"SUYUQ JAG’-JAG’ (CAPSELLA BURSA PASTORIS L) EKSTRAKTI ASOSIDA YUMSHOQ DORI SHAKLLARI (SURTMA VA GEL) OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH"

Аннотация

Mahalliy o‘simlik xomashyosiga asoslangan samarali dori vositalarini yaratish O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatining asosiy vazifasidir. Ushbu masalalarni hal qilish samarali dori vositalari xilma-xilligini kengaytirish va ularning aholiga yetkazib berilishini ta’minlash imkonini beradi. Suyuq jag’-jag’ ekstrakti asosida qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan surtma va gelning tarkibi tanlab olinib, texnologiyasi ishlab chiqildi. Yara va qon oqayotgan jarohatlarni davolashda surtma va gellar faol qo’llanilmoqda, ayniqsa, ularning tarkibiga fitopreparatlarni kiritish tendensiyasi kuchaymoqda. Biologik faol moddalarning kompleksi ko‘p tomonlama va bir-birini to‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularni uzoq vaqt davomida va nojo‘ya ta’sirlarsiz qo‘llash imkoniyatini beradi. Xalq tabobatida jag’-jag’ o‘ti (Bursa pastoris L) qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida keng qo‘llanilgan bo‘lib, bu uni teri kasalliklarini davolashda qo‘llashga asos bo‘lgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
16
32

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Poyonov , M. (2025). "SUYUQ JAG’-JAG’ (CAPSELLA BURSA PASTORIS L) EKSTRAKTI ASOSIDA YUMSHOQ DORI SHAKLLARI (SURTMA VA GEL) OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH". Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1), 16. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdtf/article/view/63219
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mahalliy o‘simlik xomashyosiga asoslangan samarali dori vositalarini yaratish O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatining asosiy vazifasidir. Ushbu masalalarni hal qilish samarali dori vositalari xilma-xilligini kengaytirish va ularning aholiga yetkazib berilishini ta’minlash imkonini beradi. Suyuq jag’-jag’ ekstrakti asosida qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan surtma va gelning tarkibi tanlab olinib, texnologiyasi ishlab chiqildi. Yara va qon oqayotgan jarohatlarni davolashda surtma va gellar faol qo’llanilmoqda, ayniqsa, ularning tarkibiga fitopreparatlarni kiritish tendensiyasi kuchaymoqda. Biologik faol moddalarning kompleksi ko‘p tomonlama va bir-birini to‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularni uzoq vaqt davomida va nojo‘ya ta’sirlarsiz qo‘llash imkoniyatini beradi. Xalq tabobatida jag’-jag’ o‘ti (Bursa pastoris L) qon to‘xtatuvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida keng qo‘llanilgan bo‘lib, bu uni teri kasalliklarini davolashda qo‘llashga asos bo‘lgan.


background image

16

"SUYUQ JAG’-JAG’ (CAPSELLA BURSA PASTORIS L) EKSTRAKTI ASOSIDA

YUMSHOQ DORI SHAKLLARI (SURTMA VA GEL) OLISH TEXNOLOGIYASINI

ISHLAB CHIQISH"

Poyonov M.M.

Alfraganus Universiteti, Toshkent shahri, O‘zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.14619239

Mahalliy o‘simlik xomashyosiga asoslangan samarali dori vositalarini yaratish

O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatining asosiy vazifasidir. Ushbu masalalarni hal
qilish samarali dori vositalari xilma-xilligini kengaytirish va ularning aholiga yetkazib
berilishini ta’minlash imkonini beradi. Suyuq jag’-jag’ ekstrakti asosida qon to‘xtatuvchi va
yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan surtma va gelning tarkibi tanlab olinib, texnologiyasi
ishlab chiqildi. Yara va qon oqayotgan jarohatlarni davolashda surtma va gellar faol
qo’llanilmoqda, ayniqsa, ularning tarkibiga fitopreparatlarni kiritish tendensiyasi
kuchaymoqda. Biologik faol moddalarning kompleksi ko‘p tomonlama va bir-birini
to‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu ularni uzoq vaqt davomida va nojo‘ya ta’sirlarsiz qo‘llash
imkoniyatini beradi. Xalq tabobatida jag’-jag’ o‘ti (Bursa pastoris L) qon to‘xtatuvchi va
yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida keng qo‘llanilgan bo‘lib, bu uni teri kasalliklarini
davolashda qo‘llashga asos bo‘lgan.

Fitopreparatlar surtmasi va gelini yaratishda asosga kiritilgan komponentlarning tanlovi

katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularning toksik emasligi, mikrobiologik tozalikka mosligi,
fiziologik inertligi va barqarorligi gel uchun asos sifatida 6% natriy karboksimetilsellyuloza
(NaKMS) tanlovini belgiladi. NaKMS adsorbsion xususiyatlarga ega bo‘lib, jarohatlangan
terining turli xil ajralmalarini yutadi va uning yuzasida himoya qoplama hosil qiladi. O‘simlik
preparatlarini asosiy faol komponentlar sifatida surtma tarkibiga kiritish nafaqat ularning
terapevtik samaradorligi, balki teri va organizmning umumiy holatiga ijobiy ta’siri bilan ham
izohlanadi. Suyuq jag’-jag’ ekstrakti asosida surtma tarkibi ishlab chiqildi.

Asos tanlashda biz dori va yordamchi moddalarning turli kombinatsiyalardagi o‘zaro

mosligini diqqat bilan o‘rganib chiqdik, shuningdek, ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini
hisobga oldik. Surtma va gelning optimal tarkibini tanlashda asosiy mezonlar sifatida tashqi
ko‘rinish, qatlamlanishga barqarorlik, bir xililik, kolloid va termik barqarorlik, yuqori va past
haroratlarda hamda suvli eritmaning pH qiymati kabi sifat ko‘rsatkichlari hisobga olingan.
Suyuq jag’-jag’ekstrakti surtma uchun suv – vazelin emulsiyon asosi tanlangan bo‘lib,
emulgator T2 kiritilgan.

Natriy karboksimetilsellyuloza (NaKMS) asosida gel tayyorlash texnologiyasi

quyidagicha: NaKMS 2-6% konsentratsiyasida gel tarkibiga kiritiladi; u gidrofil asos sifatida
ishlatiladi. NaKMS porselen idishga tortilib, ustidan tozalangan suv quyildi, so‘ngra suyuq
o‘simlik ekstrakti qo‘shilib, yaxshilab aralashtirildi va 30-40 daqiqa davomida shishish uchun
qoldirildi. 60 daqiqadan so‘ng glitserin qo‘shilib, suv hammomida (50-60°C) bir xil massa
hosil bo‘lguncha aralashtirildi. Tayyor gel tumanli shisha idishga qopqoqli qilib joylashtirildi.

Emulsiyon asosida mayi tayyorlash texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat edi:

surtma asosini tayyorlash, suyuq jag’-jag’ ekstraktini kiritish, gomogenizatsiya, tuzilma hosil
qilish bilan qayta gomogenizatsiya, surtmani qadoqlash va o‘rash.

Shunday qilib, suyuq jag’-jag’ ekstrakti asosida surtma va gelning tarkibi va

texnologiyasi ishlab chiqildi.