1
Alfraganus universitety Pedagogika va Psixologiya fakulteti 1-bosqich magistiranti.
e-mail:
g.mirsoatova@afu.uz
ORCID:
0009-0001-4549-0387
Mirsoatova Gulchiroy Eshmurodovna
1
O’QUVCHILARDA LINGVISTIK QOBILYAT
SHAKILLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSATLARI
PSYCHOLOGICAL FEATURES OF LINGUISTIC ABILITY
FORMATION IN STUDENTS
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ
ЯЗЫКОВЫХ СПОСОБНОСТЕЙ У СТУДЕНТОВ
Annotatsiya
.
Bugun dunyoda millionlab insonlar o’z tilidan tashqari boshqa chet tillarni
o’rganish uchun o’z bilimlarini va bor kuch g’ayratini sarflashmoqda. Dunyo bo'ylab 1,75
milliard kishi ingliz tilida so'zlashadi va barcha rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida chet-
tillini o’rganish yo’lga qo’yilgan. Davlatimizda kundan kunga chet tillarni o’zlashtirib ILTS,
TOFEL, TOPIC, kabi nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo’lga kiritayotgan yoshlarimiz juda ko’p.
Aksariyat yoshlarimizning ko’p qismini ingilis tilini o’rganayotgan yoshlarimiz tashkil etadi.
Ingliz tili butun dunyo bo'ylab odamlar bilan muloqot qilishni xohlaydigan ishlaydigan
mutaxassislar uchun o'rganish uchun zarur bo'lgan global tildir. Bu axborot kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida keng qo'llaniladigan til bo'lib, onlaynda mavjud bo'lgan
ma'lumotlarning aksariyati ingliz tilida. Ushbu maqolada biz o’quvchilardagi lingvistik
qobilyat shakillanishidagi muhum psixologik omillar va tildagi muloqot ko'nikmalarini
o'rganishning muhimligini va bu odamlarning shaxsiy va professional hayotida qanday foyda
keltirishi mumkinligini muhokama qilamiz. Chet tillini o’zlashtirish jarayonida muhum
bo’lgan lingvistik qobilyat ahamiyati haqida ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Tilni
o’zlashtirishning oson usullari birinchi o’rinda diqqatni jamlab olish va aqliy tafakkurning
tiniq va ravonligi nimalarga bog’liq ekanligini o’rganamiz. Chet tillini tez va oson samarali
o’zlashtirishda diqqatni qanday jamlay olish yoki tartib, tizimli, tanaffussiz o’rganishning
foydasi qanday ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratamiz.
Kalit so`zlar:
O’quvchilardagi qobilyat xususyatlari, diqqat, ilmiy qobilyat, badiiy qobilyat,
amaliy qobilyat, tafakkur, qobilyat shakillanishining psixologik xususyatlari.
Abstract.
Today, millions of people in the world are spending their knowledge and all their
energy to learn other foreign languages besides their own. 1.75 billion people around the world
speak English, and in the educational system of all developed countries, learning a foreign
language is established. There are many young people in our country who are learning foreign
languages day by day and obtaining prestigious international certificates such as ILTS, TOFEL,
TOPIC. Most of our young people are young people who are learning English.
English is a global language that is essential to learn for working professionals who want
to communicate with people around the world. It is a widely used language in the field of
information and communication technology, and most of the information available online is in
English. In this article, we discuss the important psychological factors in the formation of
linguistic ability in students and the importance of learning communication skills in the
language and how it can benefit people in their personal and professional lives. We will try to
consider the importance of linguistic ability, which is important in the process of learning a
foreign language. In the first place, we will learn what easy ways to learn a language depend
on concentration and clarity and fluency of mental thinking. We will pay attention to the
importance of how to concentrate on learning a foreign language quickly and easily, or how
important it is to learn in an orderly, systematic, uninterrupted manner.
Key words:
Characteristics of students' abilities, attention, scientific ability, artistic ability,
practical ability, thinking, psychological characteristics of ability formation.
KIRISH
Aqil bu fikirlash qobiliyatidir. Aqilni insonga hech kim bermaydi, aql insonda yillar moboynida
shakillanib borib yuksak darajaga yetadi. Inson tabiatan mukammal qilib yaratilgan biologik
mavjudod. Unda hech bir mavjudodga berilmagan aqil va tafakkur qilish qobilyati berilgan. Har
birimizda yashirin qobilyat bo’lishi mumkun albatta, ammo ba’zan insonlar ichki his-tuyg’ularini
oshkora eta olmaydilar. Ichki qobilyatni yuzaga chiqozib berishda esa insonda psixologik
muommolar mavjud bo’lmagan vaziyatlarda unda erkin fikirlash qobilyati mavjud bo’ladi. Bola
tug'ilishi bilanoq unda hech qanday tilni bilish qobilyati mavjud bo’lmaydi. Biroq vaqt va
atrofdagi odamlar bilan ular boshqalar bilan bir xil tilda gapira boshlaydilar. Bolalar ulg'aygach,
tengdoshlari va do'stlari bilan muloqot qilish uchun boshqa tillarni o'rganadilar. Bugun
dunyoning istalgan yeriga sayohat qilishingiz, ishlashingiz yoki u yerda biroz muddat yashab
qolishingiz ham mumkun, faqat siz chet tillini yaxshi o’zlashtirgan bo’lsangiz. Ingliz tili global
til bo'lib, odamlar o'z ona tili ta'siridan chiqib, ingliz tilidagi muloqot qobiliyatlarini o'rganishlari
uchun zarur bo'lib qoldi.
MUNOZARA
Bugun tilni o’rganishga bo’lgan talabning oshishi sezilarli darajada o’zgardi. Ko’plab ota-
onalar farzandlarni yaxshi ta’lim olishi bilan birga uning boshqa bir chet tillini mukammal
egallashini hohlashmoqda. Yoshlarimizning maktabda boshlang’ich sinfdan boshlab va uning
oila muhitida ham ota-ona tomonidan tilni o’rganish majburyati yuklanadi. Ammo tilni
o’zlashtirayotgan o’quvchilarning aksariyat qismi tilni o’zoq muddat o’rganishiga qaramasdan
ularda hech qanday ijobiy nateja bo’lmagan holatlar ham ko’zatilmoqda. Ana shunday keskin
vaziyatlarda ko’pchiligimizning tilni o’rganayotgan o’quvchidagi psixologik xususyatlarning
muhumligini bilmaymiz. Ba’zi holatlarda tilni o’rganayotgan o’quvchilarning psixologik
xususyatlarida ham bir qancha muommolarga duch kelish holatlari ko’zatilgan. Nima sababdan
uzoq muddat davomida tilni o’rganayotgan o’quvchilarda ijobiy natejaga erishish qiyin
bo’lmoqda? Buning sababi nimada? Tilni o’rganish jarayonida boladagi lingvistik qobilyat
xususyatlarining qanday ahamiyati borligini bugun ko’rib chiqamiz.
METOD
Zamonaviy ta’lim jarayonlarining sifatini yaxshilash maqsadida kundan-kunga yangi
o’zgarishlar kiritilmoqda. Tilni bugun nafaqat yoshlar balkim 30-yoshdan yuqori bo’lgan
pedagoglarimiz, muassasa tashkilot xodimlari ham o’rganishga katta qiziqish bildirishgan.
Bugun zamon talabiga javob bermasangiz siz ertaga keraksiz kadrga aylanib qolishingiz
mumkun. Chet tillarni o’rganishda qanday metodlardan foydalanish samaraliroq nateja beradi?
Bu borada ko’plab tilshunos olimlarlarimizning o’tkazgan tajribalari ko’p. Tilni o’rganish
jarayonida eng samarali metodlardan biri ko’proq muloqot jarayoni hisoblanadi. Bunda ong hech
qanday gramatikalarsiz yangi so’zni miyaga muhirlaydi. Tilni o’rganishda xotira juda muhum rol
o’ynaydi agar insonda kuchli xotira shakillangan bo’lsa u boshqa bir tilni tez o’rgana oladi. Tilni
o’rganishdagi yana bir sinalgan va yaxshi natejaga erishilgan metodlardan biri bu SPEAKING
CLUB (davra suhbati)ni tashkil etish hisoblanadi. Bunda o’quvchi o’rganayotgan yangi tilda
gapirishga harakat qiladi. Boshqa bir tilni o’rganish ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Chunki bu
holatda inson munosabatga kirishishga harakat qiladi. O’quv jarayonidagi o’tkazilgan davra
suhbatlari o’quvchidagi kognitiv faoliyatni tashkil etishga va lingvistik qobilyat shakillanishiga
yordam beradi.
Dunyoni bilish va dunyoviy bilimlarni shakillantirishda muloqot qilish vositasi sifatida
chet-tili o’zining muhum ahamiyatiga ega. Zamonaviy o’quv jarayoni bugun o’quvchilardan
bilim, ko’nikma, malaka, til o’rganish qobilyatini talab qiladi. Bugun yoshlarning chet- tillini
o’rganishga bo’lgan talablari ortib bormoqda. Ba’zi yoshlarimizda til o’rganishdan maqsad chet
mamalakartlarda ta’lim olish va boshqa yoshlarimizning esa chet elda ishlash ihtiyojlaridan deb
bilishimiz mumkun. Oliy ta’lim o’quv yurtlarida ham bugun tilga bo’lgan yoshlarimizdagi
qiziqish quvonarli albatta. Ba’zi oilalarda hattoki bolalar 3-yoshdan boshlab ingilis tiliga
chuqurlashtirilgan maktabgacha ta’lim muassalariga ota-onalar tomonidan berilishi bu ingiliz
tilining ahamiyati sezilarli darajada oshganidan dalolat.
Maktab yoshidagi o’quvchilarning aniq fanlar bilan birga chet tillarni o’rganishlari ba’zi
bir hollarda ijobiy nateja bersa ba’zi vaziyatlarda esa salbiy holatlar ham ko’zatiladi.
Psixoliklarning fikricha maktab yoshidagi bolalarda haddan ortiq yuklamalarning qo’yilishi uni
psixologik kasalliklarning ortirib olinishiga sabab bo’lishi aytilgan. Ana shunday holatlarni oldini
olish uchun avvalombor o’quvchilardagi qobilyatning qaysi fanga shakillanganligini aniqlab
olish va uning qobilyatiga ko’ra yunaltirish samarali nateja beradi.
Qobiliyat — insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Qobiliyat bilimdan keskin
farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik
tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat koʻnikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga
berilgan inʼom sifatida qaraladi.
Qobilyat insonga tug’ma berilishi yoki unda yillar moboynida uning ilim olishga bo’lgan
sayin harakati, o’qishga bo’lgan qiziqishi orqali bilimlarining oshishi natejasida shakillanishi
mumkun. Maktabda ta‘lim olayotgan yuqori sinf o’quvchilarining bugun aniq fanlar va chet
tillarni o’rganish uchun barcha kuchlarini sarflashlari bu o’z navbatida ularning ilim olishga
bo’lgan intilishlaridan dalolat. Ammo bugun ba’zi bir o’quvchilarning fiziologik charchab
qolishlari oqibatida fanlarni to’liq egallay olmayotganliklari ko’zatilmoqda. Bunday vaziyatlarda
o’quvchilarning lingvistik qobilyatini til o’rganishga bo’lgan qobilyatini aniqlash kerak.
O’quvchilarda lingvistik qobilyat shakillanishida psixologik xususyatlar juda muhum
ahamiyatga ega.
Tilni egallash insonda turlicha amalga oshiriladigan jarayondir. Inson tug’ilishi va uning
rivojlanishi jarayonlarida ko’plab bosqichlarni bosib o’tadi. Inson tug’ulganda uning tili hali
rivojlanib o’lgurmagan bo’ladi albatta ammo kun o’tishi bilan eshitish orqali bola tilni asta
sekinlik bilan egallab boradi. Til qobiliyati deganda tilni egallash qobiliyati tushuniladi. Bolalar
til o'zlashtirish uchun eng katta qobiliyatga ega. Bu qobiliyat taxminan 10 yoshdan keyin
pasayadi.
O'quvchining intellektual rivojlanishining muvaffaqiyati asosan sinfda, o'qituvchi o'z
o'quvchilari bilan yolg'iz qolganda erishiladi. O’quvchining lingvistik qobilyati tizimli, kognitiv
faoliyati tashkil qilish qobiliyati o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqish darajasi, bilim darajasi,
doimiy o'z-o'zini tarbiyalashga tayyorligi, ya'ni ularning intellektual rivojlanishi hisoblanadi.
O’quvchilardagi tilni o’rganishga bo’lgan qobilyatni faxmlash uncha qiyin bo’lmaydi agar
o’qtuvchida kuchli kuzatish tajribasi bo’lsa albatta har bir o’quvchining aniq fanlarga yoki
san’atga, adabiyotga, sportga, qo’l mehnati kabi kasbiy ta’limga bo’lgan qobilyatini aniqlay
olishi mumkun. Qobilyat insonning psixologik xususyatlari xisoblanadi. Har bir qobilyat
insondan mukammal izlanuvchanlik va tassavur olamining kengligini talab qiladi. Tassavur
olamining keng bo’lishi o’z navbatidagi inson aqlining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ham
biologik,fiziologik hamda psixologik jarayon hisoblanadi.
Fiziologik xususiyatlar o'quvchilarning o'rganishiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan yana bir
ta'lim uslubi modeli omilidir. Bu xususiyatlar o'quvchilarning qachon va qanday qilib yaxshiroq
o'rganishiga ishora qiladi. Talabalarning fiziologik xususiyatlarini tushunish o'qituvchilarga
o'quvchilarning idrok etish qobiliyatiga asoslangan holda o'rganishga yordam beradi.
Xususiyatlarga kunning vaqti, tashqi stimulyatsiya, energiya darajasi va o'qish paytida
harakatlanish kiradi. Misol uchun, o'qituvchilar o'quvchilarni kunning eng yaxshi vaqtida
o'qishga undashlari mumkin, bu erta tongda maktabga ketishdan oldin, tushlik yoki o'quv
zallarida, maktabdan keyin darhol yoki kechqurun yotishdan oldin bo'lishi mumkin. Talabalar
o'qishga e'tibor qaratishganda, tashqi stimulga ham boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ba'zilar
o'rganish paytida ovqatlanishni, saqich chaynashni yoki ichishni yaxshi ko'radilar. Ba'zi katta
yoshdagi talabalar hatto o'rganish paytida chekishni afzal ko'rishlari mumkin. Boshqa talabalar
energiya darajasi yoki harakatchanlik sohasida idrok etish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin. Agar
ular o'rganish davomida harakatlana olsalar va bitta stol maydoniga cheklanib qolmasalar,
yaxshiroq o'qishlari yoki sinf sharoitida yaxshiroq ishlashlari mumkin (R. Dunn, & K. Dunn,
1992).
1
Yuqori sinf o’quvchilarining ma'lumotni qayta ishlash usuli ham o'rganish qobiliyatiga
ta'sir qilishi mumkin. Ba'zi o’quvchilar doimiy bo'lishga moyil bo'lgan ko'proq tahliliy
protsessorlardir. Ular har doim ham topshiriqni darhol boshlamasligi mumkin, lekin ular
boshlaganlaridan so'ng, ularda vazifa tugaguniga qadar yoki ular to'xtab qolishlari mumkin
bo'lgan joyga kelguniga qadar davom etish uchun kuchli hissiy istak paydo bo'ladi. Boshqa
tomondan, global o'quvchilar odatiy o'qituvchilar tomonidan chalg'ituvchi narsalar - tovush
(musiqa, teginish yoki suhbat), norasmiy dizayn (bemalol yotish), yumshoq yorug'lik (ko'zlarini
yopish yoki uyda quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak taqish) bilan o'rganishni afzal ko'rishadi.
Sotsiologik omillar ham o'rganishga ta'sir qilishi mumkin. O'qituvchilar turli sharoitlarda
o'quvchilarning o'rganish uslublaridan xabardor bo'lishlari kerak. O'rganishni kuchaytiruvchi
yoki inhibe qiladigan o'zgarishlar yolg'iz o'rganishni, juftlikda, kichik guruhlarda, jamoaning bir
qismi sifatida, obro'li yoki kollegial kattalar bilan o'rganishni va naqsh va tartiblardan farqli
o'laroq, xilma-xillikni xohlashni o'z ichiga olishi mumkin.
Qobilyat faqatgina faoliyatda nomoyon bo’ladigan muhum jarayon hisoblanadi. Har bir
qobilyatning o’ziga xos tuzulishi va xusuyatlari mavjud bo’ladi. Qobiyatnin yetakchi xususiyati
ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Qobilyatlarning asosiy tayanch tizimi bu kuzatish metodi
hisoblanadi. O’quvchilarning qobilyatlarioni aniqlash uchun ularni birinchi navbatda kuzatish
krerak bo’ladi. Insondagi qobilyat ba’zi o’quvchilarda oilada o’z yaqinlari davrasida yoki
maktabda va do’stlari davrasida namoyon bo’ladi. Undagi qaysi yo’nalishga bo’lgan kuchli
qiziqish va salohiyat bu ishni hech qanday qiyinchiliklarsiz egallashi bilan bog’liq jarayon
hisoblanadi. Qobilyatning kengligi va yo’nalishiga ko’ra 2 turi mavjud.
1
Alberg, J., Cook, L., Fiore, T., Friend, M., & Sano, S. (1992). Educational approaches and options for integrating students
with disabilities: A decision tool. Triangle Park, NC: Research Triangle Institute.
American Education Network Corporation. (1999). AENC'sEducational philosophy – Recognition of Howard Gardner [On-line].
Available: http://www.aenc.org/ABOUT/MI-Pie.html
Andrews, R. H. (1990). The development of a learning style program in a low socioeconomic, underachieving North Carolina
elementary school. Journal of Reading, Writing, and Learning Disabilities International, 6 (3) , 307-314.
1.Maxsus insoniy qobilyatlar
. Ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy hayot va
taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobilyatlar o’z navbatida umumiy va xususiy
qobilyatlarga bo’linadi.
2.Umumiy qobilyatlatlar
. Insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy
qobilyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi,qo’l harakatlarini aniqligi va boshqa
xususyatlaridan iborat.
O’quvchilarda lingvistik qobilyat shakillanishida qobilyatning o’zi kamlik qilishi
mumkun. Agar tilni o’rganayotgan odam tilni o’rganish jarayonida diqqatni jamlay olmasa unda
hech qanday nateja bo’lmaydi.
Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday
ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi
optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga
boʻlinadi: ixtiyorsiz (passiv) Diqqat va ixtiyoriy (aktiv) Diqqat Ixtiyorsiz Diqqat biron tashqi
sabab taʼsirida kishi xohishidan qatʼi nazar hosil boʻladi. Bunday Diqqat odamdan iroda kuchini
talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qoʻzgʻatuvchining kuchi katta ahamiyatga ega; mas,
narsaning chi-royliligi, yorqinligi, oʻtkir hidliligi va b. xususiyatlari Diqqat ni beixtiyor tortadi.
Ixtiyoriy Diqqat da psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga ongli
ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi; shuning uchun bu Diqqat
irodaviy Diqqatdeb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy Diqqat
vositasida amalga oshiriladi.
Dars o’tish jarayonida o’qtuvchi uchun eng muhum bo’lgan vosita quroli bu o’quvchining
diqqatini bir joyga yig’ib olishi hisoblanadi. Agar o’qtuvchida pedagogik mahorat va qobilyat
bo’lsa u har qanday o’quvchini diqqatini darsga qarata olishi mumkun. Diqqat psixologik noyob
hodisa hisoblanib bugungi kungacha birorta psixoliklar va ruhshunoslar bu borada yagona fikirga
ega emaslar. Psixoliklar diqqatni psixikaning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u
yoki bu darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi mumkin emas,
boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini yoqlaydilar. Psixik bilish
jarayonlarining yo‘nalganligi va tanlash xususiyati diqqat bilan bog‘liq, diqqat bilan idrokning
aniqligi va izchilligi, xotiraning mustahkamligi va tanlash xususiyati, aqliy faoliyatning
yo‘nalganligi va samaradorligi, qisqasi, umuman bilish faolligining sifati va natijalari aniqlanadi.
Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog‘liqbo’ladi.
Ma’lum yo‘nalishdagi alohida qo‘zg‘atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik
asosini ba’zi nerv markazlarining qo‘zg‘alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi.
Odamga ta’sir ko‘rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga
oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keltiradi. Diqqat da yana bir muhum holat
bu taxminiy
refleks
bo’lib uni alohida ta’kidlab o’tish joiz. Bu refleks odam va hayvonlarda atrof muhitga
bo’lgan rekleks hisoblanadi. Bu jarayon inson miyasidagi psixologik jarayon hisoblanadi, chunki
inson ongidagi qabul qiluvchi signallar tashqi muhutdan kelgan ovoz,tovush,qandaydir tabiat
hodisasi yoki tusattan honaga kirib kelgan begona odam xonadagi insonlarning diqqatini tortilishi
kabi misollarni ko’rsatishimiz mumkun.
D.E.Brodbentning
fikricha, diqqat – axborotni, aynan,
kirib kelishda, ya’ni periferiyada tanlab o‘tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o‘zida turli
axborotni ikki qulog‘i bilan qabul qilgan bo‘lsa, lekin qo‘llanmaga binoan, faqat chap qulog‘i
bilan qabul qilishi zarur bo‘lgan holatda, o‘ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul
qilinmaganligini aniqladi.
Insonhdagi qobilyatlarning shakillanishida diqqatning ham ahamiyati katta. Odam bolasi
bu dunyoda yaratilgan eng noyob va mukammal biologik mavjudot deb hisoblashimiz mumkun.
Chunki odamda boshqa mavjudodlarda bo’lmagan ong, aql,idrok,tafakkur, qobilyat berilgan.
Tarixda yashab o’tgan allomalardan biri Umar Hayyom insonga berilgan eng oliy ne’mat bu
tafakkur deb aytib o’tgan. Chunki inson ongli mavjudot ammo unda tafakkur bo’lmasa u ong
rivojlana olmasligini ong rivojlanmasa insondagi hich bir qobilyat tashqi muhutga chiqmasli
mumkunligini aytib o’tgan. Darhaqiqat tafakkurning rivojlanib borishi bizdagi yashirin
qobilyatning yuzaga chiqishiga turtki bo’ladi.
2
Ayrim adabiyotlarda qobilyat mohiyati turlicha
talqin qilingan. Umumiy qobilyat deganda shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti va bilim
olishi tushuniladi. Ammo ba’zi bir olimlarning fikriga ko’ra bu tor va notug’ri tushuncha sifatida
inkor etiladi. Inson faoliyatidagi maxsus qobilyatlarni 3 qismga bo’ladi.
Ilmiy qobilyat
-everistik fikrlashning yuksak rivojlangan chuqqisi hisoblanadi. Bu
qobilyat insondan mantiqiy og’zaki xotirani, qa’tiyat va sabr toqatni talab qiladi.
Badiiy qobilyat
sensor obrazli fikrlashning asaosiy bo’g’ini hisoblanib, o’tkir emosional
ta’sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi.
Amaliy qobilyat
praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligi, ilm farosatning
kuchliligi, iroda va yetuk kirushuvchanlikni o’z ichiga oladi.
Odam egallaydigan faoliyat uning xususyatlariga yuksak talablar qo’yadi. O’zidagi
talablarni qondirish uchun inson tinimsiz o’z nustida ishlashi va ko’p mehnatni talab qiladi. Yillar
davomida olib borilgan faoliyat natejasi qobilyatga aylanishi mumkunligini ko’p misollar orqali
bilamiz. Qobilyatlar murakkab tuzulishga ega bo’lgan psixik sifat yig’indisidan iborat. Ba’zi
hollarda o’quvchilarning dars davomida bir fanda 45 minut o’tirib bitta mavzuni eshitib uni
o’rganib olishlari ham uning qobilyatiga bog’liq jarayondir. Chet tillarni o’rganayotgan
o’quvchilardagi uchrayotgan kamchiliklardan biri o’quvchining ichki his tuyg’ularini va ongini
to’g’ri boshqara olishi bilan bog’liq bo’lgan psixologik jarayon hisoblanadi. Ba’zan tilni
o’rganishimizdagi ko’p vaqtni yuqotishimiz bizning psixologik xususyatlarimiz bilan
bog’liqligini kech tushunib yetamiz.
Chet tillini o’rganayotgan o’quvchilarda nafaqat ichki psixologik xususyatlari balki ularni
tashqi psixologik xususyatlariga ham o’zlashtirilgan til ta’sir ko’rsatadi. Butun dunyoda turli
millat va turli irq vakillari yashashadi. Agar diqqat bilan e’tibor qaratsak har bir millatning tili
uning ichki va tashqi ko’riniashiga ham tilning ta’sirini ko’rishimiz mumkun. Bugun ko’plab
maktab o’quvchilarining qizib o’rganayotgan tili ingilis tili hisoblanadi. Ingilis tilini o’rganib
bo’lgan yoshlarimizning nafaqt fikrlash dunyosida balki ularning ichki dunyosida ham katta
o’zgarishlar ko’zatila boshladi. Chet tillarni o’rgan yoshlarning tilni bilmagan bolalar bilan farqi
juda katta bo’ladi. Tilni o’rganayotgan bolaning birinchi navbatda uning lingvistik qobilyatidan
kelib chiqib yunaltirilgan bo’lsa bola tilni mukammal darajada o’zlashtira oladi.
Bugungi kunda o’quvchilardagi lingvistik qobilyatning shahillanishidagi psixologik
xususyatlarning rivojlanishi uchun qanday muhum omillarni amalga oshirish muhum
hisoblanadi? Tilning bir holatdan ikkinchi, yuqori holatga o’tishi, o ’sishi, yuksalishi, taraqqiyoti,
ravnaqi, ravnaq topishi mumkun, faqatgina bu tilning ustida tinimsiz izlanishlar olib
borilgandagina ruy berishi nmumkun bo’lgan jarayon hisoblanadi. Psixoliglar, Tilshunoslar,
Pedagoglar va hattoki tibbiyot hodimlarining bajarishi mumkun bo’lgan ishlari bir-biri bilan
2
Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-194-205.
Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.79-90.
uzviy bog’liq. Chunki bir tilni bola o’rganishi jarayonidagi undagi psixologik hususyatlarni
psixoliklar o’rgansa, Tilshunos esa bolaga yangi tildagi boshlang’ich bilim va ma’lumotlarni
taqdim etadi, Pedagoglarning bu boradagi vazefasi muhum hisoblanadi, chunki pedagog boladagi
nutq tekisligi yangi o’rganilgan tilning ravon gapira olishi va bolaning nutqini shakillanishiga
yordam beradi. Aynan tildagi kamchiliklar ya’ni nutqning yo’qligi tildagi tug’ma va ortirilgan
nuqsonlarni esa tibbiyot o’rganadi. Ya’ni boladagi til chiqishi bilan mavjud bop’lgan biologic
kasalliklarga tashhis qo’yadi. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkun til nutq qiroli bo’lganligi
sabali ham uning rivojlanib borishi bilan insondagi ham psixologik va fiziologik jarayonlarning
o’zgarishi muhum aahamiyatga ega.
Til, nutq va nutq faoliyati ozaro bog’liq hodisalar bo’lib ular bir-birini taqazo qiladi. Ularni
bir-biridan ajratish mumkin emas. Tadqiq qilish jarayonida ularni shartli ravishda ramziy
ma’noda bir-biridan ajratish mumkin. Ammo bugunga kelib ba’zi maktab yoshida bo’lgan
o’quvchilarning nutqiy qobilyatlari shaillanmasadan ular boshqa bir chet tillini o’zlashtirishga
harakat qilashmoqda. Ammo bu hato chunki insondagi nutq qobilyati juda muhum hisoblanadi.
Nutq qobiliyatining shaikillanmaganligi uning yangi tilni o’rganishida qiyinchiliklar tug’dirishi
mumkun.
Aksariyat maktab yoshidagi bolalarning ichida til o’rganishga qobilyatli bo’lgan
o’quvchilarning ko’p bo’lishi bu yonida o’tirgan o’quvchining ham o’z navbatida bilimiga ijobiy
ta’sir qiladi. Til o’rgatish o’rgatuvchi tomonidan tashkil qilinadi va tashabbus, qarorga kelish
o’qituvchi tomonidan hal qilinadi. O’rgatuvchi ta’lim jarayonida turli uslublardan foydalanadi va
uslublarning samaradorligi qayta bog’lanish orqali aniqlab boriladi. Til orgatishning ikki yoli
keng tarqalgan:
1. Til bilmidan nutq ko’nikmalari va malakalariga o’tish.
2. Nutq ko’nikma va malakalaridan til bilmiga o’tish.
Birinchi yol bilan ona tili, ikkinch yol bilan esa chet tillar o’rgatiladi. Til orgatishning
samarali bolishi bir qator omillarga bog’liq. Ularni shartli ravishda:
- shaxsning individual-psixologik xususiyatlari;
- orgatuvchining mahorati, tajribasi, topqirligi;
- lingvistik omillar,
- psixologik omillar;
- ta’limning shart - sharoitlari bilan bog’liq bolgan omillarga
Til bilish darajasini aniqlash muhim masalalardan biridir. Biroq ushbu darajani aniqlash
murakkab faoliyat bo’lib, u birinchi navbatda tildan foydalanish maqsadini aniqlashdan
boshlanishi lozim. Til bilish darajasini aniqlash, shu tilga oid bilim, ko’nikma va malakalarning
rivojlanish darajasi bilan uzviy bog’liq. Bu borada ko’plab usullardan foydalanish mumkin.
Keyingi paytda ta’lim jarayonida test usulidan keng foydalanish urf bo’lmoqda. Tilni
o’rganayotgan o’quvchi o’zlashtirgan bilimlarini o’zi tahlil qilishi va xatolarini aniqlashning eng
qulay usuli bu mavzuga doir testlarni ko’proq ishlash hisoblanadi. Quyidagi olimlar
psixolingvistika sohasida aynan lingvistik qobilyatning tildagi ahamiyati va uni
shakillantirishdagi psixologiyaning ahmiyati haqida ko’plab tajribalar va tadqiqot ishlarini olib
borganlar:
- Nikolay Ivanovich Jinkin.
- Boris Vasilyevich Belyayev .
- Vladimir Alekseevich Artyomov.
- Irina Alekseeva Zimnyaya.
- Zinaida Ivanovna Klichnikova.
- Aleksey Alekseevich Leontyev.
Tilni bilish uning tuzilishi va so‘zlarini egallash demakdir. Ko’plab olimlarning olib borgan
tadqiqotlarini shuni ko’rsatadiki chet tillarni o’rganishda lug’atlardan foydalanish samarali nateja
beradi. Shunday qilib, lug'at ta’lim muassasasi va maktabda o‘qitiladigan tilning jihatlaridan biri.
Bola tug'ilsa, hech qanday tilni bilmaydi. Biroq, vaqt va atrofdagi odamlar bilan ular
boshqalar bilan bir xil tilda gapira boshlaydilar. Bolalar ulg'aygach, tengdoshlari va do'stlari bilan
muloqot qilish uchun boshqa tillarni o'rganadilar. Ingliz tili global til bo'lib, odamlar o'z ona tili
ta'siridan chiqib, ingliz tilidagi muloqot qobiliyatlarini o'rganishlari uchun zarur bo'lib qoldi.
3
Ingliz tilida yaxshi muloqot qilish ko'nikmalariga ega bo'lish, ayniqsa professional hayotga
kelganda juda muhimdir. Agar shaxs ingliz tilida yaxshi muloqot qobiliyatiga ega bo'lsa, u holda
hamkasblar bilan suhbatlashish yoki ish uchun intervyu berishda hech qanday qiyinchilik
bo'lmaydi. Boshqa tomondan, agar shaxs ingliz tilini o'rganishga to'g'ri munosabatda bo'lmasa, u
boshqa tilni biladiganlarga qaraganda o'z hayotida o'sishga qodir emas.
Ingliz tili ko'nikmalari ingliz tilida ravon va samarali gapirish, o'qish, yozish va tushunish
qobiliyatini anglatadi. Psixologik, pedagogik va uslubiy adabiyotlarda bolaning ijodiy
rivojlanishiga qaratilgan vazifalar keng namoyish etiladi, ammo ular tizimga kiritilmagan,
ularning yordamida qaysi turiga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo'lgan ko'rsatkichlar ishlab
chiqilmagan. Sinfda yosh maktab o'quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun zarur
bo'lgan pedagogik shartlar aniqlanmagan. Bizga malumki mamlakatimizda davlat standarti,
boshlang'ich ta'limning asosiy ta'lim dasturlari maktab o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga, insonparvar, ijodkor, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan. Shu sababli
ham bugun maktab ‘oquvchilarining barchasi o’z qiziqishidan va zamon talabiga ko’ra chet tilini
o’zlashtirishga harakat qilishmoqda. Chet tillarni o’rganish jarayonida qobilyatning muhum
psixologik hususyatlariga ko’ra til; mukammal bir tizim sifatida o’rganish emas uni
osonlashtirilgan,sodda tartibga solib ham o’rganish mumkun.
Bugungi kunda, boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ijodiga muhim o'rin berilsa,
boshlang'ich maktab o'quvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish yo'llarini konkretlashtirish,
yosh o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash
zarur. Psixolingvistika - nutqning hosil boʻlishi, shuningdek, nutqni idrok etish va shakllantirish
jarayonlarini ularning til tizimi bilan oʻzaro bogʻlanishi holatida oʻrganuvchi fan; psixologiya va
lingvistikaning sintezidan paydo boʻlgan. O’z o’rnida ham ko’rinib turibdiki lingvistik qobilyat
shakillanishidagi eng muhum hodisa bu psixologik jarayon hisoblanadi. Endi tilni o’rganayotgan
o’quvchi dastlab tilni soddalashtirilgan va oson tartibda o’rganishi kerak. Chunki o’quvchilardagi
qobilyat turlicha bo’lishi va bu jarayonda o’quvchi tilni qancha vaqt moboynida o’rganishi uning
tafakkur tezligiga, diqqat, lingvistik qobilyatiga bog’liq jarayon hisoblanadi.Tilni o’rganayotgan
3
A. A. Leontyev Psixolingvistika. L. 1967. Psixolingvistika za rubejom M. 1972. Osnovi teorii rechevoy deyatelnosti M. 1974.
Yazik, rech i rechevaya deyatelnost M. 1969. Friedrich Kainz Psychologie der Sprache Wien. 1954.
N.LJinkin Mexanizmi rechi M.1958. B.V.Belyayev Ochcrki po psixologn obucheniya mostranium yazikam M. 1969.
o’quvchining psixologik holati dars moboynida nomoyon bo’lishi mumkun. Ba’zi bir o’quvchilar
chet tilini o’rganish jarayonida muhum bo’lgan psixologik qobiliyat shaxsning psixologik va
fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.
Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy
tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʻlishi bilan birga, tabiiy
manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʻpincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan
bir faoliyatga yoki koʻpgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda
namoyon boʻladi. Zehn nishonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini
tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning
mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda
yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va
muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki
intilish orqali, tabiiy zehn nishonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb
etish, qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʻllash, shaxsning faollik
alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy
talablar bilan uygʻunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari mavjud.
Qobiliyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholik (qarang Daho) namoyon boʻladi. Qobilyatlar,
aslida, tug'ma bo'ladi. Qobiliyat tug‘ma bo‘lsada uning rivojlanishi ijtimoiy muhitga ham bog‘liq
bo‘ladi.
4
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy
universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar
ko‘pdir.Bundan ko’rish mumkunki bugun maktab yoshidan boshlaboq yoshlarning chet-tillarni
o’rganishlari va qiziqishidan o’z oldiga qo’ygan maqsadlari aniq. Aynan yurtimizda bu borada
oliy ta’lim tashkilotlarida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda, chet tillarni o’rganayotgan
yoshlarni maktabdanoq to’g’ri tizimli yunalish berilmoqda. Shu o‘rnida ta'kidlash joizki,
umumta'lim maktablarida ingliz tilini turli sinflar doirasida o‘quvchilarni yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish va
ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yordam beruvchi pedagogik innovatsion texnologiyalarga
asoslangan zamonaviy dars ishlanmalar yordamida dars o‘tish o‘quvchilardatilni o‘rganish uchun
yuqori samara beradi.
XULOSA
Bugun yurtimizdagi barcha yoshlar chet tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlari tufayli
tilni o’rganib dunyoni ko’rish imkoniyatini o’zlari uchun yaratishmoqda. Xulosa qilib aytish
mumkunki, ushbu maqola orqali siz qobilyat nima ekanligi va o’quvchilardagi qobilyatning
shakillanishidagi muhum psixologik xususyatlarning ahamiyati haqida bilib olasiz. Lingvistik
qobilyatning o’quvchilarda namoyish bo’lishidagi muhum e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan
jarayonlar haqida ham kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkun. O’quvchilardagi qobilyatning
shakillanishi uchun aynan qaysi metodlardan foydalanish samaraliroq nateja berishi haqida
maqolada to’xtalib o’tildi. Maqolada qobilyat turlariga va qobilyatning uzi chet tillini
o’zlashtirish uchun yetarli bo’lmasligini, til o’rganish uchun eng muhumi o’quvchining diqqatini
bir joyga jamlay olish muhum ekanligi haqida ham o’tqazilgan tadqiqot xolosalariga ham
tayanildi.
4
B.V.Belyayev Ochcrki po psixologn obucheniya mostranium yazikam M. 1969. V.A.Artyomov Psixologiya obucheniya inostrannim yazikam M. 1968. Z.I.Klichnikova
Psixologiya obucheniya chteniyu na inostranno yazike M. 1977. LA.Zimnyaya Psixologiya obucheniya govoreniyu inostrannim yazikam. M. 1969. Psixologiya
obucheniya inostrannim yazikam v shkole M. 1991. A.V.Petrovskiy va boshqalar. Umumiy psixologiya M. 1986. M.V.Gamezo,l.A.Domashenko. Atlas po psixologii
M.1986.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari Muhammedov A, To’raqulov D
T.Nashiroti 2014
2. Didaktik ta’limni o’qitish metodikasi 2021. To’raqulov D, Musayev M
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent Islom Universiteti Ergash G‘oziev
Ontogenez psixologiyasi O'quv qo'llanma Toshkent “NIF MSH” 2020
4. Gaziev E.G. Psixologiya vusshey shkolbi. Tashkent, Universitet,0 0 6 .- 132 s.
5. Gaziev E.G. Samoupravlenie uchebnoy deyatelnostyu ^ouchayuuuixsya. Tashkent,
Universitet, 2008. - 132 s.
6. Djakupov S.M. Psixologicheskaya struktura protsessa obucheniya. Almatbi, 2004. - 312 s.
7. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya. - М.: 1999.
8. Kondrateva S.V. Pedagogicheskaya i vozrastnaya psixoloogiya. - Grodno, 1996.
9. Maslou A. Motivatsiya i lichnost. SPb, 1999.
10. Petrovskiy V.A. Lichnost v psixologii. Rostov N/D, 1996. - 512 s.
11. Rean A.A., Kolominskiy Ya.L. Sotsialnaya pedagogicheskaya psixologiya. SPb, 1999.
12. Rean A.A. Psixologiya lichnosti. - М.: AST; SPb.: Praym-Evroznak,1007.
