Informatika fanini o’qitishda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishning qulayliklari

CC BY f
191-193
85
22
Поделиться
Мустафоев, А. (2022). Informatika fanini o’qitishda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishning qulayliklari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 191–193. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5142
Ахрор Мустафоев, О’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyatari kompyuter texnotogiyalaridan foydalanishga asoslangan. Ayniqsa, so ’nggi yillardagi karantin chektovlari vaqtida masofaviy ta ‘limga ehtiyojning sezilarli darajada ortishi bilan kompyuter texnologiyatarining ta ‘lim jarayonidagi о ’mi yanada ortdi. Bu esa bevosita informatika fanining о ’rganilish jarayoniga о ’z ta ’sirini ко ’rsatdi hamda ushbu fan resurslari boyishiga olib keldi. Bu maqolada informatikani o’qitishda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishning qulayliklari va samarasi xususida so ’z boradi.

Похожие статьи


background image

191

4-rasm. Savollar oynasi

Bizga keltirilgan oyna boshlang‗ich sinflarga mo‗ljallangan bo‗lib unda jami 19 ta savol berildi.
Ajratilgan vaqt esa 25 sekundni tashkil qildi. Biz 17/19 ko‗rsatgich qayd etdik.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Голощапов А.Л. Google Android. Программирование для мобильных устройств

(Профессиональное программирование). Санк-Петербург:
«БХВ - Петербург», 2011. – 438 с.
2.

2.https://scholar.google.com.do/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=zCFguOEA

AAAJ&citation_for_view=zCFguOEAAAAJ:u-x6o8ySG0sC

3.

Djumayev S. N., Narzullayeva N.U., Axrorova F. Ingliz tilini mustaqil o‗rganuvchilar

uchun my e-book android ilovasi. ―Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va at-
ta‘lim tatbiqi muammolari‖ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma‘ruzalar to‗plami.
Samarqand 2021-yil, 24-25 noyabr.

INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA MASOFAVIY TA‘LIM TIZIMIDAN

FOYDALANISHNING QULAYLIKLARI

Mustafoyev Ahror

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali magistranti

Annotatsiya:

Bugungi

kundagi

zamonaviy ta‗lim texnologiyalari kompyuter

texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan. Ayniqsa, so‘nggi yillardagi karantin cheklovlari
vaqtida masofaviy ta‗limga ehtiyojning sezilarli darajada ortishi bilan kompyuter
texnologiyalarining ta‗lim jarayonidagi o‘rni yanada ortdi. Bu esa bevosita informatika fanining
o‘rganilish jarayoniga o‘z ta‘sirini ko‘rsatdi hamda ushbu fan resurslari boyishiga olib keldi. Bu
maqolada informatikani o‘qitishda masofaviy ta‘lim tizimidan foydalanishning qulayliklari va
samarasi xususida so‘z boradi.

Kalit so'zlar:

masofaviy o‗qitish, masofaviy o‗qish, platforma

.

Bugungi kunga kelib ilm-fan, texnika, qolaversa, yer yuzidagi barcha sohalar shu

darajada jadal rivojlandiki, butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‗iri yengil,
uzog‗i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi keskin ortib ketgan davrga to‗g‗ri kelmoqda.[1]
Ayniqsa, informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi rivojlanishni, qisqa muddat ichida


background image

192

erishalayotgan yutuqlarini hamda shu yutuqlar bilan insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shayotgan
hissasini alohida e‘tirof etish kerak.

Mana shunday rivojlanish asnosida hamda karantin choralarini qo‘llanilishi ta‗lim

tizimida ham masofaviy talim tizimining juda tez fursatlarda rivojlanishiga olib keldi. Dastlab
masofaviy ta‗lim tizimining asosiy tushunchalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, masofaviy
o‗qitish – eng yaxshi an‘anaviy va innovatsion metodlarni mujassamlashtirgan holda internet
tarmog‘i orqali tashkil qilinadigan o‗qitish vositalari va formalarini o‗z ichiga olgan sirtqi va
kunduzgi ta‗lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta‗lim
formasidir. Masofaviy o‗qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya
texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan bo‘lib, masofadan turib tashkil qilinadigan
ta‗lim tizimidir.

Masofaviy ta‗lim an‘anaviy ta‗lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan

farqlanadi.

Moslashuvchanlik

– Ta‗lim oluvchiga o‗ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta‗lim olish

imkoniyati mavjudligi.

Modullilik

– Bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan mustaqil o‗quv kurslari

to‗plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o‗quv rejasini tuzish imkoniyati
mavjudligi.

Parallellik

– O‗quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya‗ni ishlab

chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.

Keng qamrovlilik

– Ko‗p

sonli o‗quvchilarning bir vaqtning o‗zida katta o‗quv (elektron kutubxona, ma‗lumotlar va
bilimlar bazasi va boshqalar) zahiralariga murojaat qila olishi. Bu ko‗p sonli o‗quvchilarning
kommunikatsiya vositalari yordamida o‗zaro va o‗qituvchi bilan muloqotda bo‗lish imkoniyati.

Iqtisodiy tejamkorlik

– O‗quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o‗quv

materiallaridan samarali foydalanish, o‗quv materiallarini bir joyga yig‗ish, ularni tartiblangan
ko‗rinishga keltirish va bu ma‗lumotlarga ko‗p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish
mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.

Ijtimoiy teng huquqlilik

Ta‗lim oluvchining yashash joyi, sog‗lig‗i va moddiy ta‗minlanish darajasidan qat‘i nazar
hamma qatori teng huquqli ta‗lim olish imkoniyati.

Internatsionallilik

– Ta‗lim sohasida

erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.

O‗qituvchining yangi roli

– Masofaviy o‗qitish o‗qituvchining o‗qitish jarayonidagi rolini

yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o‗qituvchi o‗zlashtirish jarayonini muvofiqlashtirishi,
yangiliklar va innovatsiyalarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi,
saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi talab etiladi.

Sifat

– Masofaviy o‗qitish usuli

ta‗lim berish sifati bo‗yicha an‘anaviy ta‘lim tizimidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik
dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o‗quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi
testlardan foydalangan holda o‗quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.

Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta‗lim kompleksi ancha qulayliklarga ega

ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta‗lim kerak bo‗lib qoldi? – degan savol tug‗ilishi tabiiy. Bu
savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o‗tish mumkin:

- ta‗lim olishda yangi imkoniyatlar (ta‗lim olishning arzonligi, vaqt va joyga

bog‗liqmasligi va boshqalar).

- ta‗lim olishni xohlovchilar sonining oshishi;
- sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‗lishi va rivojlanishi;
- xalqaro integratsiyaning kuchayishi. [3]
Yuqorida sanab o‗tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‗qitishga ehtiyoj borligini

ko‗rsatadi. Umuman olganda masofaviy ta‗limning maqsadiga quyidagilar kiradi: 1) Mamlakat
miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o‗quvchilar, talabalar, ta‗lim olishni
xohlovchilarga birdek ta‗lim olish imkoniyatini yaratib berish. 2) Yetakchi universitetlar,
akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka
oshirish institutlari va boshqa ta‗lim muassasalarining ilmiy va ta‗lim berish potensiallaridan
foydalanish evaziga ta‗lim berishning sifat darajasini oshirish. 3) Asosiy ta‗lim va asosiy ish
faoliyati bilan parallel ravishda qo‗shimcha ta‗lim olish imkoniyatini yaratib berish. 4) Ta‗lim
oluvchilarni ta‗lim olishga bo‗lgan ehtiyojini qondirish va ta‗lim muhitini kengaytirish. 5)
Uzluksiz ta‗lim imkoniyatlarini yaratish. 6) Ta‗lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta‗lim


background image

193

darajasini ta‗minlash.[4] Masofaviy o‗qitish nima? Darhaqiqat, masofaviy o‗qitish nima, undan
uzluksiz ta‗lim tizimida qanday foydalanish mumkin. Uning qanday shakl va modellari mavjud?
Insoniyat yigirma birinchi asrning ikkinchi dekadasi so‘ngida bir turkum muammolarga duch
keldiki,
ular bevosita axborot telekommunikatsiya sohasidagi jiddiy o‗zgarishlar, xususan
axborot texnologiyalarining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishiga olib keldi. Ta‗lim, ishlab
chiqarish va kishilik jamiyatining turli jabhalariga yangi axborot kommunikatsiya vositalari kirib
kela boshladi. Internet global kompyuter tarmog‗ini rivojlanishi butun dunyo ta‗lim tizimini
takomillashtirishning yangi yo‗nalishlarini ochilishiga sabab bo‗ldi. Birinchidan, o‗quv
muassasalarining texnik ta‗minotini keskin o‗zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‗l
ochilishi o‗qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.

Aynan informatika fani nuqtayi nazaridan masofaviy ta‗lim tizimining faoliyatiga nazar

tashlaydigan bo‘lsak, masofaviy ta'lim texnologiyalari o'quv jarayoni samaradorligini
oshirishning yangi istiqbollarini ochadi, bu esa, asosan, o‘quvchilarning o'quv materiallari bilan
bevosita o'ziga mos keladigan rejim va hajmda ishlash imkoniyatiga ega ekanligiga asoslanadi.
Bir tomondan, an'anaviy yuzma-yuz o'qitishni to'liq shaxsiylashtirish mumkin emas, talabaning
imkoniyatlari (iqtidori, sog'lig'i va boshqalar) darajasiga qarab, u muayyan faoliyat turlarini
o'zlashtira oladi va bajara oladi, ijodiy darajaga yetadi, motivatsiyaning yuqori darajasini
ko'rsatadi.

Boshqa tomondan, o'qituvchilar kunduzgi ta'lim jarayonida o'zlarining kasbiy

resurslaridan to'liq foydalanishdan uzoqda (ularning muhim ta'lim salohiyati ko'pincha auditoriya
chegarasi, ajratilgan vaqt va boshqalar bilan cheklanadi) bo‘lishi mumkin, ammo masofadan
ishlash imkoniyati o‘qituvchining ijodkorligini oshirish bilan bir qatorda o‗zining ustida
ishlashiga olib keladi.

Masofaviy ta‗lim tizimidan foydalanish, ayniqsa, o‗quvchilarning dars jarayonidagi

tushunmovchiliklarini o‗z vaqtida bartaraf etib, uning vaqtdan unumli foydalanishiga hamda
fanga bo‗lgan qiziqishini so‘ndirmaslik uchun ayni muddao bo‗ladi. Shu sababli talim
jarayonida, xususan informatikani o‗qitishda masofaviy ta‗lim platformalaridan foydalanish
ta‘lim sifatini oshirishga, o‗quvchilarning qiziqishi hamda bilim darajasining o‘sishiga olib
kelishini rad eta olmaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G‘ulomov S.S. va boshqalar ―Axborot tizimlari va texnologiyalari‖ .Oliy o‘quv yurti
talabalari uchun darslik. Toshkent-―Sharq‖- 2000. 529 b.
2. Abduqodirov A., Xaitov A., Shodiyev R. ―Axborot texnologiyalari‖. Darslik. Toshkent-
―O‘zbekiston‖-2001 y.
3. G‘aniyev E.,Jomurodov D., Mo‘minov I. ―Zamonaviy komp‘yuterlarni boshqarish‖.
Toshkent – ―Fan va texnologiya‖- 2004 y.
4. Tangirov K. E., Jomurodov D. M., Murodkasimova S. K. The importance of e-learning and e-
learning resources in individualized learning //Asian Journal of Multidimensional Research
(AJMR). – 2021. – Т. 10. – №. 3. – С. 464-469

ТЕНДЕНЦИИ ПРИМЕНЕНИЯ ИНСТРУМЕНТОВ ЦИФРОВОГО МАРКЕТИНГА В

ПРОДВИЖЕНИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОДУКТА

Медведев П.Н.

кандидат педагогических наук, доцент

Малий Д.В.

кандидат педагогических наук, доцент

Тульский государственный педагогический университет им. Л.Н. Толстого, Тула, Россия

Современные цифровые технологии проникают в жизнь каждого человека и в

сферу социально-экономических отношений. Постоянно формирующееся цифровое
пространство – новая информационная инфраструктура общества.

Библиографические ссылки

G’ulomov S.S. va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari” .Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent-“Sharq”- 2000. 529 b.

Abduqodirov A., Xaitov A.. Shodiyev R. “Axborot texnologiyalari”. Darslik. Toshkent-“O’zbekiston”-2001 y.

G’aniyev E.Jomurodov D , Mo’minor I. “Zamonaviy komp’yuterlami boshqarish”. Toshkent - “Fan va texnologiya”- 2004 y.

Tangirov К. E.. Jomurodov D. M., Murodkasimova S. K. The importance of e-leaming and e-leaming resources in individualized learning /.'Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2021. - T. 10. - №. 3. - C. 464-469

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов