Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
175
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI BOSHQARISH
ELEKTROMAGNIT TO’LQINLAR YORDAMIDA EGALLASH HAMDA
KARTOGRAFIYA SOHASIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI.
Tog‘ayev Javlonbek Shuhrat o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi
Abstract:
This article is intended to help the user gain time and clarity when
resolving issues by using unmanned aerial vehicles rather than using conventional
geodetic instruments in obtaining geographical information from the region. As a result
of the emergence of GIS technology, unmanned aerial vehicles are equipped with
software, landscaping, coating control and 3D model control. Futhermore used
effectively in addressing scientific and practical geographical issues such as space data
collection, analysis, processing, imagery, transmission, recording, forecasting and
management.
Key words.
3D model of territory,photogrammetry,drone,cosmic, craft
,cartography ,air shooting ,orientation elements.
Аннотация:
Эта статья предназначена для того, чтобы помочь
пользователю получить время и ясность при решении проблем, используя
беспилотные летательные аппараты, а не обычные геодезические приборы при
получении географической информации из региона. В результате появления
технологии ГИС беспилотные летательные аппараты оснащены программным
обеспечением, ландшафтным дизайном, контролем покрытия и контролем 3D-
модели. Futhermore эффективно используется при решении научных и
практических географических вопросов, таких как сбор, анализ, обработка,
обработка изображений, передача, регистрация, прогнозирование и управление
космическими данными. Ключевые слова 3D модель территории,
фотограмметрия, беспилотник, космический, ремесло, картография, воздушная
съемка, элементы ориентации.
ASOSIY QISM
Aerofotosyomka qiluvchi uchuvchisiz uchish apparatlari shu qadar ixchamki u
haqiqiy samalyotga emas balki avikonstruktorga o„xshaydi. Uchuvchisiz uchish
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
176
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
apparatlarining qanotlari kengligi–140 sm, og„irligi–4 kg bo„lib 8 soatgacha uchish
imkoniyatiga egadir. U har qanday avtomashinaning yukhonasiga joylashadi. O„zining
texnik ko„rsatkichlari bo„yicha katta bo„yicha katta samalyotdan yaxshiroq. Bu
apparat past-balandliklarda bulutlardan pastda va tog„li hududlarda uchishi mumkin.
Zamonaviy samalyotlardan farqli o„laroq bu qurulmada nostandart V simon
muvazanat saqlovchi dum qanotlar mavjud. Ular uchish vaqtida juda ham yuqori
muvazanatni taminlaydi. Aerofotos‟yomka vaqtida og„ish burchagi juda kichik
bo„lishi shart, aksincha suratlar tiniq bo„lmaydi. Fotoapparatning turg„unligini saqlash
uchun vibratsiyani kamaytiruvchi platforma javobgar va buning oqibatida suratlar tiniq
va sifatli chiqadi. Uchuvchisiz uchish apparatlari er bilan ikki tomolama aloqaga ega
bo„lgan radioperidatchik orqali bog„langan. Qurilma GPS datchik yordamida fazoda
orientr oladi va shu bilan birgalikda qurulmaning bosh qismida biometrik sensorlar
mavjud bo„lib ular tezlikni balandlikni va tezlanishni o’lchab borishadi. Uchuvchisiz
uchish apparatlarini maxsus stansiya qurulmasi orqali boshqariladi va u yordamida
yo’nalishlar belgilanadi. Uchish yo’nalishi radiomadem antenna orqali samalyotga
yuklanadi. Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish stansiyasi yordamida uchish
topshirig„i bajarilishini samalyotning uchish holatini kuzatish uchun topshirig„iga
o„zgartirishlar kiritish mumkin. Uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga
oshirilgan aerofotos‟yomka ishlari tugagach olingan suratlar kameral sharoitda qayta
ishlash uchun mutaxassisga etgaziladi. Mutaxassis maxsus dasturlar yordamida ularni
qayta ishlaydi va bir-biriga biriktirib kartani hosil qiladi. Uchuvchisiz uchish
qurilmasilaridan foydalanib qishloq xo„jaligi erlari monitoringini o„tkazish, qishloq
xo„jaligi ekinlarini o„g„itlash davrida fosfat mineral o„g„itlarini vaqtida etkazib berish
bo„yicha mavjud muammolarni engillashtirib, er maydonlarini monitoringi, hosil
rivojini nazorat qilishda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish ijobiy natija
berayotganini takidlab o„tish lozim. SHunday ekan uni xalq xo„jaligining quyidagi
sohalarida qo„llanilib kelinmoqda: - qishloq xo’jaligida - sanoatda - qurilishda -
muhandislik geodeziyasida - metrologiyada - kartografiyada - ekologiyada - xavfsizlik
va boshqa ko’plab yo’nalishlarda.
Uchuvchisiz uchish apparatlarning yangi fotogrammetrik asbob sifatida dastlabki
qo„llanilishi ikki an‟anaviy usullarning ya‟ni kosmik va samolyotlarda bajarilgan
aeros‟yomkalarga nisbatan tezkorligi aniqlandi. Xaritalarni barpo qilishda
fotogrammetriya usulida uchuvchisiz uchish apparatlarni “fotogrammetrik asbob”
degan iborani qo’llashimiz uning xaritani elektron taxeometr bilan bajarilgan tezlikda
va undan aniqroq natijaga erishish imkoniyati yaratilganligida [1]. Uchuvchisiz uchish
apparatlar va olingan surat Ma‟lumki, bugungi kunda er kadastr tizimida
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
177
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qo’llanilayotgan kartografik materiallar kadastr raqamli kartalarini tuzishda ham
aerokosmik suratlardan asos sifatida foydalaniladi. Kadastr tizimida asosiy manba
bo„lib masofadan zondlash ma‟lumotlari hisoblanadi. Aloqa ob‟ektlari raqamli
elektron kadastr kartalarni tuzish va yangilashning aerokosmik metodi quyidagilarda
ishlatiladi: kartalarni yangilashda, sodir bo„lgan o„zgarishlarni aniqlashda va
boshqalarda. Amaliyotda surat fototonini o„lchash va fotogrammetrik ishlov berish
avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi mumkin.
Kartalarni yangilashda deshifrovka ishlari eng murakkab jarayon xisoblanadi. Buning
uchun geografik va topoasoslarga kiritilishi talab etiladigan o’zgartirishlar
darajalarining ko’rsatkichlari miqdor va sifat jihatdan baholanishi talab etiladi. Vaqt
davomida vujudga kelgan o’zgartirish darajalarining ko„rsatkichlarini miqdor va sifat
jihatdan baholanishning eng maqbul va samarali usuli masofaviy ma’lumotlardan
foydalanishdir. Olingan suratlar bo‘yicha hosil bo‘lgan ortofotoplan Olingan natija
bo‘yicha yaratilgan raqamli topogrfik karta Kartografiyaning rivojlanishida
geoinformatsion tizimning vujudga kelishi va jadal rivojlanishi natijasida Uchuvchisiz
uchish apparatlari ikkita asosiy yo„nalish bo„yicha rivojlanmoqda: - Kartografik
masalalar muammolarini echish, joyni tasvirga tushirish, bo„ylama va ko„ndalang
qoplamalarni uchish jarayonida nazorat qilish (onlayn), tashqi va ichki orientirlash
elementlari qiymatlarini dastur yordamida tezda aniqlash va fototriangulyasiya to„rini
yaratish fototopografik mahsulotni yaratish va joyning uch o’lchamli modelini
yaratish. - Fazoviy ma‟lumotlarni yig„ish, ularga ishlov berish, tasvirlash, tarqatish,
atrof muhit ob’ektlarini ro„yxatga olish, natijani tahlil qilish, modellashtirish,
bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni
echishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi malumotlar va bilimlarni
birlashtirishni ta’minlaydigan GAT dasturlaridan foydalanish va ularni amalda qo’llash
malakaviy ko’nikmalarini shakllantirish. - Uchuvchisiz uchish apparatlarning
texnologiyasi birinchi navbatda topografik kartografiya masallarini echishda zarur
chunki bu usul boshqa alternativ usullardan ko’ra ko’proq miqdordagi ma’lumotga ega.
1:2000 va undan yirikroq masshtabdagi materiallarni olishda ma’lumot etarli darajada
deb hisoblanadi.
Bu texnologiya ana‟anaviy aerofotosyomkaga nisbatan xar xil obektlar, turli xil
maqsadlarda foydalaniladigan erlarni monitoring ishlarini bajarishda operativ, kam
xarajat va mehnat talab qiladi [2]. Ushbu usulning avzalligi uning yangiligida emas
balki uning soddaligi iqtisodiy samaradorligida. Hozirgi vaqtda barcha ishlab
chiqaruvchilar foydalanuvchilar uchun barcha qulayliklari bilan ya‟ni, apparatni
uchirishdan yakuniy mahsulotni bajarish texnolgiyasi bilan birgalikda taqdim etmoqda.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 2
178
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ammo ishlab chiqaruvchi birinchi navbatda uchuvchisiz apparatlarning konstruktorlari
geodezist yoki kartograf emaslar, ular bajariladigan ishlarning barcha jihatlarini
hisobga olishmaydi. Hozir amalda uchuvchisiz uchish apparatlarni topografiyada iqlim
xududini, kartografik usullarning turlari va joyning xususiyatlarni e‟tiborga olgan
holda qo„llash uchun mukammal usul yo„q
.
XULOSA VA TAKLIFLAR
1. Malumotlar yig„ish tizimining algoritmini o„rganish.
2. Tizimni tuzish uchun optimal texnik vositalarni tanlash.
3. Maxsus dasturiy ta‟minot tizim paketini layoqatliligini aniqlash.
4. Tizimni sozlash, tuzatish va ishlash faoliyatini nazorat qilish.
5. Joyda o„lchash ishlarini bajarish va taqqoslash.
6. Olingan geoma‟lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish.
Xulosa qilib aytganda, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish davlat va
xo„jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalarni bajarishni jiddiy osonlashtiradi,
erdan oqilona foydalanmaslikni monitoring qilish, qurilish ishlari, davomli obektlar
(temir yo„llar, quvur o’tkazgichlar va boshqalar)ni amalga oshirishda va favqulodda
vaziyatlarda xavfsizlik imkonini beradi, shaharsozlik ishlari va geoaxborot xaritalarini
yaratishni soddalashtiradi. Uchuvchisiz uchish apparatlarning yuqorida keltirilgan
yo„nalishlar bo„yicha bajarilganda eng asosiy afzaliklaridan biri bu inson xayotiga
xavf tug’dirmasligini aytish lozim.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.Z.D.Oxunov., I.Y.Abdullayev. “Fotogrammetriya O‟quv qo‟llanma. T., Cho'lpon.
2007. 2.И.Обиралов. А.Н.Лимонов., Л.А.Гаврилова., “Фотограмметрия и
дистанционное зондирование “ Учебник. М. Колос, 2006.-334 с.
3.
4.
5. http /www. GIS.ru
