Umumta‘lim maktablarida saviyali tabaqalashtirishni samarali amalga oshirish shartlari

CC BY f
117-120
31
21
Поделиться
Хайитмурадов, Ш., & Актамов, Х. (2022). Umumta‘lim maktablarida saviyali tabaqalashtirishni samarali amalga oshirish shartlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 117–120. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5212
Шерзод Хайитмурадов, SamDU OzbekistonFinlandiya pedagogika instituti

o‗qituvchi

Хусан Актамов, SamDU OzbekistonFinlandiya pedagogika instituti

o‗qituvchi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bu maqolada matematikani shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda saviyali tabaqalashtirish texnologiyasi bayon etiladi. Bundan tashqari, ta’limning variativligi hamda о ’quvchilarning shaxsga yo ’naltirilgan о ’qitish sharoitlarida tarbiyalash masalalarini amalga oshirish bo ’yicha tavsiyalar bayon etilgan.


background image

117

Bu holda eksperimentning mazmunini ochishda auditoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oraliqda

javobi o`zida aksini topgan qoidalariga asoslangan holda savollar qo‘yiladi. O‘qituvchi
tomonidan namoyish eksperimentlarni mazmunini muammoli uslub bilan talabalarga yetkaziladi,
munozarali savollar qo‘yilishi ularning fikrlashlarini yaxshilab mavzu bo`yicha ma‘lumotlarni
o`zlashtirishlarini oshiradi.

2. Namoyish eksperimentining mazmunini baxs munozara orqali yechish.
Bu uslubda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan namoyish eksperimenti orqali ochiladigan

voqea va xodisalar, o‘qituvchi bergan nazariy mazmunga va eksperiment natijalariga qarama-
qarshi chiqishi ko`zda tutiladi, bu hol aqliy fikrlash imkoniyatini oshiradi, hamda baxs
munozaralar orqali jarayon oydinlashtiriladi.

3. Namoyish eksperimentining mazmunini suhbat usulida ochish.
Bu uslubda o‘qituvchi namoyish eksperimentini ko‘rsatish jarayonida talabalar bilan

suhbat (dialog)da bo‘ladi. Dialog davomida talabalardan ilgari suriladigan ilmiy holatlarni
asoslash va isbot qilish, kuzatilayotgan hodisani tahlil qilish, xulosalarni mustaqil ifodalab berish
talab qilinadi. Ushbu holda dialog faqatgina savol va javob faoliyatidan iborat bo‘lmasdan, u
izlanuvchan tadqiqot suhbatidan iborat bo`lishiga katta ahamiyat qaratish kerak. Bu uslubda ham
o`qituvchi tomonidan vujudga keltirilgan muammoviy vaziyat muammoli savollar qo‘yish orqali
talabalar bilan birgalikda yechiladi.

Talabalarga dars jarayonini tashkil etishda ko`rgazmali namoyish eksperimentar

uslublardan foydalanish orqali mavzu mazmunini ochishning samarali yuqorida korgan
uslublarni qo`llash dars jarayonidagi o‘qituvchining boshqaruv rolini oshirish va talabalarning
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘sib borishini, o`zlashtirish ko`rsatgichlarni yaxshilashni hamda
talabalarning muammolarni yechishga ijodiy ishtirok etishlari kabi qobiliyatlarini rivojlatrishga
asos bo`ladi.[5]

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

A.S. Karimov, M.Ibadullayev, B.Abdullayev. ―Elektrotexnikaning nazariy asoslari‖

Darslik. T.: <<Fan va texnologiya>> 2017 y

2.

M.Jo`rayev, B.Sattorova. ―Fizika va astronomiya o`qitish nazariyasi va metodikasi‖

O`quv qo`llanma. T.: <<fan va texnologiya>> 2015 y

3.

H.T.Omonov, N. X. Xo`jayev, S.A. Madyorova, E.U. Eshchonov. ―Pedododik

texnologiyalar va pedagogik mahorat‖ Darslik. T.: <<Iqtisod moliya >> 2009 y

4.

M.U Dexkanova. ―Kasb ta`limi metodikasi‖ o`quv qo`llanma. ToshTYMI. T.: 2019 y

5.

S. Zaynobiddinov, M. To`lqinov 2022 ―Ko`p fazali elektr zanjirlari mavzusini samarali

o`qitish metodini ishlab chiqish‖ NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_4-son 555-562


UMUMTA‘LIM MAKTABLARIDA SAVIYALI TABAQALASHTIRISHNI SAMARALI

AMALGA OSHIRISH SHARTLARI

Xayitmuradov Sherzod Sag‗dullayevich,

Aktamov Husan Sanaqulovich

Sh.Rashidov nomidagi SamDU O‗zbekiston-

Finlandiya pedagogika instituti o‗qituvchilari

Annotatsiya:

Bu maqolada matematikani shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda saviyali

tabaqalashtirish texnologiyasi bayon etiladi. Bundan tashqari, ta‘limning variativligi hamda
o‘quvchilarning shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish sharoitlarida tarbiyalash masalalarini amalga
oshirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit

so‗zlar

:

individuallashtirish,

saviyali

tabaqalashtirish,

mutaxassislik

tabaqalashtirish, sanoqchilar, yechuvchilar, ziyraklar.

O‘zbekiston Respublikasining kadrlarni tayyorlash milliy dasturi [1] da ta‘lim sistemasini

insonparvarlashtirish, uning har bir ta‘lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirilganligi e‘tiborga olingan.


background image

118

Bunga o‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida barcha o‘quv yurtlarida o‘quv-
tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan erishilishi mumkin.

O‘quvchi va talabalarning barcha ta‘lim bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini

tabaqalashtirish va individuallashtirish deganda shunday rivojlanish, tarbiya va ta‘lim tizimini
tushunamizki, bunda har bir ta‘lim oluvchi umumiy ahamiyaga ega va doimiy o‘zgaruvchi
hayotiy sharoitlarga moslashish imkoniyatini ta‘minlovchi, ularning qiziqishlari eng yuqori
darajaga javob beruvchi, dunyoqarash va ilmshunoslik yo‘nalishlariga kafolatli e‘tiborni qaratish
huquqiga ega bo‘ladi.

Matematika o‘qitishda o‘quv-tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish

o‘quv tarbiya jarayoni xususiyati bilan shartlangan Matematika fani obyektiv olganda eng
murakkab o‘quv fanlaridan hisoblanadi va uni o‘rganish ko‘pgina o‘quvchilarda qiyinchiliklar
uyg‘otadi [2,3]. Shu bilan birga o‘quvchilarning ma‘lum qismi bu fanni o‘rganishga qobiliyat va
qiziqishlariga ega.

Matematika o‘qitishni har bir ta‘lim oluvchining shaxsiga yo‘naltirish o‘quv-tarbiya

jarayonini tabaqalashtirish va individuallashtirish, har bir ta‘lim oluvchining ehtiyojlari va
qiziqishlarini hisobga olishni talab olib etadi. Bunda matematika bo‘yicha o‘quv-tarbiya
jarayonini tabaqalashtirishning ikkita asosiy turini ajratish mumkin:

1)

saviyali tabaqalashtirish;

2)

mutaxassislik tabaqalashtirish.

Saviyali tabaqalashtirish bir sinfda yoki akademik guruhda bir o‘quv dasturi va bir darslik

bo‘yicha ta‘lim oluvchilarning turli qatiylik va murakkablik saviyalarida materialni
o‘zlashtirishlarida namoyon bo‘ladi.

Bunda asosiysi majburiy tayyorgarlik saviyasi hisoblanadi. Unga erishish uchun o‘quv

fani mazmuniga qo‘yiladigan minimal zarur talablarni bajarish lozim bo‘ladi. Shu asosda
materialni o‘zlashtirishning yanada yuqori saviyasi shakllanadi.

Quyida biz matematika fanini o‘rganishda tabaqalashtirilgan ta‘limni tashkil

etishda o‘qituvchi faoliyatining doir umumiy tarzda berilgan uslubiy tavsiyalarni
keltiramiz.

Dars yoki amaliy mashgʻulotda tabaqalashtirilgan ish uslubiyati

Sinfda yoki akademik guruhda uchta o‘quvchilar kichik guruhi bor deb faraz qilinadi,

bular: 1-guruh -kuchsiz bilim saviyasiga ega o‘quvchilar (ya‘ni ―3‖ va undan past bahoga
o‘qiydigan o‘quvchilar), ularni shartli ravishda ―sanoqchilar‖ deb ataymiz; 2- guruh- o‘rtacha
bilim saviyasiga ega o‘quvchilar (ya‘ni ―4‖ va undan past bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar), ularni
shartli ravishda ―yechuvchilar‖ deb ataymiz: 3- guruh- yuqori bilim saviyasiga ega o‘quvchilar
(ya‘ni ―4‖ va ―5‖ undan yuqori bahoga o‘qiydigan o‘quvchilar), ularni shartli ravishda
―ziyraklar‖ deb ataymiz:

I bosqich. Uy vazifasini tabaqalashtirish

.

Sanoqchilarga ta‘limning majburiy natijalariga mos keluvchi topshiriqlarni taklif etish

mumkin.

Yechuvchilarga yanada murakkab masala qo‘shiladigan xuddi shunday topshiriqlar

beriladi.

Ziyraklarga turli o‘quv qo‘llanmalaridan, darslikdan qo‘shimcha topshi-riqlarni berish

mumkin.

II bosqich. Mashg‘ulotlardan o‘quvchilar bilimlarini hisobga olish

.

Bu bosqichda sinf yoki akademik guruhda maslahatchilarni ajratish mumkin – bular

ziyraklar guruhidagi o‘quvchilar. Dastlab o‘qituvchi ularning ishini tekshiradi, so‘ngra
maslahatchilar o‘qituvchiga boshqa o‘quvchilar ishlarini tekshirishga yordam beradilar.

III

bosqich. Bazaviy takrorlashni tashkillashtirish

.

O‘qituvchi nazariy materialni o‘zlashtirishdagi bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf

etadi, o‘quvchilar mustaqil va nazorat ishlarda yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni
tushuntiradi.Takrorlash rejalashtirilayotgan material doskaga yoziladi. Har bir guruhga
topshiriqlar turlicha berialdi.


background image

119

Sanoqchilarga- «Berilgan javoblardan to‘g‘risini tanlang», «…......da xatoni to‘g‘rilang»
Yechuvchilarga- «…. amal bajariladigan qoidani ayting», «…..yechimni yakunlang»
Ziyraklarga «Yo‘l qo‘yilgan xato sababini tushuntiring», «Berilgan masalada

foydalaniladigan tushunchalar ta‘riflarini ayting».

IV bosqich. O‘tilgan materialni o‘zlashtirishni tekshirish

U o‘z-o‘zini tekshirish va maslahatchilar ishini qamrab oladi.

V bosqich. Yangi materialni o‘rganish

.

Ziyraklarga majburiy topshiriqlardan ijodiy topshiriqlarga o‘tadilar.
Yechuvchilar mavzuning asosiy qoidalarini yaxshi tushunishni talab etadigan mashqlarni

yechadilar.

Sanoqchilar yana va yana asosiy jihatlarga qaytadilar.

V I bosqich. Bilimlarni nazorat qilish (mustaqil va nazorat ishlarni o‘tkazish

)

Sanoqchilar namuna bo‘yicha topshiriqlarni bajaradilar.
Yechuvchilar yechimda asosiyni ajratadilar.
Ziyraklar qo‘shimcha material bilan ishlaydilar.
Bunga misol sifatida geometriya kursini o‘rganishda tabaqalashtirilgan mustaqil ishni

tashkil etilishini keltiramiz, bunda o‘quvchilarning turli kichik guruhlariga turlicha topshiriqlar
beriladi.

Mavzu: Uchburchaklar tenglik alomatlari

Topshiriqlar

Sanoqchilarga
Teng tomonli ABC uchburchak ichida M nuqta shunday olinganki,

\AM\ = \BM\

tenglik

o‘rinli

.

[CM)- ACB burchakning bissektrisasi. Masala yechimidagi bo‘shliqlarni to‘ldiring.

Tasdiq

Asoslash

1.

∆ABC – teng tomonli

2.

\AM\ = \BM\

3.

\AC\ = \BC\

4.

∆AMC=∆BMC

5.

ACM=

BCM


6. …

Shartga ko‘ra

….

Uchburchaklar tenglining . . . a l o m a t i g a
k o ‘ r a
Burchak bissektrisasi ta‘rifiga asosan

Yechuvchilarga
Teng tomonli ABC uchburchak ichida M nuqta shunday olinganki,

\AM\ = \BM\

tenglik

o‘rinli

.

[CM)- ACB burchakning bissektrisasi ekanligini isbotlang.

Ko‘rsatma
1.

\AC\ = \BC\;

2.∆AMC=∆BMC,

3.

ACM=

BCM

ekanligini ko‘rsating.

Ziyraklarga
Teng tomonli ABC uchburchak ichida M nuqta shunday olinganki,

\AM\ = \BM\

tenglik

o‘rinli

.

[CM) nur ACB burchakning bissektrisasi ekanligini isbotlang.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ta‘limning kelajagi-bu o‘quvchilar bilim,

ehtiyojlarini aniqlash va ularni yetarli darajada qondirish, tarbiyalanuvchilar bilan muloqotni
amalga oshirishga imkon beruvchi tabaqalashtirish va individuallashtirish tamoyilini keng
qo‘llash hisoblanadi. Bularning barchasi yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib
yetishishlari uchun zamin tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Ўзбекистон Республикасида кадрлар тайѐрлаш миллий дастури Ўзбекистон. Т.: Шарқ,
2001.Олий таълим меъѐрий ҳужжатлари,18-52-бетлар


background image

120

2.Злоцкий Г.В. Карточки-задания при обучении математике. Москва, Просвещение, 1992
г.;
3.Злоцкий Г.В. К проблеме поиска новых активных методов обучения математике и
критериев оценки качества знаний студентов университетов академических лицеев и
профессиональных колледжей Ташкент, Халқ таълими, 2005 г., № 2.

PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR THE DEVELOPMENT OF THE HEALTHY

THINKING IN STUDENTS

Student of group 302-21: Xidirova Dilnoza Nurali qizi

Scientific advisor: Teshaboyeva Nafisa Zubaydulla kizi

Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan

named after MirzoUlugbek

The Faculty of Psychology, the department of Foreign languages

Philology and foreign languages

Annotation:

The article deals with the ―Concept of healthy thinking‖ and even playing

an important role in our overall health, well-being accompanied by improving physical health as
well as perspectives on life. It also discusses the health benefits of being positive together with
some of the strategies we can use to become a more positive thinker. Moreover, it explores the
development of the inner world of each person, the development of spiritual consciousness,
contributes to a full understanding of the concept of healthy thinking.

Key words:

Thought, healthy thinking, ways of healthy thinking, Innovative Curriculum,

positive thinking and negative thinking.

INTRODUCTION

Uzbek society is entering a completely new era in terms of quality. The rapid movement

of society towards renewal also requires the formation of a new way of thinking in the younger
generation. The role of common sense in personal development has been in the spotlight of
thinkers in different times and places. In particular, Philosophy: an encyclopedic dictionary
defines the concept of ―contemplation‖ as follows: ―The rational stage of cognition, which
reflects the connections‖. Although a number of studies have been conducted by domestic
scientists on thinking and its manifestations (creative, logical, artistic-aesthetic, ethical,
ecological, independence, historical), but healthy in secondary school students the problem of
developing thinking has not been studied separately. This is probably due to the fact that
common sense applies to all forms of thinking. Attempts to study the pedagogical aspects of
common sense in our country are reflected in the articles published by S. Atakhanova. However,
it should be noted that the definition and description given by the researcher to the concept of
―healthy thinking‖ is quite controversial. For example, in the researcher‘s article ―Thinking in an
Innovative Curriculum,‖ according to the scientific and pedagogical definition of healthy
thinking, the following are some important links - the concept of healthy thinking; the concept of
the necessary social environment; the concept of pedagogical purpose and outcome; healthy
living and the concept of lifestyle. These links do not fully explain the concept of common sense.
However, at the end of the article, the definition of ―healthy thinking‖ can be taken as a starting
point: healthy thinking is the basis of people's own health (physical, spiritual and mental). is our
thoughts, consciousness, consciousness, feelings, morals, aesthetic views, ideas, efforts, and their
outcome, aimed at preserving ours. The term ―thinking‖ is familiar to everyone. Traditional
wisdom is that everyone thinks they are smart or smart enough. There is a popular phrase from
the psychology category: ―Everyone complains about their memory, but no one complains about
their mind‖. The concept of ―thinking‖ refers to one of the basic and extremely important
psychological abilities for a person. [1]Thinking is the study of not only psychology, but even,
above all, dialectical logic. Each of these sciences that study thinking has its own problem or
field of study. The problem of logic is a matter of truth, the existence of thought. The problem of

Библиографические ссылки

Узбекистан Республикасида кадрлар тайёрлаш миллий дастури Узбекистан. Т.: Шарк, 2001.Олий таълим мсъёрий хужжатлари, 18-52-бетлар

3лоцкий Г.В. Карточки-задания при обучении математике. Москва, Просвещение, 1992 г.;

З.Злоцкий Г.В. К проблеме поиска новых активных методов обучения математике и критериев оценки качества знаний студентов университетов академических лицеев и профессиональных колледжей Ташкент, Халк таълими, 2005 г., № 2.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов