46
TAYANCH-HARAKAT APPARATI BUZILGAN O‘QUVCHILARNI KORREKSION
O‘QITISH
Raxmatova Dilshoda Rahimova
Buxoro innovatsion tibbiyot texnikumi
Anatomiya va fiziologiya fan o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14630819
Maqsad.
Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishini o`rganishdan iborat.
Material va metodlar.
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo‘lgan bolalarda asosiy
buzilish harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 % ini
serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik va nutqiy buzilishlar
bilan birga namoyon bo‘ladi. Shu bois bu kabi bolalar nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga,
balki psixologik-pedagogik va logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo`ladilar va bolalar
o`ratasida korreksion o`qitishni yo`lga qo`yish.
Natija va taxlillar.
Кo‘pgina tortishuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan usullardan biri
bo‘lib, o‘tgan asrning 40 yillarida o‘z ibtidosini boshlagan, harbiy shifokor, amerikalik Glen
Doman tomonidan ishlab chiqilgan. Glen Doman urush yillarida og‘ir miya jarohati olgan
bolalarni davolaydi. Bemor bolalarga katta katta qizil harfli so‘zlar yozilgan kartochkalar
ko‘rsatilardi va bir vaqtning o‘zida unda yozilgaso‘zlar talaffuz qilinardi. Darslar juda qisqa
bo‘lib, 5-10 soniya davom etar, ammo kun davomida bir necha marotaba takrorlanardi. Bu
shaklda mashg‘ulotlarda ishtirok etgan falaj holatida yotgan bolalar sekin-asta harakat qila
boshlaydi, keyinchalik emaklash, yurish va hatto sog‘lom bolalar kabi yugurish qobiliyatlari
ham tiklanadi. Shu sababli, Glen Doman bir vaqtni o‘zida ham oddiy hamda genial xulosaga
keladi: ko‘zni doimiy ravishda stimulyatsiya qilish miya faoliyatining umumiy faollashishiga
sabab bo‘ladi. Shundan so‘ngra Domen bu usulni sog‘lom bolalar orasida ko‘radi. Bola
tug‘ilgandan e’tiboran, unga bu kabi kartochkalar ko‘rsatiladi. Kartochkadagi so‘zlar turli
tuman bo‘lishi mumkin: nuqtalardan iborat sonlar, qizil rang bilan yozilgan harflar, hayvonlar
rasmi, arboblar rasmi, tabiat hodisalari . Bunday kartochkalarni Doman: ma’lumot bitlari
(binary digit), deb atardi. Kartochkalar kun davomida bolaga bir necha marta, bir necha
soniyaga ko‘rsatilardi. Doman o‘z usulini qo‘llash natijasida daholarni tarbiya qilishiga
ishonardi. Bu fikrni ko‘pgina pedagog va psixologlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qarash
natijasida yuzaga kelgan taassurotlar muhim ekanligini tan olishlari ham tasdiqlaydi.
Xulosa.
Tayanch-harakat apparatining tug‘ma patologiyasi; sonning tug‘ma chiqqanligi;
bo‘yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi
rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari;
qo‘li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik) bolalar o`rtasida keng
qo`llash va korreksion metodni tadbiq qilish.
References:
1.
http://www.kompy.info/pedagogika-kafedrasi-umumiy-pedagogika.html?page=92
https://azkurs.org/korrektsion-pedagogika-asoslari-inklyuziv-talim-ipslusive-
3.
https://cyberleninka.ru/article/n/harakat-tayanch-a-zolari-jarohatlangan-bolalar-
anomalbolalar-toifasidan-biri-sifatida.
