Yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlaridan himoya qilishning psixologik imkoniyatlari

CC BY f
491-493
83
16
Поделиться
Абдуразоков, Н., & Бабаниезова, У. (2022). Yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlaridan himoya qilishning psixologik imkoniyatlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 491–493. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5214
Низомиддин Абдуразоков, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi stajyor-qituvchisi

Умида Бабаниезова, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlarining psixologik ta‘siriga diqqat qaratiladi. Oilada yigitlarni mustaqil hayotga tayyorlashning psixologik imkoniyatlariga urgu beriladi.

Похожие статьи


background image

491

6. Skene, Karen M. L.Self-awareness in preschool children: The development of temporal

self-continuity // diss. abst. Dalhausie Univ,1996. -17p.

7. Головин С. Ю. Словарь практического психолога. — М.: АСТ, Харвест, 1998. —

С. 165.

YIGITLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA AXBOROT

TAHDIDLARIDAN HIMOYA QILISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi

Babaniyozova Umida Qurolovna

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi


Annotatsiya:

Maqolada yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlarining

psixologik ta‘siriga diqqat qaratiladi. Oilada yigitlarni mustaqil hayotga tayyorlashning
psixologik imkoniyatlariga urg‗u beriladi.

Kalit so‗zlar:

Yigitlik, oilaviy hayot, axborot tahdidi, psixologik xavfsizlik, psixologik

himoya.

Yurtimizda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, bilimli, jismonan va ma‘naviy

sog‗lom, barkamol shaxslarni shakllantirish bugungi kun talabidir. Mamlakatimizda yigitlarni
oilaviy hayotga tayyorlash juda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun yigitlarni
tug‗ilganidan boshlab ham ma‘nan, ham jismonan yetuk qilib tarbiyalash asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilish, mamlakatimiz mustaqilligini
mustahkamlash, oilalarning farovonligini ta‘minlashda yigitlarning mas‘uliyatini yanada
oshirishga katta e‘tibor qaratish lozim.

Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev ―Biz uchun muqaddas bo‗lgan oila asoslarini

mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‗zaro hurmat muhitini yaratish,
ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‗ldirishdan iborat bo‗lmog‗i zarur‖[1] jamiyat
rivojining mustahkamligida oilaning o‗rnini alohida ta‘kidlagan, Bu esa o‗z navbatida oila
qurish borasida yigitlarni ham oilaviy hayotga tayyorlashning zaruratini ko‗rsatadi. O‗smir
yigitlar mamlakatimiz kelajagi, jamiyatimizning faol fuqarosi, bo‗lajak oila boshlig‗i va otadir.

V.A.Suxomlinskiy fikricha o‗smir yigitlarda uch narsani: ―yigitlik burchi, yigitlik

mas‘uliyati hamda yigitlik nomusi‖ muhim ekanligini qayd etadi. Yigitlar ongida burch,
mas‘uliyat, vatanparvarlik, va or-nomus tushunchalarini tarkib toptirish kelajakda yaxshi o‗g‗il,
g‗amxo‗r otani tarbiyalash demakdir.

Ammo hozirgi vaqtda axborot dunyosi ekanligi madaniyatlar, dinlar, urf-odatlar,

qadriyatlarning ison tomonidan tanloinishi o‗zgarib boryapti bu ayniqsa yoshlarning qarashlarida
yaqqol sezilmoqda. Globallashuv orqali insoniyat tobora ko‗proq axborot, va ma‘lumotlarni
hazm qilishiga to‗g‗ri kelmoqda, natijada yot g‗oyalar ta‘sirida (ommaviy madaniyat, diniy
ektremizm) oilaviy hayot ostonasiga kirib kelayotgan yosh avlodga ham ta‘sir qilmoqda.
Grachevning fikricha ―Sivilizatsiyalar silsilasida axborotning birlamchi ahamiyat kasb etishi
uchun, avvalo, tezlikning ortishi evaziga masofani qisqartirishga erishish zarur edi. Bu yo‗lda
dastlab kompas qo‗l keldi, so‗ngra Morze telegrafi, A.Bell ixtiro qilgan telefon, Popov
tomonidan yaratilgan ilk radioqurilmadan foydalanildi. Televideniya va internet esa yuqoridagi
maqsadga erishish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. …. dunyo bozorida
axborotning eng qimmat tovarga aylanishida oynai jahon va ―o‗rgimchak to‗ri‖ - internet katta
rol o‗ynagani rost‖[2], axborotning bu qadar yuqori ta‘siri kuzatilmaganini aytadi.


background image

492

Hozirgi vaqtda axborot tahdidlarining ta‘siri borgan sari dolzarb bo‗lib bormoqda. Bu esa
oilaga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda ―Oilaviy uyushmalarning milliy ittifoqi ma‘lumotlariga
ko‗ra voyaga yetmagan bolalarning uyali telefondan foydalanishi bir yilda o‗rtacha 2880 soat
(bir kunda 8 soatgacha), turli media muloqot vositalaridan foydalanib, media muloqot bilan
mashg‗ul bo‗lishlari bir yilda o‗rtacha 1440 soat (bir kunda 4 soatni), voyaga yetmagan
farzandlari bilan muloqotlari esa bir yilda o‗rtacha 154 soatni (bir kunda 25 daqiqani) ni tashkil
qilar ekan.‖ ni keltirib o‗tish o‗rinlidir[3], yaqqol namoyon bo ‗lishini keltirib o‗tish joiz.

Qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash bilan bir qatorda o‗g‗il bolalarni mustaqil

hayotga tayyorlash sog‗lom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalashning tarkibiy qismi bo‗lib,
o‗smirlik va o‗spirinlik davrida o‗g‗il bolalarning xulq-atvorida ba‘zi salbiy alomatlar
kuzatiladi. Masalan, qaysarlik, o‗jarlik, o‗z kamchiliklarini tan olmaslik, maqsadsiz harakat,
o‗zini ko‗rsatib qo‗yishga urinish, o‗qituvchiga buysunishdan bosh tortish kabi odatlar
shakllanishi mumkin. Shakllanayotgan salbiy holatlar psixologik jihatdan, sog‗lom turmush
tarzining yaxshi yo‗lga qo‗yilmasligi natijasidir. ―Olimlarning fikricha, inson salomatligining
51,6% sog‗lom turmush tarziga, 20,5 % irsiyatga, 19,3 % tashqi ekologik muhitga, 8,6%
sog‗liqni saqlash tizimiga bog‗lik ekan‖[4]. Avvalo oilada sog‗lom psixologik muhit haqida fikr
bildirgan V. M. Karimova ―Oilada va yonidagi qo‗ni-qo‗shni, yaqin qarindoshlar bilan tinch-
totuv yashashga imkon beruvchi muomala madaniyatiga ega bo‗lsa va sog‗lom farzandning
tug‗ilishiga eng avvalo o‗zi mas‘ul ekanligini tushunsa, unda sog‗lom turmush tarzi haqida
tasavvurlar mavjud, deyish mumkin‖[4], deya ta‘kidlaydi.Bu esa yigitlarning kelgusida oilani
mustahkam saqlashlarida ahamiyatlidir.

Ikkala jins vakillari haq-huquqlarining amalda tenglashib borishi noto‗g‗ri talqin qilish

holatlari paydo bo‗lyapti. Xotin-qizlarning erkaklar - yigitlar oldida o‗zini tutishi va o‗z
navbatida yigitlarning qizlarga, erkaklarning ayoliga bo‗lgan munosabatlari o‗zgarayotganligini
ko‗rish mumkin.

Qadim zamonlardan ajdodlarimiz oilani muqaddas sanab, unda erkaklarning rolini

alohida ahamiyatga ega deb hisoblab, yoshlikdan bunga diqqat qaratganlar. Xususan ―O‗g‗il
bolalarga suzish, kamon otish, ot minish kabi yigit kishi uchun vatan himoyasida, jangda,
musofirchilikda zarur bo‗ladigan hunarlarni va yana biror bir kasbni o‗rgatishi, qiz bolalarga
pishirish, chevarchilik va shunga o‗xshagan ro‗zg‗or uchun zarur ishlarni o‗rgatmoqlari lozim.
Zero, kasb-hunar o‗rganmoq o‗tgan anbiyo-yu avliyolarning sunnatlari bo‗lib, insonni faqirlik va
muhtojlikdan qutqaradi‖[5].

―Oila qurishga ahd qilgan yigit uning mustahkamligi, barqarorligi, farovonligi, obodligi

uchun o‗zini mas‘ul deb biladi, oilani himoya qilish, boshqarish, moddiy-ma‘naviy jihatdan
ta‘minlashni o‗z avlod-ajdodi, xalqi oldidagi muqaddas burch hisoblaydi‖[7].

Milliy qadriyatlarimiz va an‘analarimiz aslida shunday deb, yosh yigit-qizlarni erta oila

qurishga undash holatlari ham uchrab turadi. Yoshlarning ta‘lim-tarbiyasida ―ota-onalar
ularning xato qilib qo‗yishlaridan xavotir olmay qo‗yadi oilasi, moliyaviy ahvoli borasida
xavotirga tushaveradi, o‗g‗il uylanishi, qizlarning turmush chiqishlarida ota-ona va ularning ota-
onalari, momolar va buvalar bosh-qosh bo‗ladilar. Turmush o‗rtog‗i tanlash masalasi ham bizda
juda kam holatlarda bo‗yiga yetgan qiz yoki yigit ixtiyoriga havola etiladi. Ya‘ni, ko‗chadan
birdan notanish qizni ―Tanishing, bu mening bo‗lg‗usi qallig‗im, turmush o‗rtog‗im‖ deyishlar
bizda deyarli uchramaydi, chunki bunga bizning asriy urf- odatlarimiz, oilaviy tarbiya
mezonlarimiz yo‗l qo‗ymaydi‖[4].

O‗g‗il bolalar tarbiyasida ta‘lim-tarbiya jarayonida uzluksiz, izchil, innovatsion

yondashuvlarni ko‗rib chiqishimizga to‗g‗ri keladi. ―O‗smirlik yoshidagi o‗g‗il bolalarda jinsiy
fiziologik o‗zgarishlar sodir bo‗ladi natijasida, ularning hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi
yoki uning ahamiyati keskin ortadi. 17-25 yoshli yigit-qizlarda o‗z juftini topishga intilish
boshlanadi‖ [7].

Hozirgi vaqtda yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda zamonaviy axborot

texnologiyalarining ta‘sirini yaxshi tushunib olishimiz lozim bo‗ladi. Chunki axborot oqimida


background image

493

ma‘lumotlar filtrlanmagan holda bo‗lib, bosqichma-bosqich o‗zlashtirishi zarur bo‗lgan
psixologik-reproduktiv bilimlarni erta anglashiga olib kelmoqda.

Yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlashda axborot tahdidlaridan himoya qilishning quyidagi

imkoniyatlariga e‘tibor qaratish o‗rinlidir.

-

Zararli axborotlardan himoyalansh immunitetini hosil qilish.

-

Internet madaniyat, ijtimoiy tarmoqlardagi axloq haqida bilimlar berish.

-

irodani shakllantirish ya‘ni bolik davridan boshlab mehnat qilishga o‗rgatish vatanparvar,

sadoqatli axloqiy fazilatlarni o‗zida mujassamlashtirish.

-

jismoniy sog‗lom rivojlanishda sport mashg‗ulotlariga jalb qilish.

-

yigitlarga kasb tanlash yo‗lini ko‗rsatib berish.

-

Reproduktiv salomatlik haqidagi bilimlarini mustahkamlash.

-

Yigitlarda zararli media o‗yinlar (totaliztor, qimor o‗yinlari) ta‘siriga tushish holatini

tushuncha berish.

-

Kompyuterga tobelik, mobil o‗yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning oilaviy hayotga salbiy

ta‘sirini tushuntirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.

Mirziyoyev Sh. M ―Milliy tarqqiyot yo‗limizni qa‘tiyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‗taramiz.‖ Toshkent-―O‗zbekiston-2017‖

2.

Грачев Г.В. Информационно-психологическая безопасность личности: состояние

и возможности психологической защиты. М.: Изд-во РАГС, 1998.С.127.

3.

I. Saifnazarov, F, Saifnazarova, ―Yoshlar va oila – Vatan tayanchi‖

―Ta‘lim nashriyoti‖ Toshkent-2018

4.

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun //

Muallif: - T.: ―Fan va texnologiya‖, 2008. - 170 b.

5.

Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda, Fazluddin Iqroruddin, ―Nikoh va oila risolasi‖

«Movarounnahr» Toshkent- 2004

6.

N.U. Najmidinova. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning

o‗rni /– T.: «Adolat», 2016. 224 b.

7.

A. F. Akramova, B. Z. Bilolova, ―Oila ensiklopedyasi‖ Toshkent-2019

8.

Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433-bet.

9.

Sharofitdinov, A, Umidjon, y. (2022). Shaxsiy kamolotda art-terapevtik mashqlar.

Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

10.

Shafieva E.I., Murotmusaev K.B., Yusupova Sh.Sh. Deviant behavior: psychological

factors of study. Frontline social sciences and history journal (ISSN – 2752-7018) Volume 02
Issue 03 pages: 32-38 SJIF impact factor (2021: 5. 376) (2022: 5. 561) 32p.

БАДИИЙ ТАЛҚИН ЁРДАМИДА ПСИХОЛОГИК ТАҲЛИЛ

Тугалов Исматжон Хатамович

ЎзМУ Жиззах филиали ―Ўзбек тили ва адабиѐти‖

кафедраси катта ўқитувчиси

Аннотация:

Мақолада бадиий талқинда психологик таҳлил имкониятлари

хусусида сўз юритилади. Инсон образини бадиий жонлантиришнинг энг муҳим омили –
биринчи навбатда қаҳрамон ички дунѐсини, унинг ҳис ва фикрлари ҳаракатини, онгли ва
импульсив тўлғанишларини бадиий кашф этишда қўлланиладиган поэтик воситалар
тизимидан иборат насрнинг ўзига хос хусусиятлари психологик таҳлил орқали очиб
берилади.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. M “Milliy tarqqiyot yo‘limizni qa’tiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.” Toshkent-“O‘zbekiston-2017”

Грачев Г.В. Информационно-психологическая безопасность личности: состояние и возможности психологической защиты. М.: Изд-во РАГС, 1998.С.127.

I. Saifnazarov, F, Saifnazarova, “Yoshlar va oila - Vatan tayanchi”“Ta’lim nashriyoti” Toshkent-2018

V.M.Karimova. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun // Muallif: - T.: “Fan va texnologiya”, 2008. - 170 b.

Muhammadi Maxdum Shohmurodzoda, Fazluddin Iqroruddin, “Nikoh va oila risolasi” «Movarounnahr» Toshkent- 2004

N.U. Najmidinova. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy axloqiy madaniyatning o‘mi /- T.: «Adolat», 2016. 224 b.

A. F. Akramova, B. Z. Bilolova, “Oila ensiklopedyasi” Toshkent-2019

Abdurazzoqov. N.K. “O‘smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari”- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences- 2021.15-iyun. 433-bet.

Sharofitdinov, A, Umidjon, y. (2022). Shaxsiy kamolotda art-terapevtik mashqlar. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

Shafieva E.I., Murotmusaev К.В., Yusupova Sh.Sh. Deviant behavior: psychological factors of study. Frontline social sciences and history journal (ISSN - 2752-7018) Volume 02 Issue 03 pages: 32-38 SJIF impact factor (2021: 5. 376) (2022: 5. 561) 32p.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов