Talabalarda axborot psixologik xavfsizligi immunitetini rivojlantirish omillari

CC BY f
473-476
126
17
Поделиться
Абдуразоков, Н., & Абдужалилов, М. (2022). Talabalarda axborot psixologik xavfsizligi immunitetini rivojlantirish omillari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 473–476. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5197
Низомиддин Абдуразоков, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi stajyor-oqituvchisi

Махмудмирзо Абдужалилов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Talabalarda axborot-psixologik xavfsizlik immunitetining dolzarb masalalari va rivojlantirish jarayoni. Axborot-psixologik xavfsizlik immunitetini rivojlantirishning milliy ijtimoiy-madaniy, ildizlariga diqqat qaratiladi. Talaba yosh davrida axborot psixologik immunitetni rivojlantirishning ba‘zi masalalariga diqqat qaratiladi.

Похожие статьи


background image

473

o‗smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida
vujudga keladigan o‗z mavqeini belgilashga ongsiz intilish deb hisoblaydilar[3].

Bizga yaxshi ma‘lumki, inqirozli holat odam hayoti va faoliyatining buzilishidir. Uning

oqibatida noadekvat ijtimoiy xulq – atvor, xatti – harakatlar, shuningdek asab – psixik va
somatik holatining buzilish kelib chiqadi. Shaxs inqirozli holatdan odatiy hayot tarziga qaytish
uchun ko‗p kuch talab qilinadi, chunki odam inqirozga nisbatan munosabatini o‗zining xulq –
atvorni o‗zgachaligi bilan adashtirishi mumkin.

Shartsiz ravishda, har bir odamning inqirozdan so‗ng shaxsiy tiklanish yo‗li bor. Shuning

uchun ham individual kechinmalarni tushunish va qadrlash kerak, ulardan qutilishga sharoit
yaratish, alohida hodisalar va me‘yordagi hayotiy faoliyatiga o‗tishiga tayyor turish zarur.

Demak, bu kabi muammolarni o‗rganish, profilaktika ishlarini olib borish inqirozli

vaziyatlar oqibatida kelib chiqadigan bir qator salbiy holatlarni oldini olishga, har qanday og‗ir
vaziyatlarda o‗zini-o‗zi boshqara oladigan, sog‗lom fikrlashga qodir bo‗lgan shaxsni voyaga
yetkazishga mustahkam poydevor yaratadi.

Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, ota-ona va farzandlar o‗rtasidagi inqirozli

vaziyatlarda psixologik yordam ko‗rsatish yo‗lida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin:

- Inqirozli salbiy holatlarning oldini olishda har bir yosh davrlarida oilada ota- onalar,

o‗qituvchilar, tarbiyachilar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;

- Oilada va ta‘lim muassasalarida inqirozli holatlarda o‗smirlarga bo‗sh vaqtidan

unumli foydalanish yo‗llarini o‗rgata borish va uni nazorat qilish;

- Inqirozli holatlardan chiqishda oila, maxalla va maktab hamkorligini yana

rivojlantirish;

- Inqirozli holatlarning oldini olishda bolaning qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan

holda to‗garaklarga qatnashtirish;

- Har bir yosh davrning inqirozli holatlarida psixologik yordam ko‗rsatish mahallalarda

mutaxassislar tomonidan profilaktik tadbirlar o‗tkazilib turishi maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Sh.M.Mirziyoyev. Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada

taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. –Toshkent: O‗zbekiston, 2017. –B.22.

2.Акимова М.К., К.М.Гуревич. Психологическая диагностика. –Москва, 2005;
3.Abdurasulov R., Qarshibo yeva G., Ibaydulla yeva U. Psixologik maslahat.

O‗quv-uslubiy qo‗llanma. –Toshkent: BAYOZ, 2017. –B.168.;

4.Abdurasulov R., Meliyev X., Rixsiyeva M . Maktab psixologining kundalik

kitobi. Metodik qo‗llanma. –Jizzax: Sangzor, 2005. –B.116.;

5.Вагин И.О. Психология жизни и смерти. –Москва: Харьков. 2001.;
6.Психология қисқача изоҳли луғат. –Тошкент: 1998. –Б.164.;
7.Рогов Е.И. Настольная книга практического психолога 2 –Москва. 1999 г.;
8.Романова Е.С. Психодиагностика. –Питер: 2005.;
9.Alimova F, Asqarova N. Inqirozli vaziyatlarda psixologik yordam. Metodik qo‗llanma.

–Toshkent: 2011.

TALABALARDA AXBOROT PSIXOLOGIK XAVFSIZLIGI IMMUNITETINI

RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi


Annotatsiya:

Talabalarda axborot-psixologik xavfsizlik immunitetining dolzarb

masalalari

va

rivojlantirish

jarayoni.

Axborot-psixologik

xavfsizlik

immunitetini


background image

474

rivojlantirishning milliy ijtimoiy-madaniy, ildizlariga diqqat qaratiladi. Talaba yosh davrida
axborot psixologik immunitetni rivojlantirishning ba‘zi masalalariga diqqat qaratiladi.

Kalit so‗zlar:

Axborot, axborot-psixologik xavfsizlik, psixologik immunitet, talaba yosh

davri, psixologik himoya.


Bugungi kunda yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni shaxs sifatida
shakllantirish muhim masalalardan biridir. Zero yosh avlod tarbiyasi ta‘limi Vatanimiz
tarqqiyotini belgilovchi asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizning xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti o‗sib kelayotgan yosh avlodning

ta‘lim-tarbiyasiga, ijtimoiy-madaniy muhit omillari, axborot makonining ta‘siri kengayib
bormoqda. Hozirda Respublikamizda 600 mingdan ortiq talabalar bo‗lib, internet tarmoqlari
tahdidlari kuchayib borishi natijasida axborotlarni tanlab, saralab olishda katta psixologik
zo‗riqishlarga duch kelmoqda. Shu sababli talabalarning axborot-psixologik xavfsizlik
immuniteti – Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko‗rsatkichlaridan biriga aylandi.

Hozirgi odam axborot iste‘mol qilish va ishlab chiqish borasida qarashlari va mustaqil-

ligi keskin oshdi. Internet tarqqiyotning muhim omili bo‗lishi bilan birga asosiy targ‗bot quroliga
aylandi. Ayniqsa pornografiya, jinoyatchilik, bezorilik, jinoyatchilik, odobsizlik, latifalar, mish-
mishlardan iborat keraksiz, zararli axborotga ega juda ko‗plab internet kontentlari paydo bo‗ldi.
Jamiyatga yot g‗oyalar birdaniga kira olmaydi. Qarama-qarshiliklar eng avvalo yoshlarning
siyosiy, diniy, ijtimoiy dunyoqarashlar tizimiga to‗xtovsiz ta‘sir qilib turadigan psixologik
texnologiyalardan foydalanilyapti.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek-―Bugungi tez o‗zgarayotgan dunyo

insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga
ularni ilgari ko‗rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda‖,[1] ya‘ni endi yovuz
xavf-xatarlarning oldini olishda ota-onaga, jamiyatga munosabatda ma‘naviy birdamlik,
ijtimoiy-xavf xatarlarning psixologik xavf-xatarlarning holatini tahlil qila olishlari kerak bo‗ladi.
2022-yil 1-yanvar holatiga ko‗ra mamlakatimizda ―Telegramda 18 million,―Odnoklassniki‖da
16,7 million, Facebookda 4,7 million, Instagramda 3,7 million, ―Vkontakte‖da 2,6 million,
Linkedlnda 288 ming, Twitterda 51,6 ming nafar O‗zbekistonlik foydalanuvchi mavjud bo‗lib,
ularning ko‗pchiligini yoshlar tashkil qiladi.2021-yilning dekabr holatiga ko‗ra, milliy domen
makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma‘naviy
buzuqlik targ‗ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‗lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik
holati qayd etilgan‖[2] keltirib o‗tish joizdir. Ana shunday xavflar turli axborot tarmoqlari orqali
xalq ishonib kelgan narsalar yomonlanadi, obro‗sizlantiriladi. Qadriyatlarini yemirish
usullarining jirkanch ko‘rinishlaridan foydalanishlari mumkin. Bu albatta erkinlik yoki
oshkoralik, niqobi ostida sodir bo‗lishi ehtimoli yuqori hisoblanadi

.

Axborotni tanlash va u bilan

ishlash salbiy yoki ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‗lgan jarayondir. Bir tomondan,
individ mustaqil bo‗lishi lozim. Lekin, ikkinchi tomondan, u o‗zining ma‘naviy negizlariga putur
yetkaza oladigan yot ta‘sirdan himoyalanish dasturiga ega bo‗lishi darkor. Individ axborotning
soxtaligini o‗z vaqtida payqamasligi mumkin, sababi bunday axborot, odatda ―Yaltiroq qog‗ozga
yaxshilab o‗ralgan‖ bo‗ladi. Oqibatda insonning axborotdan foydalanishdagi erkinligi aks
samara beradiki, bu individning o‗zini ham bunday mustaqillikdan muhofaza qilish zarurligini
ko‗rsatadi. [3]

Talaba yoshlarga axborot bilan ishlash bir qancha jihatlarni qamrab oladi, va ularning ish

mexanizmi esa quyidagidan iborat:

- Ma`lumotlarni qabul qilish, anglab olish va yodga olish;
- qayta ishlash va yangilangan axborotni shaxs xotirasida saqlash;
- axborotni tarqatish.

Axboriy psixologik xavfning ko‗lami tobora kengayib bormoqdaki bunda shaxsga ta‘sir

etishning turli qarashlar tizimidan foydalangan holda tadqiq qilinishga muhtojdir. ‖Shuning
uchun ham biz individni uning psixologik sifatlari va unga ko‗rsatiladigan axborot ta‘siri nuqtai
nazaridan uchta asosiy mazmunda ko‗rib chiqsak, to‗g‗ri bo‗ladi: birinchidan, u maqsadli


background image

475

yo‗naltirilgan axborot-psixologik ta‘sirga duchor qilinadigan bosh ob‘ekt hisoblanadi;
ikkinchidan, ayni bir paytda u ijtimoiy axborot bobida birdan-bir ishlab chiqaruvchidir;
uchinchidan, u axborot tajovuzlaridan davlat va jamiyat tomonidan himoya qilinishga muhtoj
sub‘ektdir‖. [3]

Barkamol shaxsni shakllantirish jamiyatimizning eng muhim psixologik xususiyatlar

muhim ahamiyatga ega.

Shaxsni axborotni quyidagi asosiy manbalardan oladi.
-

davlat tomonidan yetkaziladigan axborot siyosati;

-

turli ommaviy axborot vositalari;

-

norasmiy muloqotdagi axborot.

Ochiq axborot tizimlarining turli mamlakatlarga o‗tkazayotgan ta‗siri ham turlicha. Bu

hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma‗naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani
bilan bog‗liq. Mamlakatimiznining 60% ni yoshlar tashkil
qilishini hisobga olsak, bu muommoning ko‘lamini sezish qiyin emas. Dunyoda yuz berayotgan
shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‗tkazayotgan salbiy ta‗sirini kamaytirish va ijobiy
ta‗sirini kuchaytirish uchun shu hodisining ohiyatini chuquroq anglash, uning xususiyatlarini
o‗rganish lozim. Bu jamiyatning xulqiy o‘zgarishlarining axborot ta‘sirida o‘zgarayotganligidan
dalolat berib turibdi[4].

Talaba-yoshlarda ―Psixologik xavfsizlik tushunchasi odatda shaxsning xususiyatlaridan

biri sifatida tushuniladi, uni himoya qilish darajasini tashqi dunyodan unga yo'naltirilgan turli xil
salbiy va halokatli omillardan xarakterlaydi.Shaxsiy daxlsizlikning psixologiyasi, birinchi
navbatda, insonning farovon aqliy holatining zarur darajasiga bog'liq bo'lib, u o'zining
professional va ijtimoiy funktsiyalarini o'z hayoti uchun qo'rqmasdan va uning rivojlanishining
salbiy oqibatlaridan qo'rqmasdan amalga oshirishi mumkinligi bilan bog'liq. vaziyatni,
garovdagisini o'zini o'zi his qiladi‖. [6]

Psixologik ma‘lumotlarga ko‗ra, individning axborot-psixologik himoyasi shu qadar

murakkab jarayonki, bu borada oila, mahalla, ishlab chiqarish jamoasi, do‗stlar davrasi, jamiyat
va davlatning kuch-g‗ayratini birlashtirish talab etiladi.[6]
Insonning psixologik xavfsizlikning eng muhim xususiyatlaridan biri mustahkamlik va
moyillikdir, chunki u odamlarning turli xuruj va ekstremal holatlarga bog'liqligini, shuningdek,
vaziyatdan chiqish yo'lini topish uchun qisqa vaqt ichida yordam beradigan to'g'ri qarorlarni
qabul qilish qobiliyatiga ega.

Talabalarda axborot-psixologik immunitetini hosil qilishda quyidagi omillarni

rivojlantirish zarurati mavjud:

- Talabalarda vatanparvarlik, sadoqat, milliy o‗zlikka xos tushunchalarini boyitish

shakllantirib borish;

- Huquqiy, axloqiy me‘yorlarga rioya etish va aborot xavf omili uning zarurati haqida

izchil va muntazam ravishda bilimlar berib borish;

- Internetga tobelikning psixologik ta‘siri sog‗lom turmush tarziga amal qilish;
- Internetga qaramlik, mobil telefonlarga tobelik, komyuter o‗yinlarining psixologik

mohiyati;

- Mamlakatimiz va dunyoda ro‗y berayotgan voqealarga to‗g‗ri munosabatlarni

shakllantirish;

- Axborot iste‘moli madaniyatini shakllantirish haqida bilimlar berib borish;
- Sharq allomalarining buyuk meroslari axloqiy jihatlarining talaba-yoshlarga muhim

zarurati;

- O‗quvchilarning mustaqil ijodiy ishlari orqali milliy an‘analarimizni rivojlanishiga hissa

qo‗shuvchi, kasb-hunarga o‗rgatuvchi san‘at turlarini egallashga moyillik tuyg‗ularini
shakllantirib borish;

-Hozirda o‗quv-tarbiya muassasalari xilma-xilligidan kelib chiqib ular o‗rtasidagi uzviy

bog‗liqlik yoshlar kamolotini ta‘minlovchi ta‘lim-tarbiyaviy shartnoma va kelishuvlar asosida
hamkorlikda yagona pedagogik jarayonni mazmunan boyitish;


background image

476

- O‗quv-tarbiya muassasalari, ota-onalar va jamoatchilik hamkorligini amaliy jihatdan

yuqori saviyada olib borishga erishish;

- Talaba-yoshlarning go‗zallikni his ettirish ko‗nikmalarini tarkib toptirish orqali

ma‘naviy muhofaza qila olish imkonini yaratish omilidir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Sh. M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson mafaatlarini ta‘minlash-yurt

taraqqiyoti va xalq farovoligining garovi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganligining 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruza. 24-bet. Toshkent-
―O‗zbekiston‖-2017

2.

Daryo.uz

3.

B.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari. The

light of islam, 4-son 2019 yil. 4-bet

4.

Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.

5.

https://uz.tierient.com

6.

Samarov R. Axborot xavfsizligining nazariy va metodologik asoslari. T.:

―Akademiya‖, 2010.


SOG‗LOM OILAVIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIK HIMOYA SIFATIDA

Abdurazzoqov Nizomiddin Karimqul o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi

Abdujalilov Mahmudmirzo Botir o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Maqolada oilaning jamiyatdagi psixologik ta‘siri, ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy, madaniy, etnik omillarga bog‗liq ekanligi, shuningdek, oilaviy ajrimlar sog‗lom oilaviy
munosabat

shakllanishining

asosiy

tahdidi

ekanligi

ta‘kidlanadi. Oilaviy sog‗lom

munosabatlarga kirishishda ruhiy tarbiya, yosh avlodni oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida
rivojlantirish dolzarb ekanligi, oilaviy nizolarning tahlil holati keltiriladi.

Kalit so‗zlar:

Oila, sog‗lom oilaviy munosabat, psixologik himoya, sog‗lom turmush

tarzi, nikoh ajrimlari.

Har qanday jamiyatning ma‘naviy negizi-oila. Davlatning rivojlanishida oilaning

mustahkam bo‗lishi bevosita oilaning ijtimoiy rolining muhim ekanligidan dalolatdir. Sog‗lom
oilaviy munosabatlarning shakllanishi avvalo, jamiyatning ijtimoiy tartibini belgilovchi asosiy
omillardan biridir. Oilada shaxs voyaga yetadi, ongi, fikri, dunyoqarashi shakllanadi, hamda
inson o‗zini faqat oilada baxtli tinch-totuv maskan sifatida qabul qiladi.

Mamlakatimizda ham oilalarning ijtimoiy muommolarini yechish, farovonlikni

ta‘minlash orqali moddiy-ma‘naviy qo‗llab-quvvatlash bilan ularning psixologik himoya
qilishimiz ham mumkin bo‗ladi. Xususan Yoshlarga oid davlat siyosatida ham ―Oilaviy hayotga
oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar
berish tizimini rivojlantirish‖ [1] alohida qayd etib o‗tilgani bejiz emas.

Oiladagi sog‗lom munosabatlarda shaxsning qoniqish darjasiga ham bog‗liqdir va bu

muayyan darajada oilaning vazifalari bajarilishiga bog‗liq. ―Insoniyat taraqqiyotining hozirgi

Библиографические ссылки

Sh. M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson mafaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovoligining garovi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 24-bet. Toshkent-“O‘zbekiston”-2017

Daryo.uz

B.Umarov. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligining psixologik imkoniyatlari. The light of islam, 4-son 2019 yil. 4-bet

Abdurazzoqov. N.K.. “O'smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari”- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.

https://uz.tierient.com

Samarov R. Axborot xavfsizligining nazariy va metodologik asoslari. T.: “Akademiya”, 2010.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов