Iqtisodiy muammolarni bartaraf etish inson faravonligi va barqaror rivojlanish kafolati

CC BY f
554-556
119
11
Поделиться
Исаксонова, М. (2022). Iqtisodiy muammolarni bartaraf etish inson faravonligi va barqaror rivojlanish kafolati. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 554–556. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5312
Мохинур Исаксонова, Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot

1-kurs talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida soz yuritiladi.

Похожие статьи


background image

554

Chunki, dars jarayonida ona tili o‗qituvchisi o‗quvchilarga bo‗ladigan dars mazmuni

bo‗yicha va darsda bajariladigan amaliy ishlar bo‗yicha vazifalar va ularni bajarish yo‗llarining
eng oson, eng qisqa va ilmiy asosdagi yo‗llari bo‗yicha ma‘lumotlar beradi[4].

Bu fikrlar shuni ko‗rsatadiki, fanni o‗qitishda pedagogik texnologiyaning yuqoridagi har

uchchala ko‗rishidan ham foydalansa bo‗ladi.

Pedagogik texnologiyani yaxshi tushunib olgan ona tili fani o‗qituvchisi har qanday

holatda ham dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyaning. Muammoli – modulli o‗qtishi shaxsga

yo‗naltirilgan ta‘lim, ta‘limni jadallashtirish, maqsadli o‗qitish, tabaqalashtirib o‗qitish kabi
turlari ishlab chiqilganki, o‗qituvchini o‗zi fanning o‗qitish mazmuniga mos kelishiga ko‗ra
tanlaydi va undan foydalanadi.

Shu o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki, dars qaysi fandan bo‗lishidan qat‘iy nazar,

ilmiy yondashsak, mashg‗ulotlarimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, noa‘naviy dars
o‗tish usullaridan ijodiy foydalansak, biz o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadimizga tezroq yetamiz.
Zero,bularsiz o‗quvchilar mehrini va qiziqishini qozonish mumkun emas.

Yuqorida sanab o‗tilgan mashg‗ulot metodlari o‗quvchida idrok va xotira, diqqat -

e‘tibor va tafakkur, tasavvur va mantiqni birlashtirishi kerak. Bilimlar, ko‗nikma va malakalarni
o‗zlashtirishda o‗quvchining faolligi, qiziqishi, ijodiy mustaqilligini oshirishga qaratilgan
zamonaviy pedagogik texnologiyalar – mashg‗ulotlarni o‗tishning maqbul shakllari va
imkoniyatlari ana shunga ko‗p jihatdan yo‗l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.To‗xliev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – Toshkent, 2005.
2. Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. –Toshkent,

Chinoz ENK, 2002.

3. Tolipov O‗., M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya asoslari. «Maktab va hayot»

jurnaliga ilova. – Toshkent,O‗zPFITI, 2003.

4. Hasanov R.Tasviriy san‘at o‗qitish metodikasi. Toshkent,O‗qituvchi. 2006.


IQTISODIY MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH INSON FARAVONLIGI VA

BARQAROR RIVOJLANISH KAFOLATI

Mohinur Isaxonova

Samarqand Davlat universiteti Iqtisodiyot

yo‗nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson

farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi.

Kalit so‗zlar:

iqtisod, rivojlanish, muammo, inson, barqaror, farovon, jamiyat, omil,

asos, taraqqiyot.


Iqtisodiy barqarorlik demokratik, adolatli jamiyat qurishning muhim omillaridan biri

hisoblanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy sohasini barqaror muhitini doimiy ta‘minlab borilishi
mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Mazkur jarayon jamiyatda
fuqarolarning iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini ta‘minlash, farovon hamda obod
turmushini yanada samarali tashkil etilishiga muhim zamin yaratadi, uning hayotiyligini
ta‘minlaydi. Jamiyat o‗zgarib borar ekan odamlarning hayotiy farovonlikka ega bo‗lishga
qaratilgan ehtiyojlari ham rivojlanib boradi. Mazkur farovon jamiyatga erishi uchun jamiyatda
barcha sohalarda uchraydigan muammolarni ham hal etib borish lozimdir.

Jamiyatdagi inson faravonligini ta‘minlash, mavjud muammolarni bartaraf etib borish

lozimligi haqida mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev quyidagicha ta‘kidlagan: «Insonlarning


background image

555

dardu tashvishini o‗ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa
bo‗lib qolishini alohida ta‘kidlamoqchiman. CHunki xalqimiz o‗z hayotidagi ijobiy
o‗zgarishlarni kelajakda emas, balki bugun ko‗rishni, ulardan bugun bahramand bo‗lishni
istaydi. Aholimizning ana shunday tabiiy istak va talablarini bajarish barcha rahbar va
etakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi shart»[1].

Iqtisodiy barqarorlik va unga to‗siq bo‗ladigan salbiy hodisa va jarayonlarning o‗zaro bir-

biriga ta‘siri va muntazam sharoitlari o‗rganilib, iqtisodiy tizimning muvozanatiga nomuvofiqligi
va qarama-qarshi hodisasi sifatida tadqiq etilishi lozim. Alohida olingan muammolar va salbiy
hodisalarni o‗rganish, tahlil etish, uning o‗sish va rivojlanish dinamikasini o‗rganish va ularni
bartaraf etish yo‗llarini tadqiq etishga ehtiyoj sezilmoqda. Bugungi iqtisodiyot fani doirasida
jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan aloqador bo‗lgan bir qancha muammolar hamda salbiy omillar
bilan bog‗liq tushunchalar mavjuddirki, ularning tadqiq va tahlil etish dolzarb masaladir.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―

2022–2026 yillarga mo‗ljallangan YAngi

O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖

gi farmoni qabul qilindi. Bu bilan kelgusi

5

yil

ga mo‗ljallangan

t

araqqiyot strategiyasi

tasdiqlandi. Mazkur davrda mamlkatimiz iqtisodiyoti

yanada barqaror rivojlaniga erishadi. E.Tulyakovning ta‘kidlashicha, ―Taraqqiyot strategiyasida
boshqa ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, iqtisodiyot
tarmoqlarining barqaror o‗sishiga erishish, raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirish,
investitsiya muhitini yaxshilash, moliyaviy resurslarni ko‗paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish,
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish choralari ko‗zda
tutilgan‖[2].

Jamiyat taraqqiy etib borar ekan, uning iqtisodiy sohasi ham yangi an‘analar va tajribalar

asosida rivojlanib boradi. Har bir sohani o‗z rivojlanish yo‗lida to‗siqlar va muammolari mavjud
bo‗ladi. Mavjud muammolarni o‗rganish, uni shakllanish sabablari va omillarini tadqiq etish
jamiyatning buguni va kelgusi istiqboli uchun muhim ahamiyatli bo‗lgan jarayondir. O‗zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Mustaqillikka erishilganidan
so‗ng halqimiz oldida ko‗ndalang bo‗lib turgan keskin muammolarni hal qilmasdan turib, yangi
davlatchilikni barpo etish, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish
mumkin emas‖[3].

Jamiyatda uchraydigan iqtisodiy muammolarni yanada aniqlashtirish, oydinlashtirishga

qaratilgan keng qamrovli izlanishlar va tadqiqotlar o‗tkazish darkor. Iqtisodiy hayotning
mazmun-mohiyatiga, iqtisodiy infratuzilmalar va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasi, kishilar
turmush tarziga putur etkazishi mumkin bo‗lgan salbiy omillarni ko‗rsatib berish va uni oldini
olish va tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat hayotida muammolar va salbiy
omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish borasida tadqiqotlar olib borish fuqarolik jamiyati
asoslarini mustahkamlashda muhim jarayon hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda jamiyat va
insonlar hayoti mana shunday tadqiqotlar olib borilishiga o‗ziga xos ravishda ehtiyoj sezadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy muammolarini bartaraf etib borilishi dinamik

ravishda rivojlanib bormoqda. Bu esa, jamiyatda dasturiy asoslangan iqtisodiy islohotlarning
samarali asosda olib borilayotganligidan dalolat beradi. A.Saitqosimovning fikricha, ―Jamiyat
hayotidagi muammolar – bu jamiyat sohalarida barqaror muhitni ta‘minlashga salbiy ta‘sir
etuvchi jihatlar, omillar va shart-sharoitlar yig‗indisi (majmuasi)dir. Muammolarni o‗rganish va
bartaraf etilishi esa jamiyat va inson hayoti farovonligini ta‘minlashga qaratilgan jarayonlarni
ta‘minlab, shu asnoda jamiyatning barqaror, osoyishta hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar
yaratish hisoblanadi‖[4].

Jamiyatda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, davlat miqyosida ijtimoiy barqarorlikni

ta‘minlashga qaratilgan turli chora-tadbirlarning amaliyotga joriy etilishi inson hayot
faravonligini ta‘minlaydi, ularning hayotida mavjud bo‗lgan muammolarni ham hal etib boradi.
Muammolarni hal etish va salbiy omillarga karshi kurash iqtisodiy munosabatlarni
erkinlashtirish, tadbirkorlik uchun chinakam erkinlikni ta‘minlashdagi to‗siklarni bartaraf etadi.

Jamiyatda iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda uning sohalari va tarkibiy qismlarida,

inson hayoti va turmush tarzida mavjud bo‗ladigan muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat


background image

556

kasb etadi. Iqtisodiy uchraydigan muammolar va salbiy omillarni aniqlash borasida tahlillar va
tadqiqotlar o‗tkazish, uning ilmiy yo‗nalishlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
iqtisodiy ehtiyojlar, manfaatlarini aniqlash, iqtisodiy barqarorlikka tahdid soladigan salbiy
omillarni tahlil etishning jamlangan ifodasi sifatida tavsiflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:

1.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‗zbekiston Respublikasi

mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Т., 2017 y.

2.

Туляков Э. Тараққиѐт стратегияси: иқтисодий барқарорлик ва фаровонлик йўлида.

https://uza.uz/uz/posts/taraqqiyot-strategiyasi-iqtisodiy-barqarorlik-va-farovonlik-yolida.

3.

Каримов И. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик

шартлари ва тараққиѐт кафолатлари.-Т.:‖Ўзбекистон‖ 1999, 152 бет.

4.

Саитқосимов А. Жамият барқарорлиги ва ижтимоий муаммоларни ҳал этиш. –

Тошкент, ―Тафаккур‖, 2018. – Б. 8.

MIRZACHOʻLNI OʻZLASHTIRISHDAGI YANGI BOSQICH

(1956-1990-yillarda)

Isaxonov Shoxijaxon Qosim oʻgʻli

Guliston davlat universiteti tarix (yo‗nalishlar va

faoliyat turi bo‗yicha) mutaxassisligi magistranti

Annotatsiya:

Maqolada

KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yil

6-avgusta "Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekistan SSR va Qozog‘iston SSRdagi
Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish va o'zlashtirish haqida" va 1958-yil 14-iyundagi O‘zbekistan
SSR, Qozog‘iston SSR, Tojikiston SSRdagi Mirzachoʻl yerlarini sugʻorish va o'zlashtirish
sohasidagi ishlarni yanada kengaytirish va tezlashtirish xaqida" chiqargan qarorlarining ijrosi
haqida hamda islohotlarning Mirzacho‘ldagi keyingi istiqbollariga salbiy va ijobiy ta‘siri
to‘g‘risida bayon qilingan.

Kalit soʻzlar:

Mirzachoʻl, Farhod, G.Pechenki, Shoʻroʻzak, N.S.Xrushchev, Leninobod,

Zaporoje, Smolensk.


Kommunistik partiya va Sovet hukumatining 1956-yilgi va 1958-yilgi Mirzacho‘l yerlarini
sug‘orish va o'zlashtirish sohasidagi ishlarni yanada kengaytirish va tezlashtirish xaqida qarorlari
Mirzacho‘lni o'zlashtirishda yangi eng katta bosqichga qadam qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Mirzacho‘lni o‘zlashtirishni davom ettirish texnika jihatdan juda murakkab ishlarni amalga
oshirishni taqazo qilgan[1]. Mirzacho‘lni bundan buyongi(1956-yildan) sug‘orish tizimida
Janubiy kanal markaziy o'rinni egallaganini quyidagi qilingan ishlardan bilib olish mumkin.
Janubiy kanal O‘zbekiston va Qozog‘istonning 290 ming gektardan ortiq yeriga suv chiqarishni
ta'minladi. Kanalning janub tomonida joylashgan maydonlarga suv mashina bilan beriladi. Shu
maqsadda Boyovut tumanida yirik nasos stansiyasi qurildi. Mirzacho'ldagi Jizzax, Bekobod,
Yangiyer shaharlarida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi katta-katta zavodlar qurilib,
mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirish ishlari kun sayin kengaytirildi. Masalan, 1957-yilda
Mirzacho‘lda olib boriladigan ishlar uchun 250 million so‘mga yaqin pul ajratilgan bo‘lsa, 1959-
yilda 430 mln so‘mdan ortiq pul ajratildi. Bu esa Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishini qanchalik
muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 1955-1959-yillar esa eski zonadagi yerlarning
melioratsiya holatini tubdan yaxshilash va yangi ekin maydonlarini kengaytirish uchun katta suv
xo'jaligi ishlarini avj oldirish yili bo‘ldi. O‘sha vaqtdan e‘tiboran tajriba uchun 4 sovxoz qurish
ishlari keng avj oldirib yuborilgan[2]. 4-sovxozning tajribasi II va III navbatda o‘zlashtiriladigan
yerlarni o‘zlashtirishda keng foydalanildi. Sug‘orish texnikasi asosida "Farhod" sovxozida 4

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. T„ 2017 y.

Туляков Э. Тараккиёт стратегияси: иктисодий баркарорлик ва фаровонлик йулида. https://uza.uz/uz/posts/taraqqiyot-strategiyasi-iqtisodiy-barqarorlik-va-farovonlik-yolida.

Каримов И. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари.-Т.:”Узбекистон” 1999, 152 бет.

Саиткосимов А. Жамият баркарорлиги ва ижтимоий муаммоларни хал этиш. -Тошкент, “Тафаккур”, 2018. - Б. 8.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов