Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar (jizzax viloyati misolida)

CC BY f
541-542
151
13
Поделиться
Болтаева, М. (2022). Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar (jizzax viloyati misolida). Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 541–542. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5248
Мохичехра Болтаева, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oqituvchisi  

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar organiladi. Jahon tajribasidagi iqtisodiy osishlar va pasayishlar tarixini organar ekanmiz, dunyoning eng rivojlangan davlatlarining iqtisodiyotining poydevori bu kichik biznesdir. Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish oz –ozidan undagi imkoniyatlarning ortishiga olib keladi. Lekin xar doim ham natijalarga erishish tosiqlarsiz bolmaydi.

Похожие статьи


background image

541

3.

Рашидова Ф. Ш. Иностранные Инвестиции В Развитии Предпринимателства–Как

важный фактор формирования среднего класса в Узбекистане //Central asian journal of
social sciences and history. – 2021. – Т. 2. – №. 10. – С. 76-86.

4.

https://mineconomy.uz/uz/node/1347.

KICHIK BIZNESGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDAGI

MUAMMOLAR (JIZZAX VILOYATI MISOLIDA)

Boltayeva Mohichexra Jamshid qizi

O‗zMUning Jizzax filiali ―Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri

Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar
o‗rganiladi. Jahon tajribasidagi iqtisodiy o‗sishlar va pasayishlar tarixini o‗rganar ekanmiz,
dunyoning eng rivojlangan davlatlarining iqtisodiyotining poydevori bu kichik biznesdir. Kichik
biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish o‗z –o‗zidan undagi imkoniyatlarning ortishiga olib
keladi. Lekin xar doim ham natijalarga erishish to‗siqlarsiz bo‗lmaydi.

Kalit so‗zlar:

tadbirkorlik, kichik biznes, investitsiya, bandlik, korhonalar, Jizzax viloyati.


So‗nggi yillarda O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada

rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun ko‗plab
islohotlar amalga oshirildi. Bu esa kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalarida amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yanada jadallashtirish, buning uchun esa sohani
yanada kengroq, turli aspektlarda tadqiq etish imkonini berdi. Unga muvofiq soha rivojiga
to‗siq bo‗luvchi barcha cheklovlarni bartaraf etish, sohaga to‗liq erkinlik berish bo‗yicha
ustuvor yo‗nalishlar belgilab berildi hamda nazariy asoslari yaratildi. Bu esa O‗zbekistonda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tarixiy
nuqtai-nazardan ilmiy tadqiq etish, olib borilgan tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai
nazaridan tahlil etish imkonini berdi. Yaqin o‗tmishga nazar tashlar ekanmiz, xar doim ham bu
sohadagi faoliyatlarning silliq kechmaganligini anglash mumkin. Mustaqillikning datslabki
yillaridayoq O‗zbekiston Respublikasida nafaqat siyosiy balki, iqtisodiy mustaqillikni
mustahkamlash yo‗lida xarakatlar boshlandi. Albatta, yosh davlat sifatida O‗zbekiston
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida to‗laqonli o‗z-o‗zini moliyalash imkoniyatiga ega emas edi.
Shunday bir paytda tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun eng oqilona yo‗l bu
xorijiy investitsiyalar edi. Yosh davlat iqtisodiyotiga xorijiy investorlar o‗z mablag‗larini
tikishga va ―tavakkal‖ qilishga xaddilari sig‗magan. Respublikadagi xar bir hududning iqtisodiy
va ijtimoiy imkoniyatlari o‗zgachadir. Lekin viloyatlar orasida o‗zining qulay geografik va
turistik imkoniyatlariga ega Jizzax viloyati azal-azaldan tadbirkorlikning qulay nuqtalaridan
biridir. Jizzax viloyati Buyuk Ipak yo‗lining chorrahasida joylashgan savdo shaxobchalaridan
biri ekanligi tufayli viloyat aholisida mayda tadbirkorlik va savdo-sotiqqa bo‗lgan qiziqishning
ijobiy ekanligini anglash mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq viloyatdagi kichik
korhonalarning ijobiy o‗sish dinamikasi ham buning yaqqol isbotidir. Birgina misol, Jizzax
davlat arxivi ma‘lumotlariga ko‗ra viloyatda 1991-1992 yillarning o‗zidayoq 27 ta kichik
korhona bo‗lgan bo‗lsa, shulardan 7 tasi xorijiy qo‗shma korhonalar edi[4].

Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi mustaqillikning dastlabki

yillaridagi muammolarni o‗rganar ekanmiz, muammolar davriylik nuqtai nazardan turlicha
ekanligini anglash mumkin. Shu nuqtai nazardan sohadagi muammolarni quyidagilardan iborat:

-xorijiy investorlar tomonidan yosh davlat iqtisodiyotiga bo‗lgan xadiksirash;
-qonunchilikdagi xorijiy investorlarning huquqlari va majburiyatlarini to‗laqonli ximoya

qilinmaganligi;

-iqtisodiyotda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning ro‗yhatining tor doirada ekanligi;


background image

542

-qo‗shma korhonani ochishdagi qog‗ozbozliklar va rasmiylarning ruhsati uchun uzoq

navbat kutishlar;

-korhonalarga

bo‗lgan imtiyozlarning domiy emasligi, iqtisodiy vaziyatdagi

qiyinchiliklarda ko‗proq mahalliy korhonalarning manfaatlari ko‗proq hisobga olinganligi;

-mustaqillikning dastlabki 10-15 yilligidagi xorijlik investorlarning sud orqali

shikoyatlarida doimiy ravishda ko‗rib chiqish rad etilganligi;

- kichik biznes bo‗yicha xorijiy investorlarga berilgan imkoniyatlarning amalga oshiruvchi

mexanizmning faoliyatining sustligi;

-korhonalarning faoliyat turlarini qonunchilik asosida cheklab qo‗yilganligi;
-Muntazam tekshiruvlar va byurokratik to‗siqlar;
Mamlakat mustaqillik yillarida ishbilarmonlik va investitsion muhitning xalqaro

parametrlari doirasida ―Iqtisodiy erkinlik indeksi‖, ―Korruptsiyaga qarshi kurashish indeksi‖,
―Logistika effektivligi indeksi‖, ―Insoniyat taraqqiyoti indeksi‖, ―Global raqobatbardoshlik
indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlari xususiy mulk himoyasi indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlarini
xalqaro savdoga jalb qilish indeksi‖ larida umuman ishtirok etmadi. Ma‘lumolarga ko‗ra,
xalqaro investitsion muhit jozibadorligi doirasida «Fitch Ratings, Moodys, Standart & Poors»
xalqaro tashkilotlari reytingida umuman ishtirok etmayotgan bo‗lsa, Konsensus «OESR va
SOFACE» da quyi o‗rinlarni egallab kelmoqda, bu, shubhasiz mamlakatimizda tadbirkorlar
uchun imkoniyatlarni yaratib berishda hali ko‗plab muammolar borligini anglatadi[1]. 1994
yildagi xalqaro ―Investitsiya indeksi‖ guruhining bahosiga ko‗ra, respublikamiz xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish bo‗yicha 100 ballik tizimdan 60.8 ball to‗playdi. 1998 yil aynan shu
guruh ko‗rsatkichlarida deyarli o‗zgarishsiz 60.1 ballni oladi. 1991-2000 yillardagi yana bir
ko‗rsatkich "Central Europieneconomicrevo" jurnali tomonidan e‘lon qilingan O‗zbekistonning
investitsion jozibadorligini baholab 10 balldan 3.1 ball deya baholaydi[3].

Jizzax viloyatida mustaqillikka erishganimizdan beri mingga yaqin qo‗shma korhonalar

faoliyat olib bordi, ulardan aksariyatining faoliyatini to‗xtashining sababi esa, asosan arxiv
hujjatlarida ishlab chiqarishga birlamchi homashyoning yetishmasligi, mahsulotlarni eksportga
chiqarishdagi qiyinchiliklar, aylanma mablag‗ning yetishmasligi va boshqa bir qator sabablar
ko‗rsatilgan.

Dastlabki 10 yillikdagi faoliyatning 1998-2000 yillar oralig‗idagina ijobiy ishlar amalga

oshirilgan. Buni yurtboshimizning aynan shu yillarda viloyat rahbari sifatida ko‗rsatgan faoliyati
bilan bog‗lash mumkin. Mavzuga oid arxiv materiallari o‗rganilganda yurtboshimiz Sh.
Mirziyoyev tomonidan viloyat rahbari sifatida xorijiy korhonalarga hamkorlik qilish maqsadida
yuborilgan 50 dan ortiq xatlarni misol sifatida keltirish mumkin[4].

Xulosa sifatida aytadigan bo‗lsak, mustaqillikning datslabki yillarida viloyatda kichik

biznes va tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi muammolar ko‗lami
yetarlicha bo‗lgan. Ularning aksariyati xozirgikunda ham o‗z yechimini kutmoqda. So‗nggi
yillarda olib borilayotgan islohotlar muammolarning ko‗lamini bir qadar kamaytira olgan desak,
mubolag‗a bo‗lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Рашидова, Ф. Ш. "Рол женского предпринимателства в развитии и процветании

государства." Научный вестник СамГУ. Серия" Гуманитарные науки" 4 (80) (2013): 18.

2.

Rashidova F. S. Growth of small business and private entrepreneurship at a new

strategic stage of development //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. – 2020. –
Т. 24. – №. 5. – С. 2473-2479.

3.

Рашидова Ф. Ш. Иностранные Инвестиции В Развитии Предпринимателства–Как

важный фактор формирования среднего класса в Узбекистане //Central asian journal of
social sciences and history. – 2021. – Т. 2. – №. 10. – С. 76-86.

4.

Jizzax viloyati davlat arxivi ma‘lumotlari.

5.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi ma‘lumotlari.


Библиографические ссылки

Рашидова, Ф. Ш. "Рол женского предпринимателства в развитии и процветании государства." Научный вестник СамГУ. Серия" Гуманитарные науки" 4 (80) (2013): 18.

Rashidova F. S. Growth of small business and private entrepreneurship at a new strategic stage of development //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. -T. 24. - №. 5. - C. 2473-2479.

Рашидова Ф. Ш. Иностранные Инвестиции В Развитии Предпринимателства-Как важный фактор формирования среднего класса в Узбекистане //Central asian journal of social sciences and history. - 2021. - T. 2. - №. 10. - C. 76-86.

Jizzax viloyati davlat arxivi ma’lumotlari.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов