46
VIRUS ETIOLOGIYALI JIGAR SIRROZIDA PERONIT ASORATLARI
Xoliqova D.S.
Andijon davlat tibbiyot instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14651599
Annotatsiya.
Barcha bemorlar qabul qilinganda assitik suyuqlikdagi neytrofillar sonini
hisoblash bilan birga diagnostik laparotsentez o‘tkazildi va ozuqa muhitlarda ekildi. Dispetik
belgilar-60.3%, tana harorati ko‘tarilishi- 37.9%, yetilmagan shakllar paydo bo‘lishi bilan
kuzatiladigan leykotsitoz- 48.2% kabi belgilar SBP ning ko‘p uchraydigan belgilari sifatida
ro‘yxatga olindi.
Kalit so‘zlar:
jigar sirrozi, laparotsentez,a ssitik suyuqlik.
KIRISH
Spontan bakterial peritonit- dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozining og‘ir
polietiologik asorati hisoblanib, ichak mikroflorasining translokatsiyasi va bakteriyalarning
ko‘p miqdorda o‘sishi asosida rivojlanadi. Buning natijasida qorin pardaning yallig‘lanishi,
assitik suyuqlikning kontaminatsiyasi, sistemali yallig‘lanish reaksiyasi sindromi kelib chiqadi,
bu esa o‘z navbatida sepsisning rivojlanishi va poliorgan yetishmovchiligiga olib keladi. SBP
yuqori darajadagi o‘lim xolati, kech tashxis qo‘yish bilan tavsiflanadi. Hozirgi kunga qadar
yetarli darajada «tez- tez uchrab turadigan lekin kamdan kam tashxislanadigan» jigar
sirrozining asorati bo‘lib hisoblanadi [1].
ASOSIY QISM
O‘tgan asrning 60-yillarida birinchi marta SBP ni Garold Konn qayd qilgan. O‘sha davrda
bu asorat bilan o‘lim holati taxminan 90% ga yetgan. To‘g‘ri tashxislay olmaslik, o‘z vaktida va
mos davo choralarining ko‘rilmaganligi o‘lim darajasining oshishiga sabab bo‘lgan. So‘nggi
yillarda turli mualliflarning malumotlariga ko‘ra, SBP ning statsionar sharoitda davolanishi
hisobiga o‘lim darajasi 20% dan 11% gacha yetgan [2, 3].
SBPning asosiy patogenetik omili bo‘lib ichak bo‘shlig‘idagi bakteriyalarning mahalliy
limfa tugunlarga, limfaga va qonga translokatsiyasi hisoblanadi. Shuningdek, SBPning
rivojlanishida portal va qorin bo‘shlig‘idagi bosimning ortishi, ingichka ichak bo‘shlig‘idagi
bakteriyalarning ko‘payib ketishi, ichak devori o‘tkazuvchanligining oshib ketishi, ichak
tranzitining sekinlashuvi, mahalliy immun javobning sekinlashuvi, jigar retikuloendotelial
tizimining fagotsitar aktivligining buzilishi va assitik suyuqlikning himoya qilish xususiyatining
pasayishi kabilar muhim rol o‘ynaydi [2].
30 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan virus etiologiyali jigar sirrozida yuzaga kelgan spontan
bakterial peritoniti bo‘lgan 58 nafar bemor (32 (55.2%) erkak va 26 (40.6%) ayol)
tekshiruvdan o‘tkazildi. Barcha bemorlar jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan. IFA usuli yordamida
VGV virusi markerlari (HBsAg, HBc-IgM IgG, HBeAg), BGD (HDV-IgG), BGC (anti-HCV)
aniqlangan bemorlar tekshiruv guruhiga kiritilgan. Viruslarning sifatiy, miqdoriy va genotipik
ko‘rsatkichlari Amplifikator DT LITE apparatida, PZR usuli yordamida aniqlandi.
Kuzatuv ostidagi bemorlar etiologik taqsimoti 1-rasmda keltirilgan. Ularning orasida
HVV-infeksiyasi 20 nafar bemorda, HCV- 27 nafar, HVV+HCV infeksiya 6 nafar, HVV+HDV
infeksiya 5 nafarda aniqlandi.
47
HCV genotipining klinik xususiyati jigar sirrozi bilan bog‘liqligi o‘rganildi. PZR tahlilida
RNK-HCV aniqlangan bemorlar guruxi o‘rganildi (33 nafar). Genotiplar o‘rganilgandan so‘ng
keyingi natijalar olindi: 1α tip
15 kasalda, 1b tip 9 kasalda, 3-genotip 6 kasalda. Ikki genotipning birgalikda 1b +3α tip 3
kasalda aniqlandi.
Jigar sirrozi tashxisini tasdiqlash uchun uning etiologiyasi, kompensatsiya va asorat
bosqichi, klinik ko‘rinishi va anamnezi, qondagi biokimyoviy tahlillardan
aspartataminotransferaza (AsAT), alaninaminotransferaza (AlAT), ishqoriy fosfataza (IF),
gamma- glyutamiltranspeptidaza (GGTP), bilirubin, xolesterin, umumiy oqsil, oqsil fraksiyasi,
kreatinin, mochevina, glyukoza, SRO MINDRAY BA – 88A (Xitoy) biokimyoviy analizatorida
aniqlandi.
Ko‘rsatilgan barcha tahlillar assitik suyuqlikdan o‘rganildi hamda instrumental
diagnostika (UTT, elastografiya) usuli bilan tasdiqlandi. Jigar sirrozi bosqichi bilan fibrozlanish
indeksini
METAVIR bo‘yicha klassifikatsiyalanib shkala hisoblandi.
Assit bilan asoratlangan jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan 58 nafar bemorning klinik,
biokimyoviy kompleks tekshiruvlar natijasi tahlil qilindi. Erkak va ayollarda yosh bo‘yicha
farqlar deyarli aniqlanmadi.
Jigar sirrozi etiologiyali SBP bilan asoratlangan bemorlarning infitsirlanish omili tahlili
shuni ko‘rsatadiki, xirurgik davo va qon hamda qon preparatlarini quyishdan 22,4% bemorlar,
20,7% bemorlar anamnezida xirurgik operatsiyalar o‘tkazgan, diagnostik instrumental
ko‘rikdan 19,0% bemorlar, himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali 8,6% , 5,2% bemorlar
muntazam stomatologik manipulyatsiyalarni olgan, 24,1% da infeksiya manbai aniqlanmadi.
Kuzatuvdagi bemorlarda kasallikning klinik ko‘rinishi umumiy holsizlik (37) (63,8%),
ishtahaning pasayishi (35) (60,3%), ko‘ngil aynishi va qusish (27) (46,6%), terida qichishish
(5) (8,6%), qorinda og‘riq (35) (60,3%) kuzatilgan. Bemorlarning 22 nafarida (37,9% )
subfebril temperatura, 3 (5,2%) nafarda yaqqol sariqlik, 21 (36,2%) sezilarsiz sariqlik.
Splenomegaliya 35 (60,3%), shish 30 (51,7%) bemorlarda aniqlandi.
Jigar sirrozi etiologiyali SBP klinik belgilari bo‘yicha 2 guruhga bo‘lindi: simptomli n=37
(63.7%) va simptomsiz n=21 (36.3%), Klinik belgilari ma’lum SBP (n=37) 17 (45.9%)
bemorlarning assitik suyuqlikda neytrofillar (PYaL≥250kl/mm³), boshqalarida (n=20) (54.1%)
bemorda (≤250kl/mm³) aniqlandi.
XULOSA VA MUNOZARA
Kuzatuvdagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, odatda jigar sirrozi HCV- infeksiya markeri bilan
uchraydi. SBP belgilari kabi dispeptik belgilar- 60.3%, temperatura-37.9%, yetilmagan shaklli
leykotsitoz -48.2% kuzatildi.
References:
1.
Conn H.O. Laennec sirozida o'z-o'zidan peritonit va bakteriemiya ichak organizmlari
tomonidan chaqiriladi. Nisbatan keng tarqalgan, ammo kamdan-kam uchraydigan sindrom \\
Ann. Stajyor. Med.-1964.-60:568-5802.
2.
Vinnitskaya E.V., Osipov G.A., Drozdov V.N. va boshqalar. Diagnostika spontannogo
bakterialnogo peritonita pri tsirroze pecheni// Eksperimentalnaya va klinicheskaya
gastroenterologiya. 2008. №3.S. 18-24.,
48
3.
Jepsen P. va boshqalar. Jigar sirrozi va spontan bakterial peritonit bilan og'rigan
bemorlarning prognozi \\ Gepatogastroenterologiya. -2003.-Vol.50.-P.2133-2136.
4.
Merino Rodriguez B. va boshqalar. Klinik amaliyotda sirozli bemorlarda spontan bakterial
peritonit epizodining prognostik ahamiyati \\ Gastroenterol. Gepatol.-2008.-jild. 31(9).-B.560-
565.
