104
JAMOATCHILIK NAZORATINING JAMIYATDAGI RO'LI VA AHAMIYATI
Soliyeva Husnida Hamidullo qizi
ADPI huquq ta'limi 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14699721
Annotatsiya:
Ushbu tezisda jamoatchilik nazorati fuqarolarning davlat boshqaruvida
faol ishtirok etishi, shaffoflikni ta'minlashi hamda korrupsiyaga qarshi kurashda muhim omil
sifatida qaraladi. Jamoatchilik nazoratining asosiy maqsadlarini – davlat boshqaruvi
samaradorligini oshirish, javobgarlikni kuchaytirish va ijtimoiy ishonchni mustahkamlash
kabi jihatlari yoritilib o'tilgan.
Kalit so‘zlar:
Jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyati, demokratik boshqaruv, davlat
shaffofligi, korrupsiyaga qarshi kurash, fuqarolar faolligi, xalqaro tajriba, huquqiy asoslar.
Jamoatchilik nazorati demokratik jamiyat barqarorligini ta'minlashning muhim vositasi
hisoblanadi. Ushbu jarayon fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirok etishini, shaffoflikni
ta'minlashni va korrupsiyani kamaytirishni ko'zda tutadi.
Jamoatchilik nazorati-
bu fuqarolar yoki jamoat tashkilotlari tomonidan davlat
organlari, amaldorlar yoki boshqa jamoat muassasalarining faoliyatini kuzatish, baholash va
ularga ta'sir ko'rsatish jarayonidir. Bu jarayon orqali jamiyat a'zolari davlat boshqaruvi
shaffofligini oshiradi, kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun takliflar kiritadi.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi; shafoflikni ta'minlash, davlat boshqaruvini samarador
qilish, javogarlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashni oldini olishdur. Jamoatchilik
nazorati jamiyatda ishonch muhitini yaratishga yordam beradi. U davlat boshqaruvi
samaradorligini oshiradi va fuqarolarni davlat ishlari bilan qiziqtirish orqali siyosiy faollikni
kuchaytiradi. “O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy jarayonlarni
chuqurlashtirish yo'llari belgilab berilgan, puxta o'ylangan va har tomonlama asoslangan
demoktratik islohatlarning amaliyotga joriy etilishi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini
oshirishga, fuqarolik jamiyatining tarkibini tashkil qiluvchi demokratik institutlar-
ko'ppartiyaviy tizim, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari,
nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini
taminlashga xizmat qilishi lozim. Ushbu istitutlarning faoliyat shakllari qatorida jamoatchilik
nazorati alohida ahamiyatga ega”
1
Bugungi kunda jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolardan biri bu, jamoatchilik
nazorati faoliyatini yurtimizda kuchaytirishdan iboratdir. Buning uchun, fuqarolarning
yuridik huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy
hujjatlarda qarorlarda jamoatchilik manfaatlarini va fikrini shakllantirish uchun ham
jamoatchilik nazoratining amaliy uslublarini takomillashtirish va mexanizmlari uchun sharoit
yaratish muhimdur. Jamoatchilik nazoratining samarali amalga oshirish uchun xalqaro
tajribalarni o'rganish ham muhimdur. Misol uchun: AQSh tajribasi. AQShda jamoatchilik
nazorati qonunchilik asosida yo'lga qo'yilgan. Bu yerda ommaviy axborot vositalari va
fuqarolik jamiyati tashkilotlari davlat organlarini nazorat qilishda muhim o'rin tutadi.
Masalan, “Freedom of Information Act” (FOIA) qonuni orqali fuqarolar davlat hujjatlariga
erkin kirish imkoniga ega. Yevropada esa jamoatchilik nazorati OAV va nodavlat tashkilotlar
faoliyati bilan birga fuqarolarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Masalan, Shvetsiya
va Norvegiyada shaffoflikni ta'minlash maqsadida davlat organlarining hujjatlari
1
Botirov D.O ning “Jamoatchilik nazoratida davlat farovonligining muhim omili” maqolasidan
105
jamoatchilikka ochiq. Jamoatchilik nazorati davlat va jamiyat o'rtasidagi ishonchni
mustahkamlash vositasi sifatida ahamyatlidur. Jamoatchilik nazoratining samaradorligini
kuchaytirish uchun: Huquqiy bazani takomillashtirish zarur, fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish, shaffoflikni ta'minlash va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev to'gri tanqid qilgani kabi, “…hozirgi
kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari
tomonidan davlat organlari va uning mansabdor shaxslari faoliyatini xolisona baholashga
halal bermoqda. Bundan kelib chiqib, jamiyat va davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishning ta'sirchan amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik
nazorati to'grisida”gi qonunni qabul qilish zarur. Shu munosabat bilan barcha davlat
organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tashkil etishin taklif qilaman. Bunday
jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatini ochiq va shaffofligini ta'minlaydigan,
ularni aholi bilan bevosita boglaydigan ko'prik vazifasini bajarishi zarur”.
2
Prezidentimiz
ta'kidlaganidek, jamoatchilik nazorati tizimli tarzda isloh qilish hamda uning takomiliga
erishish uchun uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularda amaliyotdagi mavjud
muammolarnining samarali yechimini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo'llash lozim.
Xulosa qilib aytganda, jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini ajralmas bo'lagi bo'lib,
davlat boshqaruvi samaradorligi va shaffofligini oshirishda muhim o'rin tutadi. Uni
kuchaytirish uchun xalqaro tajribalarni o'rganish, huquqiy asoslarni takomillashtirish va
jamiyatda fuqarolik faolligini oshirish talab qilinadi.
References:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Xalq sozi gazetasiga
murojatnomasi.
2.
Fuqarolik Jamiyati. O'quv qo'llanma. D.K.DJumaniyazova. Toshkent-2023
3.
Jamoatchilik nazorati to'g'risidagi qonun. O'RQ-474-son 12.04.2018.LEX.UZ
https://lex.uz
4.
advice.uz. Huquqiy axborot portali sayti.
2
O
'
zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning oliy majlisga murojaatnomasi// xalq sôzi, 2017-yil 22- dekabr
soni.
