Yosh oilalarning ijtimoiy-psixologik muammolarini hal qilish yechimlari

CC BY f
520-522
568
42
Поделиться
КошназароваЙ, Г. (2022). Yosh oilalarning ijtimoiy-psixologik muammolarini hal qilish yechimlari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 520–522. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5230
Гавхар КошназароваЙ, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi  1-bosqich magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila munosabatlarida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni yechimini topish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.

Похожие статьи


background image

520

Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda hamshira juda ehtiyot bo‗lishi, so‗zlariga, yuz

imo-ishorasiga katta e‘tibor berib, o‗smirlik yoshining nozik pallasi-balog‗atga yetish va uning
o‗smirga xos ta‘siri borligini ham yodda saqlashi lozim.

3. Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar.
Bu guruh hamshiraga o‗ta yuksak mas‘uliyat yuklaydi. Bunday bemorlar bilan ish olib

borishda har bir so‗zga, yurish-turishga, yuz imo-ishorasiga ehtiyot bo‗lish, bajarilayotgan
muolajaga qunt bilan yondashish lozim.

4. Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi.
Bu guruhdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliq muomala qilishi lozim, chunki

qariyalarga xos injiqlik, ko‗p savollar berish, tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli
holatlarga bosiqlik bilan chidash muhim hisoblanadi.

Tibbiyot hamshirasining mahoratini, uning ish uslubi va usullari bemorlarga rahiy ta‘sir

ko‗rsatish mahoratini egallash va ular bilan muomala qilishni bilishi bilan bog‗liq.

Albatta hayotimiz davomida qaysi vaziyatda bo‗lmasin biz muloqotga kirishamiz va

odamlarga ta‘sir o‗tkazamiz. Shunday ekan har bir inson boshqa insonlarga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatishga harakat qilishi kerak

.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. F.I.Xaydarov N.I.Xalilova Umumiy psixalogiya. Darslik. Toshkent-2009. (85-86 betlar)
2. M. Maxsudova Muloqat psixologiyasi. O‗quv qo‗llanma Toshkent Turon-Iqbol 2005
3. Yuldashev Sh. Professionаl tа‘lim tizimini tаkomillаshtirishdа kаsb tа‘limi

o‗qituvchisining kаsbiy tаyyorgаrligi ―XXI asr ta‘lim tizimida innovatsion va intigratsion
yondoshuvlar‖

4. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich,

Yuldashev Sheryigit Ergashovich. ―PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN
IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖

Intenational Journal of

Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581

2022 yil

5. Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen.

"International

Simposium of Young Scholars"

Xalqaro Amerika konferensiyasi.

(

514-516 betlar)

6.

Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

2

(3).

7. Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.

8. Норбекова Барно Шавкатовна. Мактабгача ѐшдаги болаларда қўрқув ҳисларини

юзага келиши ва уни олдини олиш. Ривожлантирувчи технологиялар асосида мактабгача
таълим муассасаси тарбияланувчилари ва бошланғич синф ўқувчиларида креативлик
сифатларини шакллантириш. 2020,153-155 бетлар

9. Google.uz.

YOSH OILALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARINI HAL QILISH

YECHIMLARI

Qoʻshnazarova Gavhar Norbuta qizi

OʻzMU Jizzax filiali ―Psixologiya ―kafedrasi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila munosabatlarida

yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va
masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni yechimini topish, ularni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini
kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.


background image

521

Kalit soʻzlar

: Oila, nikoh munosabatlari, yosh oila, oilaviy muhit, jamiyat, oilaviy

muammolar, davlat, ijtimoiy siyosat.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev aytganlaridek ―Oila kichik vatan, oila

tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch boʻladi‖.[1]

Darhaqiqat jamiyatning kuch-qudratini ta‘minlaydigan eng oliy qadriyat oilaning tinchligi

va mustahkamligidir. Bizga ma‘lumki yurtimizda oila, nikoh masalalari azal azaldan qadrlanib
kelinadi. Bu muqaddas qadriyatlar hozirgi davrgacha ham oʻz qadr-qimmatini yoʻqotgani yoʻq.
Oilalarning jamiyat hayotida tutgan oʻrni va roʻli beqiyos, chunki har bir shaxs tarbiyasi avvalo
kichik bir vatan oiladan boshlanadi.

Hozirgi rivojlanayotgan jamiyatga har tomonlama sogʻlom, barkamol, yetuk shaxslar

kerak. Bunda jamiyatda oilaning rolini oshirish uni yanada mustahkamlash, oiladagi sogʻlom
ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, yosh oilalardagi muammolar yuzasidan tadqiqot olib borish
asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Shu oʻrinda aytishimiz kerakki, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstititsiyasining 63-moddasida oila jamiyatning ajralmas boʻgʻini ekanligi
e‘tirof etilgan: Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish
huquqiga ega.[2] Yosh avlodni yetuk shaxs qilib tarbiyalash ularni hayotda oʻz oʻrnini topishlari
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun albatta, jamiyatdagi endi tarkib topayotgan yosh
oilaga e‘tibor qaratish lozimdir.

Yosh oila deb, avvalo er-va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy

turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi.[3] Oʻzbekiston
Respublikasi ―Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisada‖gi Qonunning 3-moddasiga koʻra, er va
xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand tarbiyalab voyaga
yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat bolgan oila,
shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol)[4].

Hozirgi rivojlanayotgan jamiyat uchun oilaning tinchligi va obodligi va mustahkamligi

dolzarb masaladir. Zero oila jamiyatning bir boʻgʻinidir.

Respublika ―Oila‖ ilmiy-amaliy markazi tomonidan ajrim sabablari oʻrganilgan. Bunda

oilalarning buzilishiga asosiy sabab boʻlayotgan omillar sifatida quyidagilar koʻrsatilgan.

6.

Er va xotinning oʻzaro kelishmovchiligi (50 foiz)

7.

Oilada qaynona va qaynota , uchunchi shaxs aralashuvi (17 foiz)

8.

Befarzandlik (8 foiz)

9.

Xiyonat (6 foiz)

10.

Ichkilikbozlik (6 foiz)

11.

Moddiy ta`minot masalasi (4 foiz)

12.

Ichki va tashqi migratsiya (4 foiz)

13.

Oʻzi va farzandlar kasalligi (1 foiz)

14.

Uy-joy masalasi (1 foiz)

15.

Boshqa sabablar (3 foiz) [5]

Oilaviy hayot va uning toʻlaqonli ijobiy tarzda aks etishi koʻp jihatdan oila a‘zolarining

oilaviy hayot haqidagi tassavurlari bilan belgilanadi.

Ushbu tasavvurlarning bir-biriga muvofiq kelishi yoki, aksincha ular oʻrtasida

ziddiyatlarning boʻlishi oilaviy hayotning ijtimoiy-psixologik iqlimga ta‘sir qilib, uni iqtisodiy
va ijtimoiy-ma`naviy faravonligi darajasini belgilab turadi. [6]

Hozirgi kunda yosh oila ajirimlarga asosiy sabablarni 2 qismga boʻlishimiz mumkin.
1. Oilada iqtisodiy muammolarning mavjudligi bularga: uy-joy muammosi, er va xotinning

ish bilan ta‘minlanmaganligi, yosh mutaxassis sifatida ish tajribasining kamligi oylik ish
haqqining yetishmasligi kabilar;

2. Oilada psixologik muhitning notogʻri tashkil qilinishi bunda yoshlarning turmush

qurishga ma‘naviy jihatdan tayyor emasligi, oilaning mazmun-mohiyatini toʻliq anglamaslik,
ma‘nan va jismonan tayyor emasligi tushuniladi.

Bu kabi oilalarda yuzaga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish oiladagi ajrimlar sonini

kamaytirish uchun yosh avlodni har tomonlama tarbiya qilish ularning jamiyatdagi faolligini


background image

522

oshirish lozim. Yosh oilalarning qoʻllab-quvvatlanishi osha jamiyatning tarraqqiy etishiga zamin
boʻladi. Chunki yoshlar, yosh oilalar qonuniy jihatdan aholining katta qismini tashkil qiladi.
Zamonaviy jamiyatda yosh oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitini yaxshilash uning
faravonligiga erishish uchun davlatning roʻlini oshirishni talab qiladi. Hozirgi kunda yosh oilalar
davlat tomonidan himoyaga muhtoj qatlam hisoblanadi. Hozirgi kundagi davlat siyosatining
ustuvor yoʻnalishlaridan biri yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlash aholining kam ta‘minlangan
qatlamiga ijtimoiy himoya koʻrsatishdir.

Uy-joy muammosini hal qilishda yosh oilalarni mintaqaviy qoʻllab quvvatlash tajribasini

umumlashtirib, quyidagi ijtimoiy texnologiyalarni ajratib koʻrsatish mumkin:

-

ipoteka kreditlari berish;

-

subsidiyalar berish;

-

boʻlib toʻlash orqali uy-joy bilan ta`minlash;

-

korxona va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlarini jalb qilish;

-

davlat tomonidan yoshlar uy-joy komplekslari va uy-joy qurilishi kooperativlarini

qoʻllab-quvvatlash [7].

Yosh oilalardagi yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolarni oʻrganish natijasida

quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi.

- Yoshlar ongida oilaviy hayotga tayyorgarlik koʻnikmalarini shakllantirish, maktab

davridan boshlab qiz va yigitlarimizni oila haqidagi tassavvurlarini boyitish ularni oilaga
tayyorlash lozim.

- Yosh oilada sogʻlom psixologik muhitni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab

chiqish.

- Yosh oilada oilaviy munosabatlarning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi uchun koʻmak berish

oilaning katta avlod vakillari orqali nazorat oʻrnatish bunda mahalla hamkorligi ham juda
ahamiyatlidir.

-Yosh oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan koʻmak berish: bularga yoshlarni ish bilan

ta`minlash, uy-joy olishlari uchun imtiyozli kredit mablagʻlarini koʻpaytirish.

Ushbu tavsiyalar asosida yosh oila markazalari tashkil qilinishi juda muhim va

ahamiyatlidir. Bunday markazada yosh oilalarning mavjud muammolari oʻrganilib, bartaraf
etiladi. Respublikida viloyatlar boʻyicha ham yosh oilalar monitoring qilib boriladi, bunda qaysi
viloyatda yosh oilalar boʻyicha muammolar mavjud ishsizlik soni kabilar toʻplanib ularga
koʻmak berish dasturi ishlab chiqiladi.

Biz yosh oiladagi muammolarni bartaraf etish orqali jamiyat, davlat taraqqiyotiga hissa

qoʻshamiz, chunki har bir yosh avlod bizning kelajagimiz va poydevorimizdir. Yosh oilada
tarbiya topayotgan farzandlar yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi. Tinch, mustahkam har tomonlama
farovon oiladagi farzandlar kelajagi buyuk boʻlishi shubxasiz.

Foydanilgan adabiyotlar roʻyxati

4.

Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch boʻlsa, baxtli boʻlsa, vatan tinch

boʻladi» Xabar.uz 22.01.2018;

5.

Oʻzbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. Oʻzbekiston 2014;

6.

―Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida‖gi OʻzR Qonuni https://lex.uz/ru/docs/-

140894;

7.

Oila ensklopediyasi. – Toshkent, 2015. B-156;

8.

Diagramma: «Oila» markazi tadqiqotida oilaviy ajrimlar sabablari aniqlandi. Kun.uz

sayti;

9.

SH. T. Xalilova ―Oila psixologiyasi‖ Toshkent-2019 yil. 31-bet;

10.

Isaxonov J.A. ―Yosh oilalarga taalluqli muammolarni hal etishning muhim

yoʻnalishlari. https://journal.jspi.uz.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo'lsa, vatan tinch bo‘ladi» Xabar.uz 22.01.2018;

O‘zbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi, - T. O‘zbekiston 2014;

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zR Qonuni https://lex.uz/ru/docs/-140894;

Oila ensklopediyasi. - Toshkent, 2015. B-156;

Diagramma: «Oila» markazi tadqiqotida oilaviy ajrimlar sabablari aniqlandi. Kun.uz sayti;

SH. T. Xalilova “Oila psixologiyasi” Toshkent-2019 yil. 31 -bet;

Isaxonov J.A. “Yosh oilalarga taalluqli muammolami hal etishning muhim yo'nalishlari. https://joumal.jspi.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов