MA’NAVIY EHTIYOJLAR SHAKLLANISHIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYALARINING O`RNI

Аннотация

Jamiyat sohalaridagi yangiliklar, ixtirolar, yutuqlar butun insoniyatning mulkiga aylanmoqda. Bugungi kunda har qanday ahamiyatli, qiziq g‘oyalarning, foydali va foydasiz axborotning, texnologiyalarning, mahsulotlarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
26-30
45

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Jabborov , J. ., & Norsubxonova , D. . (2025). MA’NAVIY EHTIYOJLAR SHAKLLANISHIDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYALARINING O`RNI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(1), 26–30. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63131
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jamiyat sohalaridagi yangiliklar, ixtirolar, yutuqlar butun insoniyatning mulkiga aylanmoqda. Bugungi kunda har qanday ahamiyatli, qiziq g‘oyalarning, foydali va foydasiz axborotning, texnologiyalarning, mahsulotlarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishiga guvoh bo‘lmoqdamiz.


background image

26

MA’NAVIY EHTIYOJLAR SHAKLLANISHIDA ZAMONAVIY AXBOROT

KOMMUNIKATSIYALARINING O`RNI

Jabborov Jamshid Azimovich

Falsafa fanl. bo`y. falsafa doktori (PhD), dots.v.b

Norsubxonova Dilshoda Jamshid qizi

Talaba

Xalqaro innovatsion universitet (Qarshi, O`zbekiston)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14620473

Jamiyat sohalaridagi yangiliklar, ixtirolar, yutuqlar butun insoniyatning mulkiga

aylanmoqda. Bugungi kunda har qanday ahamiyatli, qiziq g‘oyalarning, foydali va foydasiz
axborotning, texnologiyalarning, mahsulotlarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishiga guvoh
bo‘lmoqdamiz.

Zamonaviy jamiyatda texnologiyalar rivoji nafaqat ishlab chiqarish texnologiyalari, uy-

ro‘zg‘or buyumlari, tovarlar va axborotlar tarqalishiga, shun-ingdek, madaniy mahsulotlar
iste’moliga ham ulkan ta’sir ko‘rsatmoqdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali virtual
muloqotlar, har xil elektron o‘yinlar va ommaviy madaniyatning boshqa standartlashgan,
mazmunan sayoz, ba’zan odamlarni chalg‘ituvchi, ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
mahsulotlar yaratilib, insonlar tomonidan iste’mol qilinmoqda.

Globallashuv sharoitida IT-sohasidagi yangiliklardan xabarsiz qolish, ilm-fan yutuqlari

va kashfiyotlardan foydalanmaslik insonni, muayyan jamiyat, hattoki, tabiiy resurslarga boy
davlatlarni ham zamondan bir necha yillar orqada qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Texnologiyalar tizimida IT-sohasi yetakchilik qilmoqda: davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ishlab
chiqarish (zavod va fabrikalar), ijtimoiy institutlar faoliyati, ta’lim tizimi, madaniyat, sog‘liqni
saqlash, sport va hokazolarni texnologiyalarsiz tasavvur qilish mushkul. Zamonaviy jamiyatda
transport, aloqa va axborot tizimida, savdo, xizmat ko‘rsatish hamda bank sohalarida,
shuningdek qishloq xo‘jaligida ham mulkchilikning barcha zamonaviy shakllarini qaror
toptirish bevosita texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qoldi.

Insonning har qanday ehtiyojlarining qondirilishi va yuksalishi jamiyatdagi ijobiy

o‘zgarishlar bilan hamohang tarzda davom etadi. Lekin, texnologiyalar rivojlanishi insoniyat
taqdiri uchun ko‘plab xavotirli holatlarni ham yuzaga keltirmoqda, texnokratik qarashlar
ustunlik qilishiga, insoniy munosabatlar tanazzulga uchrashiga, begonalashish kuchayib,
axloqiy me’yorlar darz ketishiga olib kelmoqda.

Mashhur olim A.Erkaev texnokratik qarashlar haqida quyidagi mulohazalarni bildirgan:

umuman olganda jamiyat va insonga, ma’naviy hayotga biryoqlama yondashuvdir.
Texnokratik qarashlar birinchi navbatda insonning ko‘ngil dunyosini, insonning tuyg‘ulari,
kechinmalari, ehtiroslarini, ular bilan bog‘liq orzu-havaslarini inkor qiladi, yoki ularga
ikkinchi darajali hodisa, insonning zaifligi, deb qaraydi. Ustuvorlik aqlga, bilimga, aniq va real
hisob-kitob asosida puxta ishlab chiqilgan rejaga (orzu-havasga emas) beriladi. Texnokratik
qarashlar o‘z baholarida maqsadga muvofiqlik tamoyilga tayanadi. Texnokratik qarashlarga
muvofiq madaniyat mahsulotlari, adabiyot va san’at asarlari faqat odamlarning ma’lum
axborotga nisbatan ehtiyojini qondiradi, ovutadi, dam oldiradi, bo‘sh vaqtini to‘ldiradi, ruhiy
va jismoniy charchog‘ini chiqarib organizmning funksiyalarini tiklaydi. Shu sababli ular
kerakli va foydali. Lekin ular jamiyatning birorta jiddiy muammosini yechib berolmaydi. Shu
sababdan ikkilamchi ahamiyatga ega. Texnokratik qarashlar adabiyot va san’atning inson


background image

27

ruhiyati, kashfiyoti va yaratuvchanligini, nozik tuyg‘ulari, qudratli ehtiroslari ekanligini yaxshi
tushunmaydi. Inson insoniy tuyg‘ularsiz – uyat, hayo, vijdon amri, vijdon azobi, burch, adolat,
go‘zallik, mexr-oqibat, muhabbat, hamdardlik, hayrixohlik va shu kabi tuyg‘ularsiz hayvondan
farq qilmas edi [1].

Texnokratik qarashlar ustunlik qilib, an’anaviy qadriyatlar – oilaviy qadriyatlar,

qarindoshlik, do‘stlik, o‘rtoqlik, aksariyat axloqiy, estetik qadriyatlar inkor qilingan joyda oila
va nikoh instituti yemirilmoqda.

Postmodern jamiyat ziddiyatlaridan, balki, potensial tarzda eng havflisi milliy va

umuminsoniy mumtoz qadriyatlar deformatsiyaga uchrayotgani qatorida sun’iy intellektning
inson ongiga, ehtiyojlari qondirilishida qarama-qarshi tendensiyalarni keltirib chiqarishidir.
Sun’iy intellekt bir tomondan, insonga murakkab texnik, kognitiv masalalarni yechishda
yordam beradi. Ammo, ikkinchi tomondan, uni kompyuterning yoki murakkab smart-texnik
qurilmaning bir bo‘lagiga aylanib qolish havfini tug‘diradi. Ushbu munosabat bilan
E.Frommning o‘tgan asr o‘rtalaridayoq aytgan bir fikrini eslash lozim: “O‘tmishda havf shunda
ediki, inson qulga aylantirilar edi, kelajak havfi shundaki, odamlar robotga aylanishi mumkin”
[2].

Sun’iy intellekt – bu globallashuv jarayonlari ta’sirida keng e’tibor qilinayotgan, tezkor

hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali insonning aql-idrok jarayonlarini
texnologiyalarga ko‘chirish, sodda qilib aytganda, sun’iy intellekt texnologiyalarini odam kabi
o‘ylash va yechim topishga yo‘naltirilgan jarayondir. Hozirgi sun’iy intellekt (SI) inson
yaratgan dasturlarga to‘la qaram, dasturdan chetga chiqa olmaydi.

Hozirda, odamlar va mashinalar faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan ma’lumotlar hajmi,

odamlarni ushbu ma’lumotlarni o‘zlashtirishi, talqin qilishi va murakkab qarorlarni qabul
qilishi insonning aqliy darajasiga og‘irlik qilmoqda. Sun’iy intellekt yordamida kompyuterlar
va robot inson uchun murakkab muammolarni soniyalar ichida yechib berishga, turli ilmiy
bashoratlarni qilishga hizmat qilmoqda. Sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarning barcha
sohalariga kirib bormoqda. Ayniqsa, iqtisodiy sohalarda to‘g‘ri yechim topishi, kelajakda turli
iqtisodiy inqirozlarga duch kelmasligi, biznes sohasida kelajak bashoratlarini o‘rganish,
moliyaviy xizmatlarda firibgarlikni aniqlash, chakana savdoda mahsulotlarga ehtiyojni
bashorat qilish, mijozlar bilan onlayn muloqat qilish yoki masofaviy qo‘llab-quvvatlash
xizmatlarini amalga oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalinilmoqda.

Sun’iy intellektning foydali jihatlari bilan bir qatorda uning insoniyat uchun zararli

tomonlari olimlar tomonidan keng tadqiq etilmoqda. Insonning texnologiyalarga qaram
bo‘lishi, aqlli texnologiyalarning insoniyat ustidan hukmronlik qilishiga olib kelishi,
shuningdek, ommaviy ishsizlik ko‘rsatkichlari oshib ketishi eng katta muammo sifatida e’tirof
etilmoqda. Sun’iy intellektning madaniy ishlab chiqarish sohalariga salbiy ta’siri kuzatilishi
mumkin. Insonning mehnat qilish ehtiyoji (moddiy va ma’naviy mahsulotlarni yaratish, turli
xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalar) havf ostida qoladi (ishlab chiqarish tizimida robotlar
asosiy o‘rinni egallaydi).

IT-sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi milliarderlar ham sun’iy intellektning insoniyat

uchun havfli tomonlarini sanab o‘tishdi. Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask sun’iy
intellektning butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Uning fikricha,
“sun’iy intellekt insoniyat sivilizatsiyasining asosiy xavfidir. Sun’iy intellekt keltirib
chiqaradigan ommaviy muammolarnining asosi mehnat qilish ehtiyoji bilan bog‘liq. Chunki,


background image

28

robotlar barcha topshiriqni insondan ko‘ra yaxshiroq va sifatliroq bajara oladi. Zamonaviy
texnologiyalar ortidan quvish natijasida, gigant texnologik kompaniyalar sun’iy intellekt
ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko‘rmay qolishlari, paydo bo‘ladigan umuminsoniy
muammolarnining yechimi topilmasligi mumkin” [5].

Shuningdek, Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarariga to‘xtalib o‘tadi: “Bir necha

o‘n yildan so‘ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun’iy intellekt shu qadar
kuchayib ketadiki, yakunda u bizni xavotirga sola boshlaydi”[5].

Yuqoridagi bandlarda IT-sohasi haqida fikr bildirdik, uning insonlarga ijobiy va salbiy

jihatlarini tahlil qildik. Zamonaviy tehnologiyalarni internetsiz tasavvur etish mumkin emas.
Jamiyatning har bir sohasida internet kirib borgan: ta’lim tizimi, iqtisodiyot, siyosiy faoliyat,
tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va hokazo.

Insonlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda internet tarmog‘idan foydalanish

o‘zining samarasini bermoqda. Shu jihatlarini hisobga olib M.Quronboev global tarmoqning
quyidagi ijobiy jihatlarini sanab o‘tadi:

o

eng ommaviy, tezkor ma’lumot olish manbai;

o

real vaqt rejimida cheksiz norasmiy muloqot vositasi;

o

ko‘ngilochar o‘yinlar (musiqa, video o‘yinlar vab.);

o

reklama va tijorat uchun qulay vosita;

o

intellektual, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi;

o

masofaviy ta’lim imkonini beradi [3].
Fikrimizcha, internet tizimi jamiyat ma’naviy hayotiga keng ko‘lamda ijobiy (odamlar

dunyo go‘zalligidan bahra olishi (virtual sayohatlar), kino yoki shoular tomosha qilishi,
musiqalar tinglashi, muzeylardagi eksponatlarni, san’at asarlarini baholashi, dunyoning
istalgan kutubxonasidagi kitoblaridan, arxiv hujjatlaridan foydalanishi, ta’lim olish,
masofadan o‘qish, turli konferensiyalarda qatnashish, yig‘ilishlar o‘tkazish, fikrlar va g‘oyalar
bilan o‘rtoqlashish imkoniyatlarning vujudga kelishi) ta’sir o‘tkazadi. Internetdagi ijtimoiy
tarmoqlar orqali siz o‘z yaqinlaringiz bilan suhbatlashish, ovozli xabar yoki rasm, video xabar
orqali bir-biringizdan hol-ahvol so‘rab turish (virtual aloqa orqali oradagi masofa “minimum
darajada qisqaradi”), o‘zingizga hamsuhbat, maslakdosh topishingiz, bo‘sh vaqtlaringizda turli
xil elektron o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish imkoniyatingiz bor. Insoniyatni qiziqtirgan har
qanday axborotlarni: iqtisodiy, siyosiy, harbiy, madaniy-ma’naviy mazmundagi ma’lumotlarni
topish, undan foydalanish tezlashdi va osonlashdi. Yer yuzidagi barcha hukumat, jamoat va
nodavlat tashkilotlarning faoliyati internet bilan bog‘landi. Qisqacha qilib aytganda, internet –
XXI asr odamlari uchun madaniy mahsulotlar yaratuvchi va ma’naviy ehtiyojlarini
qondiruvchi asosiy vositasiga aylandi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy texnologiyalarning insonga salbiy

ta’sirini minimallashtirishga erishish uchun ta’lim-tarbiya, birinchi galda ma’naviy tarbiya
mazmunini, usul va vositalarini zamon talablarini hisobga olib, takomillashtirish zarur.

References:

1.

Жабборов, Ж.A. (2021). Интерпретация проблемы духовных потребностей в

научных исследованиях ученых нашей страны. Общество и инновации, 2(5/S), 484–491.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp484-491


background image

29

2.

Жабборов, А. М., Жабборов, И. А., & Жабборов, Ж. А. (2015). ЭТНИЧЕСКИЕ

СТЕРЕОТИПЫ И ПСИХОЛОГИЯ САМОБЫТНОСТИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Журнал
научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 80-83.
3.

Жабборов, А. М., & Жабборов, Ж. А. (2016). СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ

ЗНАЧИМОСТЬ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

УЗБЕКСКИХ

НАРОДНЫХ

ПОСЛОВИЦ

ПРИ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. Журнал научных
публикаций аспирантов и докторантов, (3), 93-95.
4.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар – жамият тараққиётининг мезони //

«Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний та
it-виміри» II Міжнародна наукова конференція. 22.10.2021. Харків, UKR. 40-43 бет.

https://doi.org/10.36074/mcnd-22.10.2021

5.

Жабборов Ж.А. Ўзбекистонда таълим-тарбия тизимини объектив заруратга

мослаштириш бўйича олиб борилаётган давлат сиёсати. BARQARORLIK VA YETAKCHI
TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. (6), 2021 y. 19-28 b.
6.

Жабборов Ж.А. Илм-фанда эҳтиёжлар таснифи. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

2021.

https://doi.org/10.36074/logos-29.10.2021.v1.34

7.

Жабборов Ж.А. Постмодерн жамият зиддиятларининг маънавий эҳтиёжлар

юксалишига таъсири (фалсафий таҳлил). Традиційні та інноваційні підходи до
наукових досліджень, 149.
8.

Жабборов Ж.А. Мамлакатимиз олимларининг илмий тадқиқотларида маънавий

эҳтиёжлар муаммосининг талқини // Жамият ва инновациялар – Общество и
инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415. Impact
Factor: SJIF 2021 = 5.395. Б. 484-491.
9.

Jabborov J.A. Analysis of spiritual needs. ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary …, 2021.
10.

Jabborov J.A. Ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari. Innovative,

educational, natural and social sciences, VOLUME 1 | ISSUE 3, ISSN 2181-1784. 2021. 30-35 b.
11.

Жабборов Ж.А. Эҳтиёжлар тизимида - маънавий эҳтиёжлар. Актуальные вызовы

современной науки. II Международная научная конференция. 2017. С 62-64.
12.

Жабборов Ж.А. Ғарб олимларининг илмий тадқиқотларида эҳтиёжлар

тизимининг таҳлили. Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими
(электрон журнал). 2021. Б. 316-325.
13.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар–жамият тараққиётининг мезони. Матеріали

конференцій I Міжнародна наукова конференція «Трансформація суспільних наук:
соціально-економічний, лінгвістичний, політичний». Украина. 2021.
14.

Jabbarov J. A. Interpretatıon of needs ın the spırıtual herıtage of our ancestors. Best

journal of ınnovatıon ın scıence, research and development. ISSN: 2835-3579. 2023. SJIF:
5.493
15.

Джаббаров Д.А. (2023). ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОТРЕБНОСТЕЙ В ДУХОВНОМ

НАСЛЕДИИ НАШИХ ПРЕДКОВ. Лучший журнал инноваций в науке, исследованиях и
разработках,

633–636.

Источник

https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1158


background image

30

16.

Jabborov J.A. Society in his Life Spiritual of Needs Held Place. merican Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2(1), 48–51.
17.

Jabbarov J.A. INTERPRETATION OF NEEDS IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF OUR

ANCESTORS. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 633–636.
18.

Jabbarov, J. «INCREASING NEEDS IS AN IMPORTANT FACTOR OF SOCIETY'S

DEVELOPMENT». ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, т. 3, вып. 5, Zenodo, 5
февраль 2024 г., сс. 32–36, doi:10.5281/zenodo.10617432.

Библиографические ссылки

Жабборов, Ж.A. (2021). Интерпретация проблемы духовных потребностей в научных исследованиях ученых нашей страны. Общество и инновации, 2(5/S), 484–491. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp484-491

Жабборов, А. М., Жабборов, И. А., & Жабборов, Ж. А. (2015). ЭТНИЧЕСКИЕ СТЕРЕОТИПЫ И ПСИХОЛОГИЯ САМОБЫТНОСТИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 80-83.

Жабборов, А. М., & Жабборов, Ж. А. (2016). СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ ПРИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (3), 93-95.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар – жамият тараққиётининг мезони // «Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний та it-виміри» II Міжнародна наукова конференція. 22.10.2021. Харків, UKR. 40-43 бет. https://doi.org/10.36074/mcnd-22.10.2021

Жабборов Ж.А. Ўзбекистонда таълим-тарбия тизимини объектив заруратга мослаштириш бўйича олиб борилаётган давлат сиёсати. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. (6), 2021 y. 19-28 b.

Жабборов Ж.А. Илм-фанда эҳтиёжлар таснифи. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. 2021. https://doi.org/10.36074/logos-29.10.2021.v1.34

Жабборов Ж.А. Постмодерн жамият зиддиятларининг маънавий эҳтиёжлар юксалишига таъсири (фалсафий таҳлил). Традиційні та інноваційні підходи до наукових досліджень, 149.

Жабборов Ж.А. Мамлакатимиз олимларининг илмий тадқиқотларида маънавий эҳтиёжлар муаммосининг талқини // Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415. Impact Factor: SJIF 2021 = 5.395. Б. 484-491.

Jabborov J.A. Analysis of spiritual needs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary …, 2021.

Jabborov J.A. Ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari. Innovative, educational, natural and social sciences, VOLUME 1 | ISSUE 3, ISSN 2181-1784. 2021. 30-35 b.

Жабборов Ж.А. Эҳтиёжлар тизимида - маънавий эҳтиёжлар. Актуальные вызовы современной науки. II Международная научная конференция. 2017. С 62-64.

Жабборов Ж.А. Ғарб олимларининг илмий тадқиқотларида эҳтиёжлар тизимининг таҳлили. Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими (электрон журнал). 2021. Б. 316-325.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар–жамият тараққиётининг мезони. Матеріали конференцій I Міжнародна наукова конференція «Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний». Украина. 2021.

Jabbarov J. A. Interpretatıon of needs ın the spırıtual herıtage of our ancestors. Best journal of ınnovatıon ın scıence, research and development. ISSN: 2835-3579. 2023. SJIF: 5.493

Джаббаров Д.А. (2023). ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОТРЕБНОСТЕЙ В ДУХОВНОМ НАСЛЕДИИ НАШИХ ПРЕДКОВ. Лучший журнал инноваций в науке, исследованиях и разработках, 633–636. Источник — https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1158

Jabborov J.A. Society in his Life Spiritual of Needs Held Place. merican Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2(1), 48–51.

Jabbarov J.A. INTERPRETATION OF NEEDS IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF OUR ANCESTORS. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 633–636.

Jabbarov, J. «INCREASING NEEDS IS AN IMPORTANT FACTOR OF SOCIETY'S DEVELOPMENT». ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, т. 3, вып. 5, Zenodo, 5 февраль 2024 г., сс. 32–36, doi:10.5281/zenodo.10617432.