S
herzod Odilovich Sharipov
1
THE PRACTICE OF BUILDING A SUBJECT-AREA-ORIENTED
ONTOLOGY IN THE PROCESSING OF DATA OF CORPORATE
LOGISTICS INFORMATION SYSTEMS
KORPORATIV LOGISTIK AXBOROT TIZIMLARI
MA’LUMOTLARINI QAYTA ISHLASHDA PREDMET-SOHAGA
YO‘NALTIRILGAN ONTOLOGIYANI QURISH AMALIYOTI
1
Alfraganus universiteti, Raqamli texnologiya kafedrasi, o’qituvchisi. e-mail: sharipovsherzodbek@gmail.com
ORCID: 0009-0005-7629-3430
KIRISH
So‘nggi yillarda inson faoliyatining turli sohalarida, jumladan, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni
saqlash, ta’lim, ishlab chiqarishda ma’lumotlarning roli doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Barcha
sohalar kabi logistik boshqaruv tizimlarida ham yangi raqamli texnologiyalar joriy etilib,
rivojlanib borayotganligini ko‘rish korporativ axborot tizimlarida aloqa kanllaridan kiruvchi
ma’lumotlar ustun omil bo‘lib, turli xil ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun
avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini kontseptuallashtirish, tashkil etish va joriy etishga yangi
yondashuvlar talab qiladi[1, 3].
Ushbu sinf boshqaruv axborot tizimlariga, qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari,
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ofislarni avtomatlashtirish tizimlari, monitoring
tizimlari, geografik va global axborot tizimlari va boshqalar kiradi. Korporativ boshqaruv
tizimida ma’lumotlarni uzatishning bir nechta murakkab ketma-ketliklardan tashkil topadi.
axborot tizimida ma’lumotlarni uzatishning funksional sxemasi quyida tasvirlangan (1-rasm).
Annotatsiya.
Ushbu maqolada global axborot tizimi (logistik boshqaruv axborot tizimi)
ma’lumotlarni qayta ishlash modullarida yagona axborot uzatish konsepsiyasi ontologiyasini
qurish masalasi ko‘rib o‘tilgan. Turli mintaqalarga taalluqli axborot tizimi ma’lumotlarni
yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun taqsimlangan hamda avtomatlashtirilgan tizimning
kontseptual modeli ishlab chiqilgan. Yagona axborot uzatish konsepsiyasining predmetga
yo‘naltirilgan ontologiyasi modeli tasvirlangan. Taqsimlangan tizimlardagi tugunlar
oʻrtasidagi axborotlarning oʻzaro taʼsiri algoritmi ishlab chiqilgan. Jumladan, uzatiladigan
maʼlumotlar paketini shakllantirish, mavjud axborotni qabul qiluvchilar roʻyxatini aniqlash,
aloqa kanallari orqali maʼlumotlarni kafolatlangan yetkazib berish hamda qabul qiluvchilar
tomonidan paketni qabul qilish jarayonlarining algoritmik ta’minoti tasvirlangan. Yagona
axborot uzatish konsepsiyasining domenga yo‘naltirilgan ontologiyasi turli xil logistik
ma’lumotlar oqimini qayta dasturlashsiz yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning
avtomatlashtirilgan tizimlari loyihalangan.
Kalit so`zlar:
yagona axborot uzatish konsepsiyasi, global axborot tizimi, logistik axborot
tizimi, meta ma’lumotlar, predmetga yo‘naltirilgan ontologiya, axborot uzatish kanallari,
axborot oqimi, axborot uzatish jarayoni.
Abstract.
This article considers the issue of building a single concept ontology of information
transfer in the data processing modules of the global information system (logistics management
information system). A conceptual model of a distributed and automated system for data
collection, processing and analysis of a regional information system and an algorithm of
information interaction between nodes in distributed systems have been developed.
Keywords:
unified information transfer concept, global information system, logistic
information system, metadata, object-oriented ontology, information transfer channels,
information flow, information transfer process.
1-rasm. Korporativ boshqaruv axborot tizimida ma’lumotlarni uzatishning funksional sxemasi
Taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan
axborot tizimining boshqa sinf tizimlaridan ajratib turadigan bir qator xususiyatlar tavsiflaydi.
Birinchidan, qayta ishlangan axborot resurslarining muhim qismi (80% gacha) global va
meta-ma’lumotga ega. Ikkinchidan, qayta ishlanishi, saqlanishi va foydalanuvchiga taqdim
etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar hajmi hozirda o‘nlab va yuzlab terabaytlarga yetib, o‘sishda
davom etmoqda. Uchinchidan, qayta ishlangan axborot resurslari, shuningdek, axborot o‘zaro
ta’siri ishtirokchilari (foydalanuvchilar) hududiy taqsimlanishi bilan tavsiflanadi[2].
To‘rtinchidan, qayta ishlangan axborot resurslari sezilarli darajada taqdimlagan hamda xilma-
xilligi bilan tavsiflanadi. Beshinchidan, axborot resurslarini foydalanuvchilarga kafolatlangan
yetkazib berish, shu jumladan analog rejimda ishlovchi nostatsionar aloqa kanallariga ham talab
ortib bormoqda. Oltinchidan, zamonaviy taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va
tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va ularning ishlashini doimiy monitoring
qilish, shuningdek doimiy masshtablash zarurati bilan tavsiflanadi[4].
Ushbu xususiyatlar foydalanuvchilarning yagona kontseptual muhitda va yagona axborot
makonida ishlashini ta’minlash vazifasini belgilaydi, bu avtomatlashtirilgan axborot tizimi
(AAT) subyektlari va obyektlariga murojaat qilishning yagona qoidalarini talab qiladi. AATning
alohida obyektlari uchun axborot va axborot-lingvistik ta’minot mazmunini muvofiqlashtiradi va
ularni saqlashni ta’minlaydi.
Taqsimlangan AATning kontseptual modeli
Hozirgi vaqtda dunyoda turli xil ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish va qayta ishlashni
tashkil etishning yangi usullaridan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda. Zamonaviy
taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun AATning yuqorida qayd
etilgan xususiyatlarini hisobga olgan holda, istiqbolli usullardan biri meta-ma’lumotlarni qayta
ishlashga asoslangan o‘zaro bog‘langan taqsimlangan AAT ko‘rinishidagi yagona axborot
makonini shakllantirish hisoblanadi[5, 6].
Global axborot tizimlarida taqsimlangan ma’lumotlarni parallel qayta ishlash imkoniyati
mavjud. Axborot tizimida parallel tranzaksiyalarni amalga oshirish modellari orqali ma’lumotlar
uzatish hamda qayta ishlash jarayonlari optimal tashkil etiladi. Axborot tizimlararo axborot
almashish jarayonlari tezkor amalga oshiriladi.
Logostik axborot
manbaalari
Ma’lumotlar
saqlanadigan
server
Meta-
ma’lumotlarni
qayta ishlash
bloki
Nazorat va
yo‘naltirish
Aloqa uzeli
(port)
Boshqa axborot
tizimlariga
ma’lumotni taqdim
etish
Axborot tizimidia
qarorlarni qabul qilishni
qо‘llab-quvvatlash
2-rasm. Taqsimlangan AATning kontseptual modeli
Taqsimlangan AATning ananaviy AATlari
o‘rtasidagi eng muhim farq shundaki, tizim
tugunlaridan birining ishdan chiqishi butun tizimning mutlaq ishdan chiqishga olib kelmaydi.
Ushbu sinf tizimlarining kontseptual modeli rasmda ko‘rsatilgan(2-rasm).
Yagona axborot platformasini makonini shakllantirish yagona ma’lumotlar modelining rasmiy
tavsifini, shuningdek, tizimda aylanayotgan ma’lumotlarni tashqi manba formatlaridan yagona
ma’lumotlar modelining yagona formatiga aylantirish usullarini nazarda tutadi. Bunday holda,
ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar va qabul qilivchilar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi
axborot o‘zaro ta’siri uchun maxsus dasturiy ta’minot va apparat platformasi yordamida amalga
oshirilishi kerak.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishning samarali usullaridan biri domenga xos ontologiyalardan
foydalanishdir.
Ontologiyalar bilimlarni taqdim etish va bilim muhandisligi, axborot resurslarini semantik
integratsiyalash, ma’lumotlarni qidirish va boshqa ko‘plab sohalarda muammolarni hal qilishda
keng tarqalgan.
Ontologiya -
bu obyektlar va munosabatlarning, shu jumladan hodisalar va jarayonlarning
to‘liq doirasini, shuningdek, kerak bo‘lganda vaqt va makonda aniqlangan qiymatlarni (atributlar
va munosabatlarni) o‘z ichiga olgan eng umumiydan eng aniqgacha bo‘lgan tushunchalar
to‘plami (kompozitsiyash hamda dekompozitsiyalash jarayoni).
Hozirgi vaqtda asosan quyidagi ontologiya turlari ishlab chiqilmoqda: sohaga yo‘naltirilgan,
vazifaga yo‘naltirilgan, umumiy ontologiyalar (yuqori darajadagi ontologiyalar)[6, 7].
Domenga yo‘naltirilgan ontologiya -
bu obyektlar uchun lug‘at, ularning o‘ziga xos sifat
xususiyatlari va boshqalar nuqtai nazaridan dunyoni kontseptuallashtirish, ma’lum bir mavzu
sohasi uchun yo‘naltirilgan hisoblanadi. Lug‘atda ta’riflangan tushunchalar ma’lum bir mavzu
sohasida qabul qilingan terminologiyar bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot
manbalari
Axborot
manbalari
Axborot
manbalari
Ma’lumotlar yagona markazlashgan modelining unikal axborot
almashinuv formati
Axborotlar almashuv platformasi
Yagona integrallashgan boshqaruv-axborot tizimi
Axborotni qabul qiluvchilar (tizim foydalanuvchilari)
Axborot provayderlari
Ma’lumotlar bazasining markazlashgan modeli
Ushbu maqola doirasida ko‘rib chiqilayotgan predmed-sohaga yo‘naltirilgan ontologiyani
rasmiy ravishda quyidagicha ta’riflaymiz:
8
int
(
, , , ,
,
, ,
,
ext
md
K
O
C I E L F
F
F F
Bu yerda
C
yagona axborot platformasining toifalari (obyektlar sinflari, tushunchalar) to‘plami;
I
turli toifalar bo‘yicha tavsiflangan axborot resurslari to‘plami;
E
yagona ma’lumotlar modelining integrallashgan almashinuv formati bo‘lib, u taqsimlangan
axborot resurslarining barcha turlarini formal tavsiflash imkonini beradi;
L
eski tizimlardan ma’lumotlarni taqdim etish uchun tashqi formatlar to‘plami;
( )
ext
F
E
E
tashqi formatlardan ma’lumotlarni yagona ma’lumotlar modelining birlashgan
formatiga aylantirish funksiyasi;
( )
md
F
E
I
almashinuv formatidan ma’lumotlarni axborot resurslari majmuasiga aylantirish
funksiyasi;
( )
s
t
F I
I
belgilangan qidiruv mezonlarini
t
I
qanoatlantiradigan zarur axborot resurslarini
( )
I
qidirish funksiyasi;
int
( )
t
j
F I
I
taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun AATning
tugunlarining axborot almashish funksiyasi.
Maqolada ko‘rib chiqilayotgan predmetga yo‘naltirilgan ontologiya lug‘atining ba’zi asosiy
tushunchalarini aniqlaylik.
Kategoriya -
atributlar to‘plamining tavsifi, ichki toifalar, vizualizatsiya shablonlari,
shuningdek, toifa turi ko‘rsatkichlarini (katalog, hujjat, buxgalteriya jurnali) o‘z ichiga olgan
nomlangan obyekt.
Atribut -
atribut turi tavsifini, ma’lum bir atributlar guruhiga tegishlilikni, uni filtrlash
qoidalarini (katalog elementiga havolani tavsiflovchi atribut uchun), boshlang‘ich qiymat
tavsifini, standart qiymatlarni o‘z ichiga olgan nomlangan obyekt. Bunda nom, kod va boshqa
parametrlar tasvirlanadi.
Vizualizatsiya shabloni
̶
bu ma’lum toifaga kiritilgan guruhlangan atributlarni o‘z ichiga
olgan nomli obyekt. Har bir guruh nomga ega va ular ko‘rib chiqilayotgan guruhda paydo bo‘lish
tartibini hisobga olgan holda ma’lum toifa va kichik guruhlar atributlarining ixtiyoriy kichik
to‘plamini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, har bir guruhning vizualizatsiya shablonida paydo
bo‘lish tartibi ham hisobga olinadi. Vizualizatsiya shabloni axborot resurslarini ko‘rib
chiqilayotgan predmed-sohani, kerakli tafsilotlar darajasini va boshqalarni hisobga olgan holda
vizualizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.
Axborot resursi -
bu ma’lum bir toifaga a’zoligi (barcha xususiyatlarining saqlagan holda),
atribut qiymatlari, muallif kirish huquqlari, holati, yaratilgan sana va vaqt, sinxronizatsiya
haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nomli obyekt. Mavjud atributlar, vizualizatsiya
shablonlari va ichki o‘rnatilgan toifalar to‘plami axborot mabaasi bo‘lib xizmat qiladi.
“Kategoriya” -
axborot resursi munosabatlarini obyektga yo‘naltirilgan paradigma nuqtai
nazaridan ‘sinf’ – ‘ob’yekt’ sifatida tavsiflash mumkin.
Rubrika -
bu nom bilan tavsiflangan ierarxik turdagi nomlangan ob’yekt; yuqori darajadagi
toifaga kiritish, ya’ni tegishli qidiruv so‘rovi, agar qonoatlantirsa, axborot resurslari avtomatik
ravishda turkumga kiritiladi. Toifa esa uning nusxalari rubrikaga joylashtirilishi mumkin hamda
toifaga kirish huquqi o‘zida sqlab qoladi.
Axborot almashinuvi -
bu ikki yoki undan ortiq taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta
ishlash va tahlil qilish uchun AAT tugunlari o‘rtasidagi ma’lumotlarning o‘zaro ta’siri bo‘lib,
unda ma’lumotlarni uzatish birligi maxsus tuzilmaning yoki almashinuv formatidagi axborot
xabari shaklida tasvirlanadi. Ushbu tuzilma va format atributlar, toifalar va axborot resurslari
tushunchalariga asoslanadi[7]. Axborot almashinuvining ajralmas qismi axborot xabarlarini
qabul qiluvchiga kafolatlangan yetkazib berish hisoblanadi. Yuqoridagi ta’riflarga muvofiq toifa
tushunchasini rasmiy ravishda quyidagicha ta’riflash mumkin:
( , , ,
,
C
s A R T
Bu yerda
1
2
,
,
s
s s
1
s
toifa nomi bo‘lsa,
2
s
toifa turi;
A
toifa atributlari to‘plami bo‘lib,
{
i
i
A
a a
toifaning
i
atributining tavsifi,
1
,
i
n n
turkumdagi atributlar soni};
R
ichki o‘rnatilgan toifalar sarlavhalari to‘plami,
{
i
i
R
r r i
toifa tavsifi,
1
,
i
m m
toifadagi
toifalar soni};
T
toifadagi vizualizatsiya shablonlari to‘plami bo‘lib,
{
i
i
T
t t
i
shablonning tavsifi,
1
,
i
k k
turkumdagi shablonlar soni}.
O‘z navbatida axborot resursi tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin:
( , , , , ,
,
I
p C V D S F
bu yerda
1
2
3
4
,
, ,
p
p p p p
, bu yerda
1
p
axborot resursining nomi,
2
p
uning holati,
3
p
yaratilgan
sana va vaqt,
4
p
muallif va egasi haqidagi ma’lumotlar;
C
axborot resursi toifasi;
V
atribut qiymatlari to‘plami,
{
,
i
i
V
v v i
atribut qiymatining tavsifi,
1
,
i
n n
axborot
resursidagi atribut qiymatlari soni};
D
axborot resursiga kirish huquqlari tavsiflari to‘plami,
{
,
i
i
D
d d
ayrim foydalanuvchining
i
kirish huquqining tavsifi,
1
,
i
m m
belgilangan kirish huquqlari soni};
1
2
3
4
, , ,
,
i
d
d d d d
bunda
1
d
o‘qish qobiliyati,
2
d
o‘zgartirish qobiliyati,
3
d
o‘chirish
qobiliyati,
4
d
axborot resursini boshqa foydalanuvchilarga va boshqa tugunlarga o‘tkazish
qobiliyati. axborot almashish kanallari orqali tizimning ishlashi;
S
sinxronizatsiya sozlamalari to‘plami bo‘lib, bunda har bir sozlama axborot almashinuvini
amalga oshirish uchun, ya’ni
int
( )
,
i
j
F
I
I
funksiyasini bajarish uchun etarli ma’lumotlarni
aniqlaydi,
{
i
i
S
s s
taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun
AATning
i
tugunchasi bilan sinxronlash sozlamalarining tavsifi,
1
,
i
k k
axborot resursi
sinxronlashtiriladigan tugunlar soni};
F
biriktirilgan fayllar to‘plami,
{
i
i
F
f f
faylning tavsifi,
1
,
i
m m
axborotga biriktirilgan
fayllar soni, fayl resursi}.
Ko‘rib chiqilayotgan predmetga yo‘naltirilgan ontologiya lug‘atining turli elementlari
o‘rtasidagi munosabatlar diagrammasida (2-rasm), quyidagi munosabatlar turlari mavjud:
1
R
bu sinfning namunasi;
2
R
to‘plamni (ro‘yxatni) o‘z ichiga oladi;
3
R
qismni o‘z ichiga oladi.
3-rasm. Korporativ axborot tizimida ontologiya lug‘atining turli elementlari o‘rtasidagi
munosabatlar tuzilmasi
Asosiy ontologik obyektlarni boshqarish funksiyalari uchun
algoritmlarning tavsifi
Taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun AATda ma’lumotlarni
yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun yagona axborot platformaning domenga yo‘naltirilgan
ontologiyasi modeli turli obyektlar yoki ontologiya lug‘atining elementlarini (3-rasm),
shuningdek, ushbu obyektlarni boshqarish funksiyalari to‘plamini o‘z ichiga oladi:
1) tashqi formatlardan ma’lumotlarni birlashtirilgan ma’lumotlar modelining yagona
almashinuv formatiga aylantirish funksiyasi
(
( )
);
ext
i
F
L
E
;
2) ma’lumotlarni birja formatidan axborot resurslari to‘plamiga aylantirish funksiyasi
(
( )
);
md
F
E
I
3) belgilangan mezonlarga muvofiq axborot resurslarini izlash funksiyasi
( ( )
);
s
t
F I
I
4) taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun AAT
int
(
( )
)
i
j
F I
I
tugunlarining axborot o‘zaro ta’siri funksiyasi.
( )
( )
ext
i
md
F
L
E va F
E
I
funksiyalarini formal
grammatika nazariyasining matematik apparati asosida saqlash xotirasi bilan konvertor sifatida
amalga oshirish mumkin hisoblanadi.
Vizualizatsiya
shabloni
Shablondagi
atributlar
guruhi
(GT)
R3
Atrubutlar
guruhi
Atribut tipi
(AT)
Atribut
(A)
Kategoriya
(C)
Axborot resursi
(I)
Atrubut qiymati
(V)
Atribut qiymati
tipi
(VT)
Dastlabki
qiymat
(VO)
Klassifikator
havolasi
Fazoviy qiymat
(VS)
R3
R1
R2
R2
R2
R3
R1
R1
R1
R3
R2
R2
R3
Funksiya
int
(
( )
)
i
j
F I
I
qabul qiluvchiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan axborot resurslari to‘plamini
kirish sifatida oladi. Bunda axborot resursi toifasiga kiruvchi atributlardan biri jo‘natuvchi va
qabul qiluvchi obyektning manzilini o‘z ichiga oladi.
Quyida asosiy ontologik obyektlarni boshqarish funksiyalari uchun algoritmlarning tavsiflash
algoritmi qadamlarini ko‘rib o‘tamiz.
1-qadam.
Axborot tizimidia ma’lumotlarni aloqa kanalidan chaqiruvchi funksiyadan
(masalan,
( ( )
)
s
i
j
F I
I
qidiruv funksiyasi) uzatiladigan axborot resurslari to‘plamini qabul qilish,
qabul qiluvchilarning manzillarini tahlil qilish, ularni tizimda ro‘yxatdan o‘tgan oluvchilar bilan
solishtirish. Agar mavjud bo‘lsa, keyingi manzil tanlanadi.
Aks holda, barcha qabul qiluvchilarga ishlov berilgunga qadar ro‘yxatdagi keyingi qabul
qiluvchi uchun mavjudligini tekshirish amalga oshiriladi.
2-qadam.
Axborot tizimida uztilgan paketning mos yozuvlar nazorat talablari doirasida
shakllantirish va uni aloqa kanallari orqali yetkazib berish jarayoni amalga oshiriladi.
3-qadam.
Ma’lumotlarni qabul qiluvchidan uzatilgan paketni olganligi haqida javobni kutish
amalga oshiriladi. Qabul qiluvchi javobni faqat paket muvaffaqiyatli qabul qilinganda va taqdim
etilgan parol va hisoblangan nazorat bloki mos kelsa, yuborishi kerak deb xulosaga keladi. Agar
qabul qiluvchidan javob olinmasa va javobni kutish chegarasi oshib ketgan bo‘lsa, 2-bosqichga
o‘tish kuzatiladi. Agar javob qabul qilinsa, paket keyingi qabul qiluvchiga uzatiladi. Axborot
tizimlararo ma’lumotlar almashinuvi ketma-ketligi shu tarzda davom etadi.
2 va 3-bosqichlar barcha belgilangan domen manzillari uchun parallel bajariladi. Bundan
tashqari, ular asinxron rejimda ishlaydi va aloqa hozil qilinadi.
4-qadam.
Ishni yakunlash va boshqaruvni chaqiruvchi funksiyaga o‘tkazish. Shunday qilib,
algoritm (4-rasm) axborot resurslarini tegishli qabul qiluvchilarga kafolatli yetkazib berishni
ta’minlaydi.
Qidiruv funksiyasi
( ( )
)
s
i
j
F I
I
foydalanuvchilarning ixtiyoriy foydalanish huquqlarini hisobga
olgan holda taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun
avtomatlashtirilgan axborot tizimining barcha tugunlarida kerakli axborot resurslarini
taqsimlangan qidirishni ta’minlaydigan tarzda amalga oshiriladi. 4-rasmda ushbu funksiyaning
ishlash algoritmining blok sxemasi ko‘rsatilgan.
Taklif etilgan algoritm qadamlarini birma-bir ko‘rib chiqamiz.
1-qadam.
Korporativ logistic axborot tizimidia axborot resursi shaklida qidiruv mezonlarini
shakllantirish amalga oshiriladi. Qidiruv mezonlari axborotlardan foydalanuvchilar ya’ni
instemolchilar tomonidan tavsiflanadi. Funksiya ushbu mezonlarni muqobilini tanlab olishga
xizmat qiladi.
2-qadam.
Joriy taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tugunining ma’lumotlar bazasida kerakli manbaalarni
(kerakli axborot resurslarini) qidirish amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchining ruxsatlari
hamda imkoniyatlari aniqlanadi. Keyin esa axborot resurslari saqlanadigan ma’lumotlar bazasi
jadvallariga SQL so‘rovlari yaratiladi.
SQL so‘rovlarini bajarish natijasi foydalanuvchi so‘rovini qanoatlantiruvchi axborot
resurslarining oraliq to‘plamidir. SQL so‘rovlari turli ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizaimlari
(MBBT) asosida maqbul muhitlarda foydalaniladi.
3-qadam.
Foydalanuvchining taqsimlangan qidiruv huquqlarini hisobga olgan holda boshqa
taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan
axborot tizimlari tugunlarida qidirish zarurligini aniqlash amalga oshiriladi. Bundan tashqari
masofaviy tugunlarda qidirishning hojati yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, oldingi
bosqichda yaratilgan axborot resurslarining oraliq to‘plami keyingi bosqichga o‘tkaziladi. Bu
yerda foydalanuvchiga yakuniy javob keladi. Aks holdaboshqaruv jarayoni 4-bosqichga
o‘tkaziladi.
4-qadam.
Tizimda foydalanish rolida berilgan ruxsatlar asosida
t
I
axborot resursini o‘tkazish
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda yaratilgan axborotning o‘zaro ta’siri funksiyasiga
int
(
( )
)
i
j
F I
I
, bu esa uni barcha kerakli taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil
qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimining tugunlariga yetkazilishini ta’minlaydi.
5-qadam.
AATda berilgan barcha taqsimlangan tugunlarida qidiruv so‘rovini bergan
foydalanuvchining vakolatlarini tahlil qilish amalga oshiriladi.
Boshlash
1-qadam.
AATda uzatilayotgan axborot resurslari to‘plamini olish, qabul
qiluvchi manzillarini tahlil qilish, ularni tizimda ro‘yxatdan o‘tgan qabul
qiluvchilar bilan taqqoslash
Keyingi qabul qiluvchi
mavjudmi?
Kutish chegarasidan
oshib ketdi?
Javob olindimi?
Paket barcha qabul
qiluvchilarga
jo‘natildimi
2-qadam.
Uzatilgan paketlardagi manbaalar asosida xulosalar
shakllantirish va uni aloqa kanallari orqali yetkazib berish
3-qadam.
Integrallashgan boshqa qabul qiluvchi AAT kanalidan javob
kutish
4-qadam.
Ishni yakunlash va boshqaruvni chaqiruv funksiyasiga
o‘tkazish
Tamom
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Yo‘q
Ha
Ha
Ha
Ha
Ha
4-rasm. AATlarda taqsimlangan tugunlarining o‘zaro integrallashuvi funksiyasining ishlash
algoritmi blok sxemasi
5-rasm. Belgilangan mezonlarga muvofiq axborot resurslarini qidirish funksiyasining
ishlash algoritm blok sxemasi
Bundan tashqari foydalanuvchiga ushbu tugunni qidirish uchun aniq ruxsat berilmagan bo‘lsa,
u holda 6-qadamga o‘tiladi, aks holda, 7-qadamga o‘tiladi.
Boshlash
1-qadam.
AAT aloqa tugunidagi axborot resursi sifatida
qidirish mezonlarini shakllantirish
Boshqa uzellardan
qidirish kerakmi?
Qoida mavjudmi?
2-qadam.
Foydalanuvchi ruxsatlarini aniqlash bosqichi. Kirish huquqlarini
hisobga olgan holda joriy taqsimlagan AAT tugunining ma’lumotlar bazasida
kerakli ma’lumotlarni qidirish (global logistlik axborot tizimlari musolida)
3-qadam.
Foydalanuvchining taqsimlangan qidiruv huquqlarini hisobga
olgan holda boshqa taqsimlagan AAT tugunlarida qidirish zarurligini
aniqlash
9-qadam.
Logistlik integralalashgan axborot tizimlararo ma’lumotlar uzatilishi
jarayonlarini optimallashgan rejimda ishini testlash va tekshirish
Tamom
4-qadam.
Boshqaruv axborot tizimi bilan o‘zaro integratsiya funktsiyasini
ishlashtish va testlash. Kerakli taqsimlagan AAT tugunlariga qidiruv soʻrovini
kafolatlangan yetkazib berish
5-qadam.
Taqsimlagan AAT tugunlarining har birida so‘rov yuborgan
foydalanuvchining huquqini aniqlash
8-qadam.
Boshqaruv axborot tizimi bilan o‘zaro
integratsiya funktsiyasiga o‘tkazishva natijani
foydalanuvchiga kafolatli yetkazib berish
6-qadam.
Ushbu tugun bo‘yicha
ishlov berishdan bosh tortish.
Foydalanuvchiga rad etish xabarini
yuborish
7-qadam.
Har bir taqsimlagan AAT tugunining
ma’lumotlar bazasida kirish huquqlarini hisobga
olgan holda kerakli ma’lumotlarni izlash, natijani
yaratish
Yo‘q
Yo‘q
Ha
Ha
6-qadam.
Joriy masofaviy tugun bo‘yicha qidiruvni amalga oshirishni rad etishni
shakllantirish amalga oshadi. Natijada javob sifatida axborot resurslarining bo‘sh to‘plamini
shakllantirish imkoni paydo bo‘ladi.
7-qadam.
Axborot resurslari saqlanadigan ma’lumotlar bazasi jadvallariga SQL so‘rovlarini
yaratiladi va so‘rovlar asosida optimallashtirish amallari bajariladi. SQL so‘rovlarini bajarish
natijasi foydalanuvchi so‘rovini qanoatlantiruvchi axborot resurslarining oraliq to‘plami aniqlab
olinadi[8].
8-qadam.
Axborot resurslarining hosil bo‘lgan oraliq to‘plamini uning foydalanuvchiga
yetkazilishini ta’minlaydigan axborotning o‘zaro ta’siri funksiyasiga
int
(
( )
)
i
j
F I
I
o‘tkazish amalga
oshiriladi.
9-qadam.
Qidiruv amalga oshirilgan barcha uzoq tugunlardan javoblarni yetkazishi kerak
bo‘lgan aloqa funksiyasi tugashini kutish amalga oshadi. So‘ng ushbu algoritm o‘z ishini
yakunlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, maqolada taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va
tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ob’yektga yo‘naltirilgan ontologiya
modelini qurish ko‘rib chiqildi. Ontologiyaning asosiy subyektlari ta’riflari tuzilgan.
Taqsimlangan ma’lumotlarni yig‘ish qayta ishlash va tahlil qilish uchun avtomatlashtirilgan
axborot tizimining kontseptual modelining tavsifi berilgan. Ishlab chiqilgan domenga
yo‘naltirilgan ontologiyaga kiritilgan funksiyalarning ishlash algoritmlari taklif qilinib, ularning
qisqacha xarakteristikalari keltirilgan.
Ushbu maqolada tasvirlangan modellar va algoritmlar O‘zbekiston Respublikasi Transport
vazirligi va boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar hamda hususiy korxonalar, shu jumladan
mas’uliyati cheeklangan jamiyatlar manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan bir qator AATlar
uchun asos bo‘ldi.
REFERENCES
[1] Bukhtoyarov V.V. Three-step evolutionary method of forming collectives of neural
networks for solving classification problems // Software products and systems. - 2012. - No. 4. -
P. 101–106.
[2] Askaraliyev O.U., Zaynutdinova M.B. “Development of the structure of the intelligent data
processing system (on the example of the Integrated Management System):, Bulletin of TUIT:
Management and Communication Technologies
.
2020 year.
[3] Glova V.I., Anikin I.V., Shagiakhmetov M.R. Methods of multi-criteria decision-making
under conditions of uncertainty in oil production problems. Preprint 04P2. - Kazan: Kazan
Publishing House. state tech. University, 2004.-- 31 p.
[4] V.C. Morozov, G.N. Rogachev. Modeling of information and dynamic systems. -
Moscow: Automation and Management, 2009. - 232 p.
[5] Objectives and models of ISO. CH.3. The technology of computer simulation and decision
making: Sc.book/ I.V. Maximay, V.D. Levchuk, S.P. Zhogal, V.N. Poor habits. - Gomel:
BelGUT, 1999. – 150p.
[6] Levchuk V.D. Basic scheme for formalizing the MICIC4 modeling system // Programming
problems. - 2005. - № 1. - p.85-96.
[7] Yakubov M.S., Turgunov M.R., Creation of an integrated control system for freight traffic
of the railway transport. "Bulletin of TSTU", Scientific Technical and Information Analytical
Journal of TSTU, Tashkent, 2(42)/2017, 42-47 p.
[8] Turgunov M.R., Mathematical and Instrumental Methods of Transport Forecasting,
Scientific and Technical Journal of the Fergana Polytechnic Institute, Fergana, Tom 21,
№3/2017, 175-177 p.
