MUSIQIY TARIXIY MUSIQASHUNOSLIK

Annotasiya

Ushbu maqolada ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi, marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog‘langan folklor, xalq ijodi, og‘zaki an’anadagi professional musiqa yo‘llari, An’naviy musiqa ijodining tarixiy ko‘rinishlari yoritilgan.

ACUMEN: International journal of multidisciplinary research
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.16976132
CC BY f
74-77

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Raxmanova I.M. (2025). MUSIQIY TARIXIY MUSIQASHUNOSLIK. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 2(8), 74–77. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/136254
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining serqatlamligi, marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog‘langan folklor, xalq ijodi, og‘zaki an’anadagi professional musiqa yo‘llari, An’naviy musiqa ijodining tarixiy ko‘rinishlari yoritilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

74

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MUSIQIY TARIXIY MUSIQASHUNOSLIK

Raxmanova I.M.

Buxoro davlat universiteti

Musiqa ijrochiligi va madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ko’p asrlik an’anaviy musiqa ijodining

serqatlamligi, marosim, urf-odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bevosita bog‘langan
folklor, xalq ijodi, og‘zaki an’anadagi professional musiqa yo‘llari, An’naviy musiqa
ijodining tarixiy ko‘rinishlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa, an’ana, ijrochilik, milliy qadriyat.


O‘zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot

davomida xalq mumtoz musiqasi, an’anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo‘llari,
shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga
yaqin ijrochilik ko‘rinishlari bir-birini to‘ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz
bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo‘lagi sifatida namoyon
bo‘lmoqda.

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo‘lgan e'tibor

davlat miqyosiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ota-
bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy
madaniyatni avaylab asrash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam
tashlash borasida talaygina ishlar qilindi. Bu borada o‘tgan ajdodlarimiz bizlarga meros
qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

“Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma’naviy olamini

yuksaltirishning

mustahkam

poydevoridir”

mavzusida

Prezidentimiz

Sh.Mirziyoyevning davlatimiz ziyolilari bilan uchirashuvida: madaniyatimiz va
san'atimizni rivojlanish hamda bu boradagi ijobiy tendensiyalar bilan birga, ayrim
salbiy holatlar, ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini xolisona va tanqidiy baholab, o‘z
yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish. Ijodiy uyushmalar,
Madaniyat vazirligi hamda uning tarkibidagi birlashma va tashkilotlar faoliyatini
chuqur tahlil etib, ijodkor ziyolilarning bugungi kunda jamiyat hayoti, islohotlar
jarayonidagi o‘rni va vazifasini oshirish deb ta’kidlab o’tdilar.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

75

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Tarixdan ma'lum, ma'naviyatimizning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan musiqiy

madaniyatimiz, an'anaviy qo‘shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning
kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og‘ir kunlarida
musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham qo‘shiq va musiqa ularga
hamroh bo‘lgan.

Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o‘zligimizni anglab

borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo‘lagi bo‘lgan, ota-
bobolarimizdan meros bo‘lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish,
an’anaviy qo‘shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi
barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha
iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan.

Ashula, musiqa, raqs, folklor

ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas
bog‘liq holda paydo bo‘lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi.
Ayniqsa, xalqimizning an’anaviy ruhdagi qo‘shiqlari o‘lmas meros bo‘lib, barcha
davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda
faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo‘shiqlar yaratish esa
milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bo‘lmish musiqiy sanhat bilan
shug‘ullanayotgan barcha mutaxassis va sanhatkorlarga muhim vazifa qilib qo‘yilishi
tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni
boshlab yubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o‘zgarishlar paydo
bo‘ldi.

Musiqiy madaniyat o‘zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o‘zining

chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o‘zbek xalqining boy musiqa merosi
hozirgi kundalik hayotimizdan ham tushgani yo‘q. U xalq ijodining yuksak
namunalari, folklor ijrochiligi, kuy tuzilishi, mazmunan rivojlangan cholg‘u va ashula
asarlari, dostonlar ijrochiligi hamda murakkab ijrochilik turkumi atalmish maqom
musiqasini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida o‘zlarining
barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo‘shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi
ham salmoqli o‘rin tutadi.

Urf-odat, marosim va bayramlar tarkibiga mehmondo‘stlik an'analari, axloq-odob

bilan bog‘liq urf-odatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar, beshik to‘yi, ism
qo‘yish marosimi, sunnat to‘yi, sovchilikka borish, kelin salom, milliy va mahalliy
miqyosda o‘tkaziladigan sayllar, hasharlar, tomoshalar, bayramlar va boshqalarni
kiritish mumkin.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

76

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MAROSIM inson hayotida muhim hodisalar sodir bo‘lganida vujudga keladi va

kishilar hayotidagi eng muhim voqyealarni (masalan, tug‘ilish, uylanish, o‘lim) qayd
etadi, rasmiylashtiradi. O‘zbek oilalarida yosh oilalarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos
ma'naviy “zina” sifatida xizmat etadigan, chaqaloq tug‘ilgandan, to ulg‘ayib, yangi oila
qurgungacha bo‘lgan hayotiy muhim voqyealarni qayd qiladigan marosimlar tizimi
(“Chaqaloq dunyoga kelishi”, “Ism berish”, “Chaqaloq chilla”, “Beshik to‘y”, “Soch
to‘y”, “Tish to‘y”, Birinchi qadam”, “Sunnat to‘y”, “Muchal yosh”, “Nikoh to‘y”
kabilar) vujudga kelgan.

BESHIK TO‘YI - o‘zbeklar oilasida to‘ng‘ich farzand tug‘ilishi sharafiga

o‘tkaziladigan tantanali marosim hisoblanadi. Bu udum O‘zbekiston viloyatlarida
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik bilan bog‘liq turli xil urf-
odatlar bor. Masalan, beshikni hyech qachon ikki kishi ikki tomonidan ko‘tarmaydi,
uni faqat bir kishi ko‘tarishi lozim. Beshik doimo toza joyda saqlanadi. Undan
foydalanilmaganda ham asbob-anjomlari bilan yig‘ib toza joyga qo‘yib qo‘yiladi.
Oilada tug‘ilgan keyingi farzandlarning hammasi ana shu beshikdan foydalanadi, ya'ni
oilada tug‘ilgan keyingi farzandga boshqa yangi beshik olinmaydi. Chaqaloqning
yaqinlari davrasida beshikka solish xalq tilida “beshik to‘yi” marosimi ham deyiladi.
Bu udum O‘zbekistonning turli hududlarda turlicha tartibda o‘tkaziladi. Odatda beshik
to‘ng‘ich farzandga qizning ota-onasi tomonidan beriladi. Marosim oilaviy marosim
shaklida o‘tkaziladi.Unda kelin va kuyov tomonning eng yaqin qarindoshlari
qatnashadi va yoshi ulug‘ momolar yosh onaga bolani beshikka solish (belash) tartibini
o‘rgatishadi.

Boychechak marosimi – turkiy xalqlarda ko‘klam kelishi bilan bahorning ilk guli

– boychechak chiqqanligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Bahor bilan bog‘liq «Lola»,
«Gul» kabi ko‘plab sayillarning ibtidosida «Boychechak» marosimi turadi.
Boychechak sayli qish qahratonidan omon chiqqan xalqning shukronalik bayrami
hamdir. Qadimda bu marosim qish va ko‘klamning kurashini ifodalagan. Bunday
marosim va bayramlar tog‘ bag‘rida, qiradirlarda, bog‘larda o‘tkazilgan. Marosim yerli
xalq hayotida muhim sanalgan va unga maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan. Boychechak
sayli dastlab kattalar va bolalar ishtirokida o‘tkazilgan. Hozirgi kunda faqat bolalar
tomonidan nishonlanadi. Bolalar guruh-guruh bo‘lib qishloq yaqinidagi qir-adirlardan
boychechak terib kelishadi. Bunda guruhlar o‘rtasida raqobat ham kechishi mumkin.
Qaysi guruh qishloqqa birinchi bo‘lib boychechak keltirsa eng ko‘p sovg‘a-salomlar
ularga beriladi.



background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 8

77

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.Ergashev, O. (2004). O'zbek musiqasi va uning tanqidi. Toshkent: Sharq

nashrlari.

2.Baxromov, F. (2015). Musiqiy tanqid va uning rivojlanishi. Toshkent:

O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.

3.Shamsiyev, B. (2013). O‘zbek klassik musiqasining tanqidi. Toshkent: Musiqa

nashriyoti.

4.Sultonov, B. (2009). Musiqiy tanqid va musiqashunoslik: O‘zbek musiqiy

madaniyati. Toshkent: Fan.

5.Qodirov, Sh. (2011). O‘zbekiston musiqasi va uning bugungi kunda tanqidi.

Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nashriyoti.



Bibliografik manbalar

Ergashev, O. (2004). O'zbek musiqasi va uning tanqidi. Toshkent: Sharq nashrlari.

Baxromov, F. (2015). Musiqiy tanqid va uning rivojlanishi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.

Shamsiyev, B. (2013). O‘zbek klassik musiqasining tanqidi. Toshkent: Musiqa nashriyoti.

Sultonov, B. (2009). Musiqiy tanqid va musiqashunoslik: O‘zbek musiqiy madaniyati. Toshkent: Fan.

Qodirov, Sh. (2011). O‘zbekiston musiqasi va uning bugungi kunda tanqidi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi nashriyoti.