Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlari

CC BY f
469-471
327
12
Поделиться
Файзуллаева, Г. (2022). Oilada muloqotchanlikka kirishishning psixologik jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 469–471. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5194
Гулрукс Файзуллаева, Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oilaviy hayot osoyishtaligi uchun eng maqbul bolgan ijobiy psixologik muhit oila a‘zolari ortasidagi togri muloqotga kirishish jarayoni hisoblanadi.Aksariyat,oilalardagi nizolar,arzimagan bahona bilan ajrashib ketish, hozirgi kunda avj olmoqda.Bularning tub ildizi,albatta,oilada muloqotchanlikka kirisha olmasdan togri muomala madaniyatining shakllanmaganligiga olib boradi.Ushbu maqolada aynan oilaviy munosabatlarda muloqot va muomala madaniyati borasida soz yuritiladi.

Похожие статьи


background image

469

It is given, in fact, in such a combination as to arouse the activity of students, provoke them to
compare, reflect, and discuss [3].

Thus, the use of innovative technologies in teaching psychology will significantly

increase the possibilities of teaching, make it much more individualized both the teaching itself
and the perception of psychology in general. They provide a great opportunity to get a ―taste of
the subject and science‖. This is achieved by extensive use of authentic materials, primarily
visual (photos, posters, diagrams, etc.). and through a multimedia lesson using interactive
technologies. You can organize the production of not only traditional media products, but also
collections of various materials that would allow the teacher-psychologist to independently
design a lesson from various elements-according to their preferences, level of training and
qualifications [6].

In conclusion we have found that the formation of a creative personality of a specialist

capable of innovation is the main task of higher professional education. Innovative technologies
are designed to solve not only this problem, but also a number of other important socio-
economic and pedagogical problems. When implementing innovative technologies in the
practice of higher education, it is necessary to take into account a reasonable ratio of
standardization and innovation processes related to the curriculum and content of academic
disciplines. In turn, when developing the state standard, it is necessary to provide for the
possibility of updating the criteria and the nature of knowledge in accordance with the
requirements of life. Standardization does not exclude, but rather involves the search for
innovative approaches to learning.

References:

1. Borisova N. V. Educational technologies as an object of pedagogical choice. - M:

Research center for quality problems of training specialists, 2000. - 145 p.

2. Komarov Yu. S. Multimedia lesson. The problem of efficiency // Innovative

educational technologies. - Mn.: Miu. - № 3-2007. - 121-124 p.

3. Kosinets A. N. Innovative education – the main resource of competitive economy of

the state / A. N. Kosinets // soviet belarus. - № 205. - October 30, 2007. - 11 p.

4. Pavlova L. P. Innovative training technologies as a factor in creating a unified

educational standard // Innovative educational technologies. - Mn.: Miu. - № 1-2008. - 12-16 p.

5. Yuldasheva M.B. Using a multimedia technologies of teaching psychology in higher

education. ―Роль мультимедийных технологий в обучении иностранным языкам‖
материалы республиканской научно-практической конференции. ТУИТ, Ташкент. 9-10
март 2021 год. 120-122 стр.

6. Yuldashev F., Yuldasheva M. Prospects of the educational system in Uzbekistan.

Сборник по итогам IX Международной научно-практической конференции «Перспективы,
организационные формы и эффективность развития сотрудничества российских и
зарубежных вузов». г. Королев, Московская область, 8-9 апреля 2021 г. 309-312 стр.

OILADA MULOQOTCHANLIKKA KIRISHISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Fayzullayeva Gulrux Jumaniyozovna

Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy universitetining

Jizzax filiali ―Psixologiya‖ fakulteti magistranti

Annotatsiya

:

Oilaviy hayot osoyishtaligi uchun eng maqbul bo‗lgan ijobiy psixologik

muhit

oila

a‘zolari

o‗rtasidagi

to‗g‗ri

muloqotga

kirishish

jarayoni

hisoblanadi.Aksariyat,oilalardagi nizolar,arzimagan bahona bilan ajrashib ketish, hozirgi kunda
avj olmoqda.Bularning tub ildizi,albatta,oilada muloqotchanlikka kirisha olmasdan to‗g‗ri
muomala madaniyatining shakllanmaganligiga olib boradi.Ushbu maqolada aynan oilaviy
munosabatlarda muloqot va muomala madaniyati borasida so‗z yuritiladi.


background image

470

Kalit so‗zlar

: Muloqot, oila, shaxs, jamiyat, muomala, individ, o‗smir.


Muloqot-shaxslararo munosabatlarning asosiy ko‗rinishi bo‗lib,uning yordamida odamlar

bir-birlari bilan o‗zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o‗zaro axborot almashadilar, bir-
birlariga ta‘sir o‗tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun ham muloqot
ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib,
hamkorlik faoliyatining moddiy, ma‘naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining
ehtiyoji sifatida vujudga keladi.[1] Hozirgi kunda dolzarb bo‗lib borayotgan shaxslardagi
muomalaga kirishuvchanlikning past darajada ekanligi, albatta, jamiyatning bir bo‗lagi bo‗lgan
oilalarga borib taqaladi. Insonning tabiati shundayki, u atrofidagilar bilan muloqotda bo‗lmasdan
yashay olmaydi. Bola tug‗ilganida uning onasi o‗zining mehrini muloqot orqali beradi.[1]
Vaholanki, endigina dunyoga kelgan bolakay ham ilk bor onasi bilan muloqotga kirisha
boshlaydi. U o‗zining dastlabki ehtiyojlarini yig‗lab yetkazishga harakat qilib,muloqotga
kirishadi.

Oilaviy munosabatlarning eng ta‘sirli, jozibali va muhim bo‗lagi-bu ona-bola

munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar
bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.[2]
Ya‘ni farzandlar ota-onaning mehrini, samimiy muomalasini chin dildan his qilib borar ekan, u
ham oiladagi oila a‘zolari va jamiyatga shu iliq munosabatlarni qaytarib bera oladi. Bundan kelib
chiqadiki, qachonki, oilada ota-onalar bolalariga chaqaloq davridan muloqotga kirisha boshlasa,
uning keyingi yosh davrlarida muloqotga kirishuvchanligi osonlashadi. Biz, avvalo, oilalardagi
tinch barqaror muhit yaratishni ko‗zda tutar ekanmiz, oiladagi er-xotinlar munosabatinigina
emas, farzandlarning yosh psixologiyalari bilan birgalikda o‗rganishimiz zarur. Ko‗pincha ota-
onalar farzandlarining yosh xususiyatiga qarab oilada to‗g‗ri muloqotga kirisha olmaydi. O‗smir
yoshida bolalarda o‗tish yoshi bo‗lganligi uchun xarakter, xulq-atvor xususiyatlarida ham
o‗zgarishlar ro‗y beradi. Bu paytda ota-onalar muomala madaniyatiga to‗g‗ri yondashishlari
talab etiladi. Mamlakatimiz psixolog-sotsiologlarimiz tadqiqotlarida, oila tarbiyasida mavjud
bo‗lgan turli kamchiliklarni tahlil etilgan:

-bola tarbiyasida unga bo‗lgan diqqat va e‘tiborning yetishmasligi;
-farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining yo‗qligi;
-ota-onalar bilan farzandlar o‗rtasida o‗zaro tushunishning yo‗qligi va unga ikki yoqlama

intilishning yetishmasligi;

-ota-onalarning o‗g‗il va qiz bolalarga nisbatan qo‗pol muomalada bo‗lishlari;
-ota-ona o‗rtasidagi o‗zaro tushunmovchiliklarning surunkasiga davom etib turishi;[3]

kabilar jamiyatning oqsashiga sabab bo‗ladi. Zero, oila kichik vatan hisoblanadi. Rivoyatlarda
aytilishicha, dono Ezop o‗z xo‗jayinining ―Menga avval, dunyodagi eng mazali, shirin taomni
keltir va undan so‗ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir‖,-deb buyurganida, u har
ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan
qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz,
eng qadrli bo‗lishi yoki aksincha eng fojiali bo‗lishi ham mumkin.[4]

Muloqotda buyruq

ohangining ustunligi, do‗q-po‗pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo‗lish, suhbatdosh
nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e‘tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni
ifodalash, yo‗l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o‗zaro raqobat (yoki
hukmronlik-bo‗ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e‘tiborsizlik,
qo‗pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi.[4]
Shuning uchun o‗z menini anglay boshlayotgan farzandlarga bu tarzda muloqotga kirishish,
ertangi kunda uning muloqotga kirishuvchanligida psixologik muammolarga duch kelishi
mumkin. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o‗zaro kelishuvli savol-
javoblardan, o‗z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan
foydalanilsa, agar oilada o‗zaro yordam, o‗zaro tushunish, bir-birlariga yon berish odat bo‗lsa,
unda bunday oilalarda do‗stona munosabatlar o‗rnatiladi, oilaviy hayot uchun eng maqbul
bo‗lgan psixologik muhit yuzaga keladi.[4]


background image

471

Oila o‗zaro munosabatlarning tarkib topishi va muomala odobi o‗sishi uchun zamin

bo‗ladigan asosiy makondir. Yosh avlod ulg‗ayib borar ekan, ular bir oilaning boshlig‗i va oila
bekasi bo‗ladi. Ular ham keyingi avlodni tarbiyalay boshlaydi. Shu yosh ota-onalarning
tarbiyasida yosh davrlaridan boshlab, muloqotchanlikka kirishishni yuqorida aytib o‗tilgan
ijobiy psixologik yondashuv bilan amalga oshirilgan bo‗lsa, ular ham shu tarzda kelajak
avlodlarga muomala madaniyatini singdirishadi. Bu esa jamiyatda o‗z fikriga ega, mustaqil qaror
qabul qiladigan, har tomonlama yetuk shaxsni ko‗payishiga yordam beradi. Hamda oilalarda
tinchlik,barqarorlik hukm suradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.

―Muloqot psixologiyasi‘‘, M.Maxsudova, O‗quv qo‗llanma, ―Turon Iqbol‘‘, 2006 yil,

10-15-bet;

2.

Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlarning o‗rni K.Najmiddinova.

Monografiya. Toshkent ―Adolat‖ 2016 yil. 103-105-bet;

3.

―Oila tarbiyasi‖, K.Najmiddinova, Toshkent ―Adolat‖-2016, 199-bet;

4.

―Oila psixologiyasi‖, G‗.B.Shoumarov, O‗quv qo‗llanma. Toshkent-2010-yil, 147-148-

bet;

5.

N.Alimov, G.Fayzullayeva. Dependence of psychological maturity on the strength of

family relationships. Belgiya jurnali. 2022-yil 20-mart, 38-41-bet.

OTA-ONA VA FARZANDLAR O‗RTASIDAGI INQIROZLI VAZIYATLARDA

PSIXOLOGIK YORDAM KO‗RSATISHNING O‗ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ibaydullayeva Umida Rustamjonovna

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi o‗qituvchisi

Mamatqulova Yulduz Shodiyor qizi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Psixologiya KFU talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada

ota – ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli

vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatishning o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risidagi nazariy
fikrlar tahlil etilgan hamda ota – onalar uchun uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so‗zlar:

Ota – ona, farzand, nizo, inqiroz, vaziyat, psixologik yordam.

Ma‘lumki, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan, barcha jabhalarda bo‗lgani

kabi, ta‘lim tizimida ham keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ―Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma‘naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri
va istiqboli uchun ma‘suliyatni o‗z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga
bog‗liq‖[1]-deb bildirgan fikrlarini ta‘kidlash mumkin.

So‗nggi yillarda ilm-fan, xususan ijtimoiy gumanitar soha rivojiga ham juda katta e‘tibor

qaratilmoqda. Insonning fikrlash doirasini oshiradigan, uning atrof-muhitga nisbatan munosabati
hamda inson o‗zining borliqni bir bo‗lagi sifatida anglashi hamda alohida individ bo‗lib
shakllanishiga psixologiya fanining o‗rni, roli beqiyosdir. Bugungi kunda psixologlarning oldida
turgan dolzarb muammolardan biri bu-inqirozli vaziyatlarda shaxsda kelib chiqadigan turli
sohadagi buzilishlarni yanada chuqurroq o‗rganish, oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish
va amalyotga tadbiq etishdan iboratdir. Chunki inqirozli vaziyatlarda kelib chiqadigan turli
darajadagi psixologik buzilishlar oqibatida shaxsning ruhiy muvozanatiga zarar etadi,
shaxslararo munosabatlarida qiyinchiliklar, jamiyatdan yakkalanish kuzatiladi, hayot va
faoliyatida kamchiliklar, kelajagiga nisbatan ishonchsizlik, umidsizlik, yomon, tushkun kayfiyat
ortib boradi. Oxir oqibatda esa bunday holat inson tomonidan og‗riqli qabul qilinib, ruhiy

Библиографические ссылки

“Muloqot psixologiyasi”, M.Maxsudova, O'quv qo'llanma, “Turon Iqbol”, 2006 yil, 10-15-bct;

Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlaming o'mi K.Najmiddinova.Monografiya. Toshkcnt“Adolat” 2016 yil.103-105-bct;

“Oila tarbiyasi”, K.Najmiddinova, Toshkcnt “Adolat”-2016, 199-bct;

“Oila psixologiyasi”, G'.B.Shoumarov, O'quv qo'llanma. Toshkent-2010-yil, 147-148-bct;

N.Alimov, G.Fayzullaycva. Dependence of psychological maturity on the strength of family relationships. Belgiya jumali. 2022-yil 20-mart, 38-41-bct.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов