Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 3
162
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
ZANJABIL (ZINGIBER OFFICINALIS L.) O’SIMLIGINING DORIVOR
XUSUSIYATI.
Muxammadiyeva Oliya Narzullayevna
f.f.d. PhD dots.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar
universiteti 3-kurs talabasi
Valieva O‘g‘ilsara Panjievna
Аннотация.
В данной статье представлена информация о
биологических свойствах имбирного растения, его составе, а также механизмах
воздействия на организм человека, его роли в народной медицине. Освещены
мероприятия по интродукции имбиря в условия Сурхандарьинской области
Узбекистана в связи с их значимостью.
Annotation:
This article contains information about the biological properties of
the ginger plant, its composition, as well as the mechanisms of its action on the human
div, its role in traditional medicine. In connection with its importance, measures were
highlighted for implementation in the conditions of the Surkhandarya region of
Uzbekistan.
Аtrof muhitni himoya qilish, oʼsimlik resurslaridan oqilona foydalanish
hamisha bashariyat oldidagi dolzarb vazifalardan biri boʼlgan va shunday boʼlib
kelmoqda. Dorivor oʼsimliklar haqida gap ketganda koʼz oldimizga yer yuzidagi
barcha dorivor oʼsimliklar keladi. Аholi sonining oshishi keng assortimentdagi dorivor,
oziq-ovqatbop va xushboʼy-zirovor oʼsimliklar xom ashyosi xilma-xilligini
koʼpaytirishni hamda ulardan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqishni taqazo
etmoqda. Oʼz navbatida, bunday xususiyatlarga ekspertbop dorivor oʼsimliklarni
tanlash, ular xom ashyosiga boʼlgan ehtiyojlarni mahalliy florada mavjud boʼlgan yoki
oʼzga hududlar florasiga tegishli introdutsent oʼsimliklar hisobiga qondirish,
oʼsimliklarni turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirishning samarali usullarini ishlab
chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Bundan X asr avval bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino o'zining o'lmas
asarlarida dorivor giyohlardan samarali foydalanish sir-sinoatlarini bayon etib,
amaliyotda qo'llagan, bu esa o'z navbatida butun dunyo davlatlari olim va soha egalari
tomonidan tan olingan. Uning asarlarida qoldirilgan dorivor giyohlardan foydalanish
tartibi va qonun-qoidalari, uslublaridan dunyo farmatsevtlari, xalq tabobati
mutaxassislari va olimlar bugungi kungacha foydalanib kelmoqdalar. Qadim
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 3
163
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
zamonlardan beri insonlar bu shifobaxsh o'simlikdan turli xastaliklarni davolashda
qo'llab kelishadi. Ayniqsa, u yuqori haroratni tushirib, ishtahani ochadi, insonga tetiklik
baxsh etadi. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o'ziga xos
yoqimli hid berib turadi. Uning qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib
chiqadi. Shuning uchun ham arablar uni taomlarga qo'shib iste'mol qilishni xush
ko'rishgan. Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida ko'plab xastaliklarda
qo'llanadigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo'shish lozim, deb
yozgan.[4].
Zanjabil (Zingiber officinale L) dorivorlik va foydali xususiyatlari bilan bugungi
kunda dunyo bozorida yetakchilik qilib kelmoqda.
Bolalarda shamollash kasalligini davolash uchun zanjabil ildizidan
foydalanish mumkin. Zanjabil qolaversa bolalardagi gripp va sovuqni bartaraf etishga
yordam beradi. Qaynayotgan zanjabilning bug'lanishi nafas olish uchun foydalidir.
Agar bola ovqat hazm qilish tizimi kasalliklaridan azob chekayotgan bo'lsa, bu
o'simlikdan tayyorlangan choy qusish, spazmlardan yordam beradi. Zanjabil
shuningdek mushaklarning og'rig'ini yo'q qiladi, bolaning immunitetini
mustahkamlaydi Zanjabilning qo'llanilish doirasi shu qadar kengki, uni hech
ikkilanmay haqiqiy mo`jizaviy dori deb atash mumkin. Keyingi bir necha o'n yildirki
uning shifobaxsh xususiyatlari zamonaviy mutaxassislar tomonidan keng
o'rganilmoqda. Bugungi kunda hatto zanjabil ko'pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga
kiritilib, organizmni turli illatlardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi
kurashda tavsiya qilinmoqda
Zanjabil ekstraktlari kosmetologiya sohasida ham keng qo'llaniladi. Xususan,
zanjabil ekstraktidan tayyorlangan shampunlar soch to'kilishining oldini olib, soch
tolalarining mustahkam hamda yorqin bo'lishini ta'minlaydi. Zanjabil ildizi soch
follikulalarini oziqlantirib, ularning o'sishini ham rag'batlantiradi.
Bu o'simlik ortiqcha vazndan xalos bo'lishda ham sezilarli natija beradi.
Ovqatdan oldin iste'mol qilingan zanjabilli choy ishtahani bo'g'adi va shu bilan birga
yog'larni eritish xususiyatiga ham ega. Har kuni ertalab bir stakan iliq suvga bir choy
qoshiq zanjabil, limon va asalni aralashtirib ichilgan damlama immunitetni ko'tarishga
va ichki a'zolarning tozalanishga juda katta yordam beradi. Zanjabilli choy odamni
tetiklashtirib, mushaklardagi yog' qatlamlarining “erishini” tezlashtiradi, tanadagi
ortiqcha suvni haydaydi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 3
164
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zanjabil o'simligi shifobaxshligi jihatidan
qadim tarixga borib taqaladi. Shu boisdan bu bebaxo o'simlikni O'zbekiston hududi
xususan Surxondaryo viloyati hududida introduksiya ishlarini jadal olib borish va
yurtimiz ichki bozoridagi zanjabilga bo'lgan ehtiyojni qondirish ishlarini olib borish
yurtimiz da ziravor va dorivor o'simliklar ko'lami kengayishiga ham sabab bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Mirziyoyev
Sh.M.
Erkin
va
farovon
demokratik
O’zbekiston
davlatinibirgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.
3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
4. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. “O’zbekiston”
NMIU, 2017. – 103 b.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi PF-
4947-sonli Farmoni. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-
son, 70-modda.
6. Abu Ali Ibn Sino " Tib qonunlari" saylanma 1-jild T-1983 (Tarjimonlar:
A. Rasulov va b.) 200-201-b.
7. A. Abdullayev, B. X. Sattorov "Biologiyadan qisqacha izoxli lug'at" T-2016 .
134-b.
8. R. X. Ayupov va b. " Dorivor o'simliklar va ulardan foydalanish" T-2015.
135-betlar.
Internet saytlari:
www.google.com
www.dissercat.com
www.ziyonet.uz
www.referat.uz
www.edu.uz
www.natlib.uz
www.press-service.uz
www.uza.uz
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
Volume 1, Issue 3
165
Acumen: International Journal of Multidisciplinary
Research
9.Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Types of corn grown in
Uzbekistan and their peculiarities. Texas Journal of Agriculture and Biological
Sciences, 3, 59-63.
10.Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Cauliflower growing
technology. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 8-10.
11.Khayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2022). Peculiarities of growing
cauliflower. Science and innovation, 1(D3), 144-146.
Faxriddinovich,
M.
S.
(2023).
ZIRK
(BERBERIS)
TURKUMI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI, 2(16), 690-694.
12.Xudaynazarovna, A. M., Raxmonovna, M. G., & Faxriddinovich, M. S.
(2023).
OʻG
‘ITLARNING
TURLARI-XUSUSIYATLARI,
TUPROQ
STRUKTURASIGA VA O’SIMLIK HOSILIGA TA’SIRI. O'ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18),
204-208.
13.Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2023). KARTOSHKANING
TARQALISH
HUDUDLARI.
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 209-212.
14.Xayitovna, P. M., & Faxriddinovich, M. S. (2023). Exploiting Seasonal
Varieties of Tomato Cultivation for Enhanced Yield and Nutritional Impact in
Uzbekistan. Indonesian Journal of Innovation Studies, 23, 10-21070.
15.Abdullayev, M., & Mamarajabov, S. (2022). VARIETIES AND
ACHIEVEMENTS OF MOSH PLANT SELECTION IN UZBEKISTAN. Science and
innovation, 1(D6), 120-124.
16.Xolmamatovna, X. M., To‘ychiyevna, D. J., Faxriddinovich, M. S., &
Bobirovich, A. M. (2022). TYPES OF SOILS COMMON IN UZBEKISTAN AND
THEIR CHARACTERISTICS. American Journal Of Agriculture And Horticulture
Innovations, 2(09), 13-19.
