
543
BUGUNGI KUN INGLIZ VA O‗ZBEK TILSHUNOSLIGIDA YORDAMCHI SO‗Z
TURKUMLARINI O‗RGANISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Berdiev Sh.
O‗zMU Jizzax filiali, ―Xorijiy tillar‖ kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yordamchi so‗zlarning ingliz va o‗zbek tilshunosligidagi
munozarali solishtirma holati, strukturaviy-funksional, semantik va distributiv-statistik jihatdan
tahlili ko‗rib chiqilgan.
Kalit so‗zlar:
Modal so‗zlar, predloglar, undov so‗zlar, grammatik-semantik vazifa,
chegaralov yuklamalari, kuchaytiruv yuklamalari.
Yordamchi so‗z turkumlari nutq jarayonida informatsiya yetkazib berishda o‗ziga xos
vazifalarni bajaradilar. Bu toifaga mansub bo‗lgan so‗zlar tizimi qiyoslanayotgan tillarda bir
biridan ma‘lum darajada farq qiladilar.
Predloglar (o‗zbek tilshunosligida «ko‗makchi» so‗zi atama sifatida qabul qilingan) ko‗p
yillardan buyon tilshunos olimlarimizning tekshirish ob‘ekti bo‗lib kelmoqda.
Grammatikaga doir dastlabki ishlarda, keyingi ba‘zi asarlarda yuklamalar, kelishik
qo‗shimchalari, rus tilidagi predloglarning grammatik-semantik vazifasini bajaruvchi so‗zlar,
turli qo‗shimchalar ko‗makchilar deb izohlangan. Bu asarlarda ko‗makchilarga umumiy ta‘rif
berilgan. Ammo ularning semantik klassifikatsiyasi haqida ham deyarli hech narsa deyilmagan
[Ilish B.A.Sovremenniy angliyskiy yazik. M. 1956; Smirinskiy A.I. Morfologiya angliyskogo
yazika. M. 1958; Voronsova G.N. Ocherki po grammatike angliyskogo yazika. M. 1959;
Barxudarov L.S., Shtelish D.A. Grammatika angliyskogo yazika. M. 1975; Blox M.Ya.
Teoritecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2005; Ivanov I.P., Burlakova V.V.,
Pochepsov G.G. Teoritecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 1981; Xaymovich B.S.,
Rogovskaya B.Ye. Teoretecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 1967; Xudyakov A.A.
Teoritecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2007; Irisќulov M.T., Kuldashev A. Ingliz
tili nazariy grammatikasi. T. 2008.].
Ularda ta‘kidlanishicha, avvalambor, so‗z birikmasi va gap kabi til qatlamlarini farqlab
olish kerak. Agar so‗z birikmasi nuqtai nazaridan qaralganda, uning fikricha predloglarning
vazifasi so‗zlarni bir-biri bilan bog‗lashdir. Gap sathida esa predlog hech qachon yakka holda
alohida bo‗lib kela olmaydi. Uning fikricha, predloglar gap bo‗laklarini bog‗lamaydi. Chunki,
predloglar ikkita gap bo‗lagi o‗rtasida emas, balki biror gap bo‗lagining ichida keladi [Kachalova
V.A. Grammatika angliyskogo yazika. M. 2002; A. Abdugafforov. Ingliz tili grammatikasi.
T.2004; Reznik R.V. Grammatika angliyskogo yazika. M. 2002.].
Umuman olganda predloglarning tasnifi va umumiy o‗rganilishi ham tadqiq talabidir.
Ingliz tilidagi boshqa so‗z turkumlari bu yerda ko‗rsatilgandan ko‗ra chuqurroq
o‗rganilgan, degan fikrdan ancha yiroqmiz, chunki yordamchi so‗z turkumlarining strukturaviy
va paradigmatik xossalari va kombinatorikasi qisman o‗rganilgan bo‗lsa-da ularning grammatik
semantikasi ham o‗rganilmagan[Shteling D.A. Grammatika angliyskogo yazika. M. 1996.;
Plotkin V.Ya. Stroy angliyskogo yazika.M. 2002.].
Yordamchi so‗z turkumlari ingliz tili grammatikasida munozaralidir. B. Ilish ularni 6
turga (article, preposition, conjunction, particle, modal verb and interjection) ajratsa, Xaymovich
va Rogovskayalar yuqoridagilarga yana 2 turni qo‗shadi (statives and response words).
Yordamchi so‗z turkumlariga amaliy grammatikalarda batafsil ma‘lumot berib o‗tilishini hisobga
olgan holda ushbu o‗rinda biz ayrim munozarali jihatlarga to‗xtalib o‗tmoqchimiz.
Artikllarni Xaymovich va Rogovskayalar «noun-specifiers» deb atashadi. Lekin shuni
aytib o‗tish kerakki, artikllar nafaqat otlar, balki otlashgan sifat va sonlar bilan ham ishlatilishi
mumkin. Shu sababli ham ushbu qarash biroz munozaralidir. Artikllar biror gap bo‗lagi bo‗lib
kela olmaydi.
Ingliz tili grammatikasini o‗rgatishning hozirgi bosqichida alohida e‘tibor talab qiladigan
masalasiga yordamchi so‗zlar semantikasini o‗rganish ham kiradi. Ulardan yana biri

544
bog‗lovchilar hisoblanadi[M.T. Irisќulov, A. Qo‗ldoshev. Ingliz tili nazariy grammatikasi. T.
2008.; Xudyakov A.A. Teo reticheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2007.; Blox M.Ya.
Teoreticheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2005.].
Bog‗lovchilar narsa va tushunchalar o‗rtasidagi bog‗lanishni ifodalaydi. Bog‗lovchilar
shaklan turli-tumandir. Ular gapda biror gap bo‗lagi vazifasida kela olmaydi. Ular faqat ikkita
so‗zni, iborani yoki gaplarni bog‗lash vazifasini o‗taydi. Bog‗lovchilar morfologik tuzilishiga
ko‗ra, soda (simple: and, or, but, etc.), yasama (derivative: until, unless, etc.), qo‗shma
(compound: however, whereas, etc.) va murakkab (composite: as well as, in case, etc.) shakllarga
ega. Ular vazifasiga ko‗ra esa, teng (coordinating) va ergashtiruvchi (subordinating)
bog‗lovchilarga ajratiladi. O‗z navbatida ma‘nosiga ko‗ra teng bog‗lovchilar guruhi bir necha
turga ajratiladi: biriktiruvchi (copulative: and, nor, both... and, etc.); zidlovchi (adversative: but,
while, whereas, etc.); ayiruvchi (disjunctive: or, either... or, etc.); sabab (causative – consecutive:
so, for, etc.)
Yordamchi so‗zlarning yana bir turi yuklamalardir. Yuklamalar boshqa yordamchi
so‗zlar kabi gapda mustaqil vazifaga ega emas. Ma‘nosiga ko‗ra yuklamalar quyidagi guruhlarga
ajratiladi:
1.
chegaralov yuklamalari (limiting particles: only, just, alone, but, merely, barely, etc.);
2.
kuchaytiruv yuklamalari (intensifying particles: simply, still, yet, all, quite, even, etc.);
3.
ta‘kid yuklamalari (connecting particles: too, also);
4.
inkor yuklamalari (negative particles: not, never).
Modal so‗zlar (modal words: perhaps, possibly) ravishlardan ajratib olingan bo‗lib,
so‗zlovchining harakat va reallik orasidagi aloqaga bo‗lgan munosabatini ifodalaydi. Ular gapda
biror vazifada kelmaydi, lekin yakka holda gap bo‗lishi mumkin (– Will he come? – Perhaps).
Undov so‗zlar (interjections: ah, alas). Undov so‗zlar hissiyotlarni ifodalab uni nomlash
emas, balki hissiyotga bo‗lgan munosabatni ifodalaydi. Ular gapda biror vazifada kelmaydi,
lekin modal so‗zlar yakka holda gap bo‗lishi mumkin (Alas!).
Biz kelgusida mana shu yordamchi so‗zlarni strukturaviy-funksional, semantik va
distributiv-statistik jihatdan tahlil qilib chiqamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1.
A. Abdugafforov. Ingliz tili grammatikasi. T.2004;
2.
Barxudarov L.S., Shteling. D.A. Grammatika angliyskogo yazika. M. 1975;
3.
Blox M.Ya. Teoritecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2005;
4.
Ivanov I.P., Burlakova V.V., Pochepsov G.G. Teoritecheskaya grammatika angliyskogo
yazika. M. 1981;
5.
Irisќulov M.T., Kuldashev A. Ingliz tili nazariy grammatikasi. T. 2008.
6.
Kachalova V.A. Grammatika angliyskogo yazika. M. 2002;
7.
Reznik R.V. i dr. Grammatika angliyskogo yazыka. M. 2002.
8.
Xaymovich B.S., Rogovskaya B.Ye. Teoretecheskaya grammatika angliyskogo yazika.
M. 1967;
9.
Xudyakov A.A. Teoritecheskaya grammatika angliyskogo yazika. M. 2007.
ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛТУРЫ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ
ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА
Файзиева Мафтуна Камаловна
Учителница 145 –общеобразователной школы
Юнусабадского района г. Ташкент
Аннотация:
В данной стате раскрыты: ряд особенностей, влияющих на процесс
формирования эстетической културы будущего учителя иностранного языка,