Ushbu maqolada maʻlumotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va dekodlash jarayonlari oʻrganiladi. Ikkilik sanoq tizimi, axborot texnologiyalarining asosiy poydevorlaridan biri sifatida, raqamli maʻlumotlarning saqlanishi, uzatilishi va qayta ishlanishida muhim ahamiyatga ega. Maqola kodlash va dekodlash jarayonlarining nazariy asoslarini, ularning amaliy qoʻllanilishiga oid misollarni va natijalarni taqdim etadi. Axborotlarni kodlash maʻlumotlarni uzatish va saqlash qulay boʻlgan koʻrinishda ifodalashdir. Tor maʻnoda aytganda “kodlash” atamasi, maʻlum bir maʻlumotning bir koʻrinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson boʻlgan boshqa koʻrinishga oʻtkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli koʻrinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga oʻtkazish uchun, maʻlum chastotadagi tovush intensivligini katta boʻlmagan vaqt oraligʻida oʻlchab, har bir oʻlchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf maʻlum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi.
Просмотров
Загрузок
hh-index
Цитаты
inLibrary — это научная электронная библиотека, построенная на парадигме открытой науки (Open Science), основными задачами которой является популяризация науки и научной деятельности, общественный контроль качества научных публикаций, развитие междисциплинарных исследований, современного института научной рецензии, повышение цитируемости узбекской науки и построение инфраструктуры знаний.
КОНТАКТЫ:
Республика Узбекистан, г. Ташкент, ул.Паркент 51, этаж 2