O‘ZBEK BALET SANʼATI GALIYA IZMAYLOVA NIGOHIDA

Аннотация

Balet (lotin tilidan olingan bo‘lib,  ballo - raqsga tushaman ma’nosini anglatadi) - asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, Baletning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
22-23
27

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Asqarova , M. (2025). O‘ZBEK BALET SANʼATI GALIYA IZMAYLOVA NIGOHIDA. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(1), 22–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63133
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Balet (lotin tilidan olingan bo‘lib,  ballo - raqsga tushaman ma’nosini anglatadi) - asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, Baletning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi.


background image

22

O‘ZBEK BALET SANʼATI GALIYA IZMAYLOVA NIGOHIDA

Asqarova Mushtariy

O‘zbekiston davlat xoreografiya akdemiyasi

san’atshunoslik yo‘nalishi 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14616145

Balet (lotin tilidan olingan bo‘lib, ballo - raqsga tushaman ma’nosini anglatadi) - asar

mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida
sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi,
bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, Baletning sintez markazi
boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom
hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda
asarning asosiy mazmuni, gʻoya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto koʻpincha
adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga
olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor Balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna
koʻrinishi, parda va nomerlarga boʻlinishi ssenariyda koʻrsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni
ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. Balet musiqasi
xoreografiyani yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Balet - musiqada yozilgan,
xoreografiyada gavdalantirilgan drama.

Balet bu balerinaning chinakam mehnati boʻlib, bu sanʼatda yutuqlarga erishish uchun

har kuni koʻp mehnat talab etilishi kerakligi demakdir.

Ehtimol, ba’zi insonlarga sahnada turli elementlarni bajarish juda ham onson ko‘rinar.

Hamma narsa unchalik oddiy tasavvurdagi emas. Chunki bitta balet elementini o‘rganish
uchun haftalar, oylar, yillar sarflash kerak.

O‘zbek balet san’atining ilk balerinasi, o‘zining yuksak mahorati va estetikasi bilan

ajralib turgan Galiya Izmaylova 1923 yil 12 fevralda Tomsk shahrida tug‘ilgan. Raqs san’atiga
о‘qishni balet maktabidan boshlab, sо‘ngra О‘zbekistondagi Xoreografiya oliy maktabida
davom ettiradi. 1941 yildan boshlab A.Navoiy nomli DAKT ning yakkaxon raqqosasi sifatida
ishlay boshladi va yarim asrga yaqin ushbu teatrning baletmeysteri va bosh baletmeysteri
sifatida ikki hissa о‘zbek opera va balet san’ati rivojida о‘z hissasini qо‘shdi. Balerina sifatida
ish faoliyatini boshlagan Galiya Izmaylova amaliy yakka tartibda sahnalashtirish jarayonlari
bilan, keyinchalik esa butun bir spektaklga raqs sahnalashtirish bilan qiziqib qoladi. Galiya
Izmaylova zamonaviy о‘zbek xoreografiya san’atining yorqin namoyondasi sifatida, milliy va
yevropa mumtoz an’analarini chuqur egallagan, о‘zining iqtidori, yuqori ijrochilik mahorati
bilan о‘zgacha ijodiy maktab tashkil qildi. Sharq va G‘arbning taniqli xoreograflari uning
iqtidorini nafaqat bizning mamlakatda balki butun jahonda tan oldilar. Milliy raqslardan
“Munojot”, “Tanovar”, “Dilxiroj”, jahon milliy mumtoz asarlaridan- “Amulet lyubvi”, “Layli va
Majnun”, “Oqqush kо‘li”, “Don Kixot”, “Karmen”, “Korsar”, “Raymonda” Galiya Izmaylova
timsolida yuqori darajada ijro etilib, о‘zbek san’atida oltin fondidan joy olgan. Balerina
mehribon murabbiy sifatida о‘nglab shogirdlar yetishtirib, ularga raqs sehrini о‘rgatdi. Galiya
Izmaylovaning milliy madaniyat va san’ati rivojiga qо‘shgan hissasi davlat tomonidan yuksak
darajada baholandi. Unga 1962 yilda О‘zbekiston xalq artisti, 1950 yilda Davlat mukofotlari,
“Mehnat shuhrati” va “Dо‘stlik” ordenlari, “Shuhrat” medali topshirilgan. Galiya Izmaylova
balet spektakllari uchun ham libretto yozgan. О‘zbek xalq milliy raqslarida yakkaxon raqqosa,
jahon xalqlari xoreografik miniatyurasi va mumtoz xoreografik balet spektakllarida xarakter


background image

23

baravariga о‘zini namoyish etdi. Uning birinchi mumtoz ishi namunali edi. G.Zavyalov bilan
hamkorlikda 1950 yilda Chaykovskiyning “Oqqush kо‘li” balet spektaklini qо‘yadi. Galiya
Izmaylova shuningdek 40 yaqin xalq va xarakter raqs kompozitsiyalarini yaratgandir. Hozirgi
kunga kelib DavAkKatTeatrida Galiya Izmaylova sahnalashtirgan raqslar, shuningdek
operada: “Samson va Dalila” ,”Umar Xayyam”, “Pikovaya dama”, “Yevgeniy Onegin”, “Layli va
Majnun”, “Zebuniso” qо‘yilib kelinmoqda. Balerinaning ijodiy portreti, baletning texnik va
emotsional tomonlarini birlashtirgan uslubi, shuningdek, yosh avlodni o‘rgatishdagi o‘zgacha
yondoshuvi san’atning yuqori nafisligini ko‘rsatib bera olganini ko‘rishimiz mumkin.
Izmaylova o‘zining pedagogik faoliyati orqali ko‘plab yoshlarni balet san’ati bilan tanishtirib,
yangi avlod balerinlarining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, Galiya
Izmaylovaning san’ati va faoliyati o‘zbek baletini o‘zida milliy xususiyatlar, an’anaviy
elementlar bilan boyitib, shu bilan birga, klassik baletning yuksak talablariga moslashtirishga
imkon berdi. Uning o‘zbek baletining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi bugungi kunda ham
o‘zbek san’ati tarixida katta ahamiyatga ega. U baletning o‘ziga xos ruhini, uning nafaqat
jismoniy, balki ma’naviy o‘lchamlarini ham to‘g‘ri tushungan san’atkor sifatida yodda qolgan.
Galiya Izmaylovaning yuksak texnikasi va ifodali raqs mahorati uni nafaqat o‘zbek baletida,
balki xalqaro balet sahnalarida ham yetakchi ijodkor nomini berdi. Balerinaning sahnadagi
chiqishlari nafaqat baletning klassik asoslariga sodiqligini, balki zamonaviy baletga oid yangi
yondashuvlarni ham o‘zida mujassam etgan. San’atkorning har bir chiqishi — bu
tomoshabinni bir butun hikoya orqali, ularni o‘zining ichki olamiga va hayol dunyosiga
mujassamlar edi.

Galiya Izmaylovaning merosi bugungi kunda ham o‘zbek baletining taraqqiyotida

muhim o‘rin tutib, uning ijodi va pedagogik faoliyati yosh balerinlarga ilhom manbai bo‘lib
qoldi. Balerina 87 yoshida 2010 yil 5 oktabrda Toshkent shahrida vafot etdi.

References:

1.

S.Sagatov, M.Muxamedova. “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati fidoyilari”, Toshkent 2019

2.

Avdeyeva L. Balet Uzbekistana. T., “Adabiyot va sanʼat”. 1973

3.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Balet.

Библиографические ссылки

S.Sagatov, M.Muxamedova. “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati fidoyilari”, Toshkent 2019

Avdeyeva L. Balet Uzbekistana. T., “Adabiyot va sanʼat”. 1973

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Balet.