O’ZBEKISTONDA IQLIM O’ZGARISHLARINING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI

Abstract

Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan. Maqolada Yerning tarixiy o'zgarishlari, iqlimning tabiiy ravishda qanday o'zgargani va bugungi kunda inson faoliyati ta'sirida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada iqlim o'zgarishlarining sabab va oqibatlari, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro va milliy chora-tadbirlar haqida so'z boradi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli, O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslari va ekologik siyosatga doir eng muhim yangiliklar hamda davlat va shaxsning ekologik mas'uliyatlari haqida ma'lumot berilgan. Maqola ekologik ta'lim va ongni oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish, shaharlar va hududlarda ekologik tozalikni saqlash kabi amaliy choralarni amalga oshirishning zarurligini ta'kidlaydi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
74-76
35

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdukaxorova , S. ., & Shamsidinova , G. . (2025). O’ZBEKISTONDA IQLIM O’ZGARISHLARINING VUJUDGA KELISHI VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI. Natural Sciences in the Modern World: Theoretical and Practical Research, 4(1), 74–76. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/63816
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga bag'ishlangan. Maqolada Yerning tarixiy o'zgarishlari, iqlimning tabiiy ravishda qanday o'zgargani va bugungi kunda inson faoliyati ta'sirida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari va bu o'zgarishlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada iqlim o'zgarishlarining sabab va oqibatlari, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro va milliy chora-tadbirlar haqida so'z boradi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi roli, O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslari va ekologik siyosatga doir eng muhim yangiliklar hamda davlat va shaxsning ekologik mas'uliyatlari haqida ma'lumot berilgan. Maqola ekologik ta'lim va ongni oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlatish, shaharlar va hududlarda ekologik tozalikni saqlash kabi amaliy choralarni amalga oshirishning zarurligini ta'kidlaydi.


background image

74

O’ZBEKISTONDA IQLIM O’ZGARISHLARINING VUJUDGA KELISHI VA

ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI

Abdukaxorova Sadoqat Baxshullo qizi

Magistr, Navoiy Davlat Universiteti, O’zbekiston

Ilmiy rahbar:

Shamsidinova Gulchexra Dustmorodovna

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent, Navoiy Davlat Universiteti, O’zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.14737032

Annotatsiya:

Ushbu maqola Yerning iqlimiy o'zgarishlari va ekologik muammolariga

bag'ishlangan. Maqolada Yerning tarixiy o'zgarishlari, iqlimning tabiiy ravishda qanday
o'zgargani va bugungi kunda inson faoliyati ta'sirida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar
tahlil qilinadi. Xususan, O'zbekistonda iqlim o'zgarishlari va bu o'zgarishlarning ijtimoiy,
iqtisodiy va ekologik oqibatlari yoritilgan. Maqolada iqlim o'zgarishlarining sabab va
oqibatlari, shuningdek, ularga qarshi kurashish uchun amalga oshirilayotgan xalqaro va milliy
chora-tadbirlar haqida so'z boradi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning atrof-muhitni
muhofaza qilishdagi roli, O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslari va ekologik siyosatga
doir eng muhim yangiliklar hamda davlat va shaxsning ekologik mas'uliyatlari haqida
ma'lumot berilgan. Maqola ekologik ta'lim va ongni oshirish, qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini ishlatish, shaharlar va hududlarda ekologik tozalikni saqlash kabi amaliy
choralarni amalga oshirishning zarurligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar:

iqlim o'zgarishlari, ekologik muammolar, O'zbekiston, xalqaro hamkorlik,

BMT, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, global isish, qayta tiklanuvchi
energiya, ekologik siyosat.

Ilmiy faktlarga ishonadigan bo’lsak, bugungi kunda sayyoramizning yoshi taxminan 4,5

milliard yilni tashkil etadi va bu davr mobaynida Yerda sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Hozirgi atmosfera tarkibi, iqlim, sayyora massasi, biologik xilma-xillik o’sha vaqtdagidan
tubdan farq qiladi. Dastlab sovuq bo’lgan sayyorada yillar o’tgan sayin okeanlar va qit’alar
paydo bo’ldi, endi u o’zi va Quyosh atrofida ham nisbatan sekinroq aylana boshladi. Natijada
esa Yerda biologik xilma-xillik ortib bordi, sayyora namlik oqimida, issiqlik almashinuvida va
atmosfera tarkibida keskin o’zgarishlarga uchradi. Shunga ko’ra ayta olamizki, iqlim
o’zgarishlari Yerning butun hayoti davomida to’xtovsiz davom etib kelgan, ammo, ular Yerda
tabiiy ravishda sodir bo’lgan va yuzaga kelgan o’zgarishlar ham tabiiy moslanishlarga asos
bo’lgan. Bugun esa inson omili nafaqat iqlim o’zgarishlari, balki, ularning jadallashuviga ham
sababchi bo’lmoqda. Xususan, O’zbekiston hududida ham bir qancha iqlimiy o’zgarishlar va
ularning natijasida vujudga kelgan ekologik muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bunday
muammolar negizida esa yuqorida aytib o’tilgan tabiiy va antropogen omillar turadi. Iqlim
o’zgarishlarining qay sababdan paydo bo’lishi, qanday oqibatlarga olib kelishi va ularning
oldini olish bugunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

So’nggi yillar davomida dunyo bo’yicha iqlimiy masalalarni o’rganuvchi va tatqiq

qiluvchi bir qator ilmiy markazlar tashkil etilgan bo’lib, ulardan eng mashhurlari qatoriga
Butunjahon meteorologiya tashkiloti, Global Atrof-muhit jamg'armasi, "Yerning do'stlari"
xalqaro tashkilotlarini kiritish mumkin.

Bundan tashqari hozirda BMTning mavjud 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlardan 6 tasi

atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug`ullanadi. Jumladan, YuNESKO-ta’lim,
fan va madaniat masalalari bilan shug`ullanuvchi tashkilot faoliyatining asosiy


background image

75

yo`nalishlaridan biri atrof-muhit muhofazasi sohasida maorif va kadrlar tayyorlash, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha ijobiy tajribalarni ommalashtirish, ilmiy
tadqiqotlar o`tkazishga qaratilgan.

FAO

– oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi bo`yicha tashkilot. U yer, suv, o`simlik va

hayvonlardan kompleks foydalanish, ularning unumdorligini oshirish muammolari bilan
shug`ullanadi.

VOZ

- xalqaro sog`likni saqlash tashkiloti. Atrof-muhitni muhofazasining sanitary-

gigiyenik masalalari bilan shug`ullanadi.

VMO

- xalqaro meteorologik tashkilot. Iqlimdagi umumsayyoraviy o`zgarishlar bilan

shug`ullanadi.

IMKO-

dengizlar bo`yicha davlarlararo maslahat tashkiloti. Bu tashkilot dunyo dengiz va

okeanlaridan foydalanishning ekologik jihatlari bilan shug`ullanadi. Yuqoridagilardan
tashqari, BMTning ijtimoiy va iqtisodiy masalalar bilan shug`ullanuvchi kengashi EKOSOS
faoliyatida ham atrof-muhit muhofazasiga jiddiy e’tibor beriladi.

Aytish joizki, dunyo bo’ylab iqlim o’zgarishlari va ekologik ko’rsatkichlarning o’zgarishi

yuzasidan tinimsiz izlanishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, so`nggi bir yarim asrda
bunday o`zgarishlarda inson omili katta rol o`ynayotgani e’tibordan chetda qolgani yo’q.
Jumladan, ishlab chiqarish shiddat bilan rivojlanib, atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli
chiqindilar miqdorining ortishi, demografik o`sish, avtomobillarning ko`payishi havoning
o`rtacha harorati ortishiga sabab bo`layapti. Iqlimni mo`tadil saqlashda katta ahamiyatga ega
bo`lgan o`rmonlar maydoni esa yildan-yilga qisqarib bormoqda.

Tabiiyki iqlim o`zgarishlari keyingi yarim asr ichida bizning mintaqaga ham sezilarli

ta`sir o`tkazdi. Bir paytlar mavjlanib yotgan Orol dengizi maydoni o`nlab baravarga qisqarib,
uning o`zani qaqroq sahroga aylandi.

So`nggi yillarda havo haroratining ko`tarilishi natijasida Sirdaryo va Amudaryoni suv

bilan ta`minlaydigan Pomir va Tyanshan muzliklari shiddat bilan erib bormoqda. Tojikiston
hamda Qirg`iziston vakillari ba`zi muzliklar 20-30% eriganini aytishmoqda. Bir necha o`n
yilliklar ichida esa bu muzliklarning yarmidan ko`pi erib bitishi mumkin.

Shu va shunga o’xshash iqlim o`zgarishlarining noxush oqibatlariga qarshi kurashish

maqsadida O`zbekiston hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyat bilan hamkorliklar faol
yo`lga qo`yilgan va bir qancha xalqaro shartnoma va bitimlar imzolangan.

Jumladan, 2016-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Parij bitimiga qo‘shildi, BMTning

to’laqonli a’zosi sifatida O’zbekiston ushbu tashkilot tomonidan qabul qilingan barcha qonun,
qaror va protokollarga to’laqonli amal qiladi, hamda ularga qo’shimcha tarzda doimiy
ravishda bir qancha loyihalar ishlab chiqadi. Xususan, O’zbekiston Prezidentning 2023-yil 8-
iyundagi “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan
Green University faoliyati yo’lga qo’yilmoqda. Ushbu universitet davlat OTM hisoblanib,
faoliyatini Hub and Spoke tamoyili asosida olib borish rejalashtiriligan bo’lib, O‘zbekiston va
Markaziy Osiyo mintaqasining muhim ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy
muammolarini hal etishga qodir mutaxassislar, olim, tadqiqotchi, rahbar va tadbirkorlarni
tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Joylarda keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhitininig

rivojlanishi, munosabatlarning iliqlashishi iqlim o‘zgarishlarini muvofiqlashtirishga ham


background image

76

ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Xususan, avgust oyida Turkmanistonda Orol muammosiga
bag‘ishlab o‘tkazilgan sammitda ham mintaqadagi davlat rahbarlari ana shu masalalarni keng
muhokama qilib, zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdi.

Xulosa:

Ushbu ekologik masalalar faqat davlat idoralari, soha mutaxassislari zimmasidagi vazifa

bo’libgina qolmay, har bir inson global isish, iqlim o`zgarishlarining oldini olishga qo`lidan
kelgancha hissa qo`shishi shart. Ishlab chiqarish korxonalarida asosan qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanish, imkon qadar ekologik toza transport vositalari
(velosiped, elektromobil) xizmatidan foydalanish, yirik shahalarimizda avtomobilsiz kunlarni
joriy etish, ko`p miqdorda yoqilg`i sarflaydigan avtomashinalar uchun to`lovlarni oshirish
singari choralar ham ma`lum ma`noda iqlim o`zgarishlarini cheklashga yordam berishi
mumkin. Hududlarda, ayniqsa shahar joylarida daraxtzorlarni yanada ko`paytirish,
daraxtlarning asossiz kesilishiga yo`l qo`ymaslik ham shular jumlasidandir. Zotan, tabiiy
boyliklarimizga ehtiyotkorona munosabatda bo`lsak, suv, gaz, elektr energiyasining ortiqcha
sarfiga yo`l qo`ymasak, o`zimiz yashayotgan hudud, hovli yoki ko`chaning toza va ozodaligiga
e`tibor qaratsak qaysi bir ma’noda ekologiya va atrof-muhit sofligiga ma’lum miqdorda o’z
hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

References:

1.

Qosimov, T. (2020).

O‘zbekistonning ekologik rivojlanishi va atrof-muhitni himoya qilish

choralari

. Toshkent: O‘zbekiston ekologik jamiyati nashri.

2.

Karimov, A. R., & Zakirov, A. T. (2021).

Environmental effects of mining and industrial

activities on public health in Uzbekistan

. Uzbekistan Journal of Environmental Studies, 13(1),

77-89.
3.

Jahon Meteorologiya Tashkiloti (2022).

Iqlim o‘zgarishlari va global isitish

. BMT Atrof-

muhit dasturi, YUNESKO, Global Environment Facility (GEF).
4.

Shamsidinova G.D. Yuldashev M.X. Boratova M.G’. (2021).

Ekologiya va atrof-muhitni

muhofaza qilish. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.

References

Qosimov, T. (2020). O‘zbekistonning ekologik rivojlanishi va atrof-muhitni himoya qilish choralari. Toshkent: O‘zbekiston ekologik jamiyati nashri.

Karimov, A. R., & Zakirov, A. T. (2021). Environmental effects of mining and industrial activities on public health in Uzbekistan. Uzbekistan Journal of Environmental Studies, 13(1), 77-89.

Jahon Meteorologiya Tashkiloti (2022). Iqlim o‘zgarishlari va global isitish. BMT Atrof-muhit dasturi, YUNESKO, Global Environment Facility (GEF).

Shamsidinova G.D. Yuldashev M.X. Boratova M.G’. (2021). Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.