Authors

  • Kalliev Abatbay
    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali professori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92567

Keywords:

vokal mashg‘ulotlari individual yondashuv ovoz texnikasi repertuar pedagog mahorati ijodiy rivojlanish talaba bilan ishlash.

Abstract

Mazkur maqolada vokal mashg‘ulotlarida talaba bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Vokal san’atining mohiyatiga ham to‘xtalib, mashg‘ulotlarda har bir talabaga individual yondashish, repertuar tanlashdagi immanent jarayonlar ham qisman o‘rganilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


264

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

VOKAL MASHG‘ULOTLARIDA TALABA BILAN ISHLASHISHNING

O‘ZIGA XOSLIKLARI

Kalliev Abatbay

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali professori,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada vokal mashg‘ulotlarida talaba bilan ishlashning

o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Vokal san’atining mohiyatiga ham to‘xtalib,
mashg‘ulotlarda har bir talabaga individual yondashish, repertuar tanlashdagi
immanent jarayonlar ham qisman o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

vokal mashg‘ulotlari, individual yondashuv, ovoz texnikasi,

repertuar, pedagog mahorati, ijodiy rivojlanish, talaba bilan ishlash.

ОСОБЕННОСТИ РАБОТЫ С УЧАЩИМИСЯМИ В ВОКАЛЬНОЙ

ПОДГОТОВКЕ

Аннотация.

В данной статье анализируются специфические аспекты

работы с учащимися в вокальной подготовке. Также затрагивается сущность
вокального искусства, а также частично изучается индивидуальный подход к
каждому ученику в обучении, а также имманентные процессы в выборе
репертуара.

Ключевые слова:

вокальная подготовка, индивидуальный подход, техника

голоса, репертуар, педагогическое мастерство, творческое развитие, работа с
учащимися.

SPECIFIC FEATURES OF WORKING WITH STUDENTS IN VOCAL

TRAINING

Annotation.

This article analyzes the specific aspects of working with students

in vocal training. The essence of vocal art is also touched upon, and the individual
approach to each student in training, as well as the immanent processes in choosing a
repertoire, are also partially studied.

Keywords:

vocal training, individual approach, voice technique, repertoire,

pedagogical skills, creative development, work with students.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


265

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Vokal – ijodkor shaxsiyatini shakllantirish jarayonida muhim fanlardan biridir,

chunki kuylashga o‘rgatish insonning ijodiy rivojlanishiga, umumiy madaniyat
darajasining oshishiga xizmat qiladi. Tovush – inson tabiatan ega bo‘lgan noyob
ne’matdir. Aynan tovush orqali biz atrofimizdagi olam bilan muloqot qilamiz,
voqelikdagi turli hodisalarga bo‘lgan munosabatimizni ifoda etamiz. Kuylash apparati
– o‘zida rang-baranglik va nozik ohanglarning betakror boyligini mujassam etgan
g‘ayrioddiy bir asbobdir. Shu bois undan to‘g‘ri foydalanishni bilish – insonning hissiy
dunyosi va ijodiy o‘zini ifodalash qobiliyatini shakllantirishda muhim ko‘nikma
hisoblanadi. Musiqa inson ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi, quvonchlanishga va
boshqalarning holatiga hamdard bo‘lishga o‘rgatadi. Vokal mashg‘ulotlari natijasida
nafas olish, nutq, eshitish, musiqiy idrok va ritm tuyg‘usi rivojlanadi. Tovush hosil
qilish uslubiga ko‘ra besh turdagi vokal ajratiladi: akademik, xalq, estrada, jaz va rok
vokali. Quyida ushbu turlarining har biriga xos asosiy belgilarga to‘xtalamiz.

Akademik vokal – bu vokal san’atining klassik yo‘nalishidir. Ushbu uslubda

kuylovchilar qat’iy vokal pozitsiyaga rioya qiladilar, bu esa ularga mikrofonsiz, kuchli
va baland kuylash imkonini beradi. Bu klassik vokal an’anasi bo‘lib, kuchli ovoz, keng
diapazon va to‘g‘ri qo‘yilgan nafas kabi tabiiy vokal salohiyatning mavjud bo‘lishini
talab qiladi. Ovozni chiqarishda u toza, cho‘zilgan, hajmli bo‘lishi, sun’iy kuchaytirish
(forsaj) va xirillashdan xoli bo‘lishi kerak. Akademik vokalda, odatda, opera, myuzikl,
romanslar ijro etiladi, ba’zan esa estrada qo‘shiqlari ham kuylanadi.

Xalq vokali – bu muayyan xalqning vokal an’analariga asoslangan ijro uslubidir.

Bu kuylash uslubiga emotsional ifodaning kuchliligi va “ochiq” tovush orqali kuylash
xos. Odatda, xalq vokalida ko‘krak registri, to‘g‘ri va tekis ovoz (yassi tembr)
ishlatiladi. Shuningdek, tovush bog‘lamalarida (ligamentlarda) kuylash, maxsus vokal
texnikalar (masalan, tyrolyancha kuylash) keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda ko‘plab
zamonaviy xonandalar xalq vokal elementlarini estrada kuylashiga moslashtirmoqda
(masalan, Pelageya, Shaman va boshqalar).

Estrada vokali – bu turli vokal uslublarining sintezi bo‘lib, ijrochiga har xil

ovozda kuylash imkonini beradi. Ba’zilar bu uslubni soddalashtirilgan deb
hisoblasalar-da, amalda estrada vokali murakkab vokal texnikasini talab qiladi. U xalq,
jaz, klassik va rok vokal elementlarini birlashtirgan bo‘lib, xonandadan quyidagi
maxsus usullarni qo‘llashni talab etadi: xirillash, shivirlash, melizmalar, slayding
(pod’yom), chuqurlashtirish (glubina).


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


266

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Estrada vokali ikki yo‘nalishni birlashtiradi: akademik vokaldagidek texnik

mukammallik va jazdagi kabi erkinlik. Estrada ijrochisining vazifasi – mavjud uslublar
asosida o‘ziga xos, original vokal uslubini shakllantirishdir. Jaz vokali
afroamerikaliklarning xalq kuylari va blyuz an’analaridan kelib chiqqan. Bu uslubda
vokal ijrosi ijrochining shaxsiy ovoz xususiyatlariga bog‘liq. Jaz vokalining asosiy
jihatlari quyidagilardan iborat: maxsus ijro uslubi, noyob tembrlar, tovushning o‘ziga
xos tonallik sifati. Jaz vokalining ajralmas qismi — improvizatsiyadir. Bundan
tashqari, quyidagi texnikalar ham keng qo‘llaniladi: shaunting (baqiriq), dirty tones
(ifloslangan tembr), bending (tovushni ohang bilan bukish), glissando, vibratsiya,
falkset, pichirlash yoki ohangni keskin kuchaytirish. Jaz vokaliga quyidagilar xos:

a) real vaqt rejimida melodiyani improvizatsiya qilish – bu jaz vokalining

ajralmas qismidir;

b) ritm va garmoniya tuyg‘usining yuqori darajasi – ijrochi musiqa ichida o‘zini

“baliq suvda”dek his qilishi kerak;

v) ovoz mustahkam nafas tayanchi asosida qurilishi;

g) musiqa asboblari tembriga taqlid qilish qobiliyati.

Rok vokal – bu rok guruhlardagi vokal partiyalarini ijro etish uslubidir. Unda

emotsional yetkazuvchanlik va matn mazmunining ifodasi muhim ahamiyatga ega.
Rok vokalining asosiy xususiyatlaridan biri bu tovushning turli darajada
“parchalanishi” bo‘lib, quyidagicha texnikalar orqali ifodalanadi: drajv, skrim, xirillik,
xirillash, g‘uvillash, grouling. Rok vokalda tovushning tozaligi, tembr yoki
intonatsiyadan ko‘ra, qo‘pol, agressiv, kuchli va tashqi jihatdan beparvo ijro yuqori
baholanadi. Qancha ko‘p ekspressiya bo‘lsa – ijro shuncha kuchli hisoblanadi. U uchun
boshqa barcha narsalardan voz kechish mumkin. Vokal ijrosi turli shakllarda bo‘lishi
mumkin: yakka, ansambl va xor. Yakka kuylash – bu vokal partiyasini faqat bitta ijrochi
tomonidan bajarishni nazarda tutadi. Ansambl (guruh) kuylash – bu kichik vokal
jamoalarining birgalikda kuylashiga asoslangan bo‘lib, u 2 dan 10 gacha ijrochidan
iborat bo‘ladi. Ijrochilar tovushlarga (bas, bariton, tenor, mezzo-soprano, soprano)
ajratiladi. Har bir ansambl ishtirokchisining o‘z partiyasi mavjud, shuningdek,
solistning kuylashini qo‘llab-quvvatlaydigan partiyalar ham mavjud. Xor kuylash – bu
vokal jamoasining birgalikda kuylashidir. Xorlar quyidagicha tasniflanadi:

Kichik xor (16 dan 24 gacha ijrochi),


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


267

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Kamarli xor (24 dan 36 gacha ijrochi),

O‘rta xor (40 dan 60 gacha ijrochi),

Katta xor (80 dan 100 va undan ko‘p ijrochi).

Xor jamoalari, ansambl kabi, ko‘p ovozli asarlarni ijro etishi mumkin[1].

Vokal musiqa san’ati – bu musiqiy ijro san’atining umumiy estetik

xususiyatlariga, shuningdek, boshqa musiqiy ijrochilik san’atidan farq qiluvchi noyob
estetik tabiatga ega bo‘lgan musiqiy ijrochilik san’atlaridan biridir. Y. Dugan
aytganidek, “musiqa san’ati yoki estetika shakllaridan biri sifatida vokal musiqasi
printsipial jihatdan instrumental musiqa san’atidan farq qiladi. Badiiy ijod jarayoni va
badiiy ifodasi, yaratilish tarkibi va badiiy ta’siri, badiiy mazmuni va shakli, turi va
uslubi yoki estetik ta’siri va funktsiyasidan qat’i nazar, uning o‘ziga xos xususiyatlari
va qonuniyatlari mavjud”[2] vokal musiqa san’ati nazariyasini o‘rganish “musiqa
san’ati shaklining o‘ziga xosligini ochib berish, shu bilan vokal musiqa san’atining
mohiyati va qonunini har tomonlama o‘zlashtirishdan iborat” [3].

Xonandani tarbiyalash jarayonida o‘qituvchi turli usullardan foydalanadi.

Birinchi o‘rinda vokal eshitishni tarbiyalash va mukammallashtirib borishga nazorat
bilan barcha vokal sifatlarini rivojlantirish turadi. Talabada xonandalik jarangdorligini
to‘g‘ri tashkil etish haqidagi tasavvurni ishlab chiqish zarur. Ta’lim doimo musiqa
materiallari mashq, vokal va badiiy asarlar asosida olib boriladi. To‘g‘ri tanlangan
musiqiy manba tovushni tarbiyalaydi. Mashq – bu bilim olishning asosiy vositasi.
Ularni qo‘llash talabalar tovushida uchraydigan va tuzatishni talab etadigan
kamchiliklarni yo‘qotish vositasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Ovozga sayqal berish
mashqlari – mashqdan badiiy asarlarga o‘tish uchun foydali manba hisoblanadi.
O‘qituvchi tomonidan katta odob saqlagan holda badiiy pedagogik manba tayyorlash
talab etiladi. Manbalarni musiqiy, vokal-texnik va ijro qiyinchiliklarini e’tiborga olib
tahlil etish – o‘qituvchining zaruriy sifati hisoblanadi. Keng ko‘lamli musiqiy
pedagogik manbalarni egallash va ularni qo‘llay bilish – pedagogik faoliyat
muvaffaqiyati talablaridan biri. Asarning muvaffaqqiyatli ijrosi uchun o‘rganish va
ashula aytish usuli katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi asarlar ustida ishlash uslubini
keng ko‘lamli va turli-tuman repertuarlami tezroq o‘zlashtirib olishi uchun o‘rganishi
kerak. Tovush sifatini ko‘zlangan natijada tarbiyalashda ovozni ko‘rsata bilish katta
ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmali qurollar ko‘ra oladigan va sodda bo‘lgani uchun ham
kerakli ko‘nikmalami shaxsan topishga majbur etadi. Buning uchun o‘qituvchining


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5


268

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

o‘zi ham yaxshi ovozga ega bo‘lishi lozim, o‘quvchi esa-taqlid qobiliyatiga ega. Biroq
taqlid kuylashni o‘rganishda majburiy hisoblanmaydi[4]. Ovoz shaxsning nozik ifoda
vositasi bo‘lgani uchun talaba bilan ishlashda ishonchli va ijobiy muhit yaratish
muhim. Tanqidiy yondashuv ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi, talaba o‘zini erkin
va ishonchli his qilishi lozim. Talabaning vokal darajasi, yoshiga mos, texnik va
ifodaviy jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladigan repertuar tanlanishi kerak. Repertuar
asta-sekin murakkablashtirib boriladi.

Talabalarning ovoz imkoniyatlari va vokal tayyorgarligi turlicha bo‘lganligini

hisobga olgan holda, dasturning repertuarlar ro‘yxatiga murakkabligi turlicha bo‘lgan
asarlar kiritiladi. Lekin barcha kurslarda vokaliz berib borish zarur, chunki ijrochining
ovozi sayqallanishiga, texnik-ijrochilik mahorati olishiga yordam beradi. Ro‘yxatga
kiritilgan asarlarini talabaning ovoz diapozoniga mos tonlikka transpozitsiya qilib
berish tavsiya etiladi[5]. Vokal mashg‘ulotlarining asosi puxta о‘ylangan о‘quv
materialini tanlash, talabalarning musiqiy-ijrochilik iqtidorini har tomonlama,
muvaffaqiyatli rivojlantirishdan iborat. Talabalarning о‘zlashtirishi kо‘p jihatdan
tuzilgan shaxsiy reja va tо‘g‘ri tanlangan mashqlarga bog‘liq. Vokal kо‘nikmalarini
rivojlantirish asta-sekin, maqsadli yо‘nalishda, butun о‘quv yili davomida, har bir
talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda kechadi. Talabalar bilan
ishlash jarayonida ularda quyidagi xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish lozim.
Vokal kо‘nikmalar – bu xonandalik nafasi, artikulyatsiya, musiqani badiiy idrok etish,
she’r matniga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bо‘lish, musiqiy eshitish
qobiliyati (slux), xotira, metroritm hissi, asarning badiiy saviyasiga nisbatan tanqidiy
munosabatni rivojlantirish v.h.k. Pedagog о‘z shogirdi bilan vokal-ijrochilik
mahoratining turli qirralarini rivojlantiruvchi repertuarni tanlab, rivojlanib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Петухова Н. В., Ефремова И. В. Вокал. Минск, Белорусский
государственный университет культуры и искусств, 2022. 60 ст.

2.

Yu Dugang: Vocal Music Art Aesthetics, Higher Education Press, May 1993, pp.
4.

3.

Yang Yihe: Principle and Application of Music Performance Art, Anhui
Literature and Art Press, October 2002, pp. 34.

4.

Qahharov N. Vokalasoslari – Тoshkent.:Iqtisod-moliya, 2008. 314 b.

5.

Haydarov A. Vokal. – Qo‘qon.: O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali. 2019.

References

Петухова Н. В., Ефремова И. В. Вокал. Минск, Белорусский государственный университет культуры и искусств, 2022. 60 ст.

Yu Dugang: Vocal Music Art Aesthetics, Higher Education Press, May 1993, pp. 4.

Yang Yihe: Principle and Application of Music Performance Art, Anhui Literature and Art Press, October 2002, pp. 34.

Qahharov N. Vokalasoslari – Тoshkent.:Iqtisod-moliya, 2008. 314 b.

Haydarov A. Vokal. – Qo‘qon.: O‘zDSMI Farg‘ona mintaqaviy filiali. 2019.