Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
5
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
SHAVKAT RAHMON IJODIDA ESTETIK QARASHLAR
Aliyeva Orzigul
Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
XX asrning 70-80-yillari sheʼriyati obrazlarga boyligi, uslubi
rang-barang shoirlar ijod qilgani bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Bu shoirlar
orasida Shavkat Rahmon sheʼriyati alohida ajralib turadi. Shavkat Rahmon sheʼrlarida
ijtimoiy masalalarni ham jonsiz tabiat orqali ochib berish kuzatiladi. Shoir bevosita
tabiat hodisalari orqali ham insoniyat yuragining tub-tubidagi yaralarni ochib
tashlaydi.
Kalit so‘zlar:
she’riyat, istehzo, lirik qahramon, ijodkor, erk, vatanparvarlik.
Shavkat Rahmon isteʼdodli, vijdoni but, yurtparvarparvar shoir edi. U shoirlik ilohiy
neʼmat ekanini bir umr anglab, unga amal qilib yashadi va bu haqiqatni sheʼriyati orqali
insoniyatga uqtirishni burch deb bildi. Bu vazifani uddaladi ham. Shavkat Rahmon
shoirlik kasb-hunar, mavqe, obro‘ keltiruvchi manba emasligini, shoirlik masʼuliyat,
el-yurt oldidagi farz, Allohning inoyati ekanini chuqur idrok qilardi. Shu sababdan ijodi
va hayoti bir xil edi, baʼzi ijodkorlar kabi so‘zi va amali boshqa-boshqa emasdi:
Rubobiy sheʼr yozsam, qaytsam bir nafas. Hamisha musaffo chashmani ko‘rsam,
Qoraygan cho‘qqilar qoriga qarab, Bir nafas xayolchan o‘smirga do‘nsam. U “rubobiy”
sheʼrlar yozaman deb sheʼriyatga kirib kelgan edi. Shunday sheʼrlar yozdi ham. Faqat
elining erksiz, Vatanining qaram ekanligi shoirni ijtimoiy mavzularda og‘riqli sheʼrlar
yozishga undadi. Bu haqda o‘zi ham o‘kinib yozdi: Qaysi bir dunyoga buncha
og‘rindim, Dilimni qaritdi besamar janglar. Men jangchi emasdim Men shoir edim,
Nihoyat shoirdan ko‘ra zobitman. Shoir rohatlanib ruhiyati go‘zalliklarini
ifodalamoqchi edi. Ammo erk uchun, Vatan mustaqilligi uchun kurash maydoniga
otilgan Shavkat Rahmon o‘zi taʼkidlagani kabi zobitga aylandi. Shoir “musulmon
millatim dedim”, – deya yozar ekan, “iymonli el” maʼnosini nazarda tutadi. “Haromni
xush ko‘rgan maslakfurushlar”ga yuzma-yuz bo‘lar ekan, “zig‘irday himmatini minnat
qilgan”larga qarab hayron shoir “buyuk urushda yaproqday sarg‘ayadi”. Shoir ijodida
Vatan mavzusi erk mavzusi kabi yetakchi mavzu sanadi Shoir Vatani erksiz, qaram
ekanini aks ettirdi. Uning Vatanida “Boltalarning bo‘g‘iq zarbasi” doimiy eshitiladi.
Bu yerda dushman borligini shoir qo‘rqmay taʼkidlaydi. Sho‘ro davrida bunday
sheʼrlar yozish uchun tog‘day yurak kerak edi. Va Shavkat Rahmonda shunday yurak,
jasorat mujassam edi. Dushmanning boltalari shunday o‘tkir, shay, shunday
bahaybatki, “Bir lahza Yerga qo‘ngan bahaybat qushlar”ni o‘ldirishga ulguradi,
shunday shiddati, kuchi bor. Oddiy mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
6
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
tasvirday tuyuladigan sheʼrda kuchli ijtimoiy voqelik ifodasi bor. Shunday sheʼrlar
mustaqillikning g‘alaba qilishiga yo‘l ochdi. Shu sabab shoirning ijodi ulug‘
ahamiyatga molikdir. Aslida Shavkat Rahmon jahon shoiri deyishga loyiq tarzda
isteʼdodli edi. Shu sabab bo‘lsa kerak, shoir Vatan obrazini yaratar ekan, goho 99 butun
zaminni Vatan deb bildi. “Kuzgi yer ko‘rinishi” sheʼrini o‘qib, shoirning holatini his
qilasiz: Kuz. Xazon.Hosili yig‘ilgan yerda sarg‘aygan maysalarga bag‘rini berib
yotgan lirik qahramon kuzakning parchasi go‘yo. Shoir kuzning oddiy manzarasi orqali
mungli, ayni damda, umuminsoniy bir fikrni shuuridan o‘tkazadi: Nogoh sado keldi,
Qalbing qaʼridan: Intizor turibdi poyonsiz olam, Maysamni hidlama, Ichma suvimni,
Sarg‘aygan bag‘rimda yotmagin, bolam. Bu Yerning o‘tinchi. Bu o‘tinchni sheʼrxonga
yetkazishdan oldin shoir yerni shunday taʼriflaydi: “Qurigan bahaybat yaproqdir
yerim”, “giyohvand yerim”. Lirik qahramon dorilardan zaharlangan ona tuprog‘ining
giyohvand holga kelganini aytish bilan O‘zbekiston yerlarining 70-80-yillardagi
ahvoliga ishora qiladi. Lirik qahramon ona tuproq “bag‘riga bag‘rini berib”, “jannatiy
giyohlarni, rang-barang chechaklar, qushlar, sitoralar, saratonlarni” xotirlab yotganida
yer qalbi qaʼridan sado keladi. Yer “sarg‘aygan bag‘rimda yotma” desa ham lirik
qahramon – yerning “o‘jar bolasi”, “osmonga yetmasdan yer bag‘riga gup etib tushgan
nolasi” ona tuproqdan ketib bo‘lmasligini aytadi. Lirik qahramonning o‘g‘li uning
bag‘riga kelib yotadi. “Dunyolar go‘zal, kimsasiz bag‘rimda yotmagin” deb o‘g‘liga
aytsa-da, o‘g‘li o‘zidan ham o‘jar, u otasining bag‘riga qattiqroq yopishadi: Yotibmiz,
yerimning qoq o‘rtasida, yotibmiz yerimning parchalariday, tinimsiz chorlasa hamki
yulduzlar – o‘zga dunyolarning darichalari… Dunyo dialektikasini chuqur anglagan
shoirgina shunday yoza oladi. Vatanini yurakdan sevgan shoirgina shunday satrlarni
bitadi. Shavkat Rahmon ruhi ozod, dili obod shoir edi. Ammo erksiz yashayotgan
elining dardi isyonga chorlar, shu isyon sheʼriyatiga ko‘chgan, isyonkor sheʼriyati
xalqimizni g‘aflat uyqusidan uyg‘otishga xizmat qila olgan edi. Adabiyotshunos olim
O.Sharafiddinov shunday yozadi: “Shavkat sheʼrlarida Kun va Tun, Nur va Zulmat,
Ziyo va Qorong‘ilik obrazlari ko‘p uchraydi. Bular mavhum romantik obrazlar emas,
balki real hayotiy mazmunga to‘la obrazlardir”. Bu obrazlar, avvalo, shoir obrazi
ko‘magida reallashgan. Shavkat Rahmon sheʼriyatida shoir obrazi keng qo‘llangan.
Bunga sabab ham bor. Ko‘ksingdagi Muqqana bilan O‘zligingga qaradingmi, ayt?
Musht zarurroq bo‘lgan mahalda Yozding go‘zal sheʼrlarni faqat. Lirik qahramon –
shoir. Uning ko‘ksida Muqanna bor. Muqanna dushmanga isyon qilgan, erk istagan
qahramon. Bu obraz orqali shoir o‘zini tanqid qilmoqda. Keyingi satrlarda bu aniq
ifodalangan. Shavkat Rahmon so‘zi o‘ziga, o‘zi so‘ziga monand shoir ekanini uning
ijodi haqida yozgan har bir tadqiqotchi taʼkidlaydi. Aslida shoir ijodi haqida yozganlar
anchagina-yu, tadqiqot olib borganlar kam. mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
7
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
“Shavkat Rahmonni xotirlab” kitobida shoirlar, jurnalistlar, noshirlarning xotiralari,
yodnomalari, shuningdek, Bahodir Karim, Ulug‘bek Hamdam singari olimlarning
o‘ziga xos tahlillari bor.Shoirning shaxsi va ijodida mutanosiblik borligi haqida
tadqiqotchi Nurulloh Muhammad Raufxon yozadi:“Shavkat Rahmonni umrida
ko‘rmagan kishi sheʼrlarida uning ichki va tashqi suratini osongina chiza oladi.
Ishoning, ikki tomchi suvday bir xil chiqadi, g‘irt o‘xshaydi, qo‘yib qo‘yganday o‘zi
bo‘ladi! Men Shavkat Rahmonning shaxsiyatini ham, sheʼriyatini ham shuning uchun
yaxshi ko‘raman”. Ko‘rinadiki, shoirning yetuk 100 fazilatlarga ega ekanini,
vatanparvarligini hamma eʼtirof qilgan. XX asrning 70- 80-yillari sheʼriyati obrazlarga
boyligi, uslubi rang-barang shoirlar ijod qilgani bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Bu
shoirlar orasida Shavkat Rahmon sheʼriyati alohida ajralib turadi. Adabiyotshunos
Bahodir Karim o‘z maqolasida Shavkat Rahmon sheʼriyatiga taʼrif berar ekan, shunday
izohlaydi: “Shavkat Rahmon qisqa umr ko‘rdi. Ammo undan “O‘zbekning qorako‘z
bolalariga” olmosday keskir, tog‘dek mustahkam, har biri yuzta umriga yetadigan
ezgu, boqiy va o‘tkir so‘z qoldi”. Shoir sheʼriyati obrazlar olami juda keng edi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Shavkat Rahmon. Saylanma. – Toshkent: Sharq NMK, 1997. – 384 b.
2. Shavkat Rahmon. Abadiyat oralab. – Toshkent: Movarounnahr, 2012.
3. Shirinova A. Shavkat Rahmon sheʼriyati obrazlar ko‘lami. 2020-yil 24-26-
dekabr. – Toshkent: TURON-IQBOL, 2021. – B.247-250.
4. Shirinova A. Shavkat Rahmon sheʼr va shoirlik haqida // “Yangi
O‘zbekistonda ilm-fan va taʼlim” jurnali, 2021-yil 20-may. №3-son. – B.120-124.
5. Shavkat Rahmon. Uyg‘oq tog‘lar. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va
sanʼat, 1986. – B. 47
