Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79753

Ключевые слова:

инновационная деятельность стимулы промышленные предприятия финансовые стимулы эффективность зарубежный опыт социально-экономическое развитие глобализация экономический рост социальная инфраструктура

Аннотация

В статье рассматриваются и анализируются методы финансового стимулирования инновационной деятельности промышленных предприятий со стороны государства. В связи с этим изучены различные методы стимулирования, определены и оценены возможности их использования на промышленных предприятиях. Разработаны предложения по использованию различных методов государственного финансового стимулирования инновационной деятельности.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

315


INNOVATSION FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY

RAG‘BATLANTIRISH USULLARI

PhD

Baxriddinov Nodirbek Zamirdinovich

Namangan davlat texnika universiteti

ORCID: 0000-0002-3765-5778

nbahriddinov@lincolnucasf.edu

Annotatsiya.

Maqolada sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini davlat tomonidan

moliyaviy rag‘batlantirish usullari ko‘rib chiqilgan va tahlil qilingan. Mazkur masala bo‘yicha

turli

xil rag’batlantirish usullari o‘rganilgan va ularni sanoat korxonalarida foydalanish

imkoniyatlari aniqlangan va baholangan. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyaviy

rag‘batlantirishning turli xil usullaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar

:

innovatsion faoliyat, rag‘batlantirish, sanoat korxonalari, moliyaviy rag‘bat,

samaradorlik, xorijiy tajriba, ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish, globallashuv, iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy

infratuzilma.

МЕТОДЫ ФИНАНСОВОГО СТИМУЛИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СО СТОРОНЫ ГОСУДАРСТВА

PhD

Бахриддинов Нодирбек

Замирдинович

Наманганский

государственный технический университет

Аннотация

.

В статье рассматриваются и анализируются методы финансового

стимулирования инновационной деятельности промышленных предприятий со стороны

государства. В связи с этим изучены различные методы стимулирования, определены и
оценены возможности их использования на промышленных предприятиях. Разработаны

предложения по использованию различных методов государственного финансового

стимулирования инновационной деятельности.

Ключевые слова

:

инновационная деятельность, стимулы, промышленные

предприятия, финансовые стимулы, эффективность, зарубежный опыт, социально

-

экономическое

развитие,

глобализация,

экономический

рост,

социальная

инфраструктура.

METHODS OF THE STATE FINANCIAL STIMULATION OF INNOVATIVE ACTIVITY

PhD

Bahriddinov Nodirbek Zamirdinovich

Namangan State Technical University

Abstract.

The article considers and analyzes the methods of state financial stimulation of

innovative activities of industrial enterprises. Various methods of stimulation on this issue are

studied and the possibilities of their use in industrial enterprises are identified and evaluated.

Proposals are developed on the use of various methods of state financial stimulation of innovative

activities.

Keywords:

innovative activities, stimulation, industrial enterprises, financial stimulation,

efficiency, foreign experience, socio-economic development, globalization, economic growth,
social infrastructure.

UOʻK:

316.422

315-321


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

316

Kirish.

Olib borilgan va o‘rganilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyot tarmoqlarida

faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning

innovatsion rivojlanishi va innovatsion faolligini

ta’minlash maqsadida davlat tomonidan moliyaviy rag’batlantirish mexanizmini ishlab

chiqishni taqozo etadi.

Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirishning

bosh xususiyati shundaki, unda soliq imtiyozlari ilmiy muassasalarga emas, balki korxonalarga

va investorlarga qaratiladi.

Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida hukumatlari xususiy biznesni ilmiy tadqiqot

ishlarini moliyalashda faolroq ishtirok etishlariga erishishga intiladilar.

Adabiyotlar sharhi.

Tadqiqot davomida yuqorida ta’kidlangan innovasion faoliyatga oid dastlab keng

ma’noda «Innovatsiya» atamasi birinchi marta avstriyalik iqtisodchi Shumpeter

(1982)

tomonidan 1912 yilda «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» asarida taklif etilgan.

Innovasion

nazariyaning eng asosiy qoidalari ham ushbu asarda to‘la asoslab berilgan.

Amerikalik boshqaruv bo‘yicha mutaxassis Druker

(1993) innovatsiyaga nisbatan

yanada

kengroq yondashuvni chiqdi, ya’ni «Yangilik kiritish –

bu murakkab tizim bo‘lib, uning

yordamida g‘oyalar va ixtirolar birinchi marta tijorat voqeligiga aylanadi. Bu –

mahsulot

yoki xizmat turlarini bozorga chiqarish, iqtisodiyotga muvaffaqi

yatli joriy etish, demakdir»

ishlab chiqdi.

Rus iqtisodchilaridan Anchishkinning (1986)

fikriga ko‘ra «innovatsiya», «yangilik

kiritish» atamalari faqat texnik

-

texnologik o‘zgarishlar bilan chegaralanishi mumkin emas. U

ushbu atamaga keng ijtimoiy ma’no

berib, yangiliklarni jamiyatni rivojlantirishning muhim

vositasi sifatida ko‘rib chiqqan va texnik

-texnologik yangiliklar muayyan iqtisodiy oqibatlarni

keltirib chiqargan holda sotish bozori uchun kurashishga ko‘maklashib, raqobat muhitini
o‘zgartiradi va

bu bilan ijtimoiy rivojlanishga yordam beradi, deydi.

Yana bir ta’rif quyidagicha: «innovatsiya –

bu jamiyat taraqqiyotining ta’siri ostida inson

o‘zgaruvchan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun yangilik kiritish, yangiliklarni (yangi

amaliy vo

sitani) yaratish, tarqatish va ulardan foydalanish jarayoni» deb ifodalanadi. Utkin

(1996) esa innovatsiya (yangilik kiritish)ni amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot yoki kashfiyot

natijasida ishlab chiqarishga joriy etilgan, avvalgisidan sifat jihatdan f

arq qiluvchi ob’yekt

sifatida ta’riflaydi.

Ko’plab olimlar rivojlanayotgan iqtisodiyotda va umuman beqaror iqtisodiy vaziyatda

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyaviy rag'batlantirish yanada maqbul, foydali va

samarali ekanligiga qo'shiladilar. Xorij olimi L.E. Mindelining so'zlariga ko'ra , davlat tomonidan

qo'llab-quvvatlashning bilvosita usullarining ahamiyati, birinchi navbatda, bilvosita

rag'batlantirish to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirishga nisbatan sezilarli darajada past byudjet
xarajatlarini talab qilishi va shu bilan birga u innovatsion sub'ektlarning ancha keng doirasini
qamrab olishi bilan belgilanadi

1

. Shuningdek Tugusheva va Yunyaeva (2011), bilvosita

rag'batlantirish to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirishga qaraganda ancha kam byudjet

mablag'larini talab qilishini ta'kidlagan.

To'g'ridan-to'g'ri va bilvosita rag'batlantirish deb ataladigan chora-tadbirlarni chuqurroq

tahlil qilgan N.Yu. Krivoruchko infratuzilma va me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish

sohasidagi chora-tadbirlarni bilvosita qo'llab-quvvatlash choralari sifatida tasniflaydi va

Mindeli (2006)

davlat innovatsion infratuzilmasini shakllantirishni bevosita qo‘llab

-quvvatlash

chora-tadbirlari deb hisoblaydi.

Umuman olganda, keltirib o‘tilgan mutaxassis olimlar tomonidan

innovatsiya va

innovasion faoliyati ustida ish olib borilgan bo‘lib, xo’jalik yurutuvchi korxonalarida innovasion

1

Jahon iqtisodiy forumi: rasmiy veb-sayt. Kirish rejimi: http://www.weforum.org/. (Kirish sanasi: 01/12/24).


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

317

faoliyatni davlat tomonidan moliyaviy rag’batlantirish usullari mavzusi doirasida tadqiqotlar

olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu

esa o‘z navbatida tanlangan mavzuning dolzarbligini

belgilaydi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Maqolada mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ilmiy va nazariy yondashuvlar

o‘rganilib, mushohada qilingan. Tadqiqotda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘nalish

tanlab olingan. Birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumot manbalarini chuqur o‘rgan

shi va

asoslash uchun tadqiqot strategiyasi belgilab olingan.

Bugungi kunda mamlakatimizda inovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’ycha olib

borilayotgan tadqiqot metodolofiyasida ko‘plab muammolar mavjud. Bulardan:

-

Mehnat bozorida, xususan, AT sohasida yuqori malakali kadrlarning tanqisligi;

-

Tadqiqotlarni moliyalashtirishda samarasiz tizimi tufayli moliyalashtirish hajmining

qisqarishi;

-

ixtirolarni tijoratlashtirishda moliyalashtirish manbalarining mavjudmasligi;

-

innovatsion infratuzilma rivojlantirishning past darajasi (xususan, biznes inkubatorlar);

-

davlatning biznes ishlariga aralashishi;

-

telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanmaganligi;

-

statistik ma’lumotlar bilan bog‘liq muammolar;

-

fundamental fan uyushmagan va jahon ilmiy jamiyatdan ajralgan.


Tahlil va natijalar muhokamasi.

Bu muammolarni o‘rganar ekanmiz, avvalombor qo‘yidagi xulosalarni bayon etamiz:

-

O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi dastlabki bosqichda,

ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish bo‘yicha yetakchi

mamlakatlardan ancha orqadaligi;

-

korxonalar umumiy sonida innovatsion korxonalarning ulushi kam (umumiy hajmining

0,85 foizi);

2

-

O‘zbekiston Respublikasi yuqori texnologiyali va

tadqiqottalab mahsulotlarning sof

importchisi, ammo importning umumiy hajmida u faqat 6,2 foizni tashkil etadi;

-

hukumatni tartibga solish hozirgi holati innovatsiyaviy faoliyatni rivojlantirishga

yordam bermaydi -

O‘zbekiston Doing Business, Economic Freed

om, Corrurtion Rercertion

Index kabi xalqaro reytinglarda eng past o‘rinlarga ega;

-

fundamental fanning zaif rivojlanishi mavjud: O‘zbekiston jahon tadqiqotlarning 0,02

foizini amalga oshiradi va ular dalil qilib keltirishda past ko‘rsatkichlarida ega;

-

olimlar va tadqiqotchilar ish bilan band aholining kichik qismini tashkil etadi (0,12%),

ularning mutlaq soni ham kichkina - 16,7 ming kishi;

-

intellektual mulkni himoya qilish muammolari ham ta’kidlandi.

Erishilgan natijalar yordamida har bosqichda innovatsion maqsadlar va intilishlar, ularga

erishish vositalari o‘zgarib borishi va aniqlashtirilishi mumkin. Albatta, bunda innovatsion

faoliyatning bosh maqsadi avvalgisicha qoladi. Bu jarayon iteratsion (takrorlanuvchi)
xarakterda.

Umumiy holda innovatsiyalar yaratishga undovchi sabablarni innovatsion faoliyatni

zarur qilib qo‘yuvchi, ichki sabablarga (masalan, mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligini

2

1-

инновацион коpхона

-

янги ёки такомиллаштиpилган маҳсулот ёки хизматлаpни ишлаб чиқиш ва

жоpий этиш, ишлаб чиқаpиш технологиялаpи ёки усуллаpини ва инновацион фаолиятнинг бошқа

туpлаpини ишлаб чиқаpиш

мақсадида ташкил этилган инновацион фаолият субъекти. (Ўзбекистон

Pеспубликаси "Инновацион фаолият тўғpисида"ги Қонуни) Манбалаp: Ўзбекистон Pеспубликаси Давлат
статистика қўмитаси, World Bank, National Science Foundation (US), "Жаҳон ва миллий иқтисодиёт” давpий

нашpи, ишчи гуpуҳининг таҳлили.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

318

ta’minlab turish zaruriyati) va tashqi yani davlat iqtisodiy siyosati borasidagi sabablarga

(davlatning moliyaviy imkoniyatlar va xom-

ashyolardan foydalanish) bo‘lish mumkin.

Bu

jarayonda korxonalarning o‘zaro munosabatlari raqobat xarakterida yoki kooperatsiya

xarakterida bo‘lishi mumkin. Raqobatchilik innovatsion faoliyatning natijalari o‘zlashtirilishida

boshqal

arga nisbatan ko‘proq ulushga ega bo‘lishga intilishda ifodalanadi.

Bozor munosabatlari shaoitida raqobat munosabatlari obyektiv ravishda mavjud

bo‘lsada, innovatsion faoliyatda kooperatsiya munosabatlariga kirishish ham obektiv zarur va

muqarrar tus oladi. Ayniqsa, murakkab innovatsion loyihalar amalga oshirilishida ham

intellektual, ham mulkiy imkoniyatlarni birlashtirmasdan va jamlamasdan ko‘zlanayotgan
natijalarga erishib bo‘lmaydi.

Korxonaning ichidagi innovatsion jarayonlarda raqobat munosabatlariga nisbatan

kooperatsiya munosabatlari birligi va uyg‘unligi mavjudligi bilan bog‘liq ravishda shakllanadi.

So‘nggi 5 yil davomida innovatsion mahsulot va servislarni yaratish bilan shug‘ullanadigan
kompaniyalarning jadal o‘sishi ta’kidlandi (yillik o‘sish sur’ati 63% tashkil qiladi) Korxonalar

umumiy sonida innovatsion korxonalarning ulushi ortmoqda.

2021 yilda jahon rivojlangan davlatlardan ITTKI larga qilingan harajatlar AQShda 599

mlrd., Yaponiyada 144,3 mlrd., Germaniyada 97,1 mlrd., Buyuk Britaniyada 49,1 mlrd.,
Shvetsiyada 16,2 mlrd.

AQSh dollarini tashkil etgan, O’zbekistonda esa bu ko’rsatkich atiga 0,1

mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, AQSh davlatiga nisbatan 5990 marta kam sarf qilingan (4-

rasm).

1-rasm. Dunyo mamlakatlarida ITTKI moliyalashtirish

(Доклад о миpовых инвестициях, 2021)

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan rag’batlantirishning tahlili shuni korsatadiki

davlat va innovatsion jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy qabul

qilingan tushunchalari: uchta (

OTM-korxona-davlat

) va uning rivojlanayotgan modifikatsiyasi

hamda fan-

ta’lim va ishlab chiqarish (fan–ta’lim–

biznes

davlat

fuqarolik jamiyati institutlari)

modelidir (2-rasm).

3-rasmda hududni

rivojlantirishning innovatsion jarayoni va uning biznesga ta’sirida

moliyalashtirishni tashkil etish va qo‘llab

-quvvatlash uchun qarorlar qabul qilishda korxonalar

o‘z innovatsion takliflari bilan chiqishlari hudud rahbarlari esa uning samaradorlik jihatla

riga

alohida e’tibor qaratishlari hamda bularni ustuvor loyihalar reestrida e’tiborga olishlari kerak

bo‘ladi.

Shunday qilib, bu yangi texnologiyalarni belgilaydigan bilim, ko‘nikma va artefaktlarni

yaratish, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zaro bog‘liq institutlar tizimi

Yevropa Ittifoqi

mamlakatlari innovatsion faoliyatni davlat

tomonidan bevosita va bilvosita tartibga solish

usullaridan keng foydalanmoqda.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

319

2-rasm Sanoat korxonalar innovatsion faolligini oshirishning davlat tomonidan

moliyaviy

rag’batlantirish

tarmoqlararo hududiy mexanizmi

(Гаибназаpова, 2014)

Jumladan, innovatsion faoliyatni bevosita tartibga solishda subsidiyalar, soliq imtiyozlari,

byudjet ssudalari berish, grantlar ajratish, davlat shartnomalarini tuzish, inkubatorlar, ilmiy va

texnologik parklar tashkil etish kabi usullardan keng foydalanilmoqda.

3-

rasm. Sanoat korxonalarining innovatsion jarayoni biznesga ta’siri

Manba:

muallif tomonidan ishlab chiqilgan.


Innovatsion faoliyatni bilvosita tartibga solishda esa maqsadli soliq imtiyozlari berish,

jadallashtirilgan amortizatsiya qo‘llash, kredit olganda soliqqa tortishni kamaytirish,

dividentlardan olinadigan soliq stavkasini pasaytirish, innovatsion korxonalarni tashkil etish
uchun davlat mulkini imtiyozli yoki qaytarib olmaslik sharti asosida berish, innovatsion

Strategik dasturlar

1

Huquqiy

me’yoriy

6

Raqamli

axborotlar

bilan

ta’minlash

Huquqiy uslubiy qo‘llanmalar

Moliyaviy boshqaruv

darajasi va

institutlar

2

Moliyaviy dastaklar va

metodlar

3

Davlat tomonidan

korxonalar innovatsion

faolligini moliyalashtirishga

qaratilgan majmua

4

55

3

Korxona

rahbariyati

Korxona yoki subyekt

Innovator korxonalar

Innovatsion takliflar

Moliyalashtirishni

tashkil etish va

rag’batlantirish

bo‘yicha qarorlar qabul

Hudud rahbari

Ekspertlar

Innovatsion
strategiyani

qondirilishi

Innovatsion siyosat

yuritish rahbarlari

Ustuvor loyihalar

hududiy reestri

Innovatsion loyihalar

hududiy reestri

Samaradorlik

jihatlarini

qondirilishi

Qayta ishlash yoki

loyihani qaytarish


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

320

tavsifdagi yirik loyihalarda davlatning hissali ishtiroki shaklida qatnashish, venchurli

moliyalashtirishni rag‘batlantirish, davlat kafolatlarini taq

dim etish kabi usullardan

foydalanilmoqda (4-rasm).

4-rasm. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishdagi vositalar

Manba:

muallif tomonidan shakllantirilgan.

Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasi asosida, innovatsion faoliyatni

davlat orqali tartibga solishning bevosita va bilvosita usullaridan milliy iqtisodiyotda kompleks

foydalanishni joriy etish maqsadga muvofiq. Xususan, innovatsion loyihalarni

moliyalashtirishda davlat va korxonalarning hissali ishtirok etishini ta’minlash, olinadigan

dividentlarga nisbatan past darajadagi soliq stavkalarini qo‘ll

ash innovatsion loyihani

investitsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Taraqqiy etgan boshqa mamlakatlarda ham innovatsion investitsiyalashni

rag‘batlantirish maqsadida soliq imtiyozlaridan keng foydalaniladi.

Innovatsion jarayon doimiy ravishda bilim almashadigan, ularning oqimlarini

boshqaradigan, ushbu bilimlarni yangi mahsulotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish

uchun tarqatadigan va qo‘llaydigan turli xil vakolatlar va imkoniyatlarga ega Milliy Innovatsion

Tizim MIT elementlari

o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimiga asoslanadi.

Xulosa va takliflar.

Davlatning innovatsion faoliyatni tartibga solish choralarini ma’muriy va iqtisodiy

metodlarga bo‘lish mumkin. Ma’muriy aralashuv qonunchilikka tayangan holda amalga
oshiriladi. Qonunchilik iqtisodiyot taraqqiyotining innovatsion yo‘nalganligini barqaror saqlab
turishga xizmat qiladi va yangiliklarga monopol egalik qilishni ta’minlaydi. S

h

unday bo‘lsada,

Innovatsion

yangiliklarga

bo‘lgan huquqni

himoyalash

Soliq

preferensiyalari

ni taqdim etish

Egri-Bilvosita

Innovatsion faoliyat davlat tomonidan tartibga solish

To‘g‘ri-Bevosita

Ma’muriy

Innovatsiyalarni

tartibga soluvchi

maxsus tashkilotlarni

shakllantirish

Innovatsion autsoring

va venchur

moliyalashtirishni

tartibga solish

Innovatsion autsoring

va venchur

moliyalashtirishni

tartibga solish

Korxona va tashkilot

o‘rtasida texnik va

ilmiy xodimlar

almashinuvi

Dastiruy-maqsadli

Hududiy innovatsion

loyihalarni

moliyalashtirish

Innovatsion tovar va

xizmatlarga davlat

buyuriqlari tizimini

shakllantirish

Mutloq yangi innovatsion

mahsulot va loyihalarni

amalga oshirishda kredit

imtiyozlarini taqdim

qilish

bevosita byudjet

tomonidan moliyalshtirish

Huquqiy

Soliq

Soliq

preferensiyalarini

taqdim etish

Innovatsion soliq

kreditlarini taqdim

etish


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

321

innovatsion faoliyat rivojlanishida iqtisodiy omillarning rolini inkor etish mumkin emas. Unga

davlat tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy rag‘batlantirish va moliyaviy ko’mak juda

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Innovatsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish xo’jalik yurutuvchi korxonalarining

innovatsion rivojlan

ishida katta rol o‘ynaydi, chunki bu soliq yukini yengillashtirish va

moliyaviy resurslarni bo‘shatish imkonini beradi.

Adabiyotlar/Литература/Reference:

Tugusheva V.R., Yunyaeva R.R. (2011) Agrosanoat majmuasida innovatsion faoliyatni

kreditlash uchun davlat imtiyozlari // Perm davlat pedagogika universitetining Izvestiya. V.G.

Belinskiy.

No 24.

B. 469

474.

Zavlina P.N., Kazantseva A.K., Mindeli L.E. (2006) Innovatsiyalarni boshqarish asoslari / Ed

Zavlina P.N., Kazantseva A.K., Mindeli L.E.

M.:

“Iqtisodiyot”, –

518 b.

Анчишкин А.И.

(1986)

Наука

-

техника

-

экономика.

–М.: Экономика,

-

35 с.

Гаибназа

p

ова З. (2014) Инновацион инвестициялашти

p

иш сама

p

адо

p

лигини

оши

p

ишнинг наза

p

ий асосла

p

и. Монография. Тошкент.

Доклад о миpовых инвестициях (2021). Инвестиции в устойчивое восстановление.

Обзоp. 2021 год, Оpганизация Объединенных Наций Женева, 2021.

Друкер П.

(1993)

Новый бизнесс.

–М.: Экономика

.

Уткин Э.А., Морозова Г.И.

(1996)

Инновационный менежмент. –М., Акалис,

-

208 с.

Шумпетер Й.

(1982)

«Теория

экономического развития». –

М., Прогресс, –455с.

Библиографические ссылки

Tugusheva V.R., Yunyaeva R.R. (2011) Agrosanoat majmuasida innovatsion faoliyatni kreditlash uchun davlat imtiyozlari // Perm davlat pedagogika universitetining Izvestiya. V.G. Belinskiy. – No 24. – B. 469–474.

Zavlina P.N., Kazantseva A.K., Mindeli L.E. (2006) Innovatsiyalarni boshqarish asoslari / Ed Zavlina P.N., Kazantseva A.K., Mindeli L.E. – M.: “Iqtisodiyot”, – 518 b.

Анчишкин А.И. (1986) Наука - техника - экономика. –М.: Экономика, - 35 с.

Гаибназаpова З. (2014) Инновацион инвестициялаштиpиш самаpадоpлигини ошиpишнинг назаpий асослаpи. Монография. Тошкент.

Доклад о миpовых инвестициях (2021). Инвестиции в устойчивое восстановление. Обзоp. 2021 год, Оpганизация Объединенных Наций Женева, 2021.

Друкер П. (1993) Новый бизнесс. –М.: Экономика.

Уткин Э.А., Морозова Г.И. (1996) Инновационный менежмент. –М., Акалис, -208 с.

Шумпетер Й. (1982)«Теория экономического развития». – М., Прогресс, –455с.