Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
237
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “OMON OVCHINING O’LIMI”
HIKOYASINING BADIIY TAHLILI
Ochilova Marjona Olimjon qizi
Termiz davlat universiteti
Filologiyava tillarni o’qitish:o’zbek tili 1-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining
o‘limi” hikoyasidagi tarbiyaviy ahamiyatlar berilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
hikoya, asar, tarbiyaviy mazmun, farzand tarbiyasi.
KIRISH:
“U o’zi ham o’lishi mumkinligini o’ylamasdi. U o’ldirishni… hayvonlarni,
parrandalarni, xullas, Olatog’da ov qilishga arzirli o’lja borki, u qo’liga miltiqni olishi
bilan o’zi anglamagan holda, ulardan nimanidir otish - o’ldirishni o’ylardi”. Shu
jumlalar bilan boshlanadigan “Omon ovchining o’limi” hikoyasi qahramoni omon
ovchi tirik mavjudotlarni o’ldirishga juda mukkasidan ketgan kishi edi. Yozuvchimiz
ta’riflaganidek: “Mabodo ovdan quruq qaytsa - u bamisoli otasi o’lganidek aza
tutardi…”
Shunday yomon fazilatlar egasi bo’lgan Omon ovchining otasi Rahmon polvon ham
bir so’zli edi . U kurashda hech ham yiqilmagan. Ammo qirq yoshida bir polvoni yiqilib
qo’yganini ko’tarolmay, omborga bo’yra to’shab, unga suv sepib, bo’yraning ustiga
bag’rini berib oxri qon qusa-qusa o’lib ketadi. Balki, otasidagi ba’zi xislatlar o’g’liga
o’tgandir. Voqealar rivojida otasi unga, o’n uch yoshli o’g’liga “indamas” miltiq olib
beradi. Shu qiziqish bilan mohir mergan bo’ladi. Otasi vafotidan keyin o’z-o’zidan
otasining kasbi qorovullik va bog’bonlik faoliyatini davom ettrida. Onasi uni
uylantiradi, lekin ayoliga ham, farzandiga ham uning mehri yoq edi. Ba’zi sabablarga
ko’ra, Olatog’dagi odamlar Bandixon tomonlarga ko’chib keta boshlaydi. Shu yo’sinda
davom etib, ma’lum vaqta qishloqda Omon ovchining uyidan bo’lak hech qanday hovli
qolmaydi. Ayolining: “Melyn kunduzi ham bu yerda qo’rqaman, siz yo’qsiz,
o’g’limizning shuncha uzoq maktabga borib kelishi qiyin”- degan gapiga Omon ovchi:
“Chidasang -shu, chidamasang jo’na” - degan javob beradi. Ayoli uzoq o’ylab,
bo’lmasa taloq qilishni so’raydi. Ovchi esa hech ham ketishiga rozilik beradi. O’g’lini
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
238
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
olib qolish uchun unga miltiq olib bermoqchiligini aytadi. O’g’li esa onasi bilan
ketishni xohlaydi. Omon ovchi o’zi yolg’iz qolganda ham ta’sirlanmaydi. Aksincha,
yoshligida onasining ham ketibqaytib keliganini eslab, darrov yana keladi deb
o’ylaydi. Shu alfozda yolg’iz yashashga ham o’rganib qoladi unga achinadigan yolg’iz
ammasining ham gaplariga quloq solmaydi. Kunlarini duch kelgan jonzotlarni o’ldirish
otish bilan o’tkazadi. “Qon tudadi”, “gunoh “, “ko’z tegadi” qoladi va jon boricha
qochib ketadi. Ertasiga u bilan kelgan odamlar Quriqsoyda ko’ngilni aynituvchi
manzarani ko’radi. Bu esako’plab masliqxo’r g’ajirlar bir kimsani cho’qib-cho’qib
degan so’zlar u uchun hech qanday ma’no anglatmasdi. Allohning yaratkan mahluqi
ekanligi haqidagi aytgan gaplari ham zoya ketadi. Eng qizig’i, unga boyqushlari
tomosha qilish, ularni kuzatish yoqadi. Bir kuni u yana ovqa jonadi. Tog’da yurganida
qor ko’chib, kiyik va boshqa hayvonlar joylaridan qocha boshladi. Omon ovchi
birinchi kiyikni o’ldirdi, ikkinchisini o’ldirayotganini qadimdan ovchi faqat bitta kiyik
o’ldirishi kerak degan gapni eslab ham ko’rmadi. U o’ldirgan hayvonlar noqulay joyga
tushgani uchun uyiga olib ketolmadi. Ertasiga do’sti, Hamdam bilan olib ketishga
kelganda kiyiklarni g’ajirlar ko’zlarini o’yib yeyotganini ko’rdi. Qish tufayli barcha
suv mavjud joylar muzlagan edi. Uyiga qaytayotganda muz yorilib ketdi. Xullas, ikki
oyog’i ham ishlamay jipislab tashlanadi. Do’xtir olti oygacha tuzalmaysiz deydi. U
uyda yolg’iz, tashqariga chiqa olmay qoladi. Kunlar shu tarzda o’taveradi. Kakliklar
ham go’yo ovozini balandlatib sayray boshlaydi. Kakliklar sayragani eshitib, miltig’ini
o’qqa to’ldiradi oyog’i gips holida sudrala-sudrala ovga jo’naydi. Tepalikka chiqib
ikkita kaklikni otadi. Kakliklar soy bo’yiga yaqin joyiga tushgani uchun olishga
qiynalib tepalikdan dumalab ketadi. Uning ustiga qorlar yopishib katta aylana hosil
bo’ladi. U qorning ichida muzlab, qimirlayolmaydi. U bir necha kun shu holda qolib
ketadi. Shu qishloqqa qorovul qilib tayinlangan Ulton piyon soy bo’yidan
ketayotganda yulg’inlar orasida g’alati narsani ko’rib yeyayotgan manzara edi. Bu
hikoya shu yo’sinda tugaydi. Inson bu dunyoga bir marta keladi. Hamma har xil hayot
yo’lini tanlaydi. Qahramonimiz Omon ovchi ham o’zi uchun eng to’g’ri yo’l shu deb
bildi.
XULOSA:
Hayot davom etadi… Qanday yashash bu insoning o’ziga bog’liq ammo
yaxshi nom qoldirish, haqiqiy komil inson bo’lish esa tahsinga sazovordir.Bundan
barchamiz ibrat olmog’imiz darkor.Dunyoga kelgan barcha tirik jonzod yashashdek bu
ulug’ ne’matga loyiq ko’rilgan ekan bu imkoniyatdan to’g’ri va samarali foydalanishi
zarur.Yashash bu oliy imkoniyat zero biz bu imkoniyatlar egasi ekanmiz yaxshilik
qilishdan charchamasligimiz lozim…
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
239
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinf adabiyot darsligi.G’afur G’ulom
nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi,Toshkent-2019
2.
Shukur Xolmirzayev Tanlangan asarlar 3 jildlik: hikoyalar/- T:
3.
“SHARQ”, 2003.-448 b.
4.
Shukur Xolmirzayev “Yo’ldoshlar” hikoyalar to’plami.
