O‗quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining funktsional imkoniyatlari

CC BY f
15-17
292
46
Поделиться
Бобобеков, Ш. (2022). O‗quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining funktsional imkoniyatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 15–17. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5080
Шокир Бобобеков, Jizzax davlat pedagogika instituti

oqituvchi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlarining imkoniyatlaridan ta ’Um jarayonida foydalanish va uning ahamiyati haqida so ‘z yuritilgan.

Похожие статьи


background image

15

11.

Yu, H.; Yang, L.T.; Zhang, Q.; Armstrong, D.; Deen, M.J. Convolutional neural networks

for medical image analysis: State-of-theart,comparisons, improvement and perspectives.
Neurocomputing 2021, 444, 92–110. [CrossRef];
12.

Li, Z.; Liu, F.; Yang, W.; Peng, S.; Zhou, J. A survey of convolutional neural networks:

Analysis, applications, and prospects. IEEE Trans. Neural Netw. Learn. Syst. 2021, 1–21.
[CrossRef];
13.

Sampson, S.E. A strategic framework for task automation in professional services. J. Serv.

Res. 2021, 24, 122–140. [CrossRef].

O‗QUV JARAYONIDA FOYDALANILADIGAN BULUTLI TARMOQ

XIZMATLARINING FUNKTSIONAL IMKONIYATLARI

Bobobekov Shokir Ravshanovich

Jizzax davlat pedagogika instituti o‗qituvchi

Annotatsiya:

Ushbu

maqolada

bulutli

texnologiyalarga

asoslangan

tarmoq

xizmatlarining imkoniyatlaridan ta‘lim jarayonida foydalanish va uning ahamiyati haqida so‗z
yuritilgan.

Kalit sо‗zlar:

ta‘lim, bulutli hisoblash, bulutli texnologiyalar, bulutli xizmatlar.

Ta‘lim har qanday jamiyatning ajralmas qismidir. Jamiyat ta‘lim tizimini

zamonaviylashtirmasdan jadal rivojlana olmaydi. Zamonaviy dunyoda ta‘lim ijtimoiy va
iqtisodiy farovonlik o‗sishining eng muhim sharti, mamlakatni barqaror rivojlanishining manbai
hisoblanadi. Bugungi kun yosh avlodining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan Internet
xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji yuqori. Shu sababli, bulutli texnologiyalarga asoslangan
tarmoq xizmatlaridan foydalanish eng samarali va qulay usullardan biri hisoblanadi [3].

Bulutli texnologiya zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining faol

rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‗lib, u sifatli ta‘lim natijalariga samarali erishishga, axborotga
bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishga va analitik qobiliyatlarni shakllantirishga yordam beradigan
keng ko‗lamli didaktik imkoniyatlarga ega.

O‗quv jarayonini tashkil etishda bulutli texnologiyalardan foydalangan holda amaliy

topshiriqlarni bajarish bilan cheklanib qolmay, balki yagona axborot ta‘lim maydonini tashkil
etish imkoniyatini ham beradi. Ta‘lim jarayonida bulutli texnologiyalarga asoslangan ta‘lim
muhitidan foydalanish talabalarga shaxs sifatida o‗zini-o‗zi anglash, ta‘limiy qobiliyatlarini,
axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi. Bulutli texnologiyalarga
asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish, ta‘limni masofaviy shaklida olib borish uchun
qulay imkoniyatlar taqdim etadi. Masalan, talabalarga zarur o‗quv resurslarni uzatish,
topshiriqlar yaratish va uni taqdim etish, topshiriqlar ijrosini baholash va o‗zlashtirish darajasini
tahlil qilib borish kabi imkoniyatlar. Shuningdek, talabalar hamda o‗qituvchi va talaba o‗rtasida
o‗zaro aloqani tashkil etish imkonini ham beradi. Bulut shuningdek, guruhli shakldagi ishlarni
bartaraf etadi, ya‘ni talabalar guruhli loyiha ustida ishlash uchun bir joyda bo‗lishlari shart emas,
lekin ular bulutli hisoblash orqali istalgan joydan topshiriqlarni bajarishlari mumkin.

Bulutli texnologiyalar ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarining ilmiy va ijodiy

faoliyat yuritishi uchun keng ko‗lamli samarali ta‘lim xizmatlarini taqdim etadi. Bulutli
texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish natijasida talabalar zamonaviy
ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bulutli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish
ta‘lim sifati, o‗quv resurslari va o‗zlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, o‗quv jarayonini
uzluksiz va tizimli tashkil qilish imkonini beradi. Shuningdek, boshqa ta‘lim muassasalari bilan
xamkorlik qilish imkonini beradi.

Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanishda ta‘lim sifati va

kadrlar tayyorlash darajasini oshirishga qaratilgan axborot bazalari va bilimlarining ochiqligi va
undan foydalanish imkoniyati, moliyaviy va moddiy resurslarni tejash, tarmoq resurslari orqali


background image

16

o‗quv jarayonining uzluksiz rivojlanishi va o‗qitish ustidan tizimli nazorat kabi bir qator
vazifalar hal etildi.

Talabalarni faollashtirish va o‗quv jarayonining interfaolligini ta‘minlash uchun bulutli

texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi, ular o‗z-o‗zidan
interfaol bo‗lib, sub‘ektlarning tarmoqda o‗zaro aloqasini tashkil etish imkoniyatini beradi.
Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlari videoaloqa va ovozli uzatish
texnologiyalaridan foydalangan holda real vaqt rejimida bir-biri bilan ishlash, shuningdek
hujjatlar ustida masofaviy hamkorlik qilish, yani matn, jadval, taqdimot, grafik hujjatlarni
birgalikda tahrirlash kabi imkoniyatlar tufayli sub‘ekt va sub‘ekt o‗zaro tarmoq aloqasini tashkil
qilish imkonini beradi.

Bulutli hisoblash ta‘lim muassasalarida ma'lumotlarni xavfsiz saqlash va himoya qilishga

yordam beradi. Ko‗pgina bulutli xizmat ko‗rsatuvchi provayderlar o‗zlarining bulutli
infratuzilmasi uchun asosiy xavfsizlik darajasini ta'minlaydigan xavfsizlik choralariga sarmoya
kiritadilar. Bu esa foydalanuvchilar uchun qulay va ishonchli hisoblanadi. Masalan, qurilmalar
ishlamay qolsa yoki shunga o‗xshash texnik nosozliklar kuzatilganda, ma'lumotlarga zarar
yetmaydi, chunki ular bulutda saqlanadi [4].

Quyida amaliy topshiriqlarni hal etish uchun zarur bo‗lgan tarmoq xizmatlari keltirilgan

(1-jadval).

1-jadval

Amaliy topshiriqlar va bulut xizmatlari

Amaliy topshiriqlar

Foydalaniladigan bulutli xizmatlar

1 Yagona ta‘lim muhitini tashkil qilish uchun

bulut texnologiyalarga asoslangan operatsion
tizimlaridan foydalanish

Google Chrome OS,
CloudTop, Joli Cloud,

Cloudo, xOS, Zim Desk, ZeroPC

2 O‗quv materiallaridan jamoaviy yoki yakka

foydalanish uchun ma‘lumotlarni saqlash va
almashish xizmatlaridan foydalanish

Яндекс Диск, Google Диск, Dropbox,

OneDrive, Box, Облако Mail.ru

3 O‗quv materiallari va mustaqil ish natijalarini

vizualizatsiya qilish uchun integratsiyalangan
office to‗plamlari, shu jumladan matn, elektron
jadval va taqdimot muharrirlari xizmatlaridan
foydalanish

Google Документы, Office Online,

Zoho Office

4 Axborot xavfsizligini ta‘minlash uchun bulutga

asoslangan antivirus dasturlarining asosiy
funksiyalaridan foydalanish

PrevX, Immunet, Panda Cloud
Antivirus

5 Dasturlash asoslarini o‗rgatish, shuningdek,

dasturlarni ishlab chiqishda almashishni tashkil
qilish uchun bulutli xizmatlar va ularning
funktsional imkoniyatlaridan foydalanish

Cloud9, Ideone

6 Elektron testlarni tashkil qilish va o‗tkazish

uchun bulut xizmatlaridan foydalanish

Google Формы, Опросы (в Office
Online)

Ushbu jadvaldan so‗ng shunday xulosaga kelish mumkinki, bulutli tarmoq xizmatlarining

funktsional imkoniyatlarini tahlilidan so‗ng, sanab o‗tilgan bulutli xizmatlar bir qator fanlar
bo‗yicha samarali o‗quv ishlarini tashkil etish uchun etarli bo‗lgan zarur funktsiyalar
majmuasiga ega.


background image

17

Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlari mobilligi va umumiy

foydalanishni tashkil etish imkoniyatlari nafaqat uy vazifalarini va mustaqil ishlarni bajarishda,
balki loyiha va tadqiqot faoliyatini tashkil qilishda ham talabalar faoliyatini nazorat qilishni
tashkil qilish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi.

Bulutli texnologiyalarga asoslangan tarmoq xizmatlari nafaqat o‗qituvchilar, balki

talabalar uchun ham qo‗shimcha vaqt va kuch sarflamasdan bunday nazoratni tez va samarali
tashkil etishga yordam beradi. Bundan tashqari, bulutli texnologiyalardan foydalangan holda,
turli sabablarga ko‗ra ma‘lum bir vaqt ichida ta‘lim muassasasiga borish imkoniga ega
bo‗lmagan talabalar bilan ishlash mumkin bo‗ladi va ular boshqa ishtirokchilar kabi, darslarda
o‗rganilgan materiallar haqida o‗quv ma‘lumotlarini o‗z vaqtida olish va o‗zlashtirish imkoniga
ega bo‗ladi. Bunday vaziyatda o‗qituvchi ommaviy bulut vositalaridan foydalangan holda
bunday talabalarning o‗quv faoliyatini masofadan tashkil etish va nazorat qilish imkoniyatiga
ega, chunki bulutli ilovalar bilan ishlash uchun zamonaviy veb-brauzer bilan jihozlangan
qo‗llab-quvvatlanadigan global Internet ega bo‗lish kifoya.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga 4-

ilova, Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi sifatini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar
rejasi.
2.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-

ilova. O‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.
3.

Шевченко В.Г. Технологии облачных вычислений: учебное пособие. ТГТУ 2017

4.

Sh.R.Bobobekov. ―Tarmoq xizmatlaridan o‗quv jarayonida foydalanish imkoniyatlari‖.

―Tafakkur ziyosi‖ ilmiy-uslubiy jurnal. - 2022. - №1

РАЗРАБОТКА ЭЛЕКТРОННЫХ ИНФОРМАЦИОННЫХ РЕСУРСОВ

ДЛЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ БАКАЛАВРОВ ПО

НАПРАВЛЕНИЮ «СЕРВИС»

Юрий Сергеевич Дорохин

Кандидат педагогический наук, доцент, ФГБОУ ВО «Тульский государственный

педагогический университет им. Л. Н. Толстого»

Успех профессиональной подготовки квалифицированных кадров зависит от

множества факторов. Современный уровень развития общества, значительное ускорение
технологического развития и совершенствование технических средств требуют
пересмотра информационного и методического сопровождения образовательного
процесса.

Достаточно

актуальной

проблемой

является

наличие

ресурсно-

информационного обеспечения образовательных программ, что включает в себя
библиотечные комплексы образовательных организаций и региона, российские
электронные библиотечные системы, информационные Интернет-ресурсы по профилю
подготовки, а также методические разработки, в т. ч. преподавателей, реализующих
образовательные программы профессионального образования.

Качественный информационный контент, доступный для обучающихся,

способствует повышению эффективности процесса обучения. Такой контент может быть
реализован в форме электронного учебно-методического комплекса в системе
дистанционного обучения, содержание и структура которого отвечает требованиям ГОСТ
Р 53620-2009 [1], в форме программы для самообучения (Интернет-ресурс или прикладное
программное обеспечение), электронная книга или документ. В образовательных
организациях, реализующих программы профессионального образования, подбор и

Библиографические ссылки

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga 4-

ilova, Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi sifatini oshirish boyicha kompleks chora-tadbirlar

rejasi.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga 1-

ilova. O‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi.

Шевченко В.Г. Технологии облачных вычислений: учебное пособие. ТГТУ 2017

Sh.R.Bobobekov. ―Tarmoq xizmatlaridan o‗quv jarayonida foydalanish imkoniyatlari‖.

―Tafakkur ziyosi‖ ilmiy-uslubiy jurnal. - 2022. - №1

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов