Muloqot insonlarga ta‘sir otkazish vositasi sifatida

CC BY f
518-520
150
34
Поделиться
Балибекова, Г., & Шовксиев, Л. (2022). Muloqot insonlarga ta‘sir otkazish vositasi sifatida. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 518–520. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5229
Гульшода Балибекова, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya fakulteti talabasi 

Лукмониддин Шовксиев, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

Psixologiya kafedrasi stajyor-oqituvchisi 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Muloqot inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Bu maqolada muloqotning korinishlarini, turlarini, psixologik va fiziologik shaklllanish jarayonlari haqida qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Kommunikativ muloqot, verbal va noverbal muloqot turlari haqida ham malumotlar berilgan.

Похожие статьи


background image

518

bu, bir tomondan, potentsial samarali fikrlarning "yomonlashishi"ga, boshqa tomondan esa
doimiy norozilik tuyg'usiga olib kelishi mumkin. Ijodiy ish bilan shug'ullanayotganda, siz
tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bilan shug'ullanmasligingiz kerak (qabul qilingan hukmlarni
baholash va asosli xulosa chiqarish). O'ylash uchun o'zingizga ko'proq vaqt bering. Ba'zi
psixologlar hal qilinayotgan muammoni yuzlarda o'ynashni yoki uning yanada vizual tasvirini
yaratish uchun uning diagrammasini chizishni maslahat berishadi[2].

Misol uchun, agar biz uyga xuddi shunday piyoda borishga odatlangan bo'lsak, biz bir kun

boshqa yo'ldan borishga harakat qilishimiz mumkin va har kuni yangi variantlarni topishimiz
mumkin. Yangi joylarga tashrif buyurish, biz bilganimizdan tubdan farq qiladigan narsalarni
o'rganish foydalidir. Ratsiondagi o'zgarishlar ijodkorlikni rivojlantirish uchun juda yaxshi. Siz
yangi menyu o'ylab topishingiz yoki ro'za tutishga harakat qilishingiz mumkin. Ijodiy fikrlashni
rivojlantirishning yana bir yo'li - san'atga ishtiyoqdir. Masalan, cholg'u asboblarida o'ynash
barmoqlarning nozik motorikasini rivojlantiradi. Ular qo'llarga impulslar yuboradi.Shuning
uchun ham musiqachilar juda aqlli ekani maʼlum boʻldi. Bu kashta tikishni, toʻqishni va
kompyuter klaviaturasidan foydalanishni biladiganlarga ham taalluqlidir. Sport bilan
shugʻullanish, raqsga tushish, ochiq havoda sayr qilish ijodiy tasavvurni rivojlantirishga yordam
beradi. Aytgancha, vaqti-vaqti bilan fantaziyalarimizni o'rgatish foydalidir. Istalgan tasvirlarni
chizish, uyushmalar o'ynash, orzularingizni tasavvur qilish - bu nafaqat zavq keltiradi, balki
istaklarni amalga oshirish va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklida ham foyda keltiradi.

Ilmiy adabiyotlarda ijodkorlikning turli talqinlariga qaramay, ko'plab olimlar ijodiy

fikrlashni rivojlantirish uchun voqelikni tizimli va izchil ravishda o'zgartirishni, mos
kelmaydigan narsalarni bog'lashni, sub'ektiv tajribaga tayanishni o'z ichiga olgan ijodiy
muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish kerakligini ta'kidlaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Sharaffitdinov, A., & Yusupov, U. (2022). The opportunities of educating morality for

children through samples of folklore. Eurasian Scientific Herald, 5, 65-68.

2. Sharofitdinov, A., & Umidjon, Y. (2022). SHAXSIY KAMOLOTDA ART-

TERAPEVTIK MASHQLAR. Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании, 2(3).

MULOQOT INSONLARGA TA‘SIR O‗TKAZISH VOSITASI SIFATIDA

Balibekova Gulshoda Saydulla qizi

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ fakulteti talabasi

Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

―Psixologiya‖ kafedrasi stajyor-o‗qituvchisi

Annotatsiya:

Muloqot inson hayotida beqiyos ahamiyatga ega. Bu maqolada

muloqotning ko‗rinishlarini, turlarini, psixologik va fiziologik shaklllanish jarayonlari haqida
qisqacha ma‘lumotlar berilgan. Kommunikativ muloqot, verbal va noverbal muloqot turlari
haqida ham malumotlar berilgan.

Tayanch so‗zlar:

Muloqot, kommunikatsiya, verbal muloqot, noverbal muloqot,

paralingvistik.

Kishilar muloqotga kirishar ekan savol berish, buyruq, iltimos qilish biror narsani

tushuntirish bilan birga o‗z oldiga boshqalarga tasir etish, shu narsani ularga tushuntirish
maqsadini qo‗yadi. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan
xizmat joyida ishchi, kasal bo‗lsa bemor sifatida shifokor ko‗rsatmalariga amal qiluvchi,oilada


background image

519

farzandlarining mehribon otasi. Turli rollarda inson aynan shu roliga mos tarzida muloqot
qilishga harakat qiladi. Har bir inson aynan o‗zining roli orqali boshqalarga kuchliroq ta‘sir
o‗tkazadi. Muloqot orqali insonlarga ta‘sir o‗tkazishimizda biz nafaqat so‗zlar orqali balki
noverbal yo‗llar orqali ham ta‘sir ko‗rsatar ekanmiz. Ma‘lum bir shaxsda biz haqimizdagi ilk
taassurot aynan ushbu noverbal ya‘ni mimika, pantamimika va jestlarimiz bilan ko‗rsatadigan
ta‘sirimiz orqali shakillanar ekan. Amerikalik olim Albert Megrabiyan formulasiga ko‗ra birinchi
martta ko‗rib turgan suhbatdoshdagi ta‘surotlarning ijobiy bo‗lishiga, noverbal
55%,Paralingvistik 38%,Verbal 7%ni tashkil etadi

Muloqot

– odamlar o‗rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot

almashinuvi.

Kommunikatsiya

– o‗zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi

jarayoni.

Kooperatsiya

- hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni

ta‘minlab beruvchi o‗zaro ta‘sir.

Verbal kommunikatsiya

- inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‗llaniladi

Kommunikatsiya

- tirik va o‗lik tabiatdagi tizimlar o‗rtasida axborot almashinuvini

anglatadi

Nizo

– muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‗lgan muammoni hal etish vaqtida

ular o‗rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.

Kinesika

- bu imo-ishoralar, mimika va pantomimikadan iborat bo‗lgan muloqot

vositalari tizimi.

Ekstralingvistik tizim -

nutqqa tanaffus va boshqalarni masalan, tin olish, yo‗talish, yig‗i,

kulgu, nutq jadalligini kiritish.

Vizual muloqot

- bu ko‗zlar orqali aloqa. Shuni ta‘kidlab o‗tish joizki, servis sohasi bilan

bog‗liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‗yicha o‗z malakalarini muntazam
oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.

«Muloqot» tushunchasining turlicha ta‘riflari mavjud. M.G Davlatshin: ―Muloqot ikki

yoki undan ortiq odamlarning o‗zaro bir biriga ta‘sir etishidir‖.

Ushbu ta‘rifdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki biror bir shaxs boshqa shaxsga

ta‘sir etishi u bilan aloqa o‗rnatishi uchun qay shaklda bo‗lmasin albatta muloqotga kirishadi.

Muloqot - bu odamlar o‗rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo‗lgan

ta‘siri paydo bo‗ladi.

Kundalik muloqotda odamlar ko‗proq muloqotning noverbal vositalaridan foydalanadilar:
Yoqimli va shirin so‗z bilan murojaat qilishda, samimiy tabassumda hamshiraning o‗z

bemorlariga

g‗amxo‗rligi

va diqqat-e‘tibori ifodalanadi. Bemorlar bilan muloqot

(kommunikatsiya)ning ikki xil usuli bo‗lib, ularni albatta hisobga olgan holda o‗z faoliyatini
tashkil etishi lozim.

1. Verbal muloqot — faol eshitish, savollar berish, javob qaytarish va reaksiya ko‗rsatish

san'ati.

2. Noverbal muloqot — gavda holati, yuz, (mimika), ko‗z ifodasi, so‗zlash ohangi va

boshqalar.

Verbal muloqot noverbal muloqot asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun «insonning

nimani gapirayotganligi emas, balki qanday gapirayotganligi muhim»dir deb bejiz aytilmagan.

Yuqoridagilarni shakllantirishda albatta bemorlarning ham o‗ziga xos xususiyatlarini

hisobga olish, bemorlar bilan ish olib borishda ular yoshining ahamiyatini unutmaslik kerak. Shu
maqsadda bemorlarning ayrim, shartli ravishda ajratib olingan guruhlarida uchraydigan
xususiyatlariga to‗xtab o‗tamiz.

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhi.
Tibbiy hamshira bu guruh bemorlar bilan iliq munosabatda bo‗lishi, avvalambor bolalar

bilan yaqindan aloqa o‗rnatishi, ularni kasalligidan chalg‗itishi, bolaning ota-onasi yoki
qarindosh-urug‗lari bilan mutaxassis sifatida muloqotda bo‗lishi lozim.

2. O‗smir yoshidagi bemorlar


background image

520

Bu guruh bemorlar bilan ish olib borishda hamshira juda ehtiyot bo‗lishi, so‗zlariga, yuz

imo-ishorasiga katta e‘tibor berib, o‗smirlik yoshining nozik pallasi-balog‗atga yetish va uning
o‗smirga xos ta‘siri borligini ham yodda saqlashi lozim.

3. Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar.
Bu guruh hamshiraga o‗ta yuksak mas‘uliyat yuklaydi. Bunday bemorlar bilan ish olib

borishda har bir so‗zga, yurish-turishga, yuz imo-ishorasiga ehtiyot bo‗lish, bajarilayotgan
muolajaga qunt bilan yondashish lozim.

4. Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi.
Bu guruhdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliq muomala qilishi lozim, chunki

qariyalarga xos injiqlik, ko‗p savollar berish, tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli
holatlarga bosiqlik bilan chidash muhim hisoblanadi.

Tibbiyot hamshirasining mahoratini, uning ish uslubi va usullari bemorlarga rahiy ta‘sir

ko‗rsatish mahoratini egallash va ular bilan muomala qilishni bilishi bilan bog‗liq.

Albatta hayotimiz davomida qaysi vaziyatda bo‗lmasin biz muloqotga kirishamiz va

odamlarga ta‘sir o‗tkazamiz. Shunday ekan har bir inson boshqa insonlarga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatishga harakat qilishi kerak

.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. F.I.Xaydarov N.I.Xalilova Umumiy psixalogiya. Darslik. Toshkent-2009. (85-86 betlar)
2. M. Maxsudova Muloqat psixologiyasi. O‗quv qo‗llanma Toshkent Turon-Iqbol 2005
3. Yuldashev Sh. Professionаl tа‘lim tizimini tаkomillаshtirishdа kаsb tа‘limi

o‗qituvchisining kаsbiy tаyyorgаrligi ―XXI asr ta‘lim tizimida innovatsion va intigratsion
yondoshuvlar‖

4. Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o‗g‗li, Murotmusaev Komiljon Buriboyevich,

Yuldashev Sheryigit Ergashovich. ―PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN
IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT‖

Intenational Journal of

Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581

2022 yil

5. Shovxiyev L.(2021). Ursachen der Entstehung von psychischen Krisen.

"International

Simposium of Young Scholars"

Xalqaro Amerika konferensiyasi.

(

514-516 betlar)

6.

Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании

,

2

(3).

7. Abdurazzoqov. N.K. ―O‗smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta‘minlashning

ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari‖- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.

8. Норбекова Барно Шавкатовна. Мактабгача ѐшдаги болаларда қўрқув ҳисларини

юзага келиши ва уни олдини олиш. Ривожлантирувчи технологиялар асосида мактабгача
таълим муассасаси тарбияланувчилари ва бошланғич синф ўқувчиларида креативлик
сифатларини шакллантириш. 2020,153-155 бетлар

9. Google.uz.

YOSH OILALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARINI HAL QILISH

YECHIMLARI

Qoʻshnazarova Gavhar Norbuta qizi

OʻzMU Jizzax filiali ―Psixologiya ―kafedrasi

1-bosqich magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oila, nikoh munosabatlari, yosh oila munosabatlarida

yuzaga kelayotgan ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va
masalalari yoritilgan. Asosiy e‘tibor yosh oiladagi muammolarni yechimini topish, ularni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda yosh oilalarga koʻmak berish huquqiy bazasini
kengaytirish zarurligiga e`tibor qaratildi.

Библиографические ссылки

F.I.Xaydarov N.I.Xalilova Umumiy psixalogiya. Darslik. Toshkent-2009. (85-86 bctlar)

M. Maxsudova Muloqat psixologiyasi. O'quv qo'llanma Toshkent Turon-Iqbol 2005

Yuldashcv Sh. Professional ta’lim tizimini takomillashtirishda kasb ta’limi o'qituvehisining kasbiy tayyorgarligi “XXI asr ta’lim tizimida innovatsion va intigratsion yondoshuvlar”

Shovxiyev Luqmoniddin Boynazar o'g'li, Murotmusacv Komiljon Buriboycvieh, Yuldashcv Shcryigit Ergashovich. “PSCHOLOGY OF MODERN LEADERSHIP AS AN IMPORTANT PHENOMENON OF EFFECTIVE MANAGEMENT” Intenational Journal of Early Childhood Special Education ISSN:1308-5581 2022 yil

Shovxiyev L.(2021). Ursachcn dor Entstehung von psyehisehen Kriscn. "International Simposium of Young Scholars" Xalqaro Amcrika konferensiyasi. (514-516 betlar)

Sharofitdinov, A. (2022). OILADA SIBLING MAQOMI MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(3).

Abdurazzoqov. N.K. “O'smirlarda axborot-psixologik xavfsizlikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik imkoniyatlari”- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences- 2021.15-iyun. 433.bet.

Норбскова Барно Шавкатовна. Мактабгача сшдаги болаларда куркув хисларини юзага кслиши ва уни олдини олиш. Ривожлантирувчи тсхнологиялар асосида мактабгача таълим муассасаси тарбияланувчилари ва бошлангич синф укувчиларида крсативлик сифатларини шакллантириш. 2020,153-155 бстлар

Google.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов