Virtual va toʻldirilgan reallik zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sifatida

CC BY f
166-169
549
91
Поделиться
Джомуродов, Д. (2022). Virtual va toʻldirilgan reallik zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sifatida. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 166–169. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5281
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada virtual muhitda elektron ta ’Um resurslarini yaratish, virtual va to 'Idirilgan reallik texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Mazkur texnologiyalardan ta ’Um tizimida foydalanish afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

Похожие статьи


background image

166

Kviz kartochkalari (quiz cards) o‘quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va

hamma o‘quvchilar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni
tejaydi [4].

Ta‘lim sifatini oshirish uchun texnik vositalar: audio-video, kino materiallari,

komp‘yuterlar, videoproektor, slaydlar, badiiy asarlardan parchalar; zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan, xususan interfaol metodlardan o‘rinli foydalanib kelishmoqda.

Innovatsion ta‘lim texnologiyalari ta‘lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish,

o‘qituvchi, o‘quvchi shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy
va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta‘lim oluvchining ichki
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit
hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega.

Xulosa qilib aytganda, ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo‘llash natijasida

o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va
to‘g‘ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg‘otadi.
O‘quvchi darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta‘lim jarayonining
faol sub‘yektlariga aylantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

:

1.

Отабоева, М.Р. Chet tilini o‘qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

va uning samaradorligi / М.Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный //
Молодой ученый. — 2017. — №4.2 (138.2). — С. 36–37. — URL:
https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020)

2.

MD Ismatullaevna, EG Yusupovich. THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF

INFORMATION TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL ‗ROCESS- Euro‘ean Journal of
Research and Reflection in …, 2019

3.

M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. «CHET TILINI O‘QITISHDA

YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH». Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU,
2005

4.

Irgasheva N. D. INGLIZ TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH //Eurasian Journal of Academic Research. –
2022. – Т. 2. – №. 1. – С. 21-24.

VIRTUAL VA TOʻLDIRILGAN REALLIK ZAMONAVIY AXBOROT

KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SIFATIDA

Jomurodov D.M.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Annotatsiya

:

Maqolada virtual muhitda elektron ta‘lim resurslarini yaratish, virtual va

toʻldirilgan reallik texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Mazkur texnologiyalardan
ta‘lim tizimida foydalanish afzalliklari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar

:

virtual reallik, toʻldirilgan reallik, AKT, IT, texnologiya

Zamonaviy ta‘lim tizimida eng ilgʻor texnologiyalardan foydalanish muhim degan fikr

nafaqat zamonaviy tadqiqotchilar, balki deyarli har birimizning ongimizni tark etmaydi.
Tilshunoslik va psixologiya sohasidagi mutaxassislarning fikricha, yangi bilimlarni oʻzlashtirish
uchun eng qulay sharoitlar bolalik va oʻsmirlik davriga toʻgʻri keladi. Ammo qiziqishning
yetishmasligi, fikrlar tarqoqligi va diqqatni qiyin narsalarga qarata olmaslik har qanday yoshda
ham samarali taʻlim olishimizga imkon bermaydi. Zamonaviy ta'lim tizimi esa bu borada boshqa
koʻngilochar sohalar bilan azaldan raqobatlashib keladi va talabalar diqqatini yangi bilimlarni
oʻzlashtirish jarayoniga jalb qilish imkonini beradigan idrok etish mexanizmlariga muhtoj. Zero,
samarali oʻrganishga qiziqish avvalo shakllantirilishi, keyin esa qoʻllab-quvvatlanishi kerak.


background image

167

Virtual va toʻldirilgan reallik texnologiyalarinining ta‘limda qoʻllanilishini nima bilan

asoslash mumkin? Masalan, tasavvur qilaylik, oʻqituvchilar endi Misr ehromlari va ularning
qurilish xususiyatlari haqida har doimgi bir xil hikoyalarini oʻquvchilar diqqatini oʻziga jalb
qilish maqsadida ortiqcha hissiyotlar bilan ma‘ruza qilishlari shart emas. Virtual reallik
koʻzoynaklari (shlemlari) bilan auditoriyaning oʻzidanoq sarkofaglar yoʻlaklari boʻylab
sayohatga otlanishlari, labirintlardagi shovqinni tinglashlari va minglab yillar oldin sodir boʻlgan
tarixiy muhim hodisalarga mustaqil baho berishlari mumkin boʻladi.

Virtual va toʻldirilgan reallikning afzalliklari nimada? Ular inson tomonidan sezgilar

orqali qabul qilinadigan muhitni yaratishga imkon beradi. Darhaqiqat, VR/AR sizga yangi
bilimlarni oʻzlashtirish va ayniqsa, bolalar, oʻsmirlar va yoshlarni oʻqitish uchun qulay
sharoitlarni simulyatsiya qilish imkonini beradi. Talaba uchun hech kim oʻylamaydi, uning oʻzi
barcha qabul qilingan ma‘lumotlarni qayta koʻrib chiqadi. Kim biladi deysiz, balki oʻquv
jarayonida yangi bilim va ma‘lumotlarning ―tozaligi‖ muammosini aynan VR va AR hal qiladi.

Toʻldirilgan reallik texnologiyasi oʻz tabiatiga koʻra muhim taʼlim salohiyatiga ega

boʻlib, bu axborot texnologiyalari sohasidagi fanlarda ham, ta‘lim tizimidagi koʻpgina boshqa
fanlarda ham tegishli kompyuter vositalaridan oʻquv qoʻllanma sifatida faol foydalanish
imkonini beradi. Bu toʻldirilgan reallik texnologiyasi va vositalarining koʻplab oʻziga xos
xususiyatlaridan dalolat beradi. Tegishli xulosalarni shakllantirishda ta‘limda tegishli yoki
oldingi texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha oldingi tadqiqotlarga qisman tayanish mumkin.

Bundan tashqari, ta‘limda toʻldirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanish ob'ektlar va

jarayonlarni ta‘lim oluvchilar koʻradigan real dunyoga proyeksiya qilish orqali ularning
ob‘yektlarni tanib olish darajasini oshirishga yordam beradi. Maktabda noyob hasharotlarni
an'anaviy oʻrganish boʻyicha juda mashhur misol diqqatga sazovordir. Ilgari hasharotlarning
ayrim turlarini koʻrmagan oʻquvchilarga hasharotlarning fotosuratlari tushirilgan kartalar
koʻrsatildi. Lekin, ularga haqiqiy hasharotlar namunalarini koʻrsatishganda, oʻquvchilar ularni
tanishmadi. Yangi materialni oʻzlashtirishda shunga oʻxshash muammolar kompyuterning fizik
asoslari kursida, masalan, kompyuter arxitekturasini oʻrganishda, talabalar turli xildagi tizimli
platalardagi aniq elementlarni tanib olishlari kerak boʻlganda uchraydi.

Yuqorida aytib oʻtilganidek, toʻldirilgan reallik texnologiyalari rivojlanish bosqichida,

taktil aloqani ta'minlash uchun yangi yondashuvlar va vositalar ishlab chiqilmoqda, koʻplab
mazmunli, texnik va uslubiy muammolar hali ham tegishli yechimsiz qolmoqda. Informatika
fanini oʻqitishning mavjud tajribasi shuni koʻrsatadiki, biron bir texnologiyadan foydalanish har
qanday boshqa texnologiyalardan foydalanishni inkor etmasligi kerak. Turli texnologiyalarning
oqilona kombinatsiyasini izlash kerak, ular orasida toʻldirilgan reallik texnologiyalari ham
boʻlishi kerak. Bunday texnologiyani kompyuterga asoslanmagan oʻquv vositalari bilan
birlashtirishga yaxshi misol keltirish mumkin. Oddiy, qogʻozda chop etilgan darslik yoki
qoʻllanma matniga toʻldirilgan reallik uchun marker vazifasini bajaruvchi maxsus kod va hattoki
tasvir joylashtirish mumkin, bu esa oʻqitishning bunday vositalari funksionalligini kengaytiradi.


background image

168

Toʻldirilgan reallik texnologiyalari bilan integratsiyalashgan holda fanlarni, shu jumladan

informatika fanlarini oʻqitishning metodik tizimini takomillashtirish zarurati ikkita asosiy sabab
bilan tavsiflanadi:

- toʻldirilgan reallik texnologiyasini ma'lum sharoitlarda qoʻllash oʻqitish samaradorligini

sezilarli oshiradi;

- toʻldirilgan reallik texnologiyasining inson kasbiy faoliyati va kundalik hayotiga

bosqichma-bosqich kirib borishi nafaqat ushbu texnologiyalar ichki tuzilishining oʻziga xos
xususiyatlarini, balki uni amaliy qoʻllash yondashuvlarini ham oʻrganishni talab qiladi.

Ta‘lim tizimida foydalanish uchun toʻldirilgan reallik texnologiyasiga asoslangan

elektron ta‘lim resurslari va koʻrgazmali oʻqitish vositalarini ishlab chiqish va ulardan
foydalanishning oʻrganish uchun ahamiyatli boʻlgan ikkita asosiy yondashuvini aniqlash va
taklif qilish mumkin:

Birinchi yondashuv

talabalar bilan amaliy yoki laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazishda

an'anaviy sharoitlarda tegishli darsni oʻtkazish qiyin yoki imkoni boʻlmagan hollarda
qoʻllanilishi mumkin. Bunday hollarda real ob'ektlar bilan vizual tarzda identifikatsiyalanmagan
mustaqil virtual ob'ekt yaratiladi va foydalaniladi. Masalan, ushbu yondashuv oʻqituvchi va
talabalar foydalanishi uchun xavf yuqori boʻlgan haqiqiy ob'ektlar, materiallar yoki moddalar
(zaharli, radioaktiv, portlovchi va boshqa moddalar bilan ishlash) yoki kerakli asbob-uskunalar
yetishmasligi, jihozlar narxi yuqoriligi, gabarit oʻlchamlari va boshqa parametrlar mos
kelmasligi sababli amaliy ishlarni tashkil etish va oʻtkazish mumkin boʻlmagan hollarda
qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻldirilgan reallik texnologiyasidan foydalanilganda ob'ektning oʻzi
modellashtiriladi, uning muhim xususiyatlari hisobga olinadi. Treningda ishlatiladigan ob'ekt
haqiqiydan koʻra koʻproq virtual xususiyatlarga ega boʻladi.

Mazkur texnologiyaning amaliy tadbiqidagi asosiy kamchilik – talabalarning haqiqiy

reaktivlar bilan ishlash koʻnikma va malakalarining toʻla shakllanmasligi hisoblanadi.
Oʻqituvchilar bu faktorni albatta hisobga olishlari zarur. Masalan, real ob‘yektlar bilan ishlash
imkoniyati mavjud boʻla turib, kompyuter simulyatsiyasidan foydalanish ma‘noga ega emas.
Aytaylik, kompyuter qurilmalari bilan tashqi tomondan tanishtirilganida haqiqiy ob‘yektlar
koʻrsatilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Ichki tuzilishi va ishlash prinsipi tushuntirilayotganida
esa toʻldirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanish samaraliroq boʻladi.

Ikkinchi yondashuv

real dunyo ob'yektlariga - turli matnli yozuvlar, izohlovchi tasvirlar

va boshqa sharhlarni, ya‘ni axborot qatlami deb ataluvchi qismni koʻrinadigan tarzda
joylashtirishni oʻz ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, toʻldirilgan reallik unikal
texnologiya hisoblanadi. Boshqa hech qanday texnologiya real vaqtda real ob'ektlarga axborot
qatlamini qoʻshishga imkon bermaydi. Misol tariqasida, biz qurilmadan foydalanish boʻyicha
koʻrsatmalarni yoki uning tarkibini koʻrsatadigan diagrammani, vizual ravishda qurilmaning
oʻzida axborot qatlami sifatida qoʻyishimiz mumkin.

Shuningdek, axborot qatlami bilan birga turli xil boshqa "qatlamlar" ham qoʻshilishi

mumkin, masalan, hududning tashqi yoki boshqa tarixiy davrdagi koʻrinishi paydo boʻlishi yoki
haqiqiy probirkadagi modda molekulalarining namoyishi yoki kompyuterning markaziy
prossessori kristallari tuzilishini ifodalovchi qatlamlar. Ushbu yondashuv yordamida turli xil
fotosuratlar, rasmlar, videokliplar va 3D modellarni toʻldirilgan reallik qatlamlari sifatida
qoʻshish mumkin.

Toʻldirilgan reallik texnologiyasidan ta‘limda koʻrinish va interaktivlikni oshirish vositasi

sifatida foydalanishga yana bir misol – mavjud skelet va uning oʻlchamiga asoslangan holda
hayvonning tashqi qiyofasini virtual tiklash imkoniyatidir. Muhokama qilinayotgan
texnologiyaning shunga oʻxshash qoʻllanilishiga yana bir misol – turli avlod kompyuterlarining
fazoviy oʻlchamlarini toʻgʻri taqqoslash boʻlishi mumkin, bunda taqqoslash haqiqiy
oʻlchamlarga ega boʻlgan haqiqiy xonaga nisbatan bajariladi va bu tasavvur aniqligiga olib kela
oladi.



background image

169

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Вайндорф-Сысоева, М.Е. Организация виртуальной образовательной среды: теория и
практика [Текст] : моногр. / М.Е. Вайндорф-Сысоева. – Germany: LAP LAMBERT
Academic Publishing GmbH & Co. KG, 2011. – 368 с.
2. Tangirov K. E., Jomurodov D. M., Murodkasimova S. K. The importance of e-learning and e-
learning resources in individualized learning //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 464-469.
3. Тангиров Х. Э., Жомуродов Д. М., Муродкосимова Ш. Х. Aхборот-таълим муҳитида
ўқитишни индивидуаллаштиришнинг муҳим жиҳатлари //инновации в педагогике и
психологии. – 2021. – Т. 4. – №. 6.

FIZIKA FANINI O‗QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‗LLASH

Fayzullayev Orif Turg‗un oʻg‗li

O‗zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

Annotatsiya:

Maqolada fizika fanini o‗qitishda zamonaviy raqamli innovatsion interaktiv

―Multisim‖ dasturidan foydalanib ta‘limni tashkil etish usuli bayon etilgan. Ilmiy tadqiqot
ishlariga talabalarni qiziqtirish bo‗yicha ma‘lumotlar keltirilgan

.

Kalit so‗zlar:

multisim dasturi, zamonaviy axborot texnologiyalari, pedagogika,

innovatsion texnologiya

.

Ta‘lim amaliyotida zamonaviy texnologiyalarning qo‗llanilishi ta‘lim tizimi

modernizatsiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta‘lim tarbiya
jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda kutilayotgan natijani qo‗lga
kiritishga imkon beradi, o‗qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshiradi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ham pedagogik jarayon bo‗lib, talaba va
o‗qituvchi faoliyatidagi o‗zgarish, yangilik kiritish, o‗quv jarayonida interfaol metodlardan to‗liq
foydalanishni o‗z ichiga oladi. Oliy ta‘limda fizika va elektrotexnika mashg‗ulotlari jarayonida
interaktiv elektron ―Multisim‖ dasturidan foydalanish o‗quv jarayoniga yangi sifat darajasini olib
kiradi. Bu esa o‗qituvchiga nafaqat dars mashg‗ulotiga tayyorgarlik ko‗rishni va darsni olib
borishni yengillashtiradi, balki yangi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.

Fizika fanidan o‗qitishning kafolatli natijaga erishish uchun o‗qitishning axborot-ta‘lim

tizimi sharoitini tashkil etishda texnik, elektron dasturiy, didaktik va tayyorgarlik muhitiga ega
bo‗lish kerak. Bunda: Texnik muhit: kompyuter xonasi, internet tarmoqlariga ulangan
kompyuterlar va interaktiv ―Multisim‖ dasturi o‗rnatilgan bo‗lishi kerak.

Didaktik muhit:

―Multisim‖ boshqarish imkoniyatiga ega bo‗lgan[3], dasturlardan to‗liq foydalanish uchun
o‗quv-uslubiy qo‗llanmalar, o‗rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta‘lim ashyolari, uslubiy
ko‗rsatmalar bo‗lishi kerak[1].

Fizka mashg‗ulotlarda, ―Multisim‖ dasturi orqali o‗tkaziladigan

mashg‗ulotlarda har

qanday elektrotexnik sxemalarni (zanjirlarni) yig‗ish mumkin[2].

Bunda talabalar yakka, katta va kichik bo‗lingan holda va hamkorlikda

ishlaydilar. Multisim dasturida ishlash talabalarga estetik zavq bag‗ishlaydi, fanga

bo‗lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. O‗yin usullarini qo‗llash orqali o‗zlashtirish

qiyin bo‗lgan mavzularni talabalarni o‗zlari bemalol o‗zlashtirish imkoni yaratiladi.

Agar bu ―Multisim‖ dasturlarida ma‘ruza mashg‗ulotlarida ham qo‗llanilsa yaxshi

samara beradi. Bu dasturlardan uzviy foydalanish hatto past o‗zlashtiruvchi talabalarning fanni
yaxshi o‗zlashtirishga zamin bo‗ladi. Natijada barcha tinglovchilarda

fizika fanidan dars

samaradorliligiga erishish imkonini yaratish mumkin.

Ayrim talabalarnig fanni yaxshi o‗zlashtirmagani uni yaxshi bilmasligida emas,

balki

ularda tortinchoqlik, qo‗rquv alomatlari bo‗lishi sabablidir. ―Multisim‖ dasturi

talabalarni

Библиографические ссылки

Вайндорф-Сысоева, M.E. Организация виртуальной образовательной среды: теория и практика [Текст] : моногр. / М.Е. Вайндорф-Сысоева. - Germany: LAP LAMBERT Academic Publishing GmbH & Co. KG, 2011. - 368 c.

Tangirov К. E., Jomurodov D. M., Murodkasimova S. K. The importance of e-lcarning and e-learning resources in individualized learning //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2021. - T. 10. - №. 3. - C. 464-469.

Тангиров X. Э., Жомуродов Д. M., Муродкосимова Ш. X. Ахборот-таълим мухитида укитишни индивидуаллаштиришнинг мухим жихатлари //инновации в педагогике и психологии. - 2021. - Т. 4. - №. 6.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов