49
SKANDIY IONINI 1-(2-GIDROKSI-1-NAFTOYAZO)-2-NAFTOL-4-
SULFOKISLOTA BILAN ANIQLASH
Tursunqulov J.B.
Alfraganus universiteti, farmasevtika va kimyo kafedrasi,
e-mail: j.tursunqulov@afu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.14676543
Annotatsiya.
Skandiy ionini elektrotexnikaning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi,
shuning uchun uni aniqlash va ajratib olish usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolaridan
biri hisoblanadi. Uni aniqlashda 1-(2-gidroksi-1-naftoazo)-2-naftol-4-sulfokislotasini qo`llagan
holda turli fon elektrolitlarning ta’sirini o’rganish maqsadida ilmiy tadqiqot ishi olib borildi.
Fon elektrolitlar 1-(2-gidroksi-1-naftoazo)-2-naftol-4-sulfokislotasini tarkibida gidroksil va
azo guruh bilan skandiy ioni kompleks hosil qilish imkoniyatini yaratadi va skandiy ionining
mikromiqdorlarini aniqlashga yordam beradi.
Kalit so’zlar:
1-(2-gidroksi-1-naftoazo)-2-naftol-4-sulfokislota.
Skandiy minerallar va texnologik ob'ektlar tarkibiga ion radiusi bir-biriga yaqin bo'lgan
siyrak – yer elementlari bilan birlashgan uchrashuvi tufayli, uni ajratish va aniqlashda bir
necha qiyinchiliklarga olib keladi.
Skandiyni aniqlash uchun etilendiamintetraasetik kislota (EDTA) [1], iminofenol 3,5-
but
2
-2-HOC
6
H
2
CH=NX (X=8-C
9
H
6
N, 2-MeO-5-MeC
6
H
3
va 2-PhOC
6
H
4
ning toluoldagi eritmasi [2]
va boshqa usullar ishlab chiqilgan.
Shundan kelib chiqib yuqori sezuvchan, aniq va kam miqdordagi kontsentratsiyalarni
aniqlash texnikani ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari, bu usullar texnik va uslubiy jihatdan
sodda, zamonaviy, bajarilishi nisbatan tez va tahlil qilish uchun arzon bo'lishi kerak.
1-(2-gidroksi-1-naftoazo)-2-naftol-4-sulfokislotani skandiy (III) ioni bilan kompleks
birikma hosil qilishini elektrokimyoviy o’rganish uchun xronopotentsiometrik va tafel
usullarida aniqlandi. pH=2.58 bo’ldanda kompleks birikma xosil bo’lish vaqti qisqaradi. Kottrel
tenglamasi yordamida kompleks birikmaning elektronlar soni va diffuziya koeffitsienti
hisoblanadi.
𝐼 = 𝑛 ∙ 𝐹 ∙ 𝐴 ∙ 𝐷
1/2
∙ 𝐶
0
∙ 𝜋
−1/2
∙ 𝑡
−1/2
. Bundan diffuziya koeffitsienti 5,2∙10
-4
ga va
elektronlar soni 2 ga tengligi hisoblab topildi.
Skandiyning 1-(2-gidroksi-1-naftoazo)-2-naftol-4-sulfokislota bilan kompleks birikma
hosil boʻlishiga eritma kislotaliligining taʼsiri tafel yordamida oʻrganildi. Tahlil natijasida
skandiyning kompleks birikmasining yarim to'lqin potentsiali 0,165 V, reaktiv esa 0,47 V ligi
[26], potentsial ko'proq manfiy sohaga siljiydi, bu skandiyning kompleks birikma xosil
bo’lganligini ko'rsatadi.
Tadqiqotlardan shuni xulosa qilish mumkinki, skandiy ionini naftoyazo reagenti bilan
kompleks hosil qilishi kislotali muhitda sodir bo’lishi elektrokimyoviy usullarda aniqlandi.
References:
1.
Zhou Kanggen, Teng Chunying, Zhang Xuekai, Peng Changhong, Chen Wei. Enhanced
selective leaching of scandium from red mud. // Hydrometallurgy. -2018. V. 182. pp. 57-63.
10.1016/j.hydromet.
2.
Zhu Z.X., Sasaki Y., Suzuki S., Kimura T. Cumulative study on solvent extraction of elements
by N,N,N, N-tetraoctyl-3-oxapentanediamide from nitric acid into n-dodecane. // Analytica
50
chimica acta. -2004. -V.527. –Is.2. -P.163-168.
3.
Jasur Tursunqulov, Nigora Qutlimurotova, Maria Fayzullayeva, Elyor, Berdimurodov,
Samariddin Raximov, Zulayho Smanova, Asliddin Dadamatov, Nizomiddin, Aliev & Ahmad
Hosseini-Bandegharaei (01 Apr 2024): Electrochemical determination of zirconium ions using
1-(2-hydroxy-1-naphthoyazo)-2-naphthol-4-sulphonic acid as a novel reagent, International
Journal of Environmental Analytical Chemistry, DOI:10.1080/03067319.2024.2333988.
