Authors

  • Shahzoda Istamova
    TerDU, Milliy libos va san’at fakulteti Madaniyat va san’at boshqaruvi yo’nalishi 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63202

Keywords:

Muzeyshunoslik muzey etikasi muzeylarning tarbiyaviy ahamiyati qiziqarli suhbat va ekskursiyalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash psixologik ta’sir qadriyatlar beshigi tarix tilsimoti muzey va jamiyat

Abstract

Ushbu maqolada yurtimizning tarixi, urf-odatlari, an’analarini aks ettirishda muzeylarning o’rni, tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi avlodga o’tishidagi roli beqiyos bo’lgan tarixiy tilsim hisoblanmish muzeylar faoliyati va ularning yoshlar hayotida tutgan o’rni, ularning shaxs  ma’naviyatini rivojlantirishi to’g’risidagi  fikr va mulohazalar yuritiladi. Prezidentimizning muzeylar faoliyatini isloh etish to’g’risidagi qaror va fikrlari bilan boyitiladi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue

3

41

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TARIX TILSIMI VA QADRIYATLAR BESHIGI BO’LGAN

MUZEYLARNING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O’RNI

Istamova Shahzoda Islom qizi

TerDU, Milliy libos va san’at fakulteti

Madaniyat va san’at boshqaruvi

yo’nalishi 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada yurtimizning tarixi,

urf-odatlari, an’analarini aks

ettirishda muzeylarning o’rni, tarixiy xotira va merosning bir avloddan ikkinchi
avlodga o’tishidagi roli beqiyos bo’lgan tarixiy tilsim hisoblanmish muzeylar faoliyati
va ularning yoshlar hayotida tutgan o’rni, ularning shaxs ma’naviyatini rivojlantirishi
to’g’risidagi fikr va mulohazalar yuritiladi. Prezidentimizning muzeylar faoliyatini
isloh etish to’g’risidagi qaror va fikrlari bilan boyitiladi.

KALIT SO’ZLAR:

Muzeyshunoslik,

muzey etikasi, muzeylarning tarbiyaviy

ahamiyati, qiziqarli suhbat va ekskursiyalar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, psixologik ta’sir, qadriyatlar beshigi, tarix tilsimoti, muzey va jamiyat.

KIRISH:

O’zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyev

boshchiligidagi mamlakatda mavjud ulkan turizm saloyihatdan yanada to’liq va
samarali foydalanish, an’anaviy, madaniy-tarixiy turizm bilan birgalikda ziyorat qilish,
ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan keng
qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Turizmning ustuvorlik kasb etayotgani
ham muzeylar faoliyati va muzey ishi tizimli tashkil qilinishini taqozo etadi. 2017-yil
11-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2017-2027-
yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to’g’risida”
qaror qabul qilindi. Mamlakatimizda 350 dan ziyod muzey faoliyat yuritib, o’zining
eksponatlari- ashyoiy dalillari bilan yosh avlodni tarixga bo’lgan qiziqishini oshirishga
xizmat qilayotgani ham malakali mutaxassislarga bo’lgan talabni dolzarblashtiradi.

Hozirgacha olib borilgan ilmiy izlanishlarga tayanib, muzeyshunoslik- ijtimoiy

ahamiyatga molik ma’lumotlarni to’plash, saqlash jarayonlari, bilim va ma’lum
hissiyotlarni muzey ashyolari orqali yetqazib berishni, muzey ishini, muzeyni ijtimoiy
institut sifatidagi maqomini, vazifalarini hamda turli ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarda
ularning amalga oshirish shakllarini o’rganadigan fandir, deb belgilash mumkin.
Ushbu maqola muzeylarning kelib chiqishini, tarixini, uning ijtimoiy hayotdagi o’rni,
shuningdek, ularning klassifikatsiyasi va tipolgiyasini tadqiq qiladi.


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue

3

42

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ASOSIY QISM:

Muzeylar- jonli tarix, o’tmishdan guvohlik beruvchi

muassasalardir. Ularda xalqimizning tarixi, urf-odatlari, an’analari o’z aksini topgan
moddiy va ma’naviy yodgorliklar saqlanadi. Muzeylarning madaniyatimizda tutgan
o’rni benihoya katta, bu avvalo, ularning tarixiy xotira va merosning bir avloddan
ikkinchi avlodga o’tishidagi roli bilan belgilanadi. Boshqa tomondan, muzeylardagi
eksponatlar orqali tariximizni dunyo xalqlariga tanishtirish vazifasi ham turadi. Zero,
muzeylar va muzey ishi turizm sohasi bilan aloqador bo’lib, bu o’z navbatida
respublikamiz iqtisodiyotining muayyan yo’nalishlari rivojiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Muzey- bu sotsial axborotlarni tarixan o’zaro bog’lovchi ko’p funksiyali

ijtimoiy institut bo’lib, uning faoliyati madaniy-tarixiy hamda tabiiy- ilmiy boyliklarni
saqlash, ma’lumotlarni to’plash va muzey ashyolari orqali tarqatishga
mo’ljallangandir. Muzey turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini
hujjatlashtiradi. Shuningdek muzeylar ma’rifiy, tarbiyaviy va targ’ibot maqsadlarida
foydalaniladi. Muzey etikasi muzeyshunoslikning muhim belgilaridan biri hisoblanadi.
Muzeylarda uzoq asrlardan buyon saqlanib kelayotgan osori atiqalarga bo’lgan
munosabat, muzeylarga tashrif buyurish odobi- muzey etikasi deyiladi. Bolalarning
muzeyga tashrifini ularning ruhiyatiga to’g’ri keluvchi muloqot ekskursiyalari orqali
tashki etish zarur. Muzey o’quvchilarga nafaqat turli hodisa va voqealarning sabablari
hamda tartiblari haqida bilimlarni berish, balki uni xotirada saqlash bilan bir qatorda,
o’z oldilariga qo’yilgan savollarga mustaqil ravishda javob topishga o’rgatishi lozim.

Avvalambor, muzeyda maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning psixologik

holati, ularning axborotni qabul qilish darajalarini o’rganishda, asosan bolalarda atrof-
muhitni anglash, fikrlash va eslab qolish qobiliyatlari hisobga olinadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga esa muzeyga tashrif jarayonida dastlab
ekspozitsiyadagi ashyolarning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida suhbat
o’tkaziladi. Qiziqarli suhbat orqali ekskursiyalar o’tqazishda ularning shakllanayotgan
psixologik jarayonlarini o’rganib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va bu borada
bolalarga zamonaviy texnologiyalardan(sensor kioskalar, plazma panellardan)
foydalanish imkoniyatini yaratish zarur. Ushbu maqolada kichik yoshdagi tashrif
buyuruvchilar bilan ishlashning turli shakllari: viktorina, rebus va musobaqalar tarzida
tashkil etishni tavsiya qilinadi. Muzeylar tarixiy va madaniy faktlar, mashhur nomlar,
har bir davrning o’ziga xos xususiyatlari nafaqat bolalarning qalbida, balki xotirasida
bir umrga qoladi.

Muzeylar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil fikr yuritish,

voqea va hodisalarga befarq qaramaslik, eng asosiysi o’z moddiy madaniy merosini
asrash tuyg’ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bu g’oyalar bolalarga o’yin, ijod
va muloqot uyg’unligida singdirib boriladi. Bolalar muzeylar va ular faoliyati bilan
tanishib chiqqanlaridan keyin o’zi yashayotgan zamonaviy muhit bilan tarixiy davrlar


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue

3

43

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar haqidagi tushunchasi tarixiy va madaniy yodgorliklar
orqali shakllanadi, estetik did va hayratlanish qobiliyati rivojlanadi, boshqa
madaniyatga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish hissi qaror topadi, turli davr
va xalqlarning madaniy merosini mustaqil ravishda o’rganishga ishtiyoqi o’sadi.

Muzeyning bolalar tarbiyasidagi o’rni madaniyat va san’atga bo’lgan

qiziqishlarini rag’batlantirish bilan ham belgilanadi. Muzey bolalarning
kuzatuvchanligini oshirib, tasavvurni kengaytirish va ma’lum ko’nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi. Jumladan, bolalar muzey ahamiyatiga molik ashyolarni
bog’chada, ko’chada, tanishlarining uyida yoki tashqi muhitda ko’ra olish, shuningdek,
muzeyda o’zini tutish, ko’rgazmada ashyolarni ko’rish kabi madaniy meros bilan
muloqotga kirishish kabi ko’nikmalarga ega bo’lib borishadi. Natijada, bolalar
muzeylarga- madaniyatning noyob muassasasi sifatida qiziqa boshlashadi. Asosiysi,
yo’qolib borayotgan madaniyat, an’analar va ularning ahamiyati bolalarda alohida
qadr-qimmat kasb etadi. Muzey xazinasi ularga bebaho va noyob tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatadi. Bir so’z bilan aytganda, muzeylar maktab, o’rta ta’lim muassasalari
o’quvchilarining tafakkuriga tarixiy xotirani shakllantirish va rivojlantirishni qo’llab-
quvvatlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning
Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonining ochilish marosimidagi, “Kimki o’zbek
nomini, o’zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini,
uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosa kelajakka ishonchini
anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak” degan nutqi ham yurtimizda
muzeylar faoliyati uchun alohida e’tibor qaratilganining dalilidir.

XULOSA:

Moddiy va ma’naviy merosni saqlashda muzeylarning o’rni beqiyos

bo’lib, ayniqsa, yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’siri, yoshlarni o’tmish bilan
hamnafas yashashlariga yanada turtki beradi. Yurtimizda ko’plab zamonaviy
muzeylarning faoliyat yuritishi avvalgi davrlardan farq qiladi. Zamonaviy muzeylar
madaniy merosning yangi qirralarini ochar ekan, nafaqat yurtimiz aholisi va yoshlari
orasida, balki, millatlararo do’stlik va hamjihatlik tamoyillariga ham alohida e’tibor
qaratmoqda. Chunki bu sa’y- harakatlar boshqa xalqlarning ham yoshlarida ham
madaniyatiga nisbatan hurmat tuyg’ularini uyg’otishda muhim ahamiyatga ega.
Tarixiy- madaniy merosni saqlash, uni avloddan-avlodga yetqazishda, shuningdek,
yoshlarni vatanparvarlik, tarixiy- madaniy qadriyatlarga urmat bilan qarash ruhida
tarbiyalashda muzeylarning o’rnini alohida e’tirof etish zarur. Ayni vaqtda muzey
jamiyatning o’z tarixi va madaniyatiga bo’lgan munosabatini aks ettiruvchi ko’zgu
hisoblanadi. Shu sababli muzeylar zamon bilan, jamiyat bilan hamnafas bo’lib,
jamiyatning bir bo’lagi bo’lgan holda yangicha usulda faoliyat ko’rsatishi bugungi
kunning dolzarb masalasiga aylandi. Hozirda, butun jahon muzeylari oldida, “XXI asr
muzeyi qanday bo’lishi va tashrif buyuruvchilarni qanday jalb qilish kerak?”- degan


background image

Acumen:

International Journal of Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue

3

44

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

muammoli masala turmoqda. Muzey ashyolarini endilikda nafaqat moddiy jihatdan
namoyish etish, balki ularni zamonaviy texnologiyalar uyg’unligi yordamida turli
uslublarda targ’ib etish imkoni tug’ildi. Muzeyga kelgan yoshlar, xalq inson tarbiyaviy
ta’sir obyekti emas, balki teng huquqli suhbatdoshdir. Ular har bir eksponat bilan, har
bir ashyo bilan suhbat qura olish imkoniga egalar, aniqrog’i, muzey bu- insonlar va
tarixni bog’lab turuvchi uzilmas bir vositadir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish tog’risida”gi PF-1913 son farmoni//O’zbekiston respublikasi Oliy
Majlisning Axborotnomasi.-1998.1-son.31-modda.
2.O’ljayeva Sh.M> Muzeyshunoslik. O’quv qo’llanma.-T:Universitet,2002.
3.Шляхтина Л.М. Фокин С.В. Основи музейного дела.-СПБб2002.
4. Шляхтина Л.М. Основи музейного дела: теория и практика.-2005.
5.Carbonell B.M. Museum studies: an anthology of sontexts.-Oxford: Blacwell, 2004.
6.MacLeod S. Museum Architecture : A New Biography.-London; New-york:
Routledge,2013
7.Muzeyshunoslik-Tarix o’qitish metodikasi. // Toshkent”Turon-Iqbol”:2018.

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tog’risida”gi PF-1913 son farmoni//O’zbekiston respublikasi Oliy Majlisning Axborotnomasi.-1998.1-son.31-modda.

O’ljayeva Sh.M> Muzeyshunoslik. O’quv qo’llanma.-T:Universitet,2002.

Шляхтина Л.М. Фокин С.В. Основи музейного дела.-СПБб2002.

Шляхтина Л.М. Основи музейного дела: теория и практика.-2005.

Carbonell B.M. Museum studies: an anthology of sontexts.-Oxford: Blacwell, 2004.

MacLeod S. Museum Architecture : A New Biography.-London; New-york: Routledge,2013

Muzeyshunoslik-Tarix o’qitish metodikasi. // Toshkent”Turon-Iqbol”:2018.