Maktabgacha ta‘limda psixologik xizmatni tashkil etishning oʻziga xos jihatlari

CC BY f
481-483
589
49
Поделиться
Норбекова, Б., & Орокбоева, М. (2022). Maktabgacha ta‘limda psixologik xizmatni tashkil etishning oʻziga xos jihatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 481–483. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5200
Б Норбекова, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi katta oqituvchisi 

М Орокбоева, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Oila psixologiyasi yoʻnalishi talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan

Похожие статьи


background image

481

Iqtisodiy va innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish bozor iqtisodiyoti

sharoitida innovatsiyalarni samarali va muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy shartidir. Bozor
iqtisodiyotining barcha vositalaridan foydalangan holda, innovatsion jarayonning barcha
ishtirokchilarining faoliyatini diqqat bilan muvofiqlashtirish zarur. Bu banklarning kredit
stavkalarini pasaytirishni, nodavlat sektordan moliyaviy resurslarni jalb qilishni, sanoat
korxonalarining tobora ko‗payib borishini innovatsion jarayonga jalb qilishni va shu bilan
innovatsiyalarning iqtisodiy xavfini kamaytirishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

7.

A.Taniyev ―Innovatsion iqtisodiyot‖. Darslik. Samarqand, SamDU nashriyoti 2020 y.

– 460 b.

8.

Alibekov, D. (2020). Socio-philosophical basis of educational system development.

ISJ Theoretical & Applied Science, 10 (90), 24-26. Soi: http://s-o-i.org/1.1/TAS-10-90-6 Doi:

https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2020.10.90.6

9.

Alibekov, D. (2021). СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ

СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ.

Журнал музыки и искусства

,

2

(2).

Internet saytlar:
10.

Library.samdu.uz

11.

Mineconomy.uz

MAKTABGACHA TA‘LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING

OʻZIGA XOS JIHATLARI

B. Norbekova

O‗zMU Jizzax filiali ―Psixologiya‖ kafedrasi katta oʻqituvchisi

M. O‘roqboyeva

O‗zMU Jizzax filiali ―Oila psixologiyasi‖ yoʻnalishi talabasi

Annotatsiya:

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida psixologik xizmatni tashkil etishdagi

ayrim muammolar va ularni bartaraf etish shakllari bayon etilgan.

Tayanch iboralar:

Maktabgacha ta‘lim tashkiloti, bola tarbiyasi, psixologik bilim, psixologik

xatolar, muomala, seminar-trening.


Bolalarni shaxs sifatida kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon natijasida
shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-ona, tarbiyachi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat
tashkilotlari, atrof - muhit, ommaviy axborot vositalari va hokazolar bevosita ta‘sir ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh
avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash va uni barcha ta‘lim
muassasalariga tadbiq etish nihoyatda zarurdir. Bugungi kunda jamiyatimiz va hukumatimiz
tomonidan ta‘limning ilk bosqichi bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalariga katta e‘tibor berib
kelinmoqda. Maktabgacha ta‘lim bolani har tomonlama kamol topib shakllanishini ta‘minlaydi,
unda o‘qishga bo‘lgan intilish hissini uyg‘otib, muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi.
―Bolaning inson sifatida shakllanishi, avvalo, oilada va maktabgacha ta‘lim
tashkilotidagi sharoit va tarbiya ishlariga bog‘liq. Olimlar va pedagoglar bola tarbiyasi qancha
erta boshlansa, shuncha yaxshi, deb hisoblaydilar‖-deb fikr bildiradi Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev [1].
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi borasida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
shunday deydi: ―Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan
‖[2].


background image

482

Yuqorida bildirilgan fikrlardan ham ko‘rinib turibdiki, maktabgacha yoshdagi bolalar
ta‘lim-tarbiyasi va psixologiyasiga doir masalalar o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatli. Shu
jihatdan olganda maktabgacha ta‘lim tizimida 2017 yillardan to hozirgi davrgacha juda ko‘plab
qonun, qaror va dasturlar qabul qilinib amaliy hayotga tadbiq etildi. Jumladan maktabgacha
ta‘lim tashkilotlarida amaliyotchi psixologlar faoliyatiga ham alohida e‘tibor qaratildi.
Maktabgacha ta‘lim tashkiloti psixologining asosiy ish faoliyati mazmuni:

1.

Muassasalarda psixologik iqlimni sog‘lomlashtirish.

2.

Psixologik bilim berish.

3.

Psixodiagnostika ishlari.

4.

Ruhiy rivojlantirish va psixokorreksiya ishlari.

5.

Psixologik maslahatlar berish.

6.

Psixoprofilaktika ishlari bilan shug‘ullanish [3].

So‘ngi yillarda mutaxassislar shunday fikrdagi, ota – onalarning psixologga qiladigan

murojaati biroz o‘zgarib aniqroq harakter kasb etmoqda. Oxirgi paytlarda ota – onalarning
amaliy psixolg yordamiga bo‘lgan qiziqishi ancha ortdi. Psixologning oldiga maslahat uchun
keladigan ota – onalar sonining ortishi buni isbotlab turibdi. Ehtimol, ota – onalar sekin – sekin
bola xulq – atrovidagi ko‘p narsalarga o‘zlari sababchi ekanliklarini tushuna boshlaganliklarini
his qila boshlaganliklari tufayli ularda psixologik xizmatga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Balki, psixologik xizmatning MT tizimida ommalashishi va ilmiy ommabop adabiyotlarning
ko‘payib borayotgani ularni o‘z farzandiga boshqacharoq qarashga majbur qilayotganidir?
Xullas, nima bo‘lganda ham psixologning yordamiga bo‘lgan ongli ehtiyoj asta – sekin bo‘lsa
ham o‘sib bormoqda.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida asosan ko‘rinib turiladigan psixologik xatolardan biri
tarbiyalanuvchilarning psixologik rivojlanishi, ularning individual va o‘ziga xos xususiyatlarini ta‘lim –
tarbiya ishini tashkil etishda pedagoglarning hisobga olmaganligi natijasida yuzaga kelmoqda. Buning
natijasida:

tarbiyalanuvchilarning maktabgacha ta‘lim tashkiloti muhitiga tez moslasha olmasligi;

ta‘limni qiyin mehnat turi sifatida qabul qilib qolishi;

muloqotga kirishishda qo‘rqoqlik;

o‘zligini ―Men‖ni namoyon etmasligi yoki kuchayishi;

turli faoliyatlarga xayri-xohlikning yo‘qligi;

maktabgacha ta‘lim tashkilotiga borishdan bosh tortish, injiqlik, qaysarlik va shu kabi salbiy

holatlarni yuzaga keltirmoqda.

Bu jarayonni aniqlash va o‘z vaqida korreksiya qilish, kelgusida yuzga keladigan juda ko‘plab
muammolarni oldini olishda ham asosan maktabgacha ta‘lim tashkilotining psixologlar faoliyati alohida
ahamiyatga ega.
MTT dagi bolalarda kеng tarqalgan muammolar yuzasidan MTT psixologiga eng
ko‘p uchraydigan quyidagi muammolar yuzasidan murojatlar bo‘lishi mumkin:

1. Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mos emasligi. Bu yеrda muammo

taraqqiyot darajasining normadan umumiy pastligida bo‘lishi mumkin, ya'ni nutq
rivojlanishidagi qiyinchiliklar, xotira, diqqatning yomonligi va boshqalar.

2. Shaxsiy rivojlanishning salbiy ko‘rinishlari. Odamlarga kirishib kеtishlik, muomala

muammolari. Bunda murojaat qilishning sababi ota-onalar va tarbiyachilar bilan, yoki
tеngdoshlari, ota-onalari bilan muloqotdagi qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin.

3.

Bola

xatti-harakatining

pala-partishligi,

faoliyatning

yеtarlicha

maqsadga

yo‘nalmaganligi, bolaning o‘z hapakatlarini rеjalashtirolmasligi, boshqarolmasligi va baholay
olmasligi. Ota-onaning bola bilan nizolashishi, (aytganini bajarmaslik)ning asl psixologik sababi
faoliyatni ixtiyoriy boshqarishning juda past darajadaligidir.

4. Bolaning MTTiga ko‘nikishi va shu kabilar.

Ammo amaliyotda ushbu murojatlarga nisbatan ham maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat olib
borayotgan ba‘zi psixologlarning malakaviy tayyorgarligi yetarli emasligini amaliyotda ko‘ramiz.
Buning uchun maktabgacha ta‘lim tashkiloti psixologlaridan kasbiga doir juda ko‘plab kasbiy


background image

483

kompitensiyalar, uzluksiz o‘z ustida ishlash, malakasini oshirib borish talab etiladi.
Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin. Ular: a)bola uchun qulay
iqlim yaratish ;
b)bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
v)har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish [4]. Shularga asoslangan holda maktabgacha ta‘lim
tashkilotida psixolog o‘z faokliyatini tashkil etishi samarali natija beradi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlardagi pedagogik Kengashlarda, ota-onalar yig‘ilishlarida, ―Ochiq
eshiklar kuni‖da, turli yig‘inlar va tadbirlarda psixolog faoliyati sezilarli darajada bo‘lishi ham ota-onalar,
pedagog va tarbiyachilarning psixologik savodxonligini oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Toshkent. ―O‘zbekiston‖ nashriyoti. 2017 yil. 263-bet.

2.

I.A.Karimov . Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008 yil, 53-bet.

3.

Nazarova F.T."Maktabgacha ta‘lim muassasalarida psixologik xizmatni yuritishga doir me‘yoriy

hujjatlar" metodik qo‘llanmasi. Toshkent. ―Tafakkur‖ nashriyoti. 2009- yil. 4-bet.

4.

Nishanova Z.T., Alimova G.K.Psixologik xizmat .Psixokorreksiya.T.:―Ijod

press‖nashriyoti. 2019-yil. 103-bet.

XULQI OG‗ISHGAN O‗SMIR O‗QUVCHILARDA

AGRESSIV XATTI-HARAKATLARNING NAMOYON BO‗LISHI

Sharafitdinov Abdulla XXX

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya kafedrasi stajyor o‗qituvchisi

Eshqulova Nargiza Ximmataliyevna

O‗zMU Jizzax filiali psixologiya yo‗nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‗smirlarda agressiv xulq-atvor shakllanishining ijtimoiy-

psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Bunda ijtimoiy muhit, oila, ular o‘qiyotgan jamoa,
sinfning ro‗li ko‗rsatib o‗tilgan. O‗smirlarning jismoniy ruhiy-psixologik kamol topishida yosh
davri bilan bog‗liq psixologik rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlariga e‘tibor qaratilgan.

Kalit soʻzlar:

O‗smir yoshi, agressivlik, xarakter xususiyat, emotsional qabul qilmaslik,

adaptatsiya, imitatsiya, emansipatsiya reaksiyasi.

Shaxsning shakllanishida o‗smirlik yoshi, ya‘ni uning ijtimoiy, biologik va psixologik

rivojlanishida murakkab davr hisoblanadi. Hayot yo‗lining mana shu muhim qismida o‗smir
shaxsining axloqiy sifatlari shakllanib boradi. Xuddi shu davrda o‗smirlar aqliy kamoloti bilan
birgalikda, ularning xarakter xususiyatlari ham shakllanadi. O‗smir xarakter xususiyatlari
shakllanishiga asosiy ta‘sir etuvchi omillar qatoriga asosan biologik, ijtimoiy va psixologik ta‘sir
vositalarini kiritamiz. Darhaqiqat, o‗smir shaxsining shakllanishida yuqorida keltirilgan ta‘sir
vositalarining o‗rni muhimdir.

Bu davrda o‗smir organizmida biologik, fiziologik qayta qurilish davri kechishi natijasida

ularda agressiv xulq motivlari namoyon bo‗ladi. O‗smirlik davrida barcha organizmlarning bir-
biriga nomutanosib tarzda rivojlanishi va jinsiy rivojlanish jarayonida gormonal maqomning
o‗zgarishi yuz beradi. Bir tomondan bu o‗smir organizmidagi barcha o‗zgarishlar gipotalamus va
endokrin bezlarning rag‗batlantiruvchi va nazorat qiluvchi ta‘siri ostida kechadi. Ayrim
gormonlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida o‗smir xatti-harakatida agressivlik holatlari
kelib chiqadi.[1-2]

Tadqiqotchilar fikricha, shaxsning agressiv xatti-harakatlari shakllanishida hal qiluvchi

rolni bevosita ijtimoiy muhit o‗ynaydi. Ijtimoiy muhitning asosi bo‗lgan oila, o‗smir xulqi
shakllanishiga katta ta‘sir o‗tkazadi. An‘anaviy tarzda tarbiya asosiy instituti oila hisoblanadi.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va ohyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. “O’zbekiston” nashriyoti. 2017 yil. 263-bet.

I.A.Karimov . Yuksak ma'naviyat engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008 yil, 53-bet.

Nazarova F.T."Maktabgacha ta’lim muassasalaridapsixologik xizmatni yuritishgadoir me’yoriy hujjatlar" metodik qo’llanmasi. Toshkent. “Tafakkur” nashriyoti. 2009- yil. 4-bet.

Nishanova Z.T., Alimova G.K.Psixologik xizmat .Psixokorreksiya.T.:“Ijod press”nashriyoti. 2019-yil. 103-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов