YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Abstract

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilishi, bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev fikrlari, zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zarurati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
112-115
31

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Karshiyev , J. . (2025). YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI. Innovative Research in the Modern World: Theory and Practice, 4(1), 112–115. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdit/article/view/63145
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilishi, bu haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev fikrlari, zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zarurati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

112

YANGI O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING

KONSEPTUAL ASOSLARI

Karshiyev Jaxongir Abdirayimovich

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14699895

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini

shakllantirish mamlakatimizda maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilishi, bu
haqda Prezident Sh.M.Mirziyoyev fikrlari, zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson
kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zarurati to‘g‘risida
ma’lumotlar keltirilgan.

Аннотация:

В данной статье формирование человеческого капитала нового

поколения Нового Узбекистана осуществляется в нашей стране с дошкольного
возраста, рассматриваются взгляды Президента Ш.М.Мирзиёева на этот счет,
требования развития в современных условиях, необходимость. изучить человеческий
капитал как основной производитель и социальный фактор информации.

Abstract:

In this article, the formation of human capital in the new generation of New

Uzbekistan is carried out in our country from preschool age, the views of President Sh.M.
Mirziyoyev about this, the requirements of development in modern conditions, the need to
study human capital as the main producer and social factor. information about.

Tayanch tushunchalar:

Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun. ta'lim sohasidagi davlat siyosati.

pedogoglik kasbi. pedagogning lavozim majburiyatlari ta'lim tamoyillari.

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyilari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta
ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta'lim
muassasalari inson resurslarini rivojlantirishning poydevori, yoshlarda bilim,

dunyoqarash

va ma'naviyat asoslarini shakllantiruvchi asosiy maskan ekanini ta'kidladi.

Majlisda inson kapitaliga sarmoya kiritishni ko‘paytirish masalasi qat'iy qilib qo‘yildi.

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning
strategik mohiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan
"Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda" g‘oyasining ko‘tarilishi, “Yangi O‘zbekiston -
Uchinchi Renessans sari" deya belgilangan ulug‘ g‘oyaning belgilanishi va davlatimiz ijtimoiy
taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda
katta mas'uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi.

2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning

4-yo‘nalishida inson kapitalini rivojlantirish, 5-yo‘nalishda ma'naviy taraqqiyotni yangi
bosqichga olib chiqish ko‘zda tutildi.

Yangi O‘zbekistonning yangi avlodida Inson kapitalini shakllantirish mamlakatimizda

maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident
Sh.M.Mirziyoyev shunday dedi: “Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson
o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan
davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga
yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi

Inson kapitali bu - millatning birlashgan imkoniyatlari yig‘indisi. Tabiiy resurslar,

iqtisodiyotning sanoat va agrar sektorlari, oltin. valyuta zahiralari va boshqalar milliy


background image

113

boylikning doimiy kamayib boruvchi qismi. Ba'zi ekspertlarning fikricha ular 2020-yilga kelib,
rivojlangan mamlakatlar milliy boyligining 10%ga ham yetmay qoladi. Boshqacha qilib
aytganda. intellektual-ma'naviy omil milliy boylikning hal qiluvchi omiliga, davlat qudratining
eng muhim ko‘rsatkichi va jamiyatning rivojlanganlik darajasini belgilaydi

Inson kapitali haqida qisqacha to‘xtalamiz. Inson so‘zi uch ma'noda keladi. 1. Odam,

odamzod, bashar. 2. Har bir yakka shaxs; odam. 3. Kimsaga (odatda, salbiy munosabatli)
murojaat shakli

3

. Kapital - nemischa so‘z. Bosh, asosiy, degan ma'no- larni beradi. O‘zbek

tilining izohli lug‘ati"da u uch ma'noda keladi. 1.(iqt) - O‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun
foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul
mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k.). 2. Katta mablag‘, ko‘p pul, boylik. 3. (Ko‘chma
ma'noda) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan,
ahamiyatga molik narsa (jamiyatimizda inson salomatligi bebaho kapital hisoblanadi).
Kapitalist - kapital egasi; o‘z mablag‘larini, ba’zan yo‘llanma mehnatni foyda olish uchun
ishlatadigan shaxs.

4

Demak, tilimizning izohli lug‘atiga ko‘ra kapital bu - har bir yakka shaxs. odamning o‘ziga

foyda, daromad keltiradigan boyligi (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va
sh.k.) Inson kapitali esa zamonaviy bilim va kasb-hunarlarning iqtisodiy foyda keltirishi
shaxsning mamlakat istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z o‘z zimmasiga olishga qodirligi.
kreativligi, tashabbuskorligi, dadilligi, uning ma'naviy boyligi haqida ekan. Inson kapitali -
odam yoki mamlakat aholisining ko‘pqirrali ehtyojlarini qondirishda qo‘llaniladigan bilim,
ko‘nikma va malakalari yig‘indisi. Bu tushunchani dastlab Nobel mukofoti sovrindori (1979)
Teodor Shuls kiritgan. Uning shogirdi Geri Bekker bu tushunchani rivojlantirgani uchun unga
ham Nobel mukofoti berilgan.

Inson kapitali bu - innovatsion iqtisodiyot va rivojlanishning keyingi bosqichi - bilimlar

iqtisodiyotini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi bosh omil hisoblanadi. Inson kapitali
"Shaxsning Inson kapitali", “Firma. korxonaning Inson kapitali" va "Millatning Inson kapitali"
tarzida tasniflanadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida
Inson kapitaliga munosabat tubdan o‘zgardi. Ilmiy adabiyotlarda IK (Human Capital)
tushunchasi amerikalik iqtisodchi olimlar Teodor Shuls va Geri Bekkerlar tomonidan
kiritilgan. ‘Inson kapitali nazariyasi asoslari"ni yaratishgani uchun Teodor Shulsga 1979-yilda,
Geri Bekkerga 1992-yilda Nobel mukofoti berildi. Bu nazariyaning rivojiga uchinchi Nobel
mukofoti laureati - Saymon Kuznes katta hissa qo‘shdi.

Inson kapitali "Odam aqliy salohiyatining jamiyat va iqtisodiyotga qanday ta'siri bor?”,

degan savol asosida paydo bo‘ldi. Natijada zamonaviy sharoitda rivojlanish talablari inson
kapitalini asosiy ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy omil sifatida o‘rganish zaruratini paydo qildi.

Inson kapitali nazariyasini qo‘llagani uchun AQSh, Yevropa davlatlarining rivojlanish

paradigmasi

muvaffaqiyatli

amalga

oshmoqda.

Shvesiya

o‘z

iqtisodiyotini

modernizatsiyalashtirib, 2000-yillarga kelib, yetakchilikni qayta qo‘lga kiritdi. Finlandiya
qisqa muddatda xom-ashyo iqtisodiyotidan innovatsion iqtisodiyotga o‘tib oldi. Bularning
barchasi inson kapitali zamonning da'vatiga. tug‘ilayotgan innovatsion iqtisodiyot (bilimlar
iqtisodiyoti), venchur biznesning talabi bo‘lgani uchun shunday bo‘ldi.

Inson kapitalining o‘zagi inson bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Chuqur bilimlar,

bunyodkorlik, tashabbuskorlik, yuksak professionalizm ana shu o‘zakni tashkil qiladi.

Inson kapitali bu - odamlardagi yuksak ma'naviyat degani.


background image

114

Inson kapitali tushunchasi axborot texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq. Chunki

axborot oqimlari insoniyat hayotining barcha jabhalarini kesib o‘tadi.

Inson kapitali bu - odamlarning farovonlikni yaratishda ishlatadigan bilim. ko‘nikma va

malakalaridir. U ham har bir aktivning bozordagi narxi qanday baho- lansa, shunday
baholanadi. Ya'ni, inson kapitali o‘zining yaroqlilik muddatida ko‘rsata oladigan xizmatlar
turkumining bahosiga tengdir. Inson kapitalining hozirgi, zamonaviy ko‘rinishi amerikalik
iqtisodchi, Nobel mukofoti laureati Teodor Shuls tomonidan 1950-1960-yillarda ifodalangan
(Shultz. 1961). Shuls odamning bilim va malakalarini kapitalning alohida, o‘ziga xos shakli,
deb ta'riflaydi. Bu o‘sha davr uchun yangi gap edi. Shuning uchun nafaqat iqtisodchilar, balki
siyosatchilar va keng jamoatchilikning e'tiborini o‘ziga tortdi. Natijada bu ibora jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini tushunish va tushuntirishda keng qo‘llanila boshlandi.

AQShda yalpi kapital shakllanishini o‘rgangan olim J.Kendrik AQShni boy qilgan asosiy

omil - “inson kapitali' ekanligini aniqlagan. 'lnson kapitali"

1

nima. degan savolni o‘rtaga

tashlagan J.Kendrik masalaga pedagogik javob beradi. Inson kapitali. deydi u. oila va
davlatning bolalar voyaga yetgunicha ularning ta'lim-tarbiyasiga, kasb egallashiga, qayta
tayyorlanishiga, malaka oshirishiga. sog‘lig‘ini saqlashiga sarflangan xarajatlar yig‘indisi.
Mana shu ishlarga mablag‘ qancha ko‘p ishlatilsa, jamiyatda farovonlik shuncha oshadi.
Aksincha. qancha kamaysa, salbiy inson kapitali mamlakatga xos va qashshoqlik keltiradi.
Salbiy inson kapitalini korrupsionerlar, jinoyatchilar, narkomanlar, ichkilikbozlar, dangasalar,
tekinxo‘rlar, firibgar va o‘g‘rilar tashkil qiladi, deydi u.

Bilimning kapitallashuvi

Inson kapitali nazariyasining asoslarini o‘zimizning buyuk vatandosh allomalarimiz

ijodida ko‘ramiz. Hazrati Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniyning XIII asrda bu borada aytgan fikrlari
bilan bugungi kunimizga bir qaraylik. Ana shunda bilim ovqatlanishda ham, mashina
haydashda ham, davolanishda ham, bola tarbiyalashda ham androidni ishlatishda ham,
e’tiqodda ham fermerlikda ham - har bir ishning muvaffaqiyat kafolati bo‘lib chiqaveradi.
Ya’ni 1) nima qilmoqchi bo‘lsangiz shu ishning ilmiy asosini biling. 2) Bilganizga amal qiling.
3) Amal (ish) qilyapsizmi, uni sadoqat va ixlos bilan bajaring.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar

tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini
kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda “ bugun dunyoda keskin kurash va
raqobat hukm surmoqda, manfaatlar to‘qnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari
insoniyat uchun beqiyos yangi imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham
keltirib chiqarmoqda. Milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora
ortmoqda. Faqat o'zini o'ylash, mehnatga, oilaga yengil qarash. iste'molchilik kayfiyati turli
yo'llar bilan odamlar. ayniqsa. yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilyapti.

Pedagogika fani iqtisodiyot va ma'naviyatni rivojlantirishga bevosita xizmat qiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning
joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita
mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot.
Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli
ma'naviyat" ekanligini alohida ta'kidladi. Bunda yoshlarning o‘zini o‘zi farovon qilishlari

1

httpV/www.le<c.ru/?part-article$&art-3&page*26,


background image

115

uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda kuchli ma'naviyatini ta'minlash Yangi
O‘zbekiston pedagogikasining eng dolzarb masalalari hisoblanadi.

Prezident Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O‘zbekiston yoshlarining

birinchi forumi hamda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida qilgan ma'ruzasida
yoshlarimkiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda.
Ba'zi hududlarda atayin beqarorlik yuzaga keltirilib, norozilik kayfiyati avj oldirilmoqda", -
deb a'lohida ta'kidladi.

1.O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g‘risidagi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-

sentabr)ning maqsadi - fuqarolarga talim. tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy
asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olishi mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini
ta'minlashdan iboratdir.

Qonunning 1-bo‘limi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi. Unda ta'lim sohasidagi davlat

siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqlari,
ta’lim muassasasining huquqiy maqomi, Davlat ta'lim standartlari, ta'lim berish tili kabi
masalalar o‘z ifodasini topgan.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni// Qonun hujjatlari,

ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1212-son.
2.

"2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda- gi PF-60-son
Farmoni.
3.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birga barpo etamiz.

-T.: “O‘zbekiston', 2017. -10- b.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari

forumida so‘zlagan nutqi. //Xalq so‘zi, 2020-yil. 25-dekabr, N®273

(7775).

5.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O‘zbekiston

Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida’ PF-5847 Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi 2019-yil 9-oktabr.

www.lex.uz

.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni// Qonun hujjatlari, ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1212-son.

"2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda- gi PF-60-son Farmoni.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birga barpo etamiz. -T.: “O‘zbekiston', 2017. -10- b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi. //Xalq so‘zi, 2020-yil. 25-dekabr, N®273 (7775).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida’ PF-5847 Farmoni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi 2019-yil 9-oktabr. www.lex.uz.