Maxsus fanlarni o‗qitishning asosiy tamoyillari

CC BY f
49-51
255
29
Поделиться
Абдурахманов, Р., & Азизов, К. (2022). Maxsus fanlarni o‗qitishning asosiy tamoyillari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 49–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5126
Равшан Абдурахманов, Ozbekiston Milliy Universiteti Jizzax filiali

t.f.b.f.d. (PhD), dotsent

Кудратилла Азизов, Toshkent davlat texnika universiteti

t.f.n., professor

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqoladan ko'zlangan maqsad magistratura talabalariga maxsus fanlarni o'qitish metodikasi bo'yicha tushuncha berish. Magistratura talabalarida maxsus fanlarni о ‘qitish metodikasi bo ‘yicha ко ‘nikma hosil qilishi va ushbu maqoladan foydalanishlari uchun yordam berish.


background image

49

2-SHOʻBA. PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH, KADRLARNI QAYTA

TAYYORLASH, ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

USULLARI BOʻYICHA INNOVATSION XIZMATLAR, DASTURLAR ISHLAB

CHIQISH VA SOHA ISTIQBOLLARINING DOLZARB MASALALARI.

MAXSUS FANLARNI O‗QITISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich t.f.b.f.d. (PhD), dotsent

O‗zMU Jizzax filiali

Azizov Qudratilla Xusanovich t.f.n., professor,

TDTU

Annotatsiya:

Ushbu maqoladan ko‗zlangan maqsad magistratura talabalariga maxsus

fanlarni o‗qitish metodikasi bo‗yicha tushuncha berish. Magistratura talabalarida maxsus
fanlarni o‗qitish metodikasi bo‗yicha ko‗nikma hosil qilishi va ushbu maqoladan foydalanishlari
uchun yordam berish.

Kalit so‗zlar:

tamoyil, onglilik, faollik, ko‗rgazmalilik, tizimlilik, muntazamlik,

mustahkamlik, tushunarlilik, ilmiylik.

Ta‘lim tamoyillari

pedagogning faoliyatini va talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning

o‗zlashtirilishi tegishli ko‗nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo‗l yo‗riqlarini
o‗z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta‘lim tamoyillari har ikkala faoliyatning ya‘ni pedagog va
talaba tomonidan o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini
beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko‗ra, ta‘lim qoidalari
o‗qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‗g‗ri hal qilishning asosiy
negizi hisoblanadi.

Tamoyil (prinsip)

— bu ob‘ektiv mavjud qonuniyatlardan, ya‘ni butunini bir butun qilib

turuvchi qismlari orasidagi zaruriy bog‗liqliklardan kelib chiqib, amal kilinishi lozim bo‗lgan
harakatlar tushuniladi.

Ko‗p yillik izlanishlar va baxslar natijasida pedagogikada quyidagi dars o‗tishning

umumiy tamoyillar tizimi

ishlab chiqilgan:

1)

onglilik va faollik

— bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib

egallashlik;

2)

ko‗rgazmalilik

— ―yuz marotaba eshitgandan bir marotaba ko‗rgan yaxshi‖

tamoyilidan kelib chiqib, bilim berishda turli tuman ko‗rgazma qurollardan samarali foydalanish;

3)

tizimlilik va muntazamlilik

— bilimni ma‘lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib

borish;

4)

mustahkamlik

— bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yo‗li bilan berish;

5)

tushunarlilik

— bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish;

6)

ilmiylik

— bilimni talabalarga avvaldan mavjud bilimlarga asoslanib va ulardan kelib

chiqqan holda berish;

7)

nazariya va amaliyot birligi

— bilim berishda nazariy bilimlarning amaliyotda

ishlashini, ya‘ni uni hayot bilan, amaliyot bilan bog‗liqligini ko‗rsatib berish.

Onglilik va faollik tamoyili.

Bu tamoyil asosida ilm tomonidan aniqlangan, insonning

haqiqiy bilim egallashi uchun, u-bu bilimlarni chuqur anglab yetgan holda aqliy quvvatini
intensiv ishlatishi natijasida yetishi mumkin, degan qonuniyat yotadi. Bilimlarni anglaganlik
holati quyidagi omillardan kelib chiqadi: o‗qishning sababi; talabaning bilish faolligi darajasi;
talabalarning bilish faolligining boshqarilishi va bilim berishni tashkil qilish hamda boshqa
omillar.

Ko‗rgazmalilik tamoyili.

Bu hammaga ma‘lum va tushunarli bo‗ladigan tamoyillardan

biri bo‗lib, u qadimiy zamonlardan qo‗llanilib kelingan. Buning asosida quyidagi qonuniyatlar
yotadi: birinchidan, ko‗rish va eshitish orqali olingan axborotlar miyaga turlicha ta‘sir etib,
turlicha xotirada saqlanadi. Qisqacha qilib aytganda, ko‗z bilan ko‗rganda qulok bilan


background image

50

eshitgandagiga nisbatan besh-olti barobar ko‗p axborot olinib, uning miyada saqlanish darajasi
ham yuqori. Ikkinchidan, ko‗zdan borgan axborot qayta ishlashga muhtoj emas.

Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili.

Bu tamoyil quyidagi ob‘ektiv qonuniyatlarga suyanadi:
— inson, faqat tashqi dunyoni o‗z tafakkurida aniq aks ettirgandagina, haqiqiy va faol

bilimlarga ega bo‗la oladi;

— bilim berish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilganligi tufayli, bilim berish

samarasi, bu bosqichlar orasidagi vaqtning qanchalik qisqa bo‗lishligiga bog‗liq, bosqichlar
orasidagi masofa vaqt nihoyatda oshib ketsa, bilim berish samara bermaydi;

— agar bilim va uning negizida shakllangan ko‗nikmalar mashq orqali takrorlanib

turilmasa, bilim va ko‗nikma yo‗qolib ketadi;

— talabalarni mantiqiy fikrlashga o‗rgatilgan bo‗lmasa, ular doimo fikr yuritishda

qiyinchiliklarga duch keladilar;

— O‗qitishda tizimlilik va muntazamlikka amal qilinmasa, ta‘lim-tarbiya jarayoni

susayadi.

Mustahkamlik tamoyili.

Bu tamoyilda barcha ilg‗or o‗qituvchilar va pedagog

olimlarning ko‗p yillik izlanishlari o‗z ifodasini topgan. Unda nazariy bilimlar bilan amaliy
bilimlar birlashib mustahkamlangan (kafedra o‗qituvchilari va soha amaliyotchilari birgalikda
bajargan ishlarini keltirish kerak).

Bilimlarni mustahkam egallash jarayoni juda murakkab bo‗lib, keyingi yillardagi

tadqiqotlar bu jarayonga o‗zgarishlar kiritdi. Bilimni mustahkam egallash jarayoniga hozirgi
kunda quyidagi yangi qoidalarni kiritishni taqozo etdi:

1. Bugungi kungi ta‘limda fikr yuritish eslab qolishdan ustunlik qilishi isbotlangan.

Shuning uchun talabalar aqliy quvvatini tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e‘tiborli
narsalarni eslab qolishiga kamroq e‘tibor berib, uning hisobiga fikr yuritishiga ko‗proq kuch
sarflashiga yordam berish.

2. Talabalar tushunib yetmagan yoki noto‗g‗ri tushunib qolgan narsalarni eslab

qolmasliklariga e‘tibor berish lozim. Talaba faqat yaxshi tushunib yetib, uning to‗g‗riligiga
ishonch hosil qilgan narsasini xotirasida saqlash.

3. Talaba xotirasini kam e‘tiborli axborotlarni eslab qolishdan holi qilish maqsadida,

ularni turli lug‗at va soha ensiklopediyalardan foydalanishga o‗rgatish.

4. Eslab qolinadigan narsalarni nihoyatda qisqa qilib, yod olishga oson bo‗lishi uchun,

ravon, iloji bo‗lsa she‘r vazniga solib turib esda saqlashga talabalarni o‗rgatish.

5. Yod olishni uyga vazifa qilib bermay, uni amaliy ishlarga qiziqtirib qo‗yish va vaqti-

vaqti bilan bu qiziqishni yangilab turish.

6. Takrorlash mashqlarini talaba yangi bilimni egallagan paytdan boshlash. Chunki, bu

narsalar keyin esdan chiqib ketishi aniq.

7. Dangasalik kasali bilan tinmay kurash olib borish, bilim olish sur‘atini pasaytirmaslik.
8. Bilimni egallash sur‘ati pasaya boshlashi bilan uning sababini aniqlash va bartaraf

etish. Odatda, bilim olish sur‘atining pasayishi charchashdan yoki zerikishdan keyin paydo
bo‗ladi.

9. Qaytarish darslarini shunday tashkil qilish kerakki, u faqat bilimni xotirada tiklashga

xizmat qilmay, fikr yuritishga ham qaratish zarur.

10. Berilgan bilim xotirada mustahkam saqlanishi uchun, uni qiziqarli qilib, ko‗rgazmali

qurollardan foydalanish.

11. Talabalarni o‗z mehnatini nazorat qilish va baholashga o‗rgatish.

Tushunarlilik tamoyili.

Bu tamoyil bir tomondan, didaktikaning boshqa tamoyillarining

talablaridan, ikkinchi tomondan, talabalar yosh xususiyatidan, uchinchi tomondan, ko‗p yillik
pedagogik tajriba asosida yaratilgan.

Bu tamoyil zaminida tezaurus qonuni yotadi. Bu qonun bo‗yicha — kishiga bilim fakat

uning tezaurusiga mos kelgandagina tushunarli bo‗ladi. Tezaurus lotinchada ―xazina‖ni bildiradi.


background image

51

Ma‘nosi,

kishining to‗plagan bilimi, ko‗nikma va fikrlash uslubi uning tezaurusini tashkil

qiladi.

Ilmiylik tamoyili.

Bu tamoyil asosida bir qator qonuniyatlar yotadi. Jumladan:

— dunyoni o‗rganib bo‗ladi va insoniyat aniqlagan va amaliyotda sinab ko‗rilgan

qonuniyatlarni o‗rgansa bo‗ladi;

— ta‘lim-tarbiya jarayoni — ilmiy faoliyat orqali to‗plangan, ob‘ektiv olam to‗g‗risidagi

ma‘lumot tizimini o‗sib kelayotgan avlodga bildiradi;

— ilmiylik — beriladigan bilimlar ma‘lum bir ketma-ketlikda berilishini taqozo etadi;
— ilmiylik yana berilayotgan bilimning hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy-taraqqiyot

darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur va ishchi rejaga mos bo‗lishligi bilan ham
belgilanadi.

Nazariya va amaliyot birligi tamoyili.

Bu tamoyil falsafaning bilish nazariyasining

markaziy qoidasiga asoslanadi. Unda, bilishning birinchi va asosiy nuqtai nazari — bu hayotning
va amaliyotning nuqtai nazaridir, deyiladi. U quyidagi qonuniyatlardan kelib chiqadi:

— har qanday bilimning to‗g‗riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi;
— amaliyot — haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqot natijalarining qo‗llanish

ko‗lami;

— to‗g‗ri tashkil qilingan ta‘lim-tarbiya hayotdan kelib chiqadi;
—ta‘lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog‗liqligi bilan

belgilanadi;

— bilim berishning samaradorligi, uning politexnik ta‘lim bilan bog‗liqligi bilan

belgilanadi;

— berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog‗lansa, talabalardagi bilim egallash

shunchalik ongli va oson kechadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Q.X. Azizov ―Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi‖ fanidan o‗quv qo‗llanma.

Toshkent-2021, TDTU. -121 b.


INNOVATSIYA VA TA‘LIM TIZIMINING UZVIYLIGI

Abduraxmanov Ravshan Anarbaevich t.f.b.f.d. (PhD), dotsent

O‗zMU Jizzax filiali Jizzax shahri

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jahonda va respublikamizda yuz berayotgan ta‘lim

tizimidagi o‗zgarishlar, ta‘lim tizimining innovatsiya bilan uzviy bog‗liqligi, rivojlanishi,
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning hozirgi holati tahlili, innovatsiyani amalga joriy
etish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi va ijtimoiy mexanizmini tavsiflovchi tarkibiy
elementlar va ularning o‗zaro aloqaga kirishish usuli, innovatsiya rivojlanishning ijtimoiy
mexanizmi kabi jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so‗zlar:

innovatsiya, ta‘lim tizimi, innovaisya genezisi, innovatsiya fenomeni,

rivojlanish omili, rivojlanish resursi.

So‗nggi yillarda jahonda yuz berayotgan voqealar jamiyatning ta‘lim tizimi

mamlakatning rivojlanish omili sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish davr talabi bo‗lmoqda.
Milliy ta‘lim tizimi dunyoda yuz berayotgan o‗zgarishlar jarayonlarida, ayniqsa, ta‘sirchan
bo‗lgan qismi sanalgani bois juda muhim rol o‗ynaydi. Ta‘lim tizimini davr talablariga muvofiq
o‗zgartirish dolzarb muammoga aylanmoqda. Har qanday modernizatsiya yuksak
texnologiyalarni o‗zlashtirishni taqozo etadi, ularni esa faqat eng yangi ilmiy ma‘lumotlar
asosida ishlab chiqish mumkin.

Innovatsiyalar doim ta‘lim tizimi bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan, shu bois u tinimsiz

rivojlanib bormoqda. Albatta, ta‘lim innovatsiyalar sonini bevosita belgilamaydi. Ammo ta‘lim

Библиографические ссылки

Q.X. Azizov “Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi” fanidan o'quv qo'llanma. Toshkcnt-2021, TDTU. -121b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов