Ontogenezning turli yosh davrlarida oʻzini-oʻzi anglashning shakllanishi

CC BY f
488-491
163
15
Поделиться
Юсупова, Ш., Турсунов, С., & Боронов, Ш. (2022). Ontogenezning turli yosh davrlarida oʻzini-oʻzi anglashning shakllanishi. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 488–491. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5213
Шохроза Юсупова, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi oqituvchisi

Сардор Турсунов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi

Шахзоджон Боронов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Har bir shaxs hayoti davomida ozining yetuklik pogonasiga intiladi. Ushbu intilish har bir inson uchun muhim oringa ega. Chunki jamiyat rivojida oz qobiliyatlarini tolaqonli tarzda namoyon qila bilish, (samoaktualizatsiya) jamiyat va keyingi avlod rivoji uchun juda muhim. Oz qobiliyatlarini namoyon qila bilish uchun esa shaxsning turli davrlarida birinchi navbatda ozini anglash jarayoni tog‘ri shakllanishi kerak

Похожие статьи


background image

488

IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖ Intenational Journal of
Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581 2022 yil

9. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li. Xulqi og‗ishganlikning psixogeginasi va

psixoprofilaktikasi. ―Zamonaviy ta‘lim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagogik masalalari‖
ga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya. // Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish
markazi. Toshkent-2021.

ONTOGENEZNING TURLI YOSH DAVRLARIDA OʻZINI-OʻZI ANGLASHNING

SHAKLLANISHI

Yusupova Shoxroʻza Shamsiddin qizi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi oʻqituvchisi

Tursunov Sardor Ravshan o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Bo‗ronov Shahzodjon Erkin o‗gʻli

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Har bir shaxs hayoti davomida o‗zining yetuklik pog‗onasiga intiladi.

Ushbu intilish har bir inson uchun muhim o‗ringa ega. Chunki jamiyat rivojida o‗z
qobiliyatlarini to‗laqonli tarzda namoyon qila bilish, (samoaktualizatsiya) jamiyat va keyingi
avlod rivoji uchun juda muhim. O‗z qobiliyatlarini namoyon qila bilish uchun esa shaxsning
turli davrlarida birinchi navbatda o‗zini anglash jarayoni tog‘ri shakllanishi kerak.

Kalit soʻzlar

: kognitiv rivojlanish, o‘zini-o‘zi anglash, samoaktualizatsiya, ijtimoiy ta‘sir,

maktabgacha yosh, o‘smir yosh.


Inson shaxsi butun umr bilishga intilish bilan bilish jarayonlari, xarakter xususiyatlari,

hissiy-emotsionalligi, irodaviy jihatlari, qiziqish, intilishi, qobiliyatlari individuallik ko‘rinishida
rivojlanib boradi. Rivojlanish bu bir umr bo‘ladigan jarayon hisoblanadi. Albatta rivojlanish
bosqichma-bosqish bo‘ladi. Rivojlanish kognitiv va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Kognitiv
rivojlanish miyaning rivojlanishi bilan bog‘liq holda fikrlashning ham rivojlanishi narzarda
tutiladi. Ijtimoiy rivojlanish atrof muit va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi bilan
izohlanadi. Rivojlanish tug‘ma hamda tarbiyalash ta‘sirida bo‘ladi. Bugunga qadar olimlar shuni
aniqladilarki, miyaning rivojlanishida maktabgacha yosh bosqichlari nihoyatda muhim ro‘l
o‘ynaydi. Miya bevosita tashqi stimul ta‘sirida rivojlanib boradi.

Bola dunyoga kelibdiki, u har bir yoshda dastlab atrof-olamni, predmetni va jamiyatdagi

shaxslarni kuzatib, o‘z xatti-harakatlari orqali o‘rganib boradi. Ilk tashqi ta‘sirni ijtimoiy muhit
va munosabatni oilada va oila a‘zolari bilan bo‘ladigan munosabatda oladi. Oila bola shaxsining
o‘zini-o‘zi anglashida, individual xususiyatlari va oliy hislarning namoyon bo‘lishida
fundamental shakllantiruvchi asosiy maskan bo‘lib qoladi. Bu maskanda muhim ro‘lda ota-ona
bolani o‘zligini anglashga yordam beruvchi va rivojantiruvchi vakil deb hisoblashimiz mumkin.
Oila maskani bilan birga ta‘lim muassasalari va unda faoliyat yuritayotgan tarbiyachi,
o‘qituvchilar faoliyati ham bola shaxsi akademik, ijtimoiy bilim, ko‘nikmalalari, hissiy-
emotsional yetukligini ta‘minlashda ongli o‘zini-o‘zi anglash muhimligi borasidagi qarashlarni
chet el olimlarining olib borgan tadqiqotlarida ham ko‘rishimiz mumkin. O‘zini-o‘zi anglash
jarayonini yoshlikdan tog‘ri shakllantirib borish bolaning keyingi yoshdagi psixik rivojlanishi va
u bilan bog‘liq inqirozli davrlarning yengil o‘tishini ta‘minlaydi. Ammo turli yoshdagi
shaxslarda biz hozirgacha uchratayotgan deviant xulq-atvorning ya‘ni xulqi og‘ishning yuzaga
chiqayotganligi ushbu jarayonni to‘g‘ri shakllantirishning muhimligini anglatadi. Negaki


background image

489

shaxsning barcha psixologik xususiyatlari xususan o‘zini-o‘zi anglash jarayoni to‘g‘ri
shakllanishida tashqi ijtimoiy muhitning o‘rni muhim hisoblanadi.[1] Zamonaviy deviantologiya
asoschisi Emil Dyurkgeym (1858-1917) o'zining "O'z joniga qasd qilish" (1897) asarida og'ish
sabablarini o'rganib, "Anomiya"tushunchasini kiritdi. U anomiya qadriyatlar va ijtimoiy
normalar tizimining parchalanishi va parchalanishida sodir bo'ladigan jamiyat holati deb
tushungan. [2]

Xususan Xeydi Flavianning tadqiqoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘zini-o‘zi

anglashni o‘rganish borasida. Tadqiqotda o‘zini-o‘zi anglash va Mediated Learning Experience
(MLE) nazariyasi asosida o‘quv dasturidan foydalanish bo‘yicha nazariy, amaliy va tadbiqiy ish
olib boradi. Tadqiqotchining maqsadi o‘quvchilar o‘zlarining olgan bilimlarini hayotlarida
ishlatishga yordam berish, o‘qishga bo‘lgan munosabatini ongli ravishda o‘zgartirish, ijtimoiy
muammolarni yecha olish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘lgan. Tadqiqotchi o‘quvchilardan
kutgan natijaga asosiy sabab o‘zlarining kelajaklarini o‘zlari yaratishi, o‘z fikr va xatti-
harakatlariga o‘zini anglashidan xabardorligi bo‘lganligi qayd etiladi. Tadqiqot ilmiy faraziga
ko‘ra boshlang‘ich maktab o‘quvchilari o‘z hayoti va o‘zlarini anglashni rivojlantirishi mumkin.
Ta‘limda o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi va bolalarning ifoda
etish usullarini bilishi, bolalarda qanday kechinma bo‘layotganligini tushunish va ularga
mustaqil shaxs bo‘lishiga yordam berishini aytib o‘tadi. [3]Tadqiqot uchun Erikson- ning

inson hayotidagi har bir o‘zgarish bu inqiroz ekanligini, faqatgina qo‘llab-

quvvatlanadigan muhit kelajakda mustaqil kurashga yordam beradigan ongli ravishda o‘zini
anglashga yordam berishi haqida hamda Uilsonning o‘zini-o‘zi anglash bu o‘zi haqida xabar
beradigan narsa va u natijada o‘zgarishi haqidagi qarashlarini nazariy asos qilib oladi. Bolalar
keyinchalik o‘zlarining hayotida va maktabda muvaffaqiyatga erishishi uchun o‘zini-o‘zi
anglashni rivojlantirishga muhtoj. Tadqiqtchi Anderson qarashlariga ko‘ra o‘zini-o‘zi
o‘rganishdagi kognitiv tuzilma sifatidagi yondashuv o‘zini baholash, anglash, tasvirlash,
namoyon qilish, o‘zini bilishga ishora qilishini ko‘pgina tadqiqotchilar afzal ko‘rganligini qayd
etadi. O‘zini-o‘zi anglashdagi eng muhim o‘zgarishlar ilk bolalik (1-3), maktabgacha (3-5),
kichik maktab (6-10), o‘smirlik (10-11yoshdan) davrida erishilishini ta‘kidlaydi. Unga ko‘ra
bola go‘daklik davrida oyoqlarini harakatga kelishi, harakatchanligi ularni baxtli qilishini
anglashi, g‘amxo‘rlik qilishini hohlasa yig‘i orqali qarovchilarning paydo bo‘lishini ko‘rish
mumkin. Go‘daklikda o‘zini-o‘zi anglashida eng muhim ro‘lni parvarishlovchilar o‘rtasidagi
munosabat tashkil qiladi. O'zini - o'zi anglashni namoyish etadigan aniq bosqichlar 6 oyligida
yoshga qarab ko'zguda o'z aksini ko'rsatishga qiziqish bildirish, 15 oyligida o‘zlarining oldindan
tayyorlangan rasmlarini boshqalarning rasmlaridan ajrata olishlarini misol qilib keltirish orqali
bolaning o‘zini o‘zgalardan ayri holda mavjud ekanligini anglashini ko‘rsatadi. Maktabgacha
hamda kichik maktab yoshida bolalar ta‘lim tizimiga qo‘shilishi, ko‘proq odamlar bilan
tanishish, jamiyat haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lishiga sharoit yaratadi. Bu esa o‘zini-o‘zi
anglashni rivojlantirishga yaxshiroq yordam beradi. Tadqiqot nazariyasiga ko‘ra 8 yoshga
to‘lgan bola o‘zini aqliy va ixtiroriy jihatlarni tushunish paydo bo‘lishini keltirib o‘tiladi.
Maktabgacha va kichik maktab yoshida o‘zini-o‘zi anglash kognitiv va ijtimoiy rivojlanish
ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan katta hissa qo‘shadi. Ushbu davrda bolada o‘zi haqidagi
bilimni 4 yo‘nalishda bilishga ehtiyoj sezishini keltirib o‘tadi:

-insoniyat (insoniy fazilatlarga egalik);
-qaysi jins va jinsiy ro‘lini bilishga mansubligini bilish;
-individuallik (yakkalik, noyoblik);
-doimiylik (o‘tmish va kelajakka bo‘lgan ishonch).

Bugungi kunda o‘qituvchilar o‘qishda bilimga ega bo‘lishida o‘quvchilarning fikrlash

strategiyalarini rivojlantirishi lozimligi aytiladi.[4] Jamiyat o‘zini-o‘zi anglashni rivojlantirishda
muhim ro‘l o‘ynashini qayd etadi. Xeydi Flavian ilmiy tadqiqot ishida o'zini-o'z anglash bu
shaxsning o'zi haqida fikrini tasvirlaydigan tushuncha o‘zi haqida bilish tug'ilishdan boshlanadi
va har biridan keyin dinamik tarzda rivojlanadi deb ta‘riflaydi. Atrof-muhit bilan o'zaro
munosabat bolalik davridan boshlab ularning ijtimoiy tajribasi natijasida rivojlanib boradi.


background image

490

Shuning uchun o‘z tuyg'usini meditatsiya qilish hayotning ilk yillaridan boshlanishishi kerak.
Barkamollik tuyg'usi har doim haqiqatga qarab rivojlantirilishi kerakligi qayd etiladi. [5]

O. Zolotareva o‘zining o‘smir bolalarda men konsepsiyasining rivojlanishida onalardan

mahrum bo‘lishning ta‘siri bo‘yicha olib borgan pisxologik tadqiqot ishida ham bola shaxsi
o‘zini-o‘zi anglashida oilaviy ijtimoiy psixologik muhit, oila a‘zolari va onaning o‘rni
muhimligini qayd etib o‘tadi. Bugungi kunda biz o‘smir yoshdagi bolalar orasida xulqiy
og‘ishishning turli ko‘rinishlarini uchratishimiz, ayni damda ko‘plab mahalliy va xorijiy
olimlarning xususan ushbu tadqiqotchining ishida o‘zini-o‘zi anglashning buzilishi, to‘g‘ri
shakllantirilmasligida oilada hissiy iliqlik muhitning yetarli emasligini qayd etib o‘tgan. Unga
ko‘ra mikrosotsial muhitning xususiyatlari o‘smir shaxsining o‘zini-o‘zi tushunchasining
shakllanishi va ijtimoiy muhitga moslashuvini belgilab beradi. Tadqiqot ishida bolaning
go‘daklikdan to o‘spiringacha to‘liq rivojlanishi uchun birinchi navbatda muhabbat, tan olish,
hissiy aloqaga bo‘lgan ehtiyoj muhim ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Oilada ota-onaning yo‘qligi,
voyaga yetmagan bolalarga ta‘sir qiladigan mahrumlik turlari, onaning bola bilan o‘zaro
mumosabatidagi miqdoriy yetishmovchilik, vaqtincha uzilishlar onadan mahrum bo‘lishiga olib
kelishini, bu keyinchalik bolaning keyingi rivojlanishiga sezilarli ta‘sir qilishini, bu o‘zini-o‘zi
qadrlamasligi, boshqalarga qaramligi, o‘ziga xos umidning zaiflashishi 13-14 yoshli o‘smirlarda
salbiy o‘zlik tushunchasini shakllantirishga olib kelishini amaliy jihatdan asoslashga harakat
qildi. Tadqiqotchi o‘zini-o‘zi tushunishni mohiyatiga ko‘ra, nafaqat shaxsning kim ekanligini,
balki o‘zi haqida qanday fikrda bo‘lishligini, uning faol prinsipi va kelajakdagi rivojlanish
imkoniyatlariga qanday qarashini ham aniqlaydi deb qayd etadi. O. Zolotareva o‘z tadqiqotida
o‘smir yoshgacha bo‘lgan davr va o‘smir yoshdagi bolada avvalo o‘zini-o‘zi anglash jarayoni
muhim ekanligini, bola keyingi rivojini va kelajakka umid hissini shakllantirishida, shaxsning
ijobiy sifatlari ijtimoiy muhit ta‘sirida ayniqsa oilada shakllanib borishini qayd etib o‘tadi[6].

O‘zini namoyon qilish, rivojlantirish to‘g‘risida D. A. Leontev psixologiyaning

gumanistik yo'nalishi vakili sifatida shunday deydi: "Samoaktualizatsiya - bu tanada va shaxsda
dastlab singdirilgan moyillik, potentsial va qobiliyatlarni yo'lga qo'yish va yetishish jarayonidir".
Shuningdek, u A.Masloudan iqtibos keltiradi va shunday ta'kidlaydi: «Turli mualliflar buni
turlicha: samoaktualizatsiya, o'z-o'zini amalga oshirish, integratsiya, psixik salomatlik,
individuallashtirish, avtonomiya (mustaqillik), ijodkorlik, mahsuldorlik deb atashadi, ammo
mualliflarning barchasi tariflarning barchasi individning potensialini amalga oshirishning
sinonimi, ton ma'noda inson bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsga aylanishi ekanligiga
qo'shiladilar"[7].

Demakki o‘zini-o‘zi anglash jarayonini shakllantirishda ijtimoiy muhitning ta‘sirini bilish

va bola tug‘ilgandan keyingi har bir ontogenez davridagi rivojlanishning normal kechishi va
tog‘ri xulq-atvorni shakllantirish hozirda psixologiya sohasi tadqiqotchi olimlarning ilmiy ijodiy
ishlarida markaziy o‘rindaligidan bilishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Abdurazzoqov N.K. O‘smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF
2021: 5.423 p 433

2.Shafieva E.I., Murotmusaev K.B., Yusupova Sh.Sh. Deviant behavior: psychological

factors of study. Frontline social sciences and history journal (ISSN – 2752-7018) Volume 02
Issue 03 pages: 32-38 SJIF impact factor (2021: 5. 376) (2022: 5. 561) 32p

3. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

4.Sharofitdinov, A.(2022). O‗smirlarda o‗quv motivatsiyasini shakllantirishda oilaning

o‗rni. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6), 82-87.

5. Shamsiyev O‘.B.Oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi o‘zini-o‘zi anglashining

ijtimoiy psixologik omillari// Psixol. f.n. diss.avtref:-T.,2010.-15b.


background image

491

6. Skene, Karen M. L.Self-awareness in preschool children: The development of temporal

self-continuity // diss. abst. Dalhausie Univ,1996. -17p.

7. Головин С. Ю. Словарь практического психолога. — М.: АСТ, Харвест, 1998. —

С. 165.

YIGITLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA AXBOROT

TAHDIDLARIDAN HIMOYA QILISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi

Babaniyozova Umida Qurolovna

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi


Annotatsiya:

Maqolada yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlarining

psixologik ta‘siriga diqqat qaratiladi. Oilada yigitlarni mustaqil hayotga tayyorlashning
psixologik imkoniyatlariga urg‗u beriladi.

Kalit so‗zlar:

Yigitlik, oilaviy hayot, axborot tahdidi, psixologik xavfsizlik, psixologik

himoya.

Yurtimizda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, bilimli, jismonan va ma‘naviy

sog‗lom, barkamol shaxslarni shakllantirish bugungi kun talabidir. Mamlakatimizda yigitlarni
oilaviy hayotga tayyorlash juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun yigitlarni
tug‗ilganidan boshlab ham ma‘nan, ham jismonan yetuk qilib tarbiyalash asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilish, mamlakatimiz mustaqilligini
mustahkamlash, oilalarning farovonligini ta‘minlashda yigitlarning mas‘uliyatini yanada
oshirishga katta e‘tibor qaratish lozim.

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ―Biz uchun muqaddas bo‗lgan oila asoslarini

mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‗zaro hurmat muhitini yaratish,
ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‗ldirishdan iborat bo‗lmog‗i zarur‖[1] jamiyat
rivojining mustahkamligida oilaning o‗rnini alohida ta‘kidlagan, Bu esa o‗z navbatida oila
qurish borasida yigitlarni ham oilaviy hayotga tayyorlashning zaruratini ko‗rsatadi. O‗smir
yigitlar mamlakatimiz kelajagi, jamiyatimizning faol fuqarosi, bo‗lajak oila boshlig‗i va otadir.

V.A.Suxomlinskiy fikricha o‗smir yigitlarda uch narsani: ―yigitlik burchi, yigitlik

mas‘uliyati hamda yigitlik nomusi‖ muhim ekanligini qayd etadi. Yigitlar ongida burch,
mas‘uliyat, vatanparvarlik, va or-nomus tushunchalarini tarkib toptirish kelajakda yaxshi o‗g‗il,
g‗amxo‗r otani tarbiyalash demakdir.

Ammo hozirgi vaqtda axborot dunyosi ekanligi madaniyatlar, dinlar, urf-odatlar,

qadriyatlarning ison tomonidan tanloinishi o‗zgarib boryapti bu ayniqsa yoshlarning qarashlarida
yaqqol sezilmoqda. Globallashuv orqali insoniyat tobora ko‗proq axborot, va ma‘lumotlarni
hazm qilishiga to‗g‗ri kelmoqda, natijada yot g‗oyalar ta‘sirida (ommaviy madaniyat, diniy
ektremizm) oilaviy hayot ostonasiga kirib kelayotgan yosh avlodga ham ta‘sir qilmoqda.
Grachevning fikricha ―Sivilizatsiyalar silsilasida axborotning birlamchi ahamiyat kasb etishi
uchun, avvalo, tezlikning ortishi evaziga masofani qisqartirishga erishish zarur edi. Bu yo‗lda
dastlab kompas qo‗l keldi, so‗ngra Morze telegrafi, A.Bell ixtiro qilgan telefon, Popov
tomonidan yaratilgan ilk radioqurilmadan foydalanildi. Televideniya va internet esa yuqoridagi
maqsadga erishish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. …. dunyo bozorida
axborotning eng qimmat tovarga aylanishida oynai jahon va ―o‗rgimchak to‗ri‖ - internet katta
rol o‗ynagani rost‖[2], axborotning bu qadar yuqori ta‘siri kuzatilmaganini aytadi.

Библиографические ссылки

Abdurazzoqov N.K. O’smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 p 433

Shafieva E.I., Murotmusaev K.B., Yusupova Sh.Sh. Deviant behavior: psychological factors of study. Frontline social sciences and history journal (ISSN - 2752-7018) Volume 02 Issue 03 pages: 32-38 SJIF impact factor (2021: 5. 376) (2022: 5. 561) 32p

Sharaffitdinov, A.. & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

Sharofitdinov, A.(2022). O'smirlarda o‘quv motivatsiyasini shakllantirishda oilaning o‘mi. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(6), 82-87.

Shamsiyev O'.B.Oilada maktabgacha yoshdagi bola shaxsi o’zini-o’zi anglashining ijtimoiy psixologik omillari// Psixol. f.n. diss.avtref:-T.,2010.-15b.

Skene, Karen M. L.Self-awareness in preschool children: The development of temporal self-continuity//diss. abst. Dalhausie Univ, 1996. -17p.

Головин С. Ю. Словарь практического психолога. — M.: ACT, Харвест, 1998. — С. 165.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов