YANGI O‘T HAYDOVCHI YIG‘MA TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASINI YUSSX USULIDA TAHLILI

Abstract

Vitaminlar inson tanasining normal ishlashini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan organik birikmalardir. Ular metabolik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va hujayra o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Proteinlar, yog'lar va uglevodlar kabi makronutrientlardan farqli, vitaminlar juda oz miqdorda talab qilinadi, ammo ularning etishmasligi jiddiy sog‘'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Vitaminlarning asosiy manbalari oʼsimliklar hisoblanadi. Shuni inobatga olib, dorivor oʼsimlik xom ashyosini kimyoviy tarkibini oʼrganib yangi vitamin saqlovchi manbalarni tavsiya etish dolzarbdir.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
64-65
28

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mexriddinova , Y., & Farmanova , N. (2025). YANGI O‘T HAYDOVCHI YIG‘MA TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASINI YUSSX USULIDA TAHLILI. Natural Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(1), 64–65. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/63559
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Vitaminlar inson tanasining normal ishlashini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan organik birikmalardir. Ular metabolik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, immunitet tizimini mustahkamlaydi va hujayra o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Proteinlar, yog'lar va uglevodlar kabi makronutrientlardan farqli, vitaminlar juda oz miqdorda talab qilinadi, ammo ularning etishmasligi jiddiy sog‘'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Vitaminlarning asosiy manbalari oʼsimliklar hisoblanadi. Shuni inobatga olib, dorivor oʼsimlik xom ashyosini kimyoviy tarkibini oʼrganib yangi vitamin saqlovchi manbalarni tavsiya etish dolzarbdir.


background image

64

YANGI O‘T HAYDOVCHI YIG‘MA TARKIBIDAGI ASKORBIN KISLOTASINI

YUSSX USULIDA TAHLILI

Mexriddinova Yu.E.

1

Farmanova N.T.

2

Samarqand Davlat tibbiyot universiteti, farmakognoziya fa farmatsevtik texnologiya

kafedrasi 2-kurs magistratura rezidenti,mehriddinovayulduz@gmail.com

Toshkent farmatsevtika instituti, farmakognoziya kafedrasi mudiri, kimyo fanlari

doktori, professor, farmanovan70@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14709491

Dolzarbligi.

Vitaminlar inson tanasining normal ishlashini ta'minlash uchun zarur

bo‘lgan organik birikmalardir. Ular metabolik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi, immunitet
tizimini mustahkamlaydi va hujayra o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi. Proteinlar,
yog'lar va uglevodlar kabi makronutrientlardan farqli, vitaminlar juda oz miqdorda talab
qilinadi, ammo ularning etishmasligi jiddiy sog‘'liq muammolariga olib kelishi mumkin.
Vitaminlarning asosiy manbalari oʼsimliklar hisoblanadi. Shuni inobatga olib, dorivor oʼsimlik
xom ashyosini kimyoviy tarkibini oʼrganib yangi vitamin saqlovchi manbalarni tavsiya etish
dolzarbdir.

Ishning maqsadi.

Yangi o‘t haydovchi yig‘ma tarkibidagi askorbin kislotasini YUSSX

usulida tahlil qilish.

Material va usullar.

Tahlil uchun mahalliy xom ashyo, ya’ni itburun na’matagi mevasi,

ekma suli mevasi va dorivor qoqio‘t ildizidan tayyorlangan yig‘ma olindi. Askorbin kislotasini
miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (Agilent Technologiyes (AQSH) 1260 seriya,
“Chemstation 09.03.a”) dasturiy ta’minotli, gradiyent nasosi, spektrofotometrik detektori
bilan (ustun 4,6 x 150 mm, Zorbax Eclipse C-18 sorbent -5 mkm) usuli yordamida aniqlandi.
Mobil faza (A) va metanol (B). Aniqlash jarayoni 270 nm to’lqin uzunlikida amalga oshirildi.
Elyuyent oqimi tezligi - 1 ml/daq, ineksiya qilingan namuna hajmi- 20 mkl, xromatografiya
harorati- 35°C. Tahlil davomiyligi -10 daqiqa.

Natijalar.

Askorbin kislotasi standart namunasi va tekshiruvchi ajiratma

xromatogrammasi 1- va 2- rasmlarda keltirilgan.

1-

rasm. Askorbin kislotasi standart namunasining YuSSX xrommatogrammasi


background image

65

2-rasm. Tekshiriluvchi namunaning YuSSX xrommatogrammasi

Yuqorida keltirilgan xromatogrammalardan ko‘rinib turibdiki, tekshiriluvchi ajratma

tarkibida askorbin kislotasi (RT 2.061) borligi aniqlandi.

Xulosa.

Ilk bor mahalliy xom ashyo asosidagi yangi tarkibli oʼt haydovchi yigʼmani

tarkibida askorbin kislotasini YuSSX usulida oʼrganildi.