Том 4 № 16 (2025)

Том 4 № 16 (2025)
Опубликован: 15-06-2025

Статьи

4-7 138 29

ZAMONAVIY AMALIY ILOVALAR VA KOMPYUTER LINGVISTIKASI

Gulmira Qo‘ymurodova

Ushbu maqolada kompyuter lingvistikasi fanining shakllanishi, nazariy asoslari va zamonaviy amaliy ilovalari haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. O‘zbek tilshunosligida bu yo‘nalishning qo‘llanilishi, xorijiy va mahalliy yondashuvlar taqqoslab o‘rganiladi. Kompyuter lingvistikasi asosida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar, ularning ishlash prinsiplari, imkoniyatlari va kamchiliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada o‘zbek tili uchun yaratilayotgan korpuslar, avtomatik analizatorlar, tarjima tizimlari va boshqa NLP vositalarining hozirgi holati va istiqbollari yoritiladi.

8-13 85 39

KOREYA MAMLAKATSHUNOSLIGIGA OID O'QUV MATERIALLARINI ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI ASOSIDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Ahrorbek Erkinov

Ushbu maqolada koreys tili o'qitish jarayonida talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish uchun Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarini ishlab chiqish texnologiyasi tadqiq etilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida chet tili o'qitish faqat lingvistik ko'nikmalarni emas, balki o'rganilayotgan mamlakat madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlarini o'zlashtirish orqali ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish jarayonini ham qamrab olishi kerak. Tadqiqot jarayonida Koreya mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarini ishlab chiqish tamoyillari, metodlari va bosqichlari o'rganilgan hamda ularning talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Natijalar koreys mamlakatshunosligiga oid o'quv materiallarining talabalarda nafaqat til ko'nikmalarini, balki koreys madaniyati, milliy qadriyatlari va dunyoqarashini tushunish qobiliyatini ham rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatishini isbotlaydi.

14-16 859 149

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Farxod Egamberdiyev, Ruxshona Islomova

Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi.

17-21 130 118

XALQ OʻYINLARI ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH QADIMIY TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Gulchehra Xakimova , Nodira Ustamova , Dilfuza Nurmamatova

Mazkur maqolada xalq oʻyinlarining axloqiy tarbiya berishdagi oʻrni, tarixiy ildizlari hamda zamonaviy taʼlim tizimidagi amaliy ahamiyati yoritiladi. Oʻzbek xalqining boy madaniy merosi tarkibida alohida oʻrin tutuvchi anʼanaviy oʻyinlar yosh avlodda halollik, doʻstlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilgani asoslab beriladi. Maqolada qadimiy oʻyinlarning mazmuni tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy jihatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan solishtiriladi. Shu bilan birga, xalq oʻyinlaridan taʼlim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish yo‘llari, ularni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishiga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq oʻyinlari nafaqat madaniy meros sifatida, balki maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya vositasi sifatida ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi davomida shakllangan an’anaviy oʻyinlari yosh avlodni ma’naviy yetuk, ijtimoiy faol va sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Maqolada qadimdan beri xalq orasida mashhur bo‘lgan “Ko‘z bog‘lash”, “Qiz-quvdi”, “Uloq-ko‘pkari”, “Besh tosh” kabi o‘yinlar misolida axloqiy fazilatlar – halollik, jamoada ishlash, katta-kichikka hurmat, mardlik, sabr-toqat kabi insoniy qadriyatlar qanday shakllanganligi tahlil qilinadi.

22-26 58 27

MULTI- STAGE MOMENT-BASED OPTIMIZATION: ANALYSIS AND APPLICATION OF THE ADAM ALGORITHM

E.N. Muminov , A. A. Tillaboev, S.Sh. Qobilov

In the era of deep learning and large-scale artificial intelligence systems, the importance of efficient optimization algorithms has significantly increased. Neural networks, particularly those with deep and complex architectures, rely heavily on gradient-based iterative methods to update model parameters by minimizing a loss function. Among these methods, the Adam (Adaptive Moment Estimation) algorithm has emerged as a widely adopted solution due to its adaptive learning capability and robust convergence behavior. Originally introduced by D. Kingma and J. Ba in 2015, Adam integrates the advantages of both Stochastic Gradient Descent (SGD) and RMSprop algorithms, addressing several limitations of traditional approaches, such as fixed learning rates, slow convergence, oscillatory updates, and sensitivity to noisy gradients [1][2].

27-30 54 35

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIMIY MARSHRUTINI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI

Gulchehra Xakimova, Nodira Ustamova, Aziza Qodirova

Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar, imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limiy marshrutini tashkil etish bosqichlari haqida so'z yuritilgan.

31-34 75 67

MINTAQAVIY INTEGRATSIYANING NAZARIY ASOSLARI VA MARKAZIY OSIYO MISOLIDA IQTISODIY HAMKORLIKNING KONSEPTUAL RIVOJLANISHI

Kamoliddin Sulaymanov

Ushbu ilmiy ishda mintaqaviy integratsiya jarayonining nazariy asoslari hamda Markaziy Osiyo, xususan, MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi konseptual tahlil qilinadi. G‘arb olimlari (Karl Deutsch, Bela Balassa, Ernst Haas, Stanley Hoffmann, Alexander Cooley, Richard Pomfret), MDH tajribasi hamda O‘zbekistonlik tadqiqotchilar (R. Alimov, A. Azizov, N. Murodov, S. Sayfullayev va boshqalar)ning fikrlari asosida mintaqaviy integratsiyaning siyosiy, iqtisodiy va institutsional xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining amaliy tajribasi va uning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy hamkorlikka ta’siri alohida tahlil qilinadi.

35-40 79 40

SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI

Nilufar Mansurova

Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Yevropa Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) tahlil qilinib, ularning oʻxshash va farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tezisda, sunʼiy intellekt texnologiyalari va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik masalalari ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish sohasida muhim qadamlar qoʻygan boʻlsa-da, qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy tizimni rivojlantirish zarur.

41-43 79 41

DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIDA GENDER TENGLIGINING INKLYUZIVLIK VA SAMARADORLIKDAGI O‘RNI

Malika Boboraxmatova

Mazkur tezisda hozirgi kunda davlat boshqaruvi tizimida gender tengligining inklyuzivlik va samaradorlikdagi o‘rnini atroflicha o‘rganib uni amaliyotga talqin qilishga oid ishlar tahlil qilingan. Barcha davlatlarda tobora o‘zining ahamiyatini oshirib borayotgan erkaklar hamda ayollar o‘rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish uchun qonunchilik hujjatlari ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan.

44-46 57 30

ERGONIMLARNING RIVOJLANISHI, SHAKLLANISHI VA ZAMONAVIY ONOMASTIKADAGI O‘RNI

Muborak Salohiddinova

Ushbu maqolada ergonim tushunchasi, uning shakllanish omillari va zamonaviy onomastikadagi roli atroflicha yoritilgan. Ergonimlarning iqtisodiy va madaniy hayotdagi funksiyalari, o‘zbek tilida shakllangan ergonimlar misollar asosida tahlil qilingan. Maqola ergonimlar orqali kommunikatsiya va iqtisodiy muvaffaqiyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi.

47-48 56 26

O’SIMLIKLARDAN OLINGAN ALKALOIDLAR VA ULARNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shodiyabonu Ismoilova

Alkaloidlar – azotli organik birikmalar bo’lib, ular ko’pincha dorivor o’simliklardan olinadi  va meditsina, farmatsiya, toksikologiya sohalarida keng qo’llaniladi, asosan esa o’simliklarda  uchraydi va ko’plab farmalogik xususiyatlarga ega. Ushbu maqolada alkaloidlarning manbalari, kimyoviy tuzilmalari, farmalogik xususiyatlari va tibbiyotdagi qo’llanilishi yoritiladi.

49-51 74 31

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARI ILM FAN TARAQQIYOTI

Abdulla Tursunov

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyotiga koʻrsatgan taʼsiri yoritilgan. Urush sharoitida ham ilm-fan rivojida davom etganlik, texnik loyihalash va ishlab chiqarish sohalarida yirik natijalarga erishilganligi asosli dalillar bilan ko‘rsatib berildi.

52-54 427 86

FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI QAHRAMONLARI. ULARNING KEYING DAVR EPIK POEZIYASIGA KO`CHISHI

Zarnigor Xoliqulova

Ushbu maqolada buyuk fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiyning jahon durdonalari, dunyo eposlari orasida va abadiy insoniyat merosi orasida millatning oliy adabiy durdonasi hisoblangan “Shohnoma” asaridagi afsonaviy va mifologik qahramonlar bilan bir qatorda tarixiy personajlar ta`rifi va ularning keying davr adabiyotiga ko`chishi haqida mulohaza yuritiladi.

55-58 55 24

OSMON VA YER KONSEPTINING QIYOSIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI (J.R.R. TOLKIENNING THE SILMARILLION VA A.NAVOIYNING LISON UT-TAYR ASARLARI ASOSIDA)

Suhrob Abdusalimov

Osmon va yer konseptlari qadimgi davrdan boshlab adabiyotning asosiy adabiy elementlardan biridir. Ushbu maqolada J.R.R. Tolkienning  The Silmarillion va A.Navoiyning Lison ut-Tayr asarlari asosida osmon va yer konseptining qiyosiy-tipologik xususiyatlari  yoritib berilgan.

59-62 54 17

YOSHLARNI IJTIMOIY FANLARGA QIZIQTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Abdulboqi Xakimov , Sherbek Jurakulov

Ushbu maqolada yosh avlodni ijtimoiy fanlarga – tarix, huquq, falsafa, sotsiologiya, psixologiya kabi sohalarga jalb etish yo‘llari, ularning dolzarbligi, zamonaviy yondashuvlar, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim muassasalarining o‘quv metodikasi, interaktiv vositalar va sun’iy intellektdan foydalanish orqali yoshlarning ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

63-67 51 37

ПРИЗВАНИЕ И САМООТВЕРЖЕННОСТЬ В СПОРТЕ - ВАЖНЕЙШИЕ КОМПОНЕНТЫ ДОСТИЖЕНИЯ УСПЕХА

Бахтиёр Султанов

Статья посвящена социально-философскому исследованию этических категорий «призвания» и «самоотверженности» в спорте как ключевых факторов, определяющих путь к успеху. Исследуются ключевые понятия, такие как «слава», «призвание», «служение» и «миссия», в контексте спорта, рассматривая их как важнейшие компоненты, способствующие достижению успеха. Рассматривается взаимосвязь понятий долга и личной ответственности в контексте спортивной деятельности. Чувство долга помогает в преодолении трудностей, формируя у спортсменов стойкость и приверженность своим целям.

68-72 59 55

BIOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV PLATFORMALAR IMKONIYATLARI

Nozima Nuriddinova

Mazkur maqolada biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati, ayniqsa, interaktiv platformalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqolada biologiya darslarini vizuallashtirish, laboratoriya tajribalarini virtual tarzda o‘tkazish va fanlararo integratsiyani ta’minlashda raqamli vositalarning afzalliklari keltirib o‘tiladi. Shuningdek, ilg‘or platformalar – Google Classroom, Kahoot, PhET, BioMan Biology kabi vositalar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi oshishi, bilimlarni interaktiv tarzda o‘zlashtirish imkoniyatlari yoritilgan.

73-75 43 14

THE CONCEPT OF CORRUPTION AND ITS LEGAL ESSENCE

Diyorbek Kunarov

Corruption is one of the most pressing challenges to modern legal systems and public governance. It undermines the integrity of institutions, erodes the rule of law, and impedes socio-economic development. This thesis seeks to explore the legal essence of corruption through the lens of national and international legal norms. The study outlines legal definitions, classifications, causes, and regulatory frameworks aimed at curbing corruption. It also highlights systemic obstacles to enforcement, assesses existing preventive mechanisms, and offers recommendations for enhancing legal effectiveness in combating corrupt practices. Through a doctrinal legal research methodology, this thesis underscores the necessity of aligning anti-corruption efforts with principles of transparency, accountability, and good governance.

76-78 76 30

MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV YONDASHUVLAR: MUAMMO VA YECHIMLAR

Laylo Bekbo‘sinova

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvlarning dolzarbligi, joriy etilish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar hamda ularni samarali hal etish yo‘llari yoritilgan. Inklyuziv ta’lim har bir bolaning imkoniyatlarini hisobga olgan holda teng va sifatli ta’lim olish huquqini ta’minlaydi. Shu sababli, maktabgacha yoshdagi bolalarni inklyuziv muhitga moslashtirish, maxsus ehtiyojli bolalarni ijtimoiylashtirish va rivojlantirish muhim masala hisoblanadi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida inklyuziv ta’lim muammolari tahlil qilingan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

79-84 69 19

ИШНИ СУДГА ҚАДАР ЮРИТИШДА ДАЛИЛАРНИ ТЎПЛАШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Зокиржон Жабборов, Самандарҳўжа Бозоров

Мақолада ишни судга қадар юритишда далилларни тўплаш тушунчаси илмий ва қиёсий-ҳуқуқий жиҳатдан таҳлил қилинган. Шу билан бирга, далилларни тўплаш институтини такомиллаштиришга оид тавсиялар илгари сурилган.

85-90 58 21

ИШНИ СУДГА ҚАДАР ЮРИТИШ БОСҚИЧИДА ДАЛИЛЛАР ТЎПЛАШНИНГ ЎЗИГА ХОС ҲУСУСИЯТЛАРИ

Шахзодбек Суюнов , Бексултон Бурхонов

Ишни судга қадар юритиш босқичида далиллар тўплаш – жиноят ёки фуқаролик ишларини ҳал этишда асосий босқичлардан бири ҳисобланади. Бу босқичда далилларни тўплашнинг ўзига хослиги – уларнинг турлари, тўплаш усуллари ва ҳуқуқий асослари билан боғлиқ. Судгача тергов жараёнида далилларнинг қонунийлиги, тўғри ва холис йиғилишига алоҳида эътибор қаратилади. Шунингдек, далилларни тўплашда ҳуқуқий нормаларга риоя қилиш, шахсларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш муҳимдир. Судгача далиллар асосида иш ҳужжатлантирилиб, кейинчалик судда тақдим этилади, шу билан ишнинг ҳақиқатга мувофиқ ечим топиши таъминланади.

91-96 54 40

TALONCHILIK JINOYATINI TERGOV QILISHDA KECHIKTIRIB BO’LMAS TERGOV HARAKATLARINING AHAMIYATI

Shahzodbek Suyunov, Zebo Ilhomova

Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilishini, jabrlanuvchining xayoti yoki sog’lig’i uchun bevosta xavfli bo’lmagan zo‘rlik ishlatish  yoki shunday zo‘rlik ishlatish  bilan qo‘rqitishga asoslangan usulini, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni, huddi shuningdek ushbu jinoyatni tergov qilishda tergovga qadar tekshiruv davrida kechiktirib bo’lmas tergov harakatlarining ahamiyatini, mazkur jinoyatlarni fosh etishning kriminalistik va amaliy tahlillarini yoritib o’tgan. Talonchilik jinoyatining jamiyatda xavfsizlik va mulk daxlsizligiga salbiy ta’siri xususida xulosa qilingan.

97-101 69 41

FIRIBGARLIK JINOYATINING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI VA ULARNI TERGOV QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKALARI

Axrorjon Ashirboyev, Shodiyorbek Qo’qonboyev

Muallif ushbu maqolada firibgarlik jinoyatining hozirgi kunda tarqalayotgan zamonaviy ko’rinishlari, ularni tergov qilishni takomillashtirish metodikasilari, o’ziga xos xususiyatlari, ularning turlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish ytuzasidan takliflar berilgan.

102-107 46 46

АЙБГА ИҚРОРЛИК ТЎҒРИСИДАГИ КЕЛИШУВ ИНСТИТУТИНИ ҚЎЛЛАШ ЖАРАЁНИДА ГУМОН ҚИЛИНУВЧИ ВА АЙБЛАНУВЧИНИ ҲИМОЯЛАНИШ ҲУҚУҚИ БИЛАН ТАЪМИНЛАШ

Нажмиддин Усмоналиев, Жамшидбек Мадазимов

Мақолада айбга иқрорлик тўғрисидаги келишув институтини ижобий ва салбий жиҳатлари ҳамда мазкур институт билан боғлиқ қонунчиликдаги бўшлиқлар ҳақида фикр юритилган. Шунингдек, жиноят ишларини юритиш жараёнида рағбатлантирувчи нормаларнинг янада самарали ишлашига олиб келувчи таклиф-тавсиялар ишлаб чиқилган.

108-112 60 26

AYBLANUVCHINI HIMOYACHI BILAN TA'MINLASH SHARTLARI

Shukrullo Agoev , Javlonbek Mardonov

Ushbu ishda ayblanuvchini himoyachi bilan ta'minlashning huquqiy, ijtimoiy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Ishning maqsadi – qonunchilikka asoslangan holda ayblanuvchini samarali himoya qilish mexanizmlarini aniqlash va takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatishdir. Ishda xalqaro standartlar, milliy qonunchilik va sud amaliyotidan misollar keltirilgan.

113-119 41 30

МАМЛАКАТИМИЗДА ИНСОН ГЕНОМИ МАЪЛУМОТЛАРИНИНГ ЯГОНА МАЪЛУМОТЛАР БАЗАСИНИ ЯРАТИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ҲУҚУҚИЙ ЗАРУРИЯТИ

Шахзодбек Суюнов, Иброҳим Ортиқов

Мамлакатимизда инсон геноми маълумотларининг ягона маълумотлар базасини яратиш ижтимоий-ҳуқуқий зарурияти ва геном бўйича давлат рўйхатига олиш тартиби бўйича мазкур мақолада муҳим нуқталар муҳокама қилинади. Геном маълумотларини сақлаш ва уларни ушбу ягона маълумотлар базасига жойлаштириш ҳуқуқни муҳофаза қилиш соҳасида янги имкониятларни очади.

120-125 93 28

РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Манзура Ирисбаева , Наталья Серегеева

В связи с развитием информационных технологий, изменением требований современного рынка труда в настоящее время актуализируется вопрос применения цифровых технологий в образовательном пространстве. Цифровые технологии являются неотъемлемой частью жизни общества, дают широкие возможности для формирования компетентности специалиста. В статье рассмотрены основные цифровые образовательные технологии, среди которых выделяются такие, как: облачная технология, мобильное пространство, веб-квест, онлайн-курсы и игрофикация.

126-128 69 20

O‘ZBEK TILIDAGI TO‘Y BILAN BOG‘LIQ LINGVOMADANIY BIRLIKLAR TAHLILI

Durdona Mahammadova , Nigora Raxmatullayeva

Mazkur maqolada antroposentrik tilshunoslik yo‘nalishlaridan sanaluvchi lingvomadaniyatshunoslikning asosiy tushunchalari haqida so‘z yuritiladi. Til birliklarini lingvomadaniy tahlil qilishning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.

129-132 50 24

Сунъий сув ҳавзалардан фильтрацияни ҳисоблаш

Исломбек Анваров , Журабек Ўзбеков , Зилола Ашуралиева , Мамлакат Хўжақулова

Базида сув билан тўйинган тупроқларнинг сиқилиши ёки тупроқ қатламларида сувни  қуйиш пайтида сув омбор ёки сунъий хавзалардаги тебранишлар даражаси билан боғлиқ бўлган барқарор  бўлмаган фильтрация муаммоларини хал қилиш талаб қилинади. Бунда ўзгарувчан босим ҳолатида узлуксизлик тенгламасидан фойдаланилади

133-135 171 28

EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARNI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Muxlisa Rasulova , S.A. Xurramov

Eroziya — bu yer resurslarining degradatsiyasiga olib keluvchi eng xavfli tabiiy va antropogen jarayonlardan biridir. Tuproq unumdorligining pasayishi, hosildorlikning keskin kamayishi, suv va shamol eroziyasining kengayib borishi O‘zbekiston hududida, xususan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil zonalarda dolzarb ekologik muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu ilmiy ishda eroziyaga uchragan yerlarni samarali boshqarish masalalari, ularning monitoringi, degradatsiyalangan yerlarning rekultivatsiyasi va resurs tejamkor texnologiyalar asosida muhofaza qilish choralari o‘rganiladi.

136-139 76 17

Doimiy magnitli sinxron dvigatellar: tuzilishi, ishlash prinsipi va elektromobillarda qo‘llanilishi

Sirojiddin Mutalibov , A. Akmalxonov

Ushbu maqola doimiy magnitli sinxron dvigatellarning (PMSM) elektromobillarda qo‘llanilishi, tuzilishi va ishlash prinsipiga bag‘ishlangan. Maqolada PMSM’ning stator, rotor va inverterdan iborat tuzilishi, elektromagnit induksiya asosidagi ishlash mexanizmi va energiya samaradorligi atroflicha yoritiladi. Dvigatelning afzalliklari (yuqori samaradorlik, ixcham dizayn) va kamchiliklari (seyrek tuproq materiallariga bog‘liqlik, yuqori xarajatlar) tahlil qilinadi. So‘nggi yutuqlar, jumladan, seyrek tuproqsiz texnologiyalar, yog‘li sovutish tizimlari va in-wheel dvigatellar kabi innovatsiyalar muhokama qilinadi. Maqola elektromobil dvigatellari sohasidagi kelajak istiqbollariga ham to‘xtalib, muhandislik mutaxassislari, talabalar va texnologiyaga qiziquvchilar uchun foydali manba sifatida xizmat qiladi.

140-143 62 43

JAZONI IJRO ETISH MUASSASASIDAN QAYTGAN MAHKUMLAR BILAN PSIXOLOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA ULARNING ASOSIY PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Nazokat Matniyazova

Ushbu maqolada jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan fuqarolar bilan olib boriladigan psixologik ishlar mazmun-mohiyati yoritilgan. Asosan, sobiq mahkumlarning jamiyatga qayta moslashuvi, ular duch keladigan asosiy psixologik muammolar — ruhiy tushkunlik, ijtimoiy chetlanish, o‘ziga ishonchsizlik, ish topishdagi muammolar va oila bilan munosabatlardagi murakkabliklar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, bunday shaxslar bilan individual va guruh shaklidagi psixologik ishlar, maslahatlar, treninglar, reabilitatsiya yondashuvlari haqida ilmiy-amaliy asosda tavsiyalar berilgan. Maqola psixologlar, ijtimoiy ishchilar va jazoni ijro etish tizimi bilan ishlovchi mutaxassislar uchun foydali nazariy va amaliy manba bo‘la oladi.

144-146 57 19

AGROSANOAT KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNING ZARURIYATI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Shoira Xaydarova

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yangi pogonaga ko‘tarish shu kunning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, bu borada kichik va o‘rta biznes sub‘ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ko‘lami va sifatini, shu jumladan tadbirkorlik sub‘ektlari (fermer xo’jaliklari va qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta  ishlaydigan kichik va o‘rta korxonalar)da iqtisodiy masalalar bo‘yicha turli maslaxatlar va kredit berish xizmatlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, autsorsing xizmatlaridan foydalanish kabi vazifalarni amalga oshirish muhimdir

147-150 86 29

O'zbekiston korxonalarida buxgalteriya hisobi tizimining vazifalari, obyektlari va xalqaro standartlarga moslashuvi

Sitora Qurbonova

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini mustaqil fan sifatida rivojlantirish, shuningdek, amaliyotda kompaniyalar boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro standartlarga moslashtirish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi buxgalteriya hisobi sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda xalqaro standartlarga to‘liq javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi.

151-153 76 18

THE ROLE OF ICT IN INCLUSIVE EDUCATION

Inclusive education aims to ensure that all individuals, regardless of their abilities or backgrounds, have access to quality education. ICT plays a crucial role in making education more accessible, personalized, and inclusive. This article analyzes the role of ICT in promoting inclusive education, current trends, and best practices globally and in Uzbekistan.

154-160 71 27

XALQARO INDEXLARDA O’ZBEKISTONDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINING TUTGAN O’RNI

Shoxrux Qurbonov

Mazkur maqolada xalqaro indexlarda O’zbekistonda elektron hukumat tizimining tutgan o’rni haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.O’zbekiston elektron hukumat tizimining boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda baholanishi haqida fikrlar keltirilgan. Ushbu tashkilotlarning baholash mezonlari orasida davlat xizmatlarining raqamlashtirish darajasi, fuqarolar va biznes subyektlari uchun elektron xizmatlarning mavjudligi va sifati, ma’muriy jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning ochiq va erkin olinish imkoniyatlari, kiberxavfsizlik darajasi va raqamli savodxonlik ko‘rsatkichlari haqida asoslab berilgan.

161-165 65 23

KORROZIYAGA CHIDAMLI KONSTRUKSION MATERIALLAR VA ULARNI HIMOYALASH USULLARI

Shaxrizoda Nuridillayeva

Mazkur ishda korroziyaga uchraydigan konstruksion materiallar va ularning himoya usullari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan. Metall va metallsiz materiallarning korroziyaga qarshi chidamlilik darajalari, ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda sanoat muhitida ishlatilish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, himoyalash usullari — mexanik qoplamalar, bo‘yama, elektrokimyoviy himoya va kimyoviy inhibitorlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston sanoatida korroziyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, mavjud muammolar va istiqbolli echimlar haqida fikr yuritilgan.

166-169 47 18

THE ROLE OF THE TEACHER IN FEVELOPING CRITICAL THINKING

Mukarram Xushvaqtova

This article explores the vital role of the teacher in fostering critical thinking in the modern educational environment. It defines critical thinking as a reflective, analytical, and independent cognitive process and highlights its importance for academic success, informed decision-making, and global citizenship. The paper discusses practical strategies such as open-ended questioning, modeling thought processes, classroom discussions, and real-life problem-solving to enhance critical thinking. Moreover, it addresses common challenges educators face, including rigid curricula and limited training, and emphasizes the need for supportive and flexible learning environments. A case study illustrates how project-based learning can effectively engage students in critical inquiry. Ultimately, the article underscores that developing critical thinking is not optional but essential, and teachers are key to making this transformation possible.

170-173 60 18

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI INNOVATSION METODLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Rustambek O’rinov, Ergashali Tolipov

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual kompetentligini shakllantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Intellektual kompetentsiya tushunchasi va uning motivatsion, kognitiv, metakognitiv tarkibiy qismlari tavsiflanadi. Shuningdek, talabalarda ushbu kompetentsiyani rivojlantirish ahamiyati ta’kidlanadi. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar – xususan interfaol usullar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Ushbu metodlarning samaradorligi va amaliy qo‘llanilishi misollar bilan yoritib berilgan. Yozuvda ilmiy uslubga rioya qilingan, dalillarga asoslangan xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.

174 54 27

АНЕМИЧЕСКИЙ СИНДРОМ ПРИ ХРОНИЧЕСКИХ ПИЕЛОНЕФРИТАХ У ДЕТЕЙ

М.Ш. Ганиева, Д.С. Ходжаева

За последние годы накоплено достаточное количество исследований, в которых анемия считается важным фактором риска прогрессирования хронических болезней почек, порой ускоряющих развитие терминальной стадии ХПН. Это связано с развивающейся тканевой гипоксией, усуглубляющей существующее поражение почечной паренхимы с развитием фиброза тканей.