edim”. [3;34] Bu qog’oz sahifalarini qora qilishimdan oydin va ravshan
ma’nolar kelib chiqar edi. …Mening mijozimni bilganlar shu yozilgan tarqoq varaqlarni tartibga
kiritilmagan hikoyalarni ko’rib:“ … agarda bu yozilgan narsalar shunday qolsa, shamolga
sovrilar, o’tga tushib yonar, suvga oqib ketur, shuning uchun o’z yozganlarimni boshqalarning
so’zlarini ajratib, bir to’plam qilib kitob holiga kiritsin, sendan shu qoladi, do’stlaring uchun
esdalik bo’ladi, yo’qliginda bor bo’lib, o’lganingda tirilasan”,- dedilar. Yozganlarimni
do’stlarning xotiri deb tarqoq holda kitobga aytantirdim. Bu kitobga “Navodir-ul-vaqoye” deb
nom berdim”.[3;35]

Ahmad Donishning “Navodir-ul-voqoye” yirik falsafiy asardir. Donish unda falsafaning

ko’p masalalari bo’yicha so’z yuritadi va bu masalalarni hal qilishga urinadi. Masalan o’rta asr
falsafasida keng tarqalgan tavakkul nazariyasini tanqid etib bunday deb yozadi: “Agar kishi
tavakkulga ishonib harakat qilmasa, mehnat kechirish va qiyinchilikda, kambag’allik bilan
hayot kechirish yoki mo’l-ko’llikda yashash qismatda bor ekan, deb aytsa, unday kishi xato
qiladi. Demak, u aqlli emas”. [3;121]

Ahmad Donish kishilarni g’ayratli bo’lishga, maqsadni ko’zda tutilgan foydali ishga

qaratishga, o’z xususiy ishlariga o’ralib qolmay, qaysi yo’l bilan bo’lsa ham xalq uchun foyda
keltirishga da’vat qiladi. Donishning fikricha, kishining qilgan sa’yi-harakati, yolg’iz o’z nonini
topish, kundalik qorin to’ydirishga o’lchab qiladigan kishi eng past himmatli kishidir. [3;124]

Ma’rifatparvar olim Ahmad Donishning mehnat qilish haqidagi quyidagi fikrlarini

keltiradi: biror joyda mehnat qilmay, dangasalik bilan kun o’tkazgan odam bu dunyoda ham, u
dunyoda ham obro’ topolmaydi. So’ng Ahmad Donish o’zining mehnat qilish haqidagi fikrlarini
yakunlaganday bo’lib: “Dunyoda zahmatsiz rohat, tashvishsiz ne’mat topilishi mumkin emas”,-
deb yozadi. Ahmad Donish bu fikrni davom ettirib, dunyoda yashash, mehnat qilish uchun biror
kasb-hunarning boshini ushlash kerak, degan g’oyani ilgari suradi.

Ahmad Donish «Navodir-ul-vaqoye»ning “O’g’illarga vasiyat…” qismida quyidagilarni

yozadi: “…sizlarga aytadigan mening vasiyatim shulki, sizlar xalqning hojatini chiqaradigan bir
hunarni boshini ushlanglar; shu bilan jamiyatga ham yordam qilgan bo’lasizlar… Qaysi bir
hunar, qaysi bir kasbni qilmoqchi bo’lsanglar, undan kutilgan maqsad xalq uchun foyda
yetkazish bo’lsin”.[3;325]

Ahmad Donish qarashlarida, xususan “Navodir-ul-vaqoye” asarida falsafa va tarix

uyg’unlashib ketgan. Bir tarafdan uning o’zi yashagan davr tarixini asarlarida to’laqonli
ifodalagan bo’lsa, ikkinchi tomondan, har bir voqyea-hodisani falsafiy tahlil etib, ilmiy xulosalar
bilan boytigan. Tarixiy voqyealar va ularni mushohada etish, tahlil qilish, ya’ni tarix va falsafa
bu ikki yo’nalish bir-birini to’ldirib, tadqiqot jarayonlarini tushunishda yordam beradi va
mantiqan bir-birini taqozo etadi.


background image

`

44

Ahmad Donishning fikricha, davlatning eng birinchi vazifasi – xalq haqida g’amxo’rlik

qilishdir. Donish davlat hokimiyatini taxtda o’tirgan insonga o’xshatadi. Uni ko’rish uchun 5
narsa kerak: adolat, qo’shin, xalq, suv, xazina.[2;49]

Ahmad Donish o’zining yana bir yirik asari bo’lmish “Buxoro amirlari qisqacha tarixi”da

rus va boshqa chet ellik savdogar va sayyohlarning Buxoroga tashrifi chog’ida ularni yaxshi
kutib olinmay, aksincha ular hibsga olinib, ularning mol-mulki musodara qilinib, tortib olingani,
buning oqibatida buxorolik savdogarlarning Orenburgda hibsga olinganligi va boshqa bir qator
salbiy oqibatlari haqida yozib, buning hammasi johil va o’zbilarmon vazirning buyrug’i bilan
bo’lganligini ta’kidlaydi.[5;64]

Ahmad Donish Amir Muzaffar va uning amaldorlariga Amudaryo kanalini qurish haqida

fikr beradi. Ammo bundan hyech narsa chiqmaydi., chunki mamlakatda kanal qurish rejasi
amirlik hukumatining rejasida yo’q edi.[9;192]

Mutaffakir olim Ahmad Donish o’z asarlarida mavjud maktab va madrasalarni tubdan

isloh qilish kerakligini qayta-qayta ta’kidlab Buxoroda ham yevropacha ta’lim tizimi bo’lishini
orzu qilgan, ilm va fan juda orqada qolganligidan afsuslangan.[6;95]

Ahmad Donish mamlakatda ko’pgina bolalar tarbiyaga muhtojligini, agar bular “tarbiyat

topmasalar ularning vujudlaridan dinga, Vatanga zarar yetishi mumkinligini” [6;3] kuyunib
e’tirof etgan. U o’zining “Buxorodan Peterburgga sayohat” nomli asarida “yuqori martabali
kishilar masjidlar qoshida amal qilib turgan boshlang’ich maktab o’qituvchilari, so’ngra esa
madrasa mudarrislari bergan ta’lim bilan cheklanib qolganligi” juda tashvishli hol ekanligini
qayd etgan. [2;226] Ammo zamona taraqqiyparvarlarining bu fikrlari hukumat tomonidan
e’tiborga olinmadi.

Ahmad Donish mudarrislik kasbining mashaqqatlari haqida “kunduz kuni muallim o’z

o’quvchilari bilan mashg’ulotda band bo’ladi, kechqurun esa ertangi kungi mashg’ulotlarga
tayyorlanadi, xullas u umr bo’yi o’qiydi va o’z kasbi bilan muttasil, tanaffussiz shug’ullanadi”,
degan fikrlarni bayon qilgan.[2;224]

XIX asr oxirida Ahmad Donish ham maktab va madrasalarda o’qitishni isloh qilish g’oyasi

bilan chiqadi. Sadriddin Ayniyning xotirlashicha “Buxoroning porloq yulduzi Ahmad Donish”
o’z kitobida rasmiy mullalarni keskin tanqid qilib, ulamo va umaro orasida bo’lgan
tartibsizliklarni ochib bergan, dars usullarining nuqsonlarini va Buxoro madrasalarida
o’qitilaturgon darslarning bir narsaga yaramasligini hyech kimdan qo’rqmasdan oshkor etgan”
[1;198]

Ahmad Donish “Davlat qurilishi va kishilarning o’zaro munosabatlari haqida risola”sida

Amir Muzaffarga murojaat qilib, mamlakatda islohotlar o’tkazishni da’vat etadi. Ammo amir va
uning yaqinlari uning bu islohotchilik g’oyalariga javob berishni ham lozim topmaydilar.
Ahmad Donishning g’oyalarini zamonasining ilg’or ziyolilaridan Mulla Karomat, Dilkash,
Muhammad Solih, Mulla Iskandar, Qori Kamol, Muztarib va Mir Otajon kabi qator
zamondoshlari qo’llab-quvvatlaydilar. Uning “Navodir ul-vaqoye” nomli kitobi ham shu
g’oyalar bilan sug’orilgan edi.[2;16]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Ahmad Donishning ijtimoiy g’oyalari o’z davri uchun

juda muhim ahamiyatga ega edi. Donish mavjud iqtisodiy-siyosiy tuzumning taraqqiyotiga g’ov
bo’lib qolganligini ko’rsatadi va bu g’oyani olib tashlash yo’llarini qidiradi. Yirik ulamo va
ma’rifatparvarlar Ahmad Donish Buxoroda islom dinini isloh qilish fikri bilan chiqib, muayyan


background image

`

45

dasturlar tuzgan edi. Ahmad Donishning asarlarida bayon qilgan ijtimoiy-siyosiy qarashlari
mamlakat rivojida alohida ahamiyatga ega. U davlat va aql, davlat va mulk o’rtasidagi
munosabatlarni oydinlashtiradi, davlatning vazifalarini belgilab berdi, davlat boshqaruv
tizimini o’zgartirish masalasini ilgari surdi, mamlakat ravnaqi uchun bajarilish kerak bo’lgan
choralarni ishlab chiqdi, adolatli, ma’rifatparvar hukmdor g’oyasini rivojlantirdi, uning
majburiyatlari, vazifalarini ko’rsatib berdi, diniy va dunyoviy ishlarga ijobiy munosabatini
bayon etdi, baxtli va farovon hayot uchun kurashdi. Ahmad Donishdek o’z yurtini jondan aziz
bilgan, sevgan, fidoyi, ma’rifatparvar ajdodlarimiz nomi xalqimiz yodida abadiy qoladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar // Asarlar. – Toshkent: 1963. I-tom. -

B.198.
2.

Ahmad Donish. Puteshestviye iz Buxarы v Peterburg. – Stalinabad: Tadjikgosizdat, 1960.-

S.298.
3.

Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoye (Nodir voqyealar). Fors-tojikchadan A.Hamroyev va

A.Shokirov tarjimasi. – Toshkent: Fan, 1964.-B- 412.
4.

Ahmadi Donish. Parchaho az. «Navodir-ul-vaqoye’» [Nodir voqyealardan parchalar].

Stalinobod, 1957 g. S.104.
5.

A.Donish. Istoriya mangitskoy dinastii, perevod, predisloviye i primecheniya.

I.A.Nadjafeva. Dushanbe, 1967. S.64.
6.

Ahmad Maxdumi Donish. Risola yo muxtasare az ta’rixi saltanati xonadoni mang’itiya.-–

Stalinobod: Nashriyoti davlati Tojikiston, 1960.- S. 97.
7.

Abdulloh Tohiriyon. «Ahmad Donish va tarixiy sharoit» «Sino». –T., 2008./29.B-18

8.

Mo’minov I. O’zbekiston ijtimoiy – falsafiy tafakkuri tarixidan (XIX asrning oxirlari va XX

asrning boshlari) –Toshkent: O’zSSR FA, 1960.- B.90.
9.

Radjabov Z. Iz istorii obщyestvenno-politicheskoy mыsli tadjikskogo naroda vo vtoroy

polovine XIX i v nachale XX vv.- Stalinabad, 1957.- S.457.
10.

Rahmon Muiniy. Ahmad Donish hayoti haqida. Buxoro. 2007.-B.36

11.

Tashkulov D. Iz istorii politicheskix i provavыx ucheniy XVII-XVIII vv. – Moskva:

Yuridicheskaya literatura, 1989. –S.172
12.

Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent, 1999.B. 325

Библиографические ссылки

Ayniy S. Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar // Asarlar. – Toshkent: 1963. I-tom. - B.198.

Ahmad Donish. Puteshestviye iz Buxarы v Peterburg. – Stalinabad: Tadjikgosizdat, 1960.-S.298.

Ahmad Donish. Navodir ul-vaqoye (Nodir voqyealar). Fors-tojikchadan A.Hamroyev va A.Shokirov tarjimasi. – Toshkent: Fan, 1964.-B- 412.

Ahmadi Donish. Parchaho az. «Navodir-ul-vaqoye’» [Nodir voqyealardan parchalar]. Stalinobod, 1957 g. S.104.

A.Donish. Istoriya mangitskoy dinastii, perevod, predisloviye i primecheniya. I.A.Nadjafeva. Dushanbe, 1967. S.64.

Ahmad Maxdumi Donish. Risola yo muxtasare az ta’rixi saltanati xonadoni mang’itiya.-– Stalinobod: Nashriyoti davlati Tojikiston, 1960.- S. 97.

Abdulloh Tohiriyon. «Ahmad Donish va tarixiy sharoit» «Sino». –T., 2008./29.B-18

Mo’minov I. O’zbekiston ijtimoiy – falsafiy tafakkuri tarixidan (XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlari) –Toshkent: O’zSSR FA, 1960.- B.90.

Radjabov Z. Iz istorii obщyestvenno-politicheskoy mыsli tadjikskogo naroda vo vtoroy polovine XIX i v nachale XX vv.- Stalinabad, 1957.- S.457.

Rahmon Muiniy. Ahmad Donish hayoti haqida. Buxoro. 2007.-B.36

Tashkulov D. Iz istorii politicheskix i provavыx ucheniy XVII-XVIII vv. – Moskva: Yuridicheskaya literatura, 1989. –S.172

Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. –Toshkent, 1999.B. 325