27
SUV KADASTIRINING KONSEPTUAL ASOSLARI
КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ВОДНОГО КАДАСТРА
CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE WATER CADASTRE
Shermatov Elyor
Toshkent Davlat Yuiridik Universiteti
Mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16980592
Annotatsiya.
Maqolada suv kadastrining rivojlanishida doktrina va konsepsiyalarning o‘rni tahlil etilg
an. Muallif jaxon kadastr tizimlarini tahlil etib, milliy suv kadastri tizimi shved kadastr tizimig
a mansub ekanligi to‘g‘risida xulosa qiladi. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish konsepsiyan
ing suv resurslarini teng taqsimlashda tutgan o‘rni haqida fikr yuritgan. Ijtimoiy ishonch kons
epsiyasi esa davlatimizda yuzaga kelgan suv tanqisligi masalasini xal etishda fundamental pri
nsip sifatida e’tirof etilishi kerakligi qayd etilgan. Shu bilan birgalikda suv resurslarini boshqa
rishda “aqlli tartibga solish” konsepsiyasi o‘z navbatida suv resurslarini tejamli ishlatishga xis
sa ko‘shishi to‘g‘risida to‘htalgan.
Kalit so‘zlar:
suv kadastri, kadastr tizimlari, konsepsiya, doktrina, “aklli tartibga solish”,
“ijtimoiy ishonch”, milliy kadastr tizimi, “barqaror rivojlanish”
Suv kadastirining konseptual asoslari bevosita kadastr tizimlari rivoji va konsepsiyalar
bilan uzviy bog’liq.
Xalqaro geodezistlar federatsiyasi tomonidan kadastr tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan:
kadastr bu yer uchastkasiga (parsellga) asoslangan ko’chmas mulkni rasmiy reesteri[1].
Ilmiy adabiyotda kadastr tizimlari deyilganada ma’lum bir hudud yoki davlatdagi mulkiy
obyektlar (yer,binolar,resurslar va boshqalar) to’g’risidagi huquqiy, iqtisodiy va texnik
ma’lumotlarni yig’ish,saqlash, yangilab borish va boshqarish tizimi tushuniladi. Mazkur tizimda
asosiy rolni yer kadastiri bajaradi, boshqa kadastrlar, shu jumladan, suv kadastiri ham ter
kadastiridan kelib chiqqqan holda rivojlanadi. Bundan tashqari, suv huquqi mustaqil soha
sifatida shakillangunga qadar “yer-suv” munosabatlari doirasida shakllangan.
Shu nuqtai nazardan kadastr tizimlari to’rtta tarixiy turlarga bo’linadi:
1.
Napoleon tizimi.
Ushbu tizimga kiradigan kadastrlar fiscal kadastrlar deb nomlanib,
asosiy maqsadi soliq undirish hisoblanadi. Unda tabiiy resurs to’g’risida asosiy sifat va son
ko’rsatkichlaridan iborat ma’lumotlar yig’iladi. Tizimda markaziy o’rinni yer kadastiri
egallaydi.Shu nuqtai nazardan suv resurslaridan soliq undirish masalsi doim dolzarb bo’lib
kelgan. Bu tizimda kadastr bilan birgalikda ko’chmas mulk Reestri ham yuriitilib, unda kadastr
obyektiga bo’lgan huquqlar, ushbu huquqlarni o’tish, uchinchi shaxslarni kadastr obyektiga
bo’lgan huquqlari va hokazolar aks etadi. Ushbu tizim Fransiya, Italiya, Belgiya, Gretsiya kabi
davlatlarda keng tarqalgan.
2.
Nemis kadastr tizimi.
Bu tizimda uchta element mavjud bo‘lib, ular qayd etish, kadastr
va topografo-geodezik qismlardan iborat. Qayd etish qismida tabiy resurslarga bo‘lgan mulk
huquqi qayd etiladi. Kadastr qismida kadastr obekti to‘g‘risida asosiy malumotlar va soliq
28
masalalari yig‘iladi. Uchinchi qismida tegishli kartalar, chizmalar va boshqa qo‘shimcha
malumotlar yig‘iladi. Ushbu tizim Nermaniya, Shveysariya va Avstriyada keng tarqalgan.
3.
Ingliz kadastr tizimi.
Ingliz kadastr tizimida yer uchastkalari va hamda boshqa tabiiy
resurslarni paremetrlari kiritilgan. Yer va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan huquqlarni qayd
etish yer registri tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr obektlari to‘g‘risida asosiy manba
sifatida 1925 yilda tuzilgan karta hisoblanib, ushbu karta har yili yangilanadi. Bu tizim Buyuk
Britaniya, AQSH, Kanada, qisman Avstraliyada foydalaniladi.
4.
Shved (Skandinav) kadastr
tizimi ko’pmaqsadli va yagona kadastr tizimini tashkil etadi.
Uni asosiy maqsadi tabiiy resurslarni boshqarish bilan bog‘liq. Bu tizim markazlashgan
ko‘chmas mulk Reestrga va katta xajmdagi topografik ma’lumotlarga asoslanadi. Kadastrlarni
yuritish markaziy davlat organlari tomonidan amalga oshirilsa, yerga bo’lgan huquq yer
kartografiyasi hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Daniya, Finlyandiya,
Norvegiya, Islandiya, Shvesiya kabi davlatlarda tarqalgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy kadastr tizimi qaysi kadastr tizimiga mansub? degan
savol paydo bo‘ladi. Fikrimizcha, amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadigan bo‘lsak, shved
kadastr tizimi bizga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Shu bois suv kadastrini konseptual asoslari shved
kadastr tizimiga tayanadi. Shu bilan birgalikda milliy kadastr tizimida amalga oshirilayotgan
islohotlar (raqamlashtirish, hususiy sektorni jalb etilishi, fazoviy koordinatlarni qo‘llanilishi va
xok.) milliy tizimni o‘ziga xos xusussiyatlari mavjudligini ko‘rsatadi.
Suv kadastrining nazariy-huquqiy jihatlarini o‘rganishda nazariyalar, doktrinalar va
konsepsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqda turli hil nazariya va konsepsiyalar mavjud
bo‘lib, kadastr sohasiga xos bo‘lgan bazilariga to‘htalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz.
Barqaror rivojlanish doktorinasi.
Mazkur doktrina negizida 1980-yillarda Birlashgan
Millatlar Tashkilotining atrof-muhit dasturi (YuNEP) "halokatsiz rivojlanish" g‘oyasini ilgari
surgan. 1980 yilda birinchi marotaba YuNEP, xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi (IUCN)
va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Tabiatni muhofaza
qilishning Global strategiyasida Barqaror rivojlanish konsepsiyasi elon qilindi. 1987 yilda
"Bizning umumiy kelajagimiz" hisobotida atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha xalqaro komissiya
(YuSAYD) "barqaror rivojlanish" zarurligiga etibor qaratdi, unda konsepsiyaning asosiy g‘oyasi
"hozirgi ehtiyojlarni qondirish kelajak avlodlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga
putur yetkazmaydi" deb qalub qilindi. "Barqaror rivojlanish" konsepsiyasining ushbu formulasi
hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda asosiy sifatida keng qo‘llanilmoqda. Barqaror rivojlanish
konsepsiyasi asosan akademik V.I. Vernadskiy tomonidan XX-asrning o‘rtalarida ilgari surilgan
noosfera konsepsiyasini aks etadi. Mazkur doktrina hozirgi zamon ehtiyojlarini qondiradigan,
ammo kelajak avlodlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga xavf tug‘dirmaydigan
rivojlanish deb tariflanadi [2].
Barqaror rivojlanish o‘zaro bog‘liq ikkita asosiy tushunchani o‘z ichiga oladi:
1) ehtiyojlar tushunchasi, shu jumladan, ustuvor ehtiyojlar (aholining eng kambag‘al
qatlamlari mavjudligi uchun zarur);
2) atrof-muhitning insoniyatning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish
qobiliyatiga qo‘yilgan cheklovlar tushunchasi (texnologiya holati va jamiyatning tashkil etilishi
tufayli).
29
Fikrimizcha, suv kadastrini shakllantirishda ushbu doktrinani qo‘llash juda roli juda katta,
chunki suv resurslarini to‘g‘ri hisobini chiqarish hamda ushbu xisob-kitoblar asosida suv
inqirozi sharoitida suv resurslarini keyingi avlodlarga ham yetkazish vazifasini to‘g‘ri echishga
yordam beradi.
Ijtimoiy ishonch doktrinasi.Ijtiomoiy ishonch huquqiy doktorina sifatida -
bu davlat
va fuqarolar, davlat organlari va jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan huquqiy
munosabatlar tizimini anglatadi. Bu doktrina huquqiy tizim samaradorligi va qonuniylik
prinsiplariga tayanadi. Bu boshqaruv Qadimiy Rimda boshlanib, Yustinian Kodeksida
belgilangan. Ushbu davrada konsepsiyani mazmuni - barcha tabiiy resurslar jamiyatga tegishli,
davlat esa ushbu tabiiy resurslarni jamiyat ishonchi asosida boshqaradi degan ma’noga
keltirilgan. Tarixiy formatsiyalarda bu doktrinani mazmuni kengaygan. XX asrga kelib
doktrinani mazmuni bo‘lib, davlat tomonidan jamiyatni tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish hamda tegishli ximoyani taqdim etishdir.
Mazkur doktrina suv kadastri uchun uchun katta ahamiyatga ega. Malumki, O‘zbekiston
Respublikasi konstitusiyasi [3]bo‘yicha tabiiy resurslar milliy boylik hisoblansada, O‘zbekiston
Respublikasi Suv Kodeksida suv resurslari davlat mulki sifatida etirof etilgan. Shunday xolatda
jamiyatni suv resurslariga bo‘lgan extiyojini qondirish davlat oldida turgan asosiy vazifalardan
biri hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda davlat statistik malumotlardan - bevosita suv
kadastri malumotlaridan kelib chiqadi. Suvdan foydalanish vaqtida suvdan foydalanuvchilarni
huquqlari buzilishi mumkin. Masalan, suv kadastri malumotlarini o‘z vaqtida yoki ololmaslik.
Shunda davlat suvdan foydalanuvchilarni axborot olish huquqini himoya qiladi.
“Aqlli tartibga solish” (smart regulation) konsepsiyasi. Bu yangi konsepsiyalardan biri
bo‘lib, uning maqsadi qonunchilikni tuzish va joriy etishda “aql va tahlil” asosida yondashishdir.
Bu yondashish jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni adolatli, samarali, aniq maqsadga
qaratilgan, manfaatlar muvozanatini taminlovchi, huquqbuzarliklarni oldini oluvchi yo‘l bilan
tashkil etishdir [4].
“Aqlli tartibga solish” konsepsiyasining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, ehtiyoj va tahlilga asoslanganlik.
Ya’ni qonun chiqarishdan avval,
jamiyatdagi aniq muammo tahlil qilinadi va nima uchun tartibga solish kerakligi asoslab
beriladi;
Ikkinchidan, munosib huquqiy vositani tanlash.
Bunda har bir muammoga nisbatan
og‘ir va qattiq chora emas, balki eng maqbul, mos va etarli chora qo‘llaniladi;
Uchinchidan, huquqiy barqarorlik va aniqlik.
Bunda qonunlar og‘ir va noaniq
bo‘lmasligi kerak. Fuqaro va tadbirkor nima mumkin, nima mumkin emasligini aniq tushunishi
kerak;
To’rtinchidan, ijtimoiy muloqotga asoslanish.
Har bir qonun loyihalari jamoatchilik
bilan muhokama qilinadi, manfaatdor guruhlar fikri inobatga olinadi.
Mazkur konsepsiya ikki qismdan iborat bo‘lib, less regulation (kamroq tartibga solish) i
better regulation (yaxshi tartibga solish)ga bo‘linadi. Ushbu tarkibiy qismlar asosiy etiborni
tartibga solish jaraeniga emas, blaki uni natijasiga qaratadi, bu esa eng katta effekt kam xarajat
orqali erishilishiga asos buladi. Milliy qonunchilikda ushbu yondoshish Norma ijodkorligi
faoliyatini takomillashtirish Konsepsiyasida belgilangan bo’lib, suv qonunchiligini keyingi
rivojlanishiga huquqiy asos bo‘ladi. Masalan, suv kadastrini shakllantirishda “regulyativ
30
qo‘mdon” shaklidan foydalanish suv kadastri axborotlarini yig‘ishda xususiy sektorni jalb etish
shaklida bo‘lishi mumkin.
Demak, suv kadastri yuritishda yuqorida tahlil etilgan doktrina va konsepsiyalarni o‘rni
fundamental xisoblanadi, chunki aynan ular suv kadastrini nazariy asos, yo‘nalish va strategik
maqsadlarni belgilab beruvchi tushunchalar hisoblanadi hamda suv kadastri axborotini
shakllantirishni tamal toshlari sifatida xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mejdunarodnaya Federatsiya Geodezistov Informatsionnaya stranitsa
et/about/general/language/leaflet-russian.asp
2.
URL: ru.wikipedia.org.
3.
O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasi https://lex.uz/docs/-6445145
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 2018-yil 8-avgust, PF-5505-son
