Авторы

  • Zebiniso Abdunazarova
    Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.71224

Ключевые слова:

Mif mifologiya totem fetish anima zardushtiylik Avesto Ahura-Mazda Axiraman dev siyovush afsonasi kichik avesto.

Аннотация

Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo 'lishi va Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan.


background image

37

QADIMGI MANBA ‘‘AVESTO’’ DADAGI TABIAT HAQIDAGI FALSAFIY

QARASHLARINING MOHIYATI

Abdunazarova Zebiniso Xudoyshukurovna

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15011423

Annotatsiya.

Ushbu maqolada dastlabki mifologik qarashlar va ularning turli timsollar

tarzida namoyon bo 'lishi bayon etilgan. Mifologiyaning asosiy tushunchalari: totem, fetish va
anima kabi tushunchalarning etimologiyasi tahlil etilgan. Zardushtiylik mifologiyasidagi ezgulik
va yovuzlik o'rtasidagi kurashlar va ular turli xudo va devlar timsolllarida namoyon bo 'lishi va
Avesto mifologiyasida hikoya qilingan xalq qahramonlari va ezgulik timsollari yoritilgan.

Kalit so'zlar

: Mif, mifologiya, totem, fetish, anima, zardushtiylik, Avesto, Ahura-Mazda,

Axiraman, dev, siyovush afsonasi, kichik avesto.


«Mif»- koinot va hayotning paydo bo'lishi, tabiat hodisalari, xudolar va afsonaviy

qahramonlar haqida ibtidoiy zamon kishilari tushunchalarining badiiy ifodasidir. Shunday qilib,
mif deganda, eng qadimgi afsona, rivoyat, hikoyalarni tushunish mumkin. O'rta Osiyoda
yashaydigan xalqlarning o'tmish hayoti bilan bog'liq miflarnig dastlabki namunalari «Avesto»
kitobida uchraydi. Bu kitobda yaxshilik va yomonlik kuchlari Mitra, Anaxita, Kayumars,
Yima(Jamshid), Gershasp (Elikbek) timsollarida namoyon bo'lgan.1Mifologiyada 3 ta asosiy
tushuncha muhim hisoblanadi. 1. Totem.2. Fetish.3. Anima.2Totem deganda, biz dunyodagi turli
xalqlar hozirgi paytgacha o'zlariga homiy deb bilgan hayvonlarni tushunamiz. Jumladan, burgut,
sher, yo'lbars, bo'ri, ilon (ajdar), humo kabi hayvonlar va qushlar ko'p xalqlarda alohida
e'zozlanadi.3Fetish insonlar tomonidan alohida e'tibor bilan qaraladigan narsa, predmetlar
tushunchasini anglatadi. Xususan, turkiy xalqlarda quyosh, oy, yer, ayrim yulduz lar, suv, tuproq,
yoy, qilich, qalam kabilarga asrlar davomida alohida hurmat bildirilgan.4 Anima inson tomonidan
totem va fetishga ishonch bilan qarash manosini anglatadi.

Tushga ishonish oddiy hayotda ro'y berayotgan voqealardan kelajak haqida tasavvur hosil

qilishga urinish odatlari animizm tasiri bilan bog'liqdir.5Ma'lumki, zardushtiylik mifologiyasining
asosida ezgulik va yovuzlik kurashi, ya'ni dualistik tasavvurlar yotadi. Ana shu tasavvurlarga ko'ra
kun bilan tunning kurashi va unda Quyoshning g'olib chiqishi dualistik motivlar asosida
tasvirlanadi. "Xurshed yasht" tarkibiga kirgan alqovlar orasida aslida ana shu mifik bandlar ham
bo'lgan va keyinchalik unutilib yoki yo'qolib ketgan bo'lishi kerak6.Avesta avval boshida dunyoni
faqat ezguliklar majmuyi va mutanosibligi sifatida tasvirlaydi. Unda yovuzliklar, o'lim yo'q,
kasalliklar yo'q.

Dunyo azal va abad porloqliklardan iborat - qorong'ulik yo'q, yoz bor, qish yo'q, ezgu niyat

bor, yovuz o'y, yomonlik haqida o'ylash yo'q edi. Zardushtiylikda imonli, e'tiqodi butun va
mustahkam qavm artabon, ya'ni yaratgan borligiga ishongan odam, Haqning qo'riqchisi deb
ataladi. Xullas, Avesta borliq dunyoni dastlab ana shunday bir jannatiy tusda ta'riflaydi va insonni
shunga munosib bo'lishga chorlaydi7. Borliq ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurash maydoni deb
hisoblanadi. Dastlab Ahura -Mazda faqat ezgu borliqni yaratgan. Biroq yovuzlikning bosh
sababchisi va o'lim keltiruvchi devlar devi(sardori)8- Axriman barcha ezguliklarning ziddi uchun
son-sanoqsiz yovuzliklar qiyofasida namoyon bo'laveradi. Axriman yovuzliklarni umumiy tarzda
o'zida mujassam etgan tushuncha Avestada Duruj(Drauga) -"Yolg'on" devi sifatida ta'riflanadi.
Yolg'on(Duruj) Arta(Asha) -Haq(Haqiqat)ga qarama-qarshi qo'yiladi. Cheksiz, poyonsiz kurashlar


background image

38

oqibatida Axriman(uning universal qiyofasi Yolg'on) yo'q qilinadi. Haqiqat g'olib chiqib,
borliqdagi barcha imonlilar behishtga(jannatga) doxil bo'ladilar.9 Axrimanning yovuzliklari
qatorida « Nasu» o'lim va yomonlik timsolidir. Axriman jangchilari orasida asosiy rolni devlar
o'ynaydi. Bular Zardushtiylikni inkor etgan qadimiy xudolardir. Masalan, «Araska» -hasad devi,
«Zarvan» -qarilik ko'rinishidagi kasallik, «Varena»-xirs, «Azy» -ochko'zlik, «Apausha» -
qurg'oqchilk devi, yana «Bushyasta» -dangasalik devi bo'lib, u insonni ezgulik va din yo'lidagi
harakatlaridan chalg'itadi, «Ayshma» -g'azab devi, u insonni yovuz niyatlarga chorlaydi.10 Ahura-
Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan
saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so'zning
sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib,
Quyoshga qarab, uni olqishlab, sig'inishi shart."Avesto" dagi tabiat haqidagi falsafiy qarashlarning
mohiyati:

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqot olib borish uchun ilmiy-

metodologik asoslarni belgilash muhimdir. Tadqiqot metodologiyasi quyidagi bosqichlardan
iborat bo‘lishi mumkin

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari.

Avesto"dagi tabiat haqidagi falsafiy qarashlarning

mohiyatini ochib beradi Ushbu qarashlarning zamonaviy ekologik va falsafiy tafakkur bilan
bog‘liqligini tahlil qilish. "Avesto" matnlarini tahlil qilish va undagi tabiatga oid g‘oyalarni
aniqlash. Zardushtiylik falsafasida tabiatga bo‘lgan munosabatni tushuntirish. "Avesto" falsafiy
qarashlarining

hozirgi

ekologik

muammolar

bilan

bog‘liqligini

aniqlash.Tabiatni

muqaddaslashtirish g‘oyasining zamonaviy ekologik madaniyatga ta’sirini baholash. Tadqiqot
usullari Nazariy-tahliliy usul Manbashunoslik yondashuvi – "Avesto" ning asl matnlari va
tarjimalarini tahlil qilish. Falsafiy va madaniy tahlil – "Avesto"dagi tabiat haqidagi g‘oyalarni
umumiy falsafiy kontekstda tushuntirish.Tarixiy-komparativ metod – "Avesto"dagi qarashlarni
boshqa qadimgi sivilizatsiyalarning tabiat haqidagi qarashlari bilan taqqoslash. Empirik tadqiqot
usullariSotsiologik so‘rov va intervyular – "Avesto"ning ekologik tafakkurga ta’siri haqida
jamoatchilik fikrini o‘rganish.Arxeologik va antropologik ma’lumotlarni o‘rganish – zardushtiylik
e’tiqodi va tabiatga oid qadimiy amaliyotlarni tahlil qilish. Strukturaviy va tizimli
yondashuvEkologik falsafa doirasida tahlil – "Avesto"dagi tabiatga oid g‘oyalarni zamonaviy
ekologik falsafa bilan bog‘lash.Tizimli yondashuv – "Avesto"dagi tabiat haqidagi tasavvurlarni
axloqiy, diniy va falsafiy jihatlari bilan birgalikda o‘rganish.Tadqiqotning amaliy
ahamiyatiEkologik madaniyatni shakllantirish – "Avesto"dagi tabiatni muqaddaslashtirish
g‘oyalari zamonaviy ekologik muammolarni hal qilishda qo‘llanilishi mumkin.Tarixiy merosni
o‘rganish – qadimiy falsafiy tafakkurning bugungi ekologik ong bilan bog‘liqligini
tushunish.Akademik tadqiqotlar uchun asos – falsafa, tarix va ekologiya sohalarida ilmiy
tadqiqotlarni chuqurlashtirish Ushbu tadqiqot metodologiyasi "Avesto"dagi tabiat haqidagi
falsafiy qarashlarni ilmiy asosda o‘rganish, ularning zamonaviy ekologik va falsafiy tushunchalar
bilan bog‘liqligini aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu nafaqat tarixiy va falsafiy merosni chuqurroq
tushunish, balki zamonaviy ekologik muammolarga qadimiy donishmandlik nuqtai nazaridan
yondashishga yordam beradi. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi.
Ularda dunyodagi to'rt unsur -suv, olov, yer va havo ulug'lanadi. Avesta ta'limoti
ko'pxudolik(politeizm)dan yakka xudolik (monoteizm)ga o'sib o'tish evolutsiyasini o'zida aks
ettiradi.11 Ahura Mazda olamdagi mavjud o'tkinchi vaqt oqimi tomonidan yaratilgan ikkita egizak
ruhlarning biridir. Ahura Mazda olamdagi barcha ezgu ishlarni, yaxshilik, yorug'likni o'zida


background image

39

mujassamlashtiruvchi tangri qiyofasida gavdlantiriladi. Egizak ruhlarning ikkinchisi Anxra-
Maynyu esa o'zida zulmat, qabohat, jaholat kuchlarini mujassamlashtiruvchi qudrat timsolida
namoyon bo'ladi12.Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, dunyo sinovlardan emas, balki yovuzlikka
qarshi kurashdan iborat, xolos. Ta'limotda insoniyat yashayotgan dunyo muhim hisoblanadi.
Shuning uchun unda dunyoviy lazzatlardan oxirat uchun voz kechish masalalari ilgari surilmaydi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, yaxshilik va yomonlik bir qancha timsollarda namoyon bo'lgan.
Bular bizga turli mifologik shakllarda yetib kelgan. Siyovush afsonasi:

Siyovush-xalq qahramoni. Afsonalarda hikoya qilinishicha, Siyovush Kaykovusning o'g'li

bo'lgan. Nihoyat darajada go'zal yigit bo'lib, unio'gay onasi sevib qoladi. Lekin, u o'gay onasining
taklifini rad etadi. Bunga chiday olmagan o'gay ona unga tuhmat qiladi. Siyovush o'zining pokligini
isbotlash uchun ot surib alangadan o'tadi, so'ng Afrosiyob poytaxtiga boradi. Afrosiyob uni izzat-
hurmat bilan kutib oladi va unga o'z qizini beradi. Lekin, dushmanlar Afrosiyob bilan Siyovush
o'rtasiga nifoq soladilar, adovat urug'ini sochadilar. Natijada Afrosiyob Siyovushni o'ldiradi.
Siyovushning o'g'li Kayxisrav o'z bobosi Afrosiyobdan otasi uchun qasos oladi, uni o'ldiradi.
Afsona oxirida Kayxisrav xorazmiy shohlar sulolasiga asos solganligi so'zlanadi.13Bu afsonada
ham yovuzlik va ezgulik qarama - qarshiligi aks etganligi ko'rinib turibdi. ,Avesto"ning
bo'limlaridan biri-"Kichik Avesto" asosan, zardushtiylarning kunduzgi toat-ibodatlari, duo va
alqovlaridan tashkil topgan. Jumladan, dastlabki uch alqov Axura-Mazdaning Ashah -Haqiqat
ekani, olam Hukmdori ekani, Haqiqat nurlari ostida eng go'zal amallami bajaruvchilardan ogoh
ekani haqida bo'lib, darvishlami asrash uchun Zardushtni tanlaganini aytadi. "Belbog' bog'lamoq
duosi"qismida Pozand degan din arboblaridan biri Mazdaga hamdu-sano aytadi va gunohlari
uchun tavba qiladi. U Axura Mazdaga shod-xurramlik va Axrimanga mag'lubiyat tuyadi. Axuraning
hamma xohishi bajo bo'lishini istaydi. "Avesto"ning shioriga ishonishini bayon etadi. Bu shior
quyidagilardir: "Men ezgu andisha bilan andisha yuritganga ishonaman. Men ezgu so'z so'zlaganga
ishonaman. Men ezgu amallining amaliga ishonaman. Men mazdoparastlik diniga ishonaman, zero
u qurol ushlaganga chang soladi va uni biryoqlik qiladi; u qon-qardoshlik robitalarini
mustahkamlaydi. U shu qadar pok dindirki, hozirgi va keyingi keladigan dinlar orasida eng ulug'i
va eng yaxshisidir.14 "Surush boj" duosi har kuni bomdod mahali, uyqudan turgach o'qiladigan
mashhur mazdoparastlik duolaridandir. Duoning mazmuni- Pozand gunohlari uchun tavba qiladi,
mazdoparast, zardushtiy va devlar dushmani ekanini ta'kidlaydi, ilohlarga hamdu sano aytadi,
Surushni olqishlaydi, g'animlar adovatidan asrashni Mazda va Zardushtdan so'raydi. Umuman,
"Avesto" kitobi Markaziy Osiyo xalqlari hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan.

Xulosa.

Yuqorida o'rganilgan ma'lumotlar asosida quyidagicha xulosa qilish mumkinki,

avvalo, Avesta mifologiyasining shakllanishi juda uzoq tarixiy jarayonda sodir bo'lganligi undagi
mifologik abrazlar murakkab tizimni tashkil qiladi. Ibtidoiy davrdan boshlab insonlar tafakurida
shakllangan asotirlar zardushtiylik diniy tizimiga kirib borgan. Shuningdek, tabiat bilan bog'liq
ayrim kuchlar bilanzardushtiylik ilohiyoti tizimidagi ma'budlaming mujassamlashgangi ayrim
muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Avesta kitobi mifologik qatlamlari ezgulik va
yovuzlik kuchlari o'rtasidagi qarama-qarshilikning albatta ezgulik g'alabasi bilan tugashi kabi
optimistik ruh bilan sug'orilgan. Ayni mana shu hol nafaqat zardushtiylik diniy tizimi, balki
mifologik qatlamlar orqali ramziy umumlashmalarga aylangan axloqiy-falsafiy dunyoni ham
qarama-qarshi qutbga, ya'ni yaxshilik va yomonlik timsollariga ajratgan. Zardushtiylik
ta'limotining asosini insonni qurshab turgan olam -ikki ibtido-yaratuvchi va buzg'unchi
ruhlarning kurash maydoni ekanligi yotadi. Demak har qanday yomolik jazosiz qolmasligi, oxir


background image

40

oqibat ezgulik dunyodagi barcha yovuz kuchlarni mahv etishi zardushtiylikdagi bosh
g'oyalardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘Qitishda O‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.

2.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In

The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural
Sciences.

News Of The Nuuz

,

1

(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

3.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Pedagogical Significance Of Using The

Heritage Of Central Asian Thinkers In Forming Ecological Thinking In Primary Class Natural
Science

Lessons.

International

Journal

Of

Pedagogics

,

4

(04),

95–97.

Https://Doi.Org/10.37547/Ijp/Volume04issue04-18
4.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, & Kasimov Shavkat Urolovich.(2022). Main

Tasks Of Moral Education And The Role Of Youth inlife. Galaxy International Interdisciplinary
Research Journal, 10(4), 547–551.
5.

Abdunazarova, Z. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students'ecological

Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.
6.

Al-Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar bosh tahririyati,

1997.- 528 b.
7.

At-Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya.- T.: Cho‘lpon, 1993. -112b.

8.

Avazov Sh. Maktabda ekologik tarbiya.

-

Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 62 b.

9.

Zebiniso Abdunazarova. (2023). Formation Of The Components Of Ecological Thinking In

Primary Class Students. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning
(Ejedl), 4(07), 4–9.
10.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’

Ecological Thinking In The Teaching ofnatural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-
83.
11.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities offorming Students’

Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-
83.
12.

Абдуназарова Зебинисо Формирование экологическогомышления У Учащихся

Начальных Классов "Экономика Исоциум" 11(114) 2023
13.

Абдуназарова, З. Х. (2024). Tabiiy Fanlarni O ‘Qitishda O ‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O ‘Ziga Xos Xususiyatlari.

Inter Education & Global Study

, (3 (1)), 123-129

14.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘quvchilarida Ekologik Tafakkurni

Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global
Study, (8), 342-348.
15.

Абдуназарова З.Х. (2023). Формирование Экологического Мышления У Учащихся

Начальных Классов. Экономика И Социум, (11 (114)-1), 486-489.
16.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘Quvchilarida Ekologik Tafakkurni


background image

41

Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global
Study, (8), 342-348.
17.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’

Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences.

World Bulletin Of Social Sciences

,

32

, 80-

83. Retrieved From
18.

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘qitishda O‘quvchilar Ekologik Tafakkurini

Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.
19.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Formation Of Ecological Thinking In

Teaching Natural Sciences.

International Journal Of Pedagogics

,

4

(04), 91–94.

20.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In

The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural
Sciences.

News Of The Nuuz

,

1

(1.6.1), 43-45.

Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

21.

Абу Али Ибн Сина Избранное В 2-х томах . Восточная философия (ал-Хикма ал -

машрикийа) Руководство по философии ( Китаб ал - хидая) Трактат об определениях (ар-
Рисала фи-л-худуд ) Трактат об этике ( ар-Рисала фи-лахлак ) . Душанбе – Ашгабат.:
Культурный центр Посольства ИРИ в Туркменистане - 2003.,
22.

Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ

мероси, 1993.

Библиографические ссылки

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘Qitishda O‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural Sciences. News Of The Nuuz, 1(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Pedagogical Significance Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In Forming Ecological Thinking In Primary Class Natural Science Lessons. International Journal Of Pedagogics, 4(04), 95–97. Https://Doi.Org/10.37547/Ijp/Volume04issue04-18

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, & Kasimov Shavkat Urolovich.(2022). Main Tasks Of Moral Education And The Role Of Youth inlife. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(4), 547–551.

Abdunazarova, Z. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students'ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Al-Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar bosh tahririyati, 1997.- 528 b.

At-Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya.- T.: Cho‘lpon, 1993. -112b.

Avazov Sh. Maktabda ekologik tarbiya.-Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 62 b.

Zebiniso Abdunazarova. (2023). Formation Of The Components Of Ecological Thinking In Primary Class Students. Emergent: Journal Of Educational Discoveries And Lifelong Learning (Ejedl), 4(07), 4–9.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’ Ecological Thinking In The Teaching ofnatural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities offorming Students’ Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83.

Абдуназарова Зебинисо Формирование экологическогомышления У Учащихся Начальных Классов "Экономика Исоциум" 11(114) 2023

Абдуназарова, З. Х. (2024). Tabiiy Fanlarni O ‘Qitishda O ‘Quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O ‘Ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 (1)), 123-129

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘quvchilarida Ekologik Tafakkurni Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global Study, (8), 342-348.

Абдуназарова З.Х. (2023). Формирование Экологического Мышления У Учащихся Начальных Классов. Экономика И Социум, (11 (114)-1), 486-489.

Z.X. Abdunazarova (2024). Boshlang‘Ich Sinf O‘Quvchilarida Ekologik Tafakkurni Shakllantirishning Falsafiy Xususiyatlarini Takomillashtirish Ahamiyati. Inter Education & Global Study, (8), 342-348.

Zebiniso Abdunazarova. (2024). Developing The Opportunities Of Forming Students’ Ecological Thinking In The Teaching Of Natural Sciences. World Bulletin Of Social Sciences, 32, 80-83. Retrieved From

З.Х. Абдуназарова (2024). Tabiiy Fanlarni O‘qitishda O‘quvchilar Ekologik Tafakkurini Shakllantirishning O‘ziga Xos Xususiyatlari. Inter Education & Global Study, (3 ), 123-129.

Abdinazarova Zebiniso Khudoyshukurovna, . (2024). Formation Of Ecological Thinking In Teaching Natural Sciences. International Journal Of Pedagogics, 4(04), 91–94.

Abdunazarova, Z. (2024). The Content Of Using The Heritage Of Central Asian Thinkers In The Formation Of Ecological Thinking Of Primary Class Students In The Teaching Of Natural Sciences. News Of The Nuuz, 1(1.6.1), 43-45. Https://Doi.Org/10.69617/Nuuz.V1i1.6.1.3664

Абу Али Ибн Сина Избранное В 2-х томах . Восточная философия (ал-Хикма ал - машрикийа) Руководство по философии ( Китаб ал - хидая) Трактат об определениях (ар-Рисала фи-л-худуд ) Трактат об этике ( ар-Рисала фи-лахлак ) . Душанбе – Ашгабат.: Культурный центр Посольства ИРИ в Туркменистане - 2003.,

Форобий Абу Наср Фозил одамлар шаҳри. - Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси, 1993.