Authors

  • Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna
    Buxoro davlat Pedagogika instituti talabasi
  • Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna
    Buxoro davlat Pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.132477

Keywords:

Xomashyo importi global resurs siyosati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti sanoat chiqindilari global ekologik muammolar atmosfera tarkibi iqlimning global isishi demografik siyosat urbanizatsiya jarayonlari okean ekologiyasi antropogen omillar aholi soni va zichligi resurslardan barqaror foydalanish.

Abstract

Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi xomashyo importi va eksporti, sanoat ishlab chiqarishining ekologik muhitga ta’siri, global iqlim o‘zgarishlari hamda demografik jarayonlarning murakkabligi tahlil qilinadi. Rivojlangan davlatlar sanoat ehtiyojlarini qondirish maqsadida arzon va ko‘p miqdordagi xomashyolarni rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilayotgani, dunyo okeani va atmosferaning ifloslanishi, global iqlim isishi va buning natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, aholining tez o‘sishi va demografik siyosatning dolzarbligi hamda kelgusida global muammolarni bartaraf etish yo‘llari bayon etiladi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

7

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

DUNYO AHOLISI VA UNDAGI DEMOGRAFIK JARAYONLAR

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

Buxoro davlat Pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi xomashyo

importi va eksporti, sanoat ishlab chiqarishining ekologik muhitga ta’siri, global iqlim
o‘zgarishlari hamda demografik jarayonlarning murakkabligi tahlil qilinadi.
Rivojlangan davlatlar sanoat ehtiyojlarini qondirish maqsadida arzon va ko‘p
miqdordagi xomashyolarni rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilayotgani,
dunyo okeani va atmosferaning ifloslanishi, global iqlim isishi va buning natijasida
yuzaga kelayotgan ekologik muammolar ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek,
aholining tez o‘sishi va demografik siyosatning dolzarbligi hamda kelgusida global
muammolarni bartaraf etish yo‘llari bayon etiladi.

Kalit so‘zlar:Xomashyo importi, global resurs siyosati, rivojlangan mamlakatlar

iqtisodiyoti, sanoat chiqindilari, global ekologik muammolar, atmosfera tarkibi,
iqlimning global isishi, demografik siyosat, urbanizatsiya jarayonlari, okean
ekologiyasi, antropogen omillar, aholi soni va zichligi, resurslardan barqaror
foydalanish.

Abstract:This article analyzes the import and export of raw materials between

countries worldwide, the impact of industrial production on the ecological
environment, global climate change, and the complexities of demographic processes.
It scientifically examines how developed countries import cheap and abundant raw
materials from developing nations to meet their industrial demands, along with the
pollution of the world’s oceans and atmosphere, global warming, and the resulting
environmental issues. Additionally, the article discusses the rapid population growth,
the relevance of demographic policies, and potential solutions to future global
challenges.

Keywords: Raw material import, global resource policy, economy of developed

countries, industrial waste, global environmental problems, atmospheric composition,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

8

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

global climate warming, demographic policy, urbanization processes, ocean ecology,
anthropogenic factors, population size and density, sustainable resource use.

Аннотация: В данной статье анализируются импорт и экспорт сырья

между странами мира, влияние промышленного производства на экологическую
среду, глобальные изменения климата и сложность демографических процессов.
На научной основе рассматривается, как развитые страны для удовлетворения
своих промышленных потребностей импортируют дешёвое и большое
количество сырья из развивающихся государств, а также загрязнение Мирового
океана и атмосферы, глобальное потепление и возникающие в результате этого
экологические проблемы. Кроме того, в статье освещаются вопросы быстрого
роста численности населения, актуальности демографической политики и пути
решения будущих глобальных проблем.

Ключевые слова: Импорт сырья, глобальная ресурсная политика,

экономика развитых стран, промышленные отходы, глобальные экологические
проблемы,

состав

атмосферы,

глобальное

потепление

климата,

демографическая политика, процессы урбанизации, экология океанов,
антропогенные факторы, численность и плотность населения, устойчивое
использование ресурсов.

XX asr insoniyat tarixida aholi sonining jadal o‘sishi bilan ajralib turadi. Bu

holat, asosan, tabiiy o‘sish ko‘rsatkichining yuqoriligi, ya’ni tug‘ilish darajasining
yuqori, o‘lim ko‘rsatkichining esa pasayishi natijasida yuzaga keldi. Oxirgi yillarda esa
tug‘ilish sur’ati biroz sekinlashganini kuzatish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1962–
1972-yillarda jahon aholisi o‘rtacha 2,06 foizga, 1973–1983-yillarda 1,80 foizga
o‘sgan, keyingi yillarda esa bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich kamayib bormoqda.
2022-yilga kelib esa aholi o‘sish sur’ati o‘rtacha 1,16 foizni tashkil qilgan.

Tarixiy davrlar kesimida aholi sonining ortishini tahlil qilganda, insoniyat 1804-

yilda birinchi milliard aholini tashkil qilgan bo‘lsa, undan 123 yil o‘tib ikkinchi
milliardga yetdi. Keyinchalik bu davr qisqarib, 33 yil ichida uchinchi milliardga yetdi.
Aholining milliardlab ortish oralig‘i tobora qisqargan: uchinchi va to‘rtinchi milliard
orasida 14 yil, to‘rtinchi va beshinchi milliard orasida esa atigi 13 yil farq bo‘lgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

9

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BMT prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib sayyoramiz aholisi 9-12

milliardgacha yetishi, 2100-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 15 milliardga yaqinlashishi
mumkin. 2050-yilda dunyo aholisining taxminan yarmi Osiyo qit’asida, 25 foizi
Afrikada, 8 foizi Lotin Amerikasi, 7,4 foizi Yevropada va 4,7 foizi Shimoliy Amerikada
yashashi kutilmoqda. Aholi sonining kelajakdagi o‘zgarishini demograflar ko‘plab
omillar — tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari, tabiiy o‘sish, migratsiya jarayonlari
hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar asosida bashorat qiladilar. Jahon aholisining o‘sishi
va sekinlashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan:

hayot darajasining oshishi;

tibbiyot xizmatlari va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi;

ayollarning ta’lim va mehnat faoliyatiga faol jalb etilishi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tarqalishi;

insonlarning ongli ravishda kam farzandli oilani afzal ko‘rishi.

Ayniqsa, rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida

demografik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich rivojlangan mamlakatlarga xos
tendensiyalarga moslashmoqda. Bu hududlarda ham farzandlar soni avvalgiga
qaraganda qisqarib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda esa aholining tabiiy o‘sishi
past darajada, ko‘proq migratsiya hisobiga aholi soni saqlanib turibdi.

Aholi sonining ortishi esa bir qator global muammolarni yuzaga keltirishi

kutilmoqda:

1)

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va dengiz boyliklari yetishmovchiligi.

2)

Aholi zichligi oshishi natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir kuchayishi.

3)

Rivojlanayotgan davlatlarda energiya resurslari va iste’mol mahsulotlariga talab
oshib, yetishmovchilik yuzaga kelishi.

4)

Ko‘pgina mamlakatlarda aholining qarishi, sog‘liqni saqlash, pensiya tizimi va
boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish zarurati.

Demografiya tarixi olimlar tomonidan ikki asosiy bosqichga ajratiladi. Birinchi

davr — XVII asrning ikkinchi yarmigacha davom etib, uni agrar jamiyatlar bosqichi
deb atash mumkin. Bu davrda tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, aholi
o‘sishi juda sust kechgan. Ikkinchi davr — sanoat va ilm-fan taraqqiyoti natijasida
1960-yillarda demografik portlash yuzaga kelgan. Bu davrda o‘lim darajasi keskin
pasayib, tug‘ilish yuqori darajada saqlanib qoldi. Aholi sonining keskin oshishi esa


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

10

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

global ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yuzaga chiqardi. Bugungi kunda
aholi o‘rtasida o‘lim darajasining pasayishi asosan sog‘liqni saqlash tizimining
rivojlanishi va zamonaviy tibbiy texnologiyalar, vaksinalarning keng joriy etilishi
natijasida yuz bermoqda. So‘nggi 70 yil ichida aholining tug‘ilish va o‘lim
ko‘rsatkichlariga biologik omillardan ko‘ra, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar kuchliroq
ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir davlatda tug‘ilish va tabiiy o‘sish sur’atlari mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish darajasi va demografik siyosatiga bevosita bog‘liq.

Aholi soni va zichligi ortgan hududlarda esa qashshoqlik, infratuzilma

muammolari, ekologik xavflar kuchaymoqda. Zamonaviy demografik tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tug‘ilish darajasi izchil
pasayib bormoqda. Hatto Yaqin Sharqdagi neft eksport qiluvchi musulmon
mamlakatlarida ham ayollar ko‘p farzand ko‘rishga intilmayapti. Sababi, bu holat
ularning jamiyatdagi mavqei, kasbiy faoliyati va shaxsiy erkinligiga to‘sqinlik qilishi
mumkin. Ma’lumki, dunyoning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi kabi rivojlanayotgan
mintaqalarida tug‘ilish, o‘lim va tabiiy o‘sish darajalari nisbatan yuqori
ko‘rsatkichlarga ega. Ayniqsa, Afrika mamlakatlari ushbu demografik jarayonlar
intensivligi bo‘yicha ajralib turadi. Bunga asosan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasining pastligi, an’anaviy turmush tarzi va agrar xo‘jalik yetakchi omil bo‘lib
xizmat qilmoqda.

Aynan agrar jamiyatlarda ko‘p farzand ko‘rish qadimdan iqtisodiy va ijtimoiy

zarurat sifatida shakllangan. Chunki qishloq xo‘jaligi ishlarida bolalarning ishtiroki
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ota-onalar ko‘p farzandni qarilik chog‘ida
iqtisodiy va ma’naviy tayanch deb bilishadi. Shu boisdan, ushbu hududlarda
demografik ko‘rsatkichlar yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Bunga teskari ravishda,
sanoatlashgan va ijtimoiy himoya tizimi rivojlangan mamlakatlarda esa kam farzandli
oilalar ustunlik qiladi. Sababi, bu mamlakatlarda aholi qariganda davlat tomonidan
pensiya va boshqa ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlangan. Bu holat aholining
demografik xatti-harakatlariga ham ta’sir qilib, oilalarda farzand sonini ongli ravishda
cheklashga olib kelmoqda. Shu tariqa, demografik jarayonlarning mintaqaviy
tafovutlari asosan iqtisodiy taraqqiyot darajasi va ijtimoiy institutlar rivojlanishi bilan
bevosita bog‘liq ekani kuzatilmoqda.

1-jadval


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

11

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Dunyo ahоli sоni dinamikasi

Yillar

Ahоli sоni mlrd. kishi

1804

1

1927

2

1960

3

1974

4

1987

5

1999

6

2011

7

2016

7.3*

2025

7.8*

2050

9.8*

2100

11-12*

1-jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, dunyo aholisi soni tarix

davomida juda tez sur’atlarda ortib bormoqda. Xususan, 1804-yilda dunyo aholisi ilk
bor 1 milliardga yetgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 123 yil ichida ikki baravarga, ya’ni 2
milliardga yetgan. Oradan atigi 33 yil o‘tib, aholi soni yana 1 milliardga oshib, 3
milliardga yetgani kuzatilgan. Aholi soni milliardlar orasidagi oshish davri tobora
qisqarib borgan: masalan, 3 milliarddan 4 milliardga o‘tish uchun atigi 14 yil, 4
milliarddan 5 milliardga esa 13 yil ketgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
prognozlariga ko‘ra, dunyo aholisining ushbu o‘sish tendensiyasi yaqin kelajakda ham
davom etadi. Xususan, 2025-yilda dunyo aholisi soni 7,8 milliardga, 2050-yilda esa
9,8 milliardga yetishi kutilmoqda. 2100-yilga borib esa dunyo aholisi soni taxminan
11-12 milliard atrofida bo‘lishi mumkin. Ko‘plab demograflarning fikriga ko‘ra, aholi
soni 11-12 milliardga yetgandan so‘ng, o‘sish sur’ati sekinlashadi va ma’lum bir
barqarorlik holatiga keladi. Ya’ni, tug‘ilish va o‘lim darajalari bir-birini qoplashi
natijasida tabiiy o‘sish deyarli nol darajaga tushadi. Bunday holat, asosan, tug‘ilish
ko‘rsatkichlarining pasayishi va aholining yashash darajasining o‘zgarishi bilan
bog‘liq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

2-jadval

Dunyo ahоli sоnining rеgiоnlar bo‘yicha 2025 yildagi bashоrati


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

12

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Dunyo rеgiоnlari

Ahоli

sоni,

mln kishi

Dunyo rеgiоnlari

Ahоli

sоni,

mln kishi

Butun dunyo

8467

Afrika

1440

Rivоjlangan
mamlakatlar

1220

Shimoliy Amerika

370

Rivоjlanayotgan
davlatlar

6820

Lоtin Amerikasi

660

MDH

310

Avstraliya

va

Okeaniya

40

Хоrijiy Yevropa

510

Хоrijiy Оsiyo

4710

https://

www.census.gov

. Jadval internet ma’lumоtlari asоsida tuzildi(2022y).

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, global miqyosda aholi sonining o‘sish sur’ati

yuqori bo‘lib, BMT prognozlariga ko‘ra, 2025-yilda jahonda istiqomat qiluvchilar soni
8,5 milliard kishiga yetishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich ichida eng katta ulushni Osiyo
mintaqasi egallab, u yerda 4,7 milliarddan ortiq aholi yashashi bashorat qilinmoqda.
Aholi sonining ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Afrika qit’asi band etadi. Undan
keyingi o‘rinlarga esa Lotin Amerikasi, Shimoliy Amerika, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari va Avstraliya mintaqalari joylashadi.

Dunyo aholisining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi va

2025-yilga borib ushbu davlatlarda 6,8 milliarddan ortiq inson istiqomat qilishi
kutilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda esa aholi soni 1,2 milliarddan sal ortiq bo‘lishi
ehtimol qilinmoqda. Bu demakdirki, kelajakda ham demografik o‘sish, asosan,
tug‘ilish darajasi va tabiiy o‘sish yuqori bo‘lgan hududlarda kuzatiladi. BMT
tomonidan berilgan uzoq muddatli prognozlarga ko‘ra, 2050-yilga kelib dunyo
aholisining 55 foizi Osiyo qit’asida, 26,5 foizi Afrikada, 7,9 foizi Lotin Amerikasida,
5,2 foizi Yevropada va 3,8 foizi Shimoliy Amerikada istiqomat qilishi kutilmoqda.
Demografik rivojlanishning bu kabi mintaqaviy farqlari global iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Shuningdek, 2025-yilda dunyoning
aholisi eng ko‘p bo‘lgan 20 ta yirik davlatlari ichida Xitoy an’anaviy ravishda
yetakchilikni saqlab qoladi va unda aholi soni 1 milliard 455 million kishiga yetishi
prognoz qilinmoqda. Bu esa dunyo demografik tuzilmasida Osiyo mintaqasining
yetakchi mavqeyini mustahkamlashini ko‘rsatadi.

3-jadval


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

13

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Dunyoning 20 ta mamlakatida 2025-yilda ahоli sоni bashоrati

Mamlakatlar

Ahоli sоni, mln
kishi

Mamlakatlar

Ahоli sоni, mln
kishi

Хitоy

14 55

Yaponiya

120

Hindistоn

1363

Efiоpiya

115

AQSH

351

Vеtnam

110

Indоnеziya

281

Filippin

110

Pоkistоn

250

Kоngо

105

Braziliya

211

Yerоn

95

Bangladеsh

208

Misr

95

Negeriya

206

Turkiya

88

Rоssiya

137

GFR

80

Mеksika

133

Tayland

73

https://

www.census.gov

. Jadval internet ma’lumоtlari asоsida tuzildi.

2025-yilga kelib, aholi soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik mamlakatlar orasida

Xitoydan keyingi o‘rinni Hindiston egallaydi. Prognozlarga ko‘ra, bu davrga kelib
Hindiston aholisining umumiy soni 1 milliard 363 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Ko‘pgina davlatlarda aholi sonining ortishi asosan yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi va
tabiiy o‘sish hisobiga yuz bermoqda.Shu bilan birga, dunyoning yirik mamlakatlari
orasida AQSH, Rossiya va Germaniya kabi ba’zi rivojlangan davlatlarda demografik
o‘sish, asosan, migratsiya jarayonlari — ya’ni aholining mexanik harakati hisobiga
amalga oshmoqda. Ushbu davlatlarda tug‘ilish darajasining nisbatan pastligi, aholi
tarkibining qarib borayotgani va migratsiyaning aholi soniga sezilarli ta’sir
ko‘rsatayotgani kuzatilmoqda. Natijada, bu davlatlarda demografik barqarorlikni
ta’minlashda ichki omillar bilan bir qatorda tashqi demografik oqim ham muhim rol
o‘ynamoqda.

2025-yilda dunyo aholisi soni 8,5 milliard kishiga yetishi kutilmoqda. Shundan

eng katta qismi — 4,7 milliarddan ortig‘i Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Aholi
soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Afrika, so‘ngra Lotin Amerikasi, Shimoliy Amerika va
MDH davlatlari turadi. Avstraliya esa eng kam aholi yashovchi qit’a hisoblanadi.
Umuman olganda, dunyo aholisining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlarga
to‘g‘ri keladi. Bu hududlarda taxminan 6,8 milliard kishi istiqomat qilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda esa bu raqam atigi 1,2 milliard kishidan biroz ortiq.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

14

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BMT prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyo aholisining 55 foizi Osiyo,

26,5 foizi Afrika, 7,9 foizi Lotin Amerikasi, 5,2 foizi Yevropa va 3,8 foizi Shimoliy
Amerikada yashaydi. Jahonning 2025-yilda aholi soni bo‘yicha 20 ta yirik davlatlari
orasida birinchi o‘rinni Xitoy egallaydi (1,455 mlrd kishi), undan keyin Hindiston
(1,363 mlrd kishi) qayd etiladi. Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda esa aholi sonining
o‘sishi asosan migratsiya hisobiga ro‘y bermoqda. Masalan, AQSH, Rossiya va
Germaniyada tabiiy o‘sish past bo‘lgani uchun aholining ko‘payishi mexanik harakat
(immigratsiya) evaziga ta’minlanmoqda. Jadvaldagi 20 ta mamlakatning 11 tasi
Osiyoda joylashgan bo‘lib, bu hududlarda tug‘ilish darajasi yuqoriligi sababli tarixan
aholi zich yashab kelgan. Mazkur mamlakatlar orasida Germaniya va Tailand nisbatan
past aholi soniga ega. 1965-1970-yillardan 1980-1995-yillarga kelib, dunyo bo‘yicha
aholi o‘sish sur’ati pasaygan, 2020-2025-yillarda esa bu ko‘rsatkich yanada
sekinlashishi kutilmoqda. Tug‘ilish darajasining izchil kamayib borishi global
demografik jarayonlarga ta’sir etmoqda. Masalan, 1965-1970-yillarda dunyo aholisi
yillik 2,06 foizga oshgan bo‘lsa, 1980-1995-yillarda bu ko‘rsatkich 1,74 foizga, 2020-
2025-yillarda esa 0,99 foizga tushishi prognoz qilinmoqda. Shunga qaramay, Afrika,
Lotin Amerikasi va Osiyoda aholi o‘sish sur’ati nisbatan yuqoriligicha qolmoqda,
biroq bu hududlarda ham tug‘ilish darajasining pasayishi kutilmoqda. Yevropa esa eng
past demografik o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, 2020-2025-yillarda yillik 0,05 foiz
o‘sish bashorat qilinmoqda.Olimlar Yu.N. Gladkiy va S.P. Lavrov asarlarida
ta’kidlanishicha, insoniyat bugungi kunda qator global muammolarga duch kelmoqda:
demografik, oziq-ovqat, energetika, xom ashyo taqchilligi, ekologiya, etnik ziddiyatlar,
sog‘liq va umr ko‘rish darajasining pasayishi kabilar shular jumlasidandir. Demografik
barqarorlikni ta’minlash maqsadida, rivojlangan mamlakatlarda oilaviy siyosatga katta
e’tibor qaratilmoqda. Aholi sonining yetarli darajada o‘sishi uchun har bir ayol kamida
uch farzand tug‘ishi kerakligi qayd etiladi. Bugungi kunda esa rivojlangan davlatlarda
ayollarning bandligi va hayot sifati oshgani sababli ular 1-2 farzandli bo‘lishni afzal
ko‘rmoqda. Shu sababli bu davlatlarda demografik siyosatni kuchaytirish,
homiladorlik ta’tilini uzaytirish, bolalar nafaqasini oshirish, yosh oilalarni uy-joy bilan
ta’minlash kabi chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

4-jadval

Dunyo rеgiоnlarida ahоlining o‘sish darajasi (% hisоbida )


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

15

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Y

il

lar

D

u

n

y

o

A

fri

k

a

L

оt

in

A

meri

k

a

Sh

imo

li

y

A

meri

k

a

О

si

yo

Y

ev

ro

p

a

О

kеan

iy

a

bi

q

It

ti

q

1965 -1970

2.06

2.64

2.60

1.13

2.44 0.66

1.97

1

1980-1985

1.74

2.99

2.06

0.82

1.82 0.25

1.48

0.78

2020-2025

0.99

1.90

1.12

0.34

0.89 0.05

0.76

0.47

Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bunday siyosat boshqa yo‘nalishda olib

boriladi. Tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lishiga qaramay, kelgusida bu ko‘rsatkich
pasayishi prognoz qilinmoqda. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda aholining ko‘pchiligi
tug‘ilishni cheklash usullaridan foydalanmaydi yoki ularni sotib olish imkoniga ega
emas. Shuningdek, bu davlatlarda turmush qurish yoshini oshirish maqsadga muvofiq
ekani ta’kidlanmoqda.

Demografik siyosatga Xitoy davlatining misoli e’tiborga loyiq. Mamlakatda

nikoh yoshi oshirilgan va har oilaga bitta farzand siyosati joriy etilgan edi. Shunga
qaramay, Xitoy hali ham dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat hisoblanadi. BMT
prognozlariga ko‘ra, 2050-yilgacha Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoyni ortda
qoldiradi.Yana bir muammo — aholining qarishi jarayoni. Masalan, Yaponiyada 1990-
yilda aholining 12 foizi 65 yosh va undan katta bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda bu
ko‘rsatkich 27,3 foizga yetishi kutilmoqda. Aholining qarishi Germaniya, Italiya,
Fransiya kabi mamlakatlarda ham davom etmoqda. Shuningdek, global oziq-ovqat
muammosi ham dolzarb masala. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi sonining tez
o‘sishi oziq-ovqat ishlab chiqarish sur’atlaridan oshib ketmoqda. BMT ma’lumotlariga
ko‘ra, dunyoda 500 million kishi ochlikdan, 1 milliard kishi esa oziq-ovqat
taqchilligidan aziyat chekmoqda. Shuning uchun har bir inson sog‘lom bo‘lishi uchun
turli xil oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi lozim.

Energetika sohasida esa dunyo hozirgi vaqtda ko‘mir, gaz va neft resurslarini

keng miqyosda iste’mol qilmoqda. Ammo bu resurslarning tugab borishi va ekologik
muammolarni keltirib chiqarishi olimlarni tashvishga solmoqda. Shu sababli quyosh,
shamol va suv kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish dolzarb


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

16

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

hisoblanadi. Xom ashyo muammosi ham global muammo bo‘lib, resurslarni tejamkor
ishlatish va ularni qayta ishlab, yuqori qiymatli mahsulot tayyorlash iqtisodiy
taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Masalan, Singapur misolida ko‘rish
mumkinki, tabiiy boyliklarga ega bo‘lmasdan ham, sanoat va ishlab chiqarishni
rivojlantirish orqali yuqori iqtisodiy darajaga erishish mumkin.Shu sababli,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mamlakatimizda ishlab
chiqarishni rivojlantirish, sanoat korxonalarini ko‘paytirish, xom ashyoni qayta ishlash
va aholini ish bilan ta’minlash strategik vazifa bo‘lib qolmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda import hajmi yuqori bo‘ladi. Chunki ular o‘zlarida

mavjud xomashyodan foydalanish o‘rniga, rivojlanayotgan mamlakatlardan arzon
narxda sotib olib, o‘z resurslarini zaxirada saqlab qolishni ma’qul ko‘radi. Yevropaning
rivojlangan mamlakatlari, AQSH, Yaponiya va boshqa sanoati rivojlangan davlatlar
ishlab chiqarishning yuqori darajasiga ega bo‘lgani uchun ko‘p miqdorda xomashyo
import qiladi. Ularni qayta ishlab, keraklisini o‘z ehtiyojlari uchun qoldirib, qolganini
eksport qiladi.

5-jadval

Mamlakatlarning impоrt qilish salmоg‘i (%)*

Mеtall

AQSH

MDH
mamlakatlari

Yaponiya

Yevropa Ittifоqi
mamlakatlari

Tеmir rudasi 36

0

99

90

Bоksit

88

38

100

86

Mis

7

0

99

99

Qo‘rg‘оshin 85

0

73

74

Ruх

53

0

53

81

Qalay

72

24

86

92

Оltin

43

0

96

99

Kumush

59

0

58

93

Platina

85

0

88

100

Marganеs

99

0

97

99

Nikеl

75

0

100

100

Хrоm

88

0

99

97

Vоlfram

48

-

68

100


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

17

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Kоbоlt

94

-

98

98

*Manba: Ю.Н. Гладкий. Глобалная география. - M., 2001г, ст.199.

5-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi

mamlakatlari MDH mamlakatlariga nisbatan ko‘proq xomashyo import qiladi.
Masalan, Yaponiya temir rudasi, boksit, mis, oltin, nikel, xrom va kobaltni to‘liq import
qiladi. AQSH esa marganes, xrom, kobalt, platina, qo‘rg‘oshin va boksit kabi
resurslarni katta hajmda tashqi bozordan oladi. MDH mamlakatlari orasida esa
ayrimlari boksit va kobalt import qiladi.

Dunyo okeani va ekologik muammolar: Dunyo okeanidan foydalanish insoniyat

tarixida qadimdan boshlangan. Xristofor Kolumb, Fernando Magellan kabi sayyohlar
yangi yerlarni kashf qilgan. Hozirgi kunda esa dunyo okeani global ekologik
muammolardan biriga aylangan. Sanoat korxonalari chiqindilari, rekreatsion zonalar,
portlar, tabiiy resurslarni qazib olish va dengiz transporti faoliyati natijasida okean
suvlarining ifloslanishi jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Urbanizatsiya va shaharlar muammosi:Shaharlar, aglomeratsiyalar va

megalopolislarga aholining ko‘chib kelishi bir qator muammolarni keltirib
chiqarmoqda: transport tirbandliklari, suv ta’minoti muammosi, ekologiya buzilishi,
aholining zichligi oshishi, insonlarning tabiatdan uzoqlashishi, shovqin va stress
holatlarining ko‘payishi. Buning oqibatida odamlarning asab tizimi zaiflashmoqda,
ishsizlik, jinoyatchilik, giyohvandlik va alkogolizm, avariyalar soni ortmoqda.

Atmosfera va global isish; Atmosfera — sayyoramizni zararli kosmik nurlanish

va ultrabinafsha nurlaridan asraydigan havo qobig‘idir. Uning tarkibi azot (78,09%),
kislorod (20,95%), argon (0,93%) hamda uglerod oksidi va boshqa gazlardan iborat.
Ammo inson faoliyati natijasida atmosferaga sanoat korxonalari va avtomobillardan
turli kimyoviy zaharli moddalar chiqarilmoqda. Bu moddalar yog‘ingarchilik orqali
tuproqqa tushib, o‘simliklar va inson organizmiga o‘tadi.Natijada ekologik
muammolar kuchayib, atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosfera ifloslanmoqda. Bu
esa inson salomatligi va iqlimga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda
kuz kelmasidan ba’zi daraxtlar bargi sarg‘ayishi, odamlar orasida kasalliklarning
ko‘payishi, chaqaloqlar orasida tug‘ma kasalliklar va allergiya ko‘payib bormoqda.

Aholi sonining ortishi va demografik muammolar. Yer yuzida aholi soni tez

sur’atlar bilan oshib bormoqda. Bugungi kunda dunyo aholisi 8 milliarddan oshdi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

18

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilda bu raqam 12 milliardga yetishi mumkin. Aholi
soni oshgani sari oziq-ovqat, energetika, xomashyo, urbanizatsiya, demografiya,
millatlararo munosabat va boshqa global muammolar ham kuchaymoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda aholining qarishi kuzatilmoqda. Agar bu holat davom etsa, ushbu
davlatlar asosiy ishchi kuchidan mahrum bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular
demografik siyosat yuritib, tug‘ilish darajasini oshirish ustida ish olib bormoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda esa aholi sonining haddan ortiq o‘sishini cheklash va
iqtisodiy o‘sishni muvozanatli ta’minlash uchun demografik siyosat zarur. Aholi va
iqtisodiyot o‘sishi muvofiq bo‘lsa, global muammolar sezilarli darajada kamayadi.

Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, ekologik va

demografik muammolar globallashib bormoqda. Rivojlangan davlatlar ishlab chiqarish
salohiyatining yuqoriligi sababli ko‘plab xomashyo turlarini tashqi bozordan import
qilmoqda. Shu bilan birga, sanoat korxonalari va transport vositalari faoliyati natijasida
atmosfera, suv va tuproq qatlamlari jiddiy ifloslanmoqda. Bu esa global iqlim isishi,
suv sathi ko‘tarilishi va biosferada salbiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Aholi sonining
keskin o‘sishi esa oziq-ovqat, energetika, xomashyo va ekologiya muammolarini
yanada kuchaytirmoqda. Rivojlangan mamlakatlar demografik qarish muammosiga
duch kelayotgan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa ortiqcha aholi zichligi va
urbanizatsiya jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy izchil rivojlanishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu bois, global ekologik muammolarni bartaraf etish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va demografik muvozanatni ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Анохин А.А., Житин Д.В. География населения с основами демографии:
Учебное пособие. – СПб. Изд-во СПбГУ, 2013. – 307 с.

2.

Abdurahnmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. -
T.: Noshir nashriyoti. – 2011.

3.

Bo‘riyeva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv
qo‘llanma). – T.: Fan, 2008. – 156 b.

4.

Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. – М.: 1999. – 124 с.

5.

2014 World Population Data Sheet of the Population Reference Bureau.

6.

Ата-Мирзаев О.Б.Народонаселение Узбекистана:.-Т., 2009.

7.

Axmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T., 2002.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

19

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

8.

Soliev A., Nazarov M. O’zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.:
2009.

9.

Bo’rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari.-T.: 2008.

References

Анохин А.А., Житин Д.В. География населения с основами демографии: Учебное пособие. – СПб. Изд-во СПбГУ, 2013. – 307 с.

Abdurahnmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. - T.: Noshir nashriyoti. – 2011.

Bo‘riyeva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari (o‘quv qo‘llanma). – T.: Fan, 2008. – 156 b.

Копылов В.А. География населения. Учебное пособие. – М.: 1999. – 124 с.

2014 World Population Data Sheet of the Population Reference Bureau.

Ата-Мирзаев О.Б.Народонаселение Узбекистана:.-Т., 2009.

Axmedov E. O’zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. T., 2002.

Soliev A., Nazarov M. O’zbekiston qishloqlari (Qishloq joylar geografiyasi).-T.: 2009.

Bo’rieva M.R., Egamova D.N. Dunyo aholisi: Rivojlanish jarayonlari.-T.: 2008.