Interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursini yaratish orqli talabalarning mustaqil ishini tashkillashtirish

CC BY f
24-27
135
20
Поделиться
Каюмов, О. (2022). Interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursini yaratish orqli talabalarning mustaqil ishini tashkillashtirish. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 24–27. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5096
Ойбек Каюмов, Ozbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali

Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi mudiri 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Oliy o'quv yurtlarida kadrlarni tayyorlashda interaktiv intellektua! elektron ta ’Um resursi yaratish, veb va axborot texnologiyalari asosida la 'limning axborotlashuvi jarayonlariga sun 'iy intellektni keng tatbiq etish orqali ta 'Um sifatini oshirish. Elektron ta 'Um resursi interaktiv bo ‘lishi va talabalarni о ‘quv jarayoniga faol jalb qilishi kerak. Tadqiqot metodlari amaliy mashg'ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlarni qiyinchilik darajasiga nisbatan masalani quyi pag'onadagi bo'laklarga ajratish orqali talabaning qo'yilgan masala mohiyatini anglatishdan iborat. Tadqiqot natijalari elektron ta 'Um jarayoniga sun 'iy intellektni qo ‘llashning asosiy yutug ‘i shundaki, talabaning bo ‘sh vaqtida mustaqil о ‘rganish imkonini beradi.

Похожие статьи


background image

24

5.

Achilovich, Q. O. (2021). Efficiency of Using Smart Technologies in Teaching Technical

Sciences in Higher Educational Institutions. Middle European Scientific Bulletin, 17, 133-137.
6.

Kayumov, O. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT

AND INTRODUCTION OF INNOVATIVE METHODS IN INCLUSIVE EDUCATION.
Scienceweb academic papers collection.


INTERAKTIV INTELLEKTUAL ELEKTRON TA‘LIM RESURSINI YARATISH

ORQLI TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKILLASHTIRISH

Kayumov Oybek Achilovich

O‗zbekiston Milliy universitetining Jizzax Filiali

―Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish‖ kafedrasi mudiri

Annotatsiya:

Oliy o‗quv yurtlarida kadrlarni tayyorlashda interaktiv intellektual

elektron ta‘lim resursi yaratish, veb va axborot texnologiyalari asosida ta‘limning
axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etish orqali ta‘lim sifatini oshirish.
Elektron ta‘lim resursi interaktiv bo‗lishi va talabalarni o‗quv jarayoniga faol jalb qilishi kerak.
Tadqiqot metodlari amaliy mashg‗ulot va mustaqil ta‘lim topshiriqlarni qiyinchilik darajasiga
nisbatan masalani quyi pag‗onadagi bo‗laklarga ajratish orqali talabaning qo‗yilgan masala
mohiyatini anglatishdan iborat. Tadqiqot natijalari elektron ta‘lim jarayoniga sun‘iy intellektni
qo‗llashning asosiy yutug‗i shundaki, talabaning bo‗sh vaqtida mustaqil o‗rganish imkonini
beradi.

Kalit so‗zlar:

elektron pedagogika, e-learning, interaktiv, intellektual, AI, sun‘iy intellekt,

topshiriqlarni differensiallash, topshiriqlarni integrallash.

Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida

jamiyatning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq etish orqali yuqori
natijalarga erishmoqda. Ta‘lim sifatini raqamli texnologiyalar asosida doimiy takomillashtirish
bo‗yicha yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish bo‗yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Oliy
ta‘lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashda intellektual elektron ta‘lim
resurslaridan foydalanish dolzarb muammo sifatida qaralmoqda. Elektron ta‘lim jarayoniga
sun‘iy intellektni qo‗llashning asosiy yutug‗i shundaki, talabalarning texnikaga savol berib
undan javob olishidir. Talabalar ba‘zan auditoriyada savol bermaslikka xarakat qilishadi, chunki
tengdoshlari gaplarini rad etishdan qo‗rqishadi. Shu sababli ta‘limda interaktiv intellektual
dasturiy vositalar joriy etgan holda elektron ta‘limdan foydalanishga asoslangan talabalarning
ta‘lim faoliyatini individuallashtirishga bo‗lgan yondashuvlarni amalga oshirish mumkin bo‗ladi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi oliy taʻlim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlash
jarayonida interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursi yaratilish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida ta‘limning axborotlashuvi jarayonlariga sun‘iy intellektni keng tatbiq
etish orqali ta‘lim sifatini oshirish. Tadqiqot metodlari amaliy mashgʻulot va mustaqil ta‘lim
topshiriqlarni talaba qobilyatiga nisbatan intelektual tahlil qilib, n ta quyi darajadagi masala
boʻlaklariga ajratib bajartirish va boʻlaklarni birlashtirish orqali masalaning yechimini hal qilish
nazarda tutilgan. Tadqiqot natijalari elektron ta‘lim jarayoniga sun‘iy intellektni qo‗llashning
asosiy yutug‗i shundaki, talabalarning texnikaga savol berib undan javob olishidir. Talaba kurs
mazmuni bilan oʻzaro aloqada boʻlganda, sunʻiy intellekt har bir talabaga chuqurroq muhokama
qilish uchun vaqt ajratadi.

Modellashtirish esa pedagogik loyihalashning eng muhim bosqichi bo‗lib, unda nima

bo‗lishi kerak bo‗lsa, shu haqida eng qisqa tafsilotni anglash faoliyati tushuniladi.

Interaktiv elektron ta‘lim resurs modelini ishlab chiqishda o‗qitish maqsadi va ta‘lim

tamoyillari, ta‘limga yondashuv kabi tayanch tushunchalarga tayanildi.


background image

25

Algoritmik tillar va dasturlashga oid bilim, ko‗nikma va malakalarni egallash bo‗yicha

faoliyat metodikada belgilangan maqsadlarga erishishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Ta‘lim
vositalari (ularning qatoriga bizning tadqiqotimizda ko‗rib chiqilayotgan elektron ta‘lim resurs
ham kiradi) ta‘lim oluvchi (talaba) bajaradigan barcha harakatlar ―Algoritmik tillar va
dasturlash‖ o‗quv kursini o‗qitishda ko‗zda tutilgan maqsadga erishishga yordam beradigan
tarzda konstruksiyalanishi kerak[4].

Har bir talaba uchun shaxsiylashtirilgan ta‘lim jarayoni tashkil etiladi. O‗quv

harakatlarning asosiy konsepsiyasi bo‗lib, bilim ko‗nikma va malakalarni ta‘lim oluvchilarning
maqsadga yo‗naltirilgan mos xarakatlari ko‗rinishlari hosilasi sifatida ko‗rib chiqiladigan tizimli-
faoliyatli yondashuv hisoblanadi.

Shaxsiylashtirilgan ta‘lim jarayonida bilim ko‗nikmasini egallash ta‘lim oluvchilar

tomonidan o‗quv faoliyati komponentlarini (motivlari, maqsadlari, vazifalari, shuningdek
material bilan bajarilishi kerak bo‗lgan xarakat va operatsiyalar) o‗zlashtirishga asoslanadi.

Elektron ta‘lim resurslari yordamida ta‘lim oluvchida shakillantrilishi mumkin bo‗lgan

shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarga e‘tiborni qaratimiz.

Elektron ta‘lim Resurslaridan regulyativ va kognitiv shaxsiylashtirilgan o‗quv

xarakatlarni shakillantirish uchun samarali foydalanishi mumkin.

Regulyativ shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarga maqsad qo‗yish, rejalashtirish,

bashoratlash, nazorat, tuzatish, baholash va o‗z o‗zini to‗g‗irlash kiradi [2].

Elektron ta‘lim resurs bilan ishlash orqali ta‘lim oluvchilar yuqorida keltirilgan

shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarni xam o‗zlashtiradilar. Masalan, o‗qish resurs o‗qish
maqsadiga mos ma‘lumotlarni topish va ajratishga, shuningdek sharoitga qarab muammolarni
xal qilishning eng samarali usullarini tanlashga yordam beradi. Bundan ko‗rinib turibdiki
qaralayotgan o‗qitishning elektron vositasidan foydalanib mashq qilish natijasi bo‗lib
hisoblanadi. Ijodiy masalalarni xal qilish uchun algoritmlar yaratish imkoniyati ta‘lim
oluvchilarda

namunaviy topshiriq tiplariga mos tanlangan algoritmlar to‗plamini

o‗zlashtirganlaridan keyin paydo bo‗ladi [1].

Shaxsiy (o‗zini o‗zi aniqlash, axloqiy-etik mo‗ljal olish) va kommunikativ

shaxsiylashtirilgan o‗quv xarakatlarini (o‗quv xamkorligini rejalashtirish, masalalarni qo‗yish,
ziddiyatlarni xal qilish, o‗z fikrlarini ifodalash ko‗nikmasi) shakillantirish bilan, mustaqil ish
(Resurs yordamida) ulushini oshirish xisobiga tejaladigan vaqt hisobiga o‗qituvchi va ta‘lim
oluvchining o‗zaro hamkorligida amalga oshirish maqsadiga muvofiqdir [2].

Dasturlash tili buyruqlarini o‗rganish jarayonida elektron ta‘lim resursning tarbiyaviy

ta‘siri quydagilar yordamida amalga oshiriladi: o‗quv materiallarning mazmuni: ta‘lim oluvchilar
mustaqilligini rag‗batlantirishi. Buning uchun esa, elektron ta‘lim resurs tarkibiga kiritiladigan
materiallar shunday tarzda tanlab olinadiki, ta‘lim oluvchining topshiriqlar bilan ishlashning
nafaqat eng optimal ish strategiyalari va taktiklariga o‗rgatish, balki har bir buyruqning o‗ziga
xos xususiyatlari haqida ma‘lumotlarni taqdim yetadi.Resurs topshiriqlar bilan ishlash vaqtida
ta‘lim oluvchi kompyuter bilan bajariladigan xatti-xarakatlarning o‗ziga xos xususiyatlar, ya‘ni
qoidalar bilan tanishadi[5].

Elektron ta‘lim resurs ta‘lim oluvchilarning mustaqil ishini rag‗batlantirishning samarali

vositasi hisoblanadi, chunki ularga zarur bo‗lgan materiallarni nafaqat taqdim etadi, balki ular
bilan interaktiv rejimda zarur ish usullarini egallashga yordam beradi. Elektron ta‘lim resurs xar
bir ta‘lim oluvchi tomonidan yo‗l qo‗yiladigan tipik xatolarni aniqlash va ushbu xatolar yo‗l
qo‗yilgan topshiriq tiplarini bajarishning eng optimal va samarali usullarini egallashga yordam
beradigan tarzda ishlab chiqilgan [3].


background image

26

1-rasm.Topshiriqni bo‘laklarga ajratish va natijalarni yigʻish jarayoni.

Yangi avlod ta‘lim vositalari sifatida elektron ta‘lim resurs modelini ishlab chiqish asosiy

didaktik, psixologik va o‗qitishning shaxsiy metodologik tamoyillariga, shuningdek elektron
pedagogika tamoyillariga asoslanadi [1].

Ushbu interaktiv intellektual elektron taʻlim resursi sun‘iy intellektga asoslangan bo‘lib,

talaba toki oʻrganmaguncha keyingi topshiriqqa oʻtmaydi. Topshiriq darajasini pasaytirib
boʻlaklarga ajratib boʻlaklarni taqdim etaveradi. Har bir boʻlak ishlanganda uning natijasini
saqlab, parallel boʻlakni ishlashga imkon beradi. Parallel boʻlaklar natijalari olingandan soʻng
yaxlit topshiriq qayta taqdim etiladi va natija olinadi. Bunday jarayon koʻp vaqt talab etishi
mumkin, lekin avtomatik tarzda n ta talaba parallel ishlashi mumkin. Shu bois vaqt va
samaradorlik yuqori boʻladi. Muammoga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki,
insonda ijodkorlikni shakllantirish tarbiyaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois oliy
ta‘limi muassasalari talabalarini mustaqil ta‘lim olishida mutahasislik ijodiyotini rivojlantirish
dolzarb muammo hisoblanadi. Interaktiv intellektual elektron taʻlim resursidan foydalanganda
talabaning mustaqil fikrlash doirasi keskin oʻzgaradi. Sunʻiy intellekt taʻlimga qoʻllanganda
talabalarning eng yaxshi natijaga erishish uchun birgalikda ishlaydigan virtual oʻqituvchisi
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Туракулов О.Х, Савурбаев А, Эшанкулов Б. С. Территориально распределѐнная

информационно-образовательная среда и методы оценки еѐ электронно-образовательной
ресурсной базы. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного
форума. Москва 2019. 124-131 с.
2. Kayumov O.A., Interaktiv intellektual elektron ta‘lim resursini sun‘iy intellekt yordamida
yaratish. O‗zMU XABARLARI, 1/4 2022, 96-100 betlar.
3. Achilovich, Q. O. (2021). Efficiency of Using Smart Technologies in Teaching Technical
Sciences in Higher Educational Institutions. Middle European Scientific Bulletin, 17, 133-137.
4. Pozilova Sh., Mirsaliyeva M., Kayumov O. International Conference on Education and
Training Technologies. Development of professional creativity of professional teachers in
professional courses on the basis of e-pedagogy principle. 2022 Macau, China.


background image

27

5. Kayumov, O. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT
AND INTRODUCTION OF INNOVATIVE METHODS IN INCLUSIVE EDUCATION.
Scienceweb academic papers collection.

AXBOROT – KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB
TASVIRIY SAN‘AT TA‘LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Maxkamova Saodat Baxtiyarovna

Nizomiy nomidagi TDPU, Tasviriy san‘at kafedrasi dotsent v.b.

Jabbarov Rustam Ravshanovich

Nizomiy nomidagi TDPU, Tasviriy san‘at kafedrasi katta o‗qituvchisi

Annotasiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarning tasviriy san‘at darslari orqali badiiy

ijodiy faoliyatga tayyorlashning dolzarb masalalari yoritilgan

Kalit so‗zlar:

Rang tasvir, kompozitsiya, perspektiva, bo‗yoq, rang va tus, shtrix, nisbat,

hajm, joylashtirish, uyg‗unlik, yorug‗ va rang munosabatlari.

Xozirgi kunda o‗quvchi yoshlarga ta‘lim – tarbiya berish, ya‘ni ularni har tomonlama

davlat ta‘lim standartlari talablariga javob beradigan yetuk malakali mutaxassis darajasida
tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu haqda kadrlar tayyorlash milliy
dasturida shunday deyiladi; ―Inson, uning har tomonlama uyg‗un kamol topishi va farovonligi,
shaxs manfaatlarini ro‗yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish,
eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‗zgartirish Respublikada amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,
texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish O‗zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir‖.

Darhaqiqat Respublikamizning ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni va kadrlar tayyorlash

milliy dasturi asosida mamlakatimizdagi ta‘lim muassasalarida har tomonlama intelektual
kadrlar tayyorlash va ularga ta‘lim –tarbiya berish usullarini takomillashtirishning yangi
yo‘llarini izlab topish hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda. Jumladan ta‘lim jarayonida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
ham yaxshi samralarni berishi ko‗pgina tadqiqot va amaliy ishlarida o‗z tasdig‗ini topib
kelmoqda.

Bizga ma‘lumki hozirgi kunda deyarli barcha fanlarni o‗qitishda axborot komunikatsion

texnologiyalaridan keng qo‗llanilib kelinmoqda. Misol uchun geografiya fanini oladigan bo‗lsak
o‗quvchilarga dunyo mamlakatlarining go‗zal tabiati, hayvonot dunyosi va u yerda yashovchi
xalqlar tog‗risida ma‘lumot berishda faqatgina ma‘ruza va foto ko‗rgazmalar bilan chegaralanib
qolmay balki ular haqida turli vidyo filmlar axborot komunikatsion texnologiyalari orqali
namoyish etib kelinmoqda, bu esa o‗z navbatida ijobiy natija bermoqda. Sababi o‗quvchilar
o‗sha namoyish etilayotgan mamlakatni jonli tasvirini ko‗rish orqali chuqurroq tasavvur va
bilimga ega bo‗ladilar. Bu kabi misollarni boshqa fanlar kesimida ham ko‗plab keltirish mumkin.
Ammo biz hozir boshqa fanlarni emas balki tasviriy san‘at darslarida axborot komunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natija beradimi yo‘qmi shuni ko‗rib chiqamiz. Bizningcha
tasviriy san‘at darslarida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish albatta ijobiy
natija beradi. Chunki oldin o‗quvchilarga tasviriy san‘at darslarida rassomlarni ayrim
asarlarining faqatgina reproduksiyalarni ko‗satar edik, yoki bo‗lmasa yurtimiz va jahon
muzeylari haqida ma‘lumot bermoqchi bo‗lsak ba‘zi kitoblardagi foto suratlardan foydalanar
edik. Ayni vaqtda esa axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanib yurtimiz va jahon
muzeylari haqida va rassomlarning asarlarini asl nushalari tasvirga olingan vido roliklarini
o‗quvchilarga havola etib bilim darajalarini sezilarli darajada oshirishga erishmoqdamiz.

Axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning yana bir ahamyatli tomoni

shundak, o‗quvchilarga malakali rassomlar tomonidan bajarilgan o‗quv mashg‗ulot ―Master

Библиографические ссылки

Туракулов О.Х, Савурбасв А, Эшанкулов Б. С. Территориально распределённая информационно-образовательная среда и методы оценки её электронно-образовательной ресурсной базы. Сборник научных статей по итогам работы Международного научного форума. Москва 2019. 124-131 с.

Kayumov О.А., Interaktiv intellcktual elektron ta’lim resursini sun’iy intellekt yordamida yaratish. O‘zMU XABARLARI, 1/4 2022,96-100 bctlar.

Achilovich, Q. O. (2021). Efficiency of Using Smart Technologies in Teaching Technical Sciences in Higher Educational Institutions. Middle European Scientific Bulletin, 17, 133-137.

Pozilova Sh., Mirsaliyeva M., Kayumov O. International Conference on Education and Training Technologies. Development of professional creativity of professional teachers in professional courses on the basis of e-pedagogy principle. 2022 Macau, China.

Kayumov, О. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT AND INTRODUCTION OF INNOVATIVE METHODS IN INCLUSIVE EDUCATION. Sciencewcb academic papers collection.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов