Sharq mutafakkirlarining ilmiy asarlari negizida oquvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodikasI

CC BY f
122-124
152
17
Поделиться
Холмуратова, Н. (2022). Sharq mutafakkirlarining ilmiy asarlari negizida oquvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish metodikasI. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 122–124. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5224
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada о ‘quvchilarda ftkrlash qobiliyatini rivojlantirish malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko'nikmasini shakllantirishda sharq olimlarining iltniy nazariyasiga asoslangan pedagogik yondoshuvning samaradorligi haqida so ’z boradi.

Похожие статьи


background image

122

difficult situations find that their upsetting thoughts improve when they work on other coping
skills, such as identifying the main sources of stress in their lives, problem solving issues that
they can control, and finding social support. For more on coping with stress, see.

CONCLUSION

In short Common sense plays an important role in the student‘s independence in decision-

making, responsibility, the formation of their own ideas and opinions, the reaction to events in
social life. The development of the inner world of each student, the development of spiritual
consciousness, contributes to a full understanding of the concept of healthy thinking. Of course,
the environment and the family environment are important in creating the pedagogical conditions
for the development of healthy thinking in students. Reading helps students get rid of bad
thoughts, misconceptions, and symbols, and prevents them from recurring in the mind. In this
situation, the reader adapts to the situation, even if the negative emotions are repeated, a bad
impression does not occur. Common sense serves to develop in the student a purpose in life and
a firm position based on the formation of an individual and realistic attitude to social reality. The
next generation with a healthy mindset can be the real future of the country, the builder of a
healthy society.

REFERENCES.

1.

Cutler D., and Lleras-Muney A. Education and Health. In: Anthony J. Culyer (ed.),

Encyclopedia of Health Economics, Vol 1. San Diego: Elsevier; 2014. pp. 232-45.
2.

Goldman D, Smith JP. ―The increasing value of education to health‖, Soc Sci Med

2011;72:1728-37.
3.

Ismatullayeva G.E. ―Sog‗lom tafakkur tushunchasi haqida‖ / 2020. — № 15 (305). — С.

449-451. — URL: https://moluch.ru/archive/305/68391/ (21.04.2022).
4. Karasik, VI. (2004). Language circle: Personality, concepts, discourse. Moscow: Gnosis.

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ILMIY ASARLARI NEGIZIDA O‗QUVCHINING

FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Xolmuratova Nilufar

Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‗quvchilarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko‗nikmasini shakllantirishda
sharq olimlarining ilmiy nazariyasiga asoslangan pedagogik yondoshuvning samaradorligi
haqida so‘z boradi.

Kalit soʻzlar.

O‘quvchi, fikrlash, o‘qitish, qobiliyat.

Kundalik turmush tarzida tasodifan uchraydigan jumboqlarini, tabiatdagi muammolarni

o‗rganish, ularga tegishli javob topish istagi, yana ham to‗g‗rirog‗i, farovon hayotga erishish
muammosi, insonning o‗zini va olamni bilishga bo‗lgan qiziqishi asrlar mobaynida fikrlashga,
o‗z fikrlarini mantiqiy asoslashga da‘vat qilib keladi. Qadimdan sharq allomalari asarlarida bu
muammoga alohida to‗xtalib o‗tilganligi bejiz emas. Zero, mustaqil, ongli faoliyat yuritadigan
insongina o‗z xalqi, Vatani, ota-onasi oldidagi burchini uddalay oladi va har qanaqa yot
ta‘sirlarga berilib ketmaydi. Inson degan ulug‗ nomga munosib ish ko‗radi. Sharq olimlari bu
muammoni o‗zlari yashab o‗tgan davr ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda yechishga harakat
qilganlar.[1]

Yaqin va O‗rta Sharqdagi ilg‗or pedagogik ta‘limotning asoschisi Abu Nasr Forobiy o‘z

asarlarida fikirlash qobilyatining rivoji haqida to‘xtalib o‘tgan. U bilim o‗zlashtirish jarayoni
haqida shunday deydi: ―Inson bilimlarni aql va sezish organlari orqali qo‗lga kiritadi ...
seziluvchi obrazlar his etish orqali, aqliy obrazlar esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi...‖.
Bundan tashqari Forobiy asarlarida didaktika masalalari, ta‘limning nazariy muammolari,


background image

123

bilimlarni egallash va fikrlashning falsafiy, fiziologik va psixologik asoslari haqida ham to‗xtalib
o‗tilgan. U obyekt va subyektning o‗zaro aloqasi, shaxsda kechuvchi murakkab fiziologik-psixik
jarayonlar va shaxsning boy ma‘naviy olamiga katta e‘tibor qaratadi. Jumladan, olimning
fikricha, inson ma‘naviyatining oliy pog‗onasi ruh, aql va tafakkur bo‗lib, ular insonning bilish
faoliyatiga xos bo‗lgan o‗ziga xos shakllarda namoyon bo‗ladi. Forobiy insonni mavjudotning
eng buyuk va yetuk mahsuli deb ataydi. U o‗zining ongi, aqli, sezish organlari orqali olamni har
tomonlama o‗rganish qobiliyatiga egadir. Inson aqli yordamida butun mavjudotning mohiyatini
tushunadi. ―Aql, - deydi u, - jismlarni bunday xislatlardan xoli holda tekshirganda u faqat
jismlarning mohiyati nimadan iborat ekanligini va sezgilardan nimalar mavhumlashtirganini
aniqlashga qaratilgan bo‗ladi. Jismni u bilan bog‗liq bo‗lgan belgilardan ajratib oluvchi aql
faoliyati shu jismning faqat mohiyatini tekshirish uchun amalga oshiriladi‖. Forobiyning
fikricha, insonning tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‗ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi,
ma‘naviyati, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, mohiyati xususida shunday deb yozadi:
―Nafaqat o‗qish, balki o‗qiganini xarakteri, urf-odatlari, ma‘lumoti tashqi muhit, boshqalar bilan
muloqotda vujudga keladi. Insonning aqli, fikri ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli bo‗ladi‖
deydi.[2-5]

Buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino nafaqat tibbiyot olamidagi kashfiyotlari bilan,

balki ta‘lim va tarbiya sohasidagi asarlari bilan ham milliy pedagogika tarixida muhim o‗rin
tutadi. U ―Tadbiri manozil‖ (―Bolani maktabda o‗qitish va tarbiyalash‖) asarida o‗quvchilarning
fikrlash faoliyatini yaxshilash, bilim berish jarayonining samaradorligini oshirishda
o‗quvchilarni birga o‗qitish zarurligiga diqqat qaratadi. Bunda o‗quvchi zerikmaydi, fanni
egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi
rivojlanadi. Shu asosda o‗quvchilar o‗qigan kitoblari, fikr-mulohazalari, kattalardan eshitgan
fikrlari bilan o‗rtoqlashadilar va ana shu jarayonda ularning fikrlash darajasi shakllana boradi.
Ibn Sino suhbatdoshiga hurmat bilan yondashish haqida to‗xtalib, shunday deydi: ―Sening
fikring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o‗ylab, fikr yuritib ko‗rishga imkon bersin. Agarda
sening suhbatdoshing yoki do‗sting sening so‗zlaringga va nasihatlaringga e‘tibor
bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‗chir‖. Ibn Sino insonning fikrlash
qobiliyatiga, xayol-xotirasi va iroda sifatlariga yuqori baho beradi. Tafakkurning kuchi shundaki,
uning yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga chog‗ishtirib, abstraksiyalash bilan haqiqatni
yolg‗ondan ajratish mumkin, xotira yordamida esa idrok qilingan narsa va hodisalar kishi ongida
mustahkam saqlanib qoladi va idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam
beradi. Xayol kishi ongida obyektiv voqelikning aks ettirilishidir, degan fikrlarni bayon
qiladi.[3]

Buyuk qomusiy olim, faylasuf va pedagog Abu Rayhon Beruniy ham bilimlarning hosil

bo‗lishida aql, fikr, sezgilarining o‗rni haqida so‗z yuritar ekan, shunday deb yozadi: ―Faqat
sezgi orqali, sezgi organlari yordamida o‗zlashtirilgan bilimlar xatolarga olib kelishi mumkin.
Agar inson sezgilardan fikrlash va xulosa chiqarish yordamida foydalansa, ana shu sezgilar
yordamida idrok qilinadigan narsalarni o‗rganishda juda katta yutuqlarga erishmog‗i mumkin...
Istaklarga mehnat tufayli erishiladi‖. Olimning fikricha, faqat eshitilgan, ko‗rilgan yoki umuman
sezgi organlari orqali qabul qilingan ma‘lumotlar shundayligicha idrok qilinmasdan, balki aql
chig‗irig‗idan o‗tkazilsa va tegishli xulosalar chiqarilsa, ana shu bilimgina haqiqiy va
mustahkam bo‗ladi. Beruniyning ilmiy merosida tabiatni o‗rganish va bilishning ilmiy metodiga
ham katta o‗rin ajratilgan. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari obyektivlik va
oqilona yondashuv, kuzatish, tajribalar, og‗zaki va yozma yodgorliklarni o‗rganish, dalillarga
tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar shaklida mantiqiy umumlashtirish va haqiqatni
aniqlash maqsadida qiyoslashdan iboratdir. Buyuk olim ta‘limning izchil, ko‗rgazmali,
maqsadga qaratilgan bo‗lishi va muayyan tizim bo‗yicha olib borilishi zarurligini, ko‗rgazmalilik
ta‘limni ancha qulay, aniq va qiziqarli qilishi va tafakkurni rivojlantirishini alohida ta‘kidlaydi.

G‗azal mulkining sultoni, ma‘rifatparvar davlat arbobi Alisher Navoiy asarlarida ham

insonning o‗z fikri, dunyoqarashiga ega bo‗lishi, bilim olishi va olgan bilimlarini hayotda qo‗llay
bilishda inson tafakkurining o‗rni katta ekanligiga alohida ahamiyat beriladi. Shoir ―Mahbub-ul-


background image

124

qulub‖ asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni ―ustiga kitob ortilgan
eshak‖ka qiyoslaydi va ―nodon‖ deb ataydi.

Ma‘rifatparvar olim Abdulla Avloniy o‗zining ―Turkiy guliston yoxud axloq‖ asarida

badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning
ta‘kidlashicha, fikr tarbiyasi ―muallimning yordamiga so‗ng darajada muhtojdir‘ va inson
hayotida muhim ahamiyatga ega.[4]

Demak buyuk mutaffakkir allomalarimizning ilmiy asarlaridan foyfalanib yoshlarga

ta‘lim-tarbiya berishimizda, mustaqil fikrlash, avvalambor, yangi savol, yangi muammoni ko‗ra
bilish va qo‗ya bilish, so‗ngra uni o‗z kuchi bilan hal qilish kabi qobilyatlarni shakillantirishda
unimli foydalansak maqsadga muofiq bo‘lar ekan. Boshqacha qilib aytganda, o‗quvchilar
ajdodlar ilmiy merosilardan hulosa chiqarib maksimal faollik, ijodkorlik, mustaqil hukm
chiqarish va tashabbuskorlik kabi qobilyatlarni o‘zlashtirishlari mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Azizxo‗jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: TDPU. 2003-yil. 174

6. 92-bet.
2.

Akbarzoda G. Та‘limi soniy. –Тoshkent: А.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. -

21 бет.
3.

Zunnunov A. Pedagogika tarixi. Oliy o‗quv yurti uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2000.

4.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T., ―O‗qituvchi‖ nashriyoti, 1992-

y. 160 b. 23-bet.
5.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 1993-y. – 224 b. 185-bet.


ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИ

МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ОМИЛИ СИФАТИДА

Янгибаев Камол Норбоевич

Қашқадарѐ вилояти касбий таълимни ривожлантириш ва мувофиқлаштириш ҳудудий

бошқармаси бошлиғи

Аннотация:

Мақолада

таълим-тарбия жараѐнида педагогик инновацияларни кенг

кўламда қўллаш жаҳон тараққиѐтининг глобал тенденцияси ҳисобланиши, бугунги кунда
педагогик инновациялар кўламининг ортиб бориши, мамлакатда модернизация жараѐни
тез суръатлар билан ривожланаѐтган айни даврда таълим соҳасига янгиликларни тизимли
равишда қўлланилаѐтганлиги масалалари атрофлича талқин қилинган.

Калит сўзлар:

инновациялар, таълим тараққиѐт, ўзгаришлар, янгиликлар, сифат,

натижа, шаклланиш.

Замонавий жамият ўзининг тез ва чуқур ўзгарувчан тавсифига эга бўлиб, бундай

ўзгаришлар жамоатчилик тузилмалари, жумладан, мустақил давлатлар, шахс ва жамият
ўртасидаги муносабатлар, демографик сиѐсат, урбанизация жараѐнларида кўзга яққол
ташланмоқда. Таълим ҳам глобал умумҳамжамият тузилмасининг алоҳида таркибий
қисми сифатида жамиятда бўлаѐтган барча ўзгаришларни ҳисобга олиши, ана шу асосда
ўз тузилиши ва фаолият мазмунини ўзгартириши зарур. Бугунги кунда таълимнинг
жамият ривожланиш суръатларидан ортда қолаѐтганлиги, таълим жараѐнида
қўлланилаѐтган технологияларнинг замонавий талабларга тўлиқ жавоб бермаслиги
ҳақидаги масала дунѐ ҳамжамияти томонидан тез-тез эътироф этилмоқда. Чунки таълим
ҳам ижтимоийлаштириш вазифасини бажарувчи сифатида жамиятдаги ўзгаришлар
ортидан бориши ҳамда унинг ривожланишига ўз таъсирини ўтказиши керак. Бироқ
жамият ривожланиши ва таълим тизими ўртасидаги муносабат мураккаб кўринишга эга
бўлиб, юқори даражадаги жўшқинлик билан фарқланади. Таълим барча фаол ва суст

Библиографические ссылки

Azizxo'jayeva N.N. Pcdagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.: TDPU. 2003-yil. 174 6. 92-bct.

Akbarzoda G. Ta’limi soniy. -Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. -21 бет.

Zunnunov A. Pcdagogika tarixi. Oliy o'quv yurti uchun darslik. - Toshkent: Sharq, 2000.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - T., “O'qituvchi” nashriyoti, 1992-

y. 160 b. 23-bct.

Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993-y. - 224 b. 185-bct.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов