Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
63
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
BO‘LAJAK YOSH OFITSERLARDA QO‘MONDONLIK
VA BOSHQARUV JARAYONIDA “SOFT SKILLS”
KO‘NIKMASINI ASOSIY TUTGAN O‘RNI VA ROLI
SOXIBOYEV Z.E.
dotsent, podpolkovnik, Chirchiq OTQMBYU Taktika kafedrasi
katta o‘qituvchisi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh
ofitserlarning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihati,
ahamiyatli tomoni, bo‘linmalar bilan kundalik faoliyat va amaliy mashg‘ulotlarda
shaxsiy tarkib bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, mohirona boshqarish, oldinga
qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida aniq sifatli bajarilishini ta’minlaydigan yumshoq
ko‘nikmalar yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlar:
“Soft Skills”, uslublar, ko‘nikma, malaka, tarbiya, ta’lim,
kompetentlik, qobiliyat, bilim, maxsus qobiliyat, psixologik tayyorgarlik.
Аннотация.
В данной статье раскрывается уникальный аспект развития
навыков “Soft Skills” будущих молодых офицеров в высших военных учебных
заведениях, важность установления прочных взаимоотношений с личным
составом в повседневной деятельности и практических занятиях с
подразделениями,
умело
управление,
мягкая
выделены
навыки,
обеспечивающие своевременное и точное выполнения поставленных задач.
Ключевые слова:
“Soft Skills”, методы, умение, способность, обучение,
образование,
компетентность,
способность,
знание,
специальных
способностей, психологических подготовка.
Annotation.
In
this article, the unique aspect of the development of “Soft
Skills” skills of future young officers in higher military educational institutions the
important aspect, the establishment of strong communication with personnel in daily
activities and practical exercises with units, skillful management, the soft skills that
ensure timely and accurate quality performance of the tasks set forth are highlighted.
Keywords.
“Soft Skills”, methods, skill, ability, training, education,
competence, ability, knowledge, special abilities, psychological preparation.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
64
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ma’lumki, Respublikamizda harbiy kadrlar tayyorlash davlat xavfsizligini
ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bugungi kunda oliy harbiy ta’lim
muassasalarida zamonaviy dunyoqarashga ega bitiruvchisi qo‘shinlarga kirib
kelayotgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha mustahkam
fundamental bilim va ishonchli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, turli-
xil sharoitdagi har qanday o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berish, tezkor qaror
qabul qilish, malakali bo‘lishi kerakligini taqozo etmoqda.
Ushbu harakatlarni bajarish davomida yosh bo‘lajak komandirlarda resurslarni
taqsimlash, vaqtni boshqarish va shu bilan birga jangovar va jangovar tayyorgarlik
vazifalarini hal qilishda harbiy qismlarga malakali rahbarlik qilish. Bundan tashqari,
innovatsion qurollarning zamonaviy turlari bugungi kunda o'z rivojlanishida turli
shakllarga ega bo'lib, ko'pincha dushman bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqani talab qilmaydi,
o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra ularni boshqarish, ishlatish va faoliyat ko'rsatish
uchun murakkab tizimlardir.
Ushbu maqolaning dolzarbligi shundaki Oliy harbiy ta’lim muassasalarida
bo‘lajak yosh ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari va
shakllantirish usullari yoritib berilgan. Maqolaning umumiy mazmun mohiyatida Chet
ellik olim
P. Andersonning
“Soft Skills” ko‘nikmalarni shaxsda rivojlantirish omillari
asarlariga asoslanib boshlamoqchiman.
“Soft Skills”
– bu jamiyatdagi barcha insoniyat olamida va ularning shaxsiy hayotida
muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beradigan norasmiy ko‘nikmalar, o‘zaro aloqalarni
o‘rgatish yoki boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy mezon sifatida o‘rganish
tushuniladi.
“Soft Skills”
odamlar o‘zlari uchun hatto profesional sharoitda ham aloqalarni
yaxshilash uchun “Soft Skills” rivojlantirishga harakat qilishadi. Misol uchun
“Emotional intelligence” kitobida hissiy intellektni ilgari surib, tushunish va his qilish
qobiliyatini yaxshilashga ko‘mak beradi. Bu o‘z navbatida insonlar shaxsiga ular bilan
muloqot o‘rnatishga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolani chop etishda
Crucial Conversations
asarlarini ham chuqur tahlil qilib, shuni
aytish mumkinki shahslararo muloqotlarni o‘rnatishda og‘ir mavzularni muhokama
qilishga yordam beruvchi va shaxsning o‘z fikrlarini mustaqil ifodalash va intizomli
ravishda qaror qabul qilish, professional rivojlanishi uchun muhim omil ekanligi o‘z
isbotini topgan.
Keling avvalo sizlar bilan bu ko‘nikmalar qachon qayerda paydo bo‘lganligini
bilib olaylik .
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
65
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Soft va Heard
(Qattiq va yumshoq ko'nikmalar) atamalari 1959 yildan beri
harbiy ishlarda paydo bo'lganiga qaramay, bugungi kunda yangi ko'nikmalarni
rivojlantirishga yondashuvlarni qayta ko'rib chiqish, tuzatish va ularning kasbiy,
shaxsiy va raqamli rivojlanishi uchun ekologik sharoitlarni shakllantirish masalasi
mavjud. OHTM da tahsil olayotgan kursant bo'lajak ofitser sifatida tez, chaqqon va
jadal rivojlanishi va bo‘linmani mohirona boshqara olishi uchun o‘ta muhim ko‘nikma
hisoblanadi.
“Yumshoq ko'nikmalar” tushunchasi
"Yumshoq ko'nikmalar" atamasi Ingliz
tilidan tarjima qilingan yumshoq qobiliyatlar
"yumshoq"
qobiliyatlar yoki
"moslashuvchan"
qobiliyatlarni anglatadi.
“Soft Skills” ko'nikmalar boshqa odamlar bilan samarali va uyg'un munosabatda
bo'lishga imkon beradigan shaxsiy fazilatlardir, masalan,
samarali muloqot.
Shu bilan
birga, kontseptsiyaning mazmunli tomoni atrof-muhit va shaxsiy resursni
integratsiyalashgangini tushunishni talab qiladi.
Amaliy loyihalar tuzishda
Jamoa bilan ishlash.
Adabiyotlarni mustaqil
o‘rganish va keng
dunyoqarashni
shakllantirish
Vazifalarni bajarishda
mustaqil ishlash,
javobgarlik
“Soft Skills”
ko‘nikmalarini
shakllantirish
usullari
Kommunikativ
samimiy muloqot
Loyihalarni mustaqil
ravishda tuzish va
qaror qabul qilish
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
66
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Moslashuvchan ko'nikmalar
(ingliz
tilining yumshoq qobiliyatlari) - bu har-bir
faoliyat turida, ish jarayonida muvaffaqiyatli
ishtirok etish, yuqori mahsuldorlik uchun mas'ul bo'lgan va o'zaro bog'liq bo'lmagan
ko'nikmalar to'plamidir.
Yumshoq ko'nikmalarni rivojlantirish muammosi bilan turli vaqtlarda ko'plab
olimlar shug'ullangan, ular "yumshoq ko'nikmalar" tushunchasini turli yo'llar bilan
ko'rib chiqqanlar va aniqlaganlar, buni har birining idrok
etish xususiyatlari va ilmiy qiziqish doirasi bilan izohlash
mumkin.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarda tahsil olayotgan
bo‘lajak yosh ofitserlarida ushbu ko‘nikmalarni
rivojlantirishning asosiy omillari quyidagilarni o‘z ichiga
qamrab oladi:
Etakchilik -
bo‘lajak ofitser o‘z faoliyatida etakchilik qilishi - bu jamoaning
hamjihatligi, intizomi va ma'naviyatini rag'batlantirishda qo‘l ostidagilar bilan oldinga
qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, maqsadlariga erishish uchun muvaffaqiyatli
boshqarish, ta'sir qilish va o‘z-o‘ziga ishonch va ilhomlantirish qobiliyatlari
hisoblanadi.
Nima uchun ushbu ko‘nikmalar zarur;
Oliy harbiy ta’lim muassasalarda tahsil
olayotgan bo‘lajak yosh ofitserlarning rahbarlik faoliyati juda muhim, chunki u
bo‘linmada yuksak intizomni ta'minlaydi, kundalik va jangovar harakatlarni vazifalarni
aniq maqsadlariga yo'naltiradi, jamoalarning birdamligini ta'minlaydi va harbiy
xizmatchilar o'rtasida ishonch va ma'naviyatni uyg'otadi, natijada murakkab va qiyin
sharoitlarda jangovar harakatlarning samaradorligi va muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Bo‘lajak ofitserlarda etakchilik mahoratini qanday oshirish mumkin?
Etakchilik mahoratini oshirish, ayniqsa yosh ofitser sifatida, doimiy shaxsiy
rivojlanish, jamoani tushunish va ularning ehtiyojlari va oldiga qo‘yilgan vazifa
maqsadlariga moslashtirishni o'z ichiga oladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
67
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Yetakchilik mahoratlarini quyidagi uslublar orqali rivojlantirish mumkin:
o‘z-o'zini anglash va o'z-o'zini takomillashtirish;
kuchli va zaif
tomonlaringizni muntazam ravishda baholang. Fikr-mulohazalarni izlang va unga
ochiq bo'ling. Uzluksiz harbiy-pedagogik ta'lim jarayonida faol ishtirok eting.
samarali muloqot:
qo‘l ostidagilar bilan aniq, qisqa va to'g'ridan-to'g'ri muloqot
qilish san'atini egallang. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida og'zaki va og'zaki
bo'lmagan belgilarning ahamiyatini tushuning.
Misol uchun:
sizning xatti-harakatingiz
jamoangiz uchun standartni belgilaydi. Boshqalardan kutmagan qadriyatlar va axloqni
namoyish eting.
jamoada faol ishlash va o‘zaro aloqani rivojlantirish
: harbiy jamoaning har
bir harbiy xizmatchilarning xissiyotlarini to‘g‘ri
tushunish va qadrlash orqali bo'linmangizda
ishonch va hurmatni mustahkamlang. Har bir
faoliyat turidan so‘ng ularni rag'batlantiring.
moslashuvchanlik:
moslashuvchan va
etakchilik uslubingizni har bir vaziyat talablariga
va jamoangiz ehtiyojlariga moslashtirishga tayyor
bo'ling.
qaror qabul qilish va mas'uliyat: bo‘linmani boshqarishda
aniq qarorlar
qabul qiling va ularni ijrosiga rioya qiling. Jamoangizda javobgarlik madaniyatini
targ'ib qiling.
Yuksak uslubiyotchi :
qo'l ostidagilaringizga murabbiy bo'ling. Ularni to‘liq
salohiyatini o‘z vaqtda ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiring, fikrlarini qo‘llab-quvvatlang
va ilhomlantiring. Ushbu strategiyalarni etakchilik yondashuvingizga kiritish nafaqat
yosh harbiy ofitser sifatidagi samaradorlikni oshiribgina qolmay, balki sizning
qo'mondonligingiz qo‘l ostidagilarni ham eng yaxshi natijaga erishishga
ilhomlantiradi.
Qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni mohirona boshqarish va taktik mahoratni
oshirish usullari:
bo‘lajak yosh ofitser sifatida o‘z taktikangizni yaxshilash uchun
quyidagi tezkor qadamlarni bajaring:
1. Uzluksiz ta'lim:
harbiy fanlarga oid kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, rahbariy
hujjatlar talablarini va harbiy jurnallarni o'qish orqali eng so'nggi mintaqada va jahonda
yuz berayotgan harbiy siyosiy vaziyatlarni to‘g‘ri tahlil qiling, yangi taktik
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
68
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
harakatlardan xabardor bo'ling. Taktik vazifalarga oid dolzarb baxs, munozaralarda
faol ishtirok eting.
2. Trening simulyatsiyalari:
muntazam taktik modulyatsiya va simulyatsiya
vositalaridan va shartli urush o'yinlarida faol ishtirok eting. Haqiqiy harbiy hayot rejasi
ustida ko‘proq ish tuting.
3.
Olib borilgan harakatlarni ko'rib chiqish
rejalashtirilgan va aslida nima
sodir bo'lganini baholash uchun to'liq tahlil o'tkazing. Muvaffaqiyatlardan ham,
muvaffaqiyatsizliklar natijalarini tahlil qilib o'rganing.
4. Harbiy faoliyatda jismoniy va ruhiy salomatlik:
fuqorolik hayotda va
harbiy faoliyatda eng yuqori jismoniy holat va ruhiy mustahkamlikni saqlang.
5. Moslashuvchanlik:
Jangovar harakatlarda dushman harakati va texnologik
yutuqlarga asoslangan taktikalarni moslashtirish va rivojlantirishga harakat qiling.
6. Etakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish:
o‘z qobiliyatlarizdan kelib
chiqib etakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiring, chunki kundalik va jangovar vazifalarni
samarali bajarish davomida yetakchilik qilish va hal qiluvchi harakatlarni amalga
oshirish o‘ta muhimdir.
7.
O‘zaro hamkorlik va yutuq:
harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida jamoaviy
harbiy forumlar va seminarlarda, harbiy-ilmiy anjumanlarda faol ishtirok eting, qo‘l
ostidagi shaxsiy tarkib, tengdoshlar va murabbiylar bilan fikr va mulohazalar o‘tkazing
va aniq muloqot o‘rnating.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh
ofitserlarning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy armiyamizning
asosiy maqsadi bo‘lib, unda komandirlarning qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni kundalik
va jangovar harakatlar davomida ularga yetakchilik qila olish qobiliyatlari va
ko‘nikmalari juda ham muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazarda yosh bo‘lajak
ofitserlarning yumshoq ko‘nikmalarini shakllantirish bu muvaffaqiyat kalitidir.
Chunki ushbu ko‘nikmalar orqali komandir o‘z jamoasi bilan vaziyatning har
qanday sharoitida ham ular bilan ochiq muloqot qila olish, ularni mohirona boshqara
olish darajasi va maqsadiga yeta oladi. Bu ko‘nikmalar orqali nafaqat oldiga siljish,
balki yosh bo‘lajak ofitserlarning harbiy-kasbiy kompitentlikni shakllantirish kasbiy
mohirlik, ijod, ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika
malakalarini shakllantirish, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib
toptirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 3
69
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni
23.09.2020 y.
2. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018 yil 9 yanvar.
3. Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic
Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018).
4. Goleman, D. “ Emotional Intelligence Bantam Books”. (1995). Emotsional
intellekt va uning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatli mashhur
asar.
5. Katz, R.L. Menejment va rahbarlikdagi “Soft Skills” ko‘nikmalari haqidagi
klassik maqola. (1974).
6. Maxwell, J.C. Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar to‘plami. (2007).
7. Abdurahimova D.Harbiy pedagogika. Darslik.T.: Akademiya, 2022.
8. Abdurahimova D.A., Abidjanova M.A. Harbiy ta’lim tizimida innovatsion
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. O‘quv qo‘llanma.: “Akademiya” nashriyoti
2021 y.
