Authors

  • Xudayberganova Diana Vladimirovna,
    Urganch davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.109122

Abstract

Mazkur maqolada o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga badiiy adabiyotlarni o‘qitish orqali ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish, atrofimizdagi har bir jonli va jonsiz narsalarga nisbatan hurmat, sevgi, sadoqat, vafo, samimiyat, halollik, rostgo‘ylik kabi insoniy hislatlar haqida fikr yuritildi. Xususan mahoratli, iste’dodli, qalbida olov yonib turadigan, O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Iqbol Mirzoning “Daraxtlar” she’ri tahlilga tortildi. Muhokama davomida daraxtlarga alohida ehtirom ko‘rsatilgani, ularning matonatli, qanoatli, tabiatning har qanday mavsumiga tayyor ekanligi yoritilib berildi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

231

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

IQBOL MIRZO ASARLARINI O‘QITISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

(“DARAXTLAR” SHE’RI MISOLIDA)

Xudayberganova Diana Vladimirovna,

Urganch davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

https://orcid.org/0009-0000-2398-1612

e-mail:

kudaybergenovadiana@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga badiiy

adabiyotlarni o‘qitish orqali ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish, atrofimizdagi har
bir jonli va jonsiz narsalarga nisbatan hurmat, sevgi, sadoqat, vafo, samimiyat, halollik,
rostgo‘ylik kabi insoniy hislatlar haqida fikr yuritildi. Xususan mahoratli, iste’dodli,
qalbida olov yonib turadigan, O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Iqbol
Mirzoning “Daraxtlar” she’ri tahlilga tortildi. Muhokama davomida daraxtlarga
alohida ehtirom ko‘rsatilgani, ularning matonatli, qanoatli, tabiatning har qanday
mavsumiga tayyor ekanligi yoritilib berildi.

Kalit so‘zlar:

She’r, tafakkur, tarbiya, daraxt, qish, kuz, matonat, qanoat,

meva, yaxshilik, ezgulik, g‘amxo‘rlik.

Abstract.

This article discusses the formation of noble qualities in secondary

school students through teaching them fiction, such as respect for every living and
inanimate thing around us, love, loyalty, fidelity, sincerity, honesty, and truthfulness.
In particular, the poem "Trees" by Iqbol Mirzo, who is skillful, talented, and has a fire
burning in his heart, and has a place in Uzbek literature, was analyzed. During the
discussion, it was highlighted that trees are shown special respect, that they are strong,
content, and ready for any season of nature.

Keywords:

Poetry, contemplation, education, tree, winter, autumn,

perseverance, contentment, fruit, goodness, kindness, care.

Аннотация.

В данной статье рассматривается формирование благородных

качеств у учащихся средних школ посредством обучения их художественной
литературе, таких как уважение ко всему живому и неживому вокруг нас, любовь,
преданность, верность, искренность, честность и правдивость. В частности,
было проанализировано стихотворение «Деревья» Икбола Мирзо, который
искусен, талантлив, в его сердце горит огонь, и имеет место в узбекской
литературе. В ходе обсуждения было подчеркнуто, что деревьям оказывается
особое уважение, что они сильны, довольны и готовы к любому сезону природы.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

232

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ключевые слова:

Поэзия, размышление, образование, дерево, зима,

осень, настойчивость, удовлетворенность, плод, доброта, забота.

Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt kundan-kunga avj

olib bormoqda va har qanday yoshdagi insonni ham o‘ziga tortmoqda. Hamma
narsaning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganligi kabi uning ham bir qancha afzalliklari
va kamchiliklari bor. Jumladan, qulayligini zamon bilan hamnafas bo‘lishni, savollarga
qisqa muddat ichida javob olishni, uzog‘imizni yaqin qilib tezda bog‘lana olishimizni
ta’minlab beryapti desak adashmagan bo‘lamiz. Biroq, uning kamchiligi sifatida ba’zi
bir yoshlar undan oqilona foydalana olmasligini, o‘ziga berilgan vaqtni havoga
sovurib, munkasidan ketib unga bog‘lanib qolganini aytishimiz mumkin. Otabek
Xasanov “Liderlar kitobi” nomli risolasida quyidagicha fikr keltirib o‘tadi:
“Internetning yaxshi yoki yomonligini muhokama qilib, yoshlar tarbiyasini buzyapti,
deb undan voz kecha olmaymiz” [1.140]. Demak bu vaziyat bilan jiddiy shug‘ullanib,
kelajak-avlod tarbiyasiga befarq bo‘lmaslik har birimizning vazifamizdir. Bu jarayon
aynan o‘rta ta’lim maktablarida o‘qish davomida yuzaga keladi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Chunki ayni shu paytda o‘smirlik yoshini boshdan o‘tkazayotgan
o‘quvchining ong-shuuriga yomon illatlardan qochish, insoniy fazillatlarni
shakllantirish to‘g‘risida yetarlicha bilim, tarbiya berish muhimdir. Shu nuqtayi
nazardan darsliklarda o‘qitiladigan har qanday adabiyotlarni chuqur o‘zlashtirishiga,
mavzuni puxta egallashini ta’minlashga yordam berish zarur. Buni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham
ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” asarida quyidagicha xitob qiladi: “Biz
O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel bog‘lagan ekanmiz, bu
ulug‘ ishni ertaga emas, bugun boshlashimiz, buning uchun avvalo navqiron
yoshlarimizga zarur sharoitlarni aynan bugun yaratib berishimiz kerak” [387]. O‘zbek
adabiyotining yirin namoyondalaridan bo‘lgan, davlat va jamoat arbobi, bir qator
davlat mukofotlari sovrindori Iqbol Mirzoning asarlarida ham shunday ezgu, insoniy
fazilatlarni ko‘rishimiz mumkin. Adibning to‘liq ismi Iqboljon Mirzaaliyev bo‘lib,
Iqbol Mirzo uning taxallusidir. U 1967-yilda Farg‘ona viloyatida ziyolilar oilasida
tavallud topgan [200]. Har bir insonning hayotda o‘rnini topishiga, bilim olishiga
sharoit yaratib berishida albatta ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Yozuvchining ham
shunday teran fikrlashi, tafakkurining yuksak darajada bo‘lishida o‘qituvchilar oilasida
dunyoga kelgani deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. To‘g‘ri jamiyatning har qanday
sohasida faoliyat olib boradigan shaxslar lozim. Lekin maktab davridagi murabbiy eng
avvalo o‘zini anglab olishi, umri davomida qo‘llaydigan bilimni berishi, jamiyatga
kerakli bo‘lib yetishtirishda tutgan o‘rni bilan boshqa sohalardan ajralib turadi. Adib


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 6

233

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ushbu she’ri orqali tabiatning har faslida har xil vaziyatlarga to‘g‘ri kelib qolganida
ham, qaddini tik tutib, hammasiga sabr, bardosh qilishi kerakligini yoritib o‘tgan.
Jumladan qishning qahraton sovuqligidan, kuzning yomg‘irlaridan aziyat chekishiga
qaramasdan, o‘zining saxovatpeshaligi bilan shirin-shakar mevalarni berishi taqsinga
loyiqdir. She’r nafaqat daraxtlar haqida, balki boshiga qanday kun kelishidan qat'iy
nazar Vatanini qo‘riqlaydigan, himoya qiladigan, Vatani uchun kerak bo‘lsa jonini
beradigan insonlar haqida desak nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Хасанов.О. Лидерлар китоби ─Тошкент: Muharrir nashriyoti, 2020. ─340 б

2.

Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun
darslik. –Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224

3.

Mirziyoyev.Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi ─Toshkent: O‘zbekiston, 2019. ─ 398 b

References

Хасанов.О. Лидерлар китоби ─Тошкент: Muharrir nashriyoti, 2020. ─340 б

Mirzayeva Z., Jalilov K. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. –Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. –224

Mirziyoyev.Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi ─Toshkent: O‘zbekiston, 2019. ─ 398 b