Авторы

  • Anvarjon Abduqahorov
    Navoiy davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajar.126717

Ключевые слова:

Imperiya Mustamlakachilik Milliy ozodlik harakati Soliq zulmi Dehqon qo‘zg‘olonlari Hunarmandchilik inqirozi Harbiy sud Ma’muriy adolatsizlik Siyosiy tazyiq.

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosatining mahalliy aholi hayotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri tahlil etiladi. Asosan iqtisodiy ekspluatatsiya, soliq bosimi va milliy kamsitilish oqibatida yuzaga kelgan xalq noroziligi va ijtimoiy qarshiliklar haqida so‘z yuritiladi. Aholining kambag‘al qatlamlari, dehqonlar va hunarmandlar boshchiligida boshlangan qo‘zg‘olonlar voqeligi tarixiy dalillar asosida yoritilgan. Shuningdek, Rossiya ma’muriyatining qo‘zg‘olonlarga nisbatan kuch ishlatish siyosati, harbiy sudlar orqali qo‘rqitish va boshqaruvni mustahkamlash yo‘llari ochib berilgan. Matnda Turkiston xalqlari o‘z mustaqilligi, adolat va milliy erkinlik yo‘lida olib borgan kurashi tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi..


background image

Page 111

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

TURKISTONDA IJTIMOIY ADOLATSIZLIK VA MILLIY

OZODLIK HARAKATLARINING BOSHLANISHI (XIX ASR

OXIRI – XX ASR BOSHLARI)

Abduqahorov Anvarjon Alijon o‘g‘li

Navoiy davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi

e-mail: anvarabduqahhorov34@gmail.com

tel: +998954991316 ORCID ID (0009-0004-4836-9867)

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424670

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-May 2025 yil
Ma’qullandi: 10- May 2025 yil

Nashr qilindi: 15-May 2025 yil

Ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi tomonidan olib
borilgan mustamlakachilik siyosatining mahalliy aholi
hayotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri tahlil etiladi. Asosan
iqtisodiy ekspluatatsiya, soliq bosimi va milliy kamsitilish
oqibatida yuzaga kelgan xalq noroziligi va ijtimoiy
qarshiliklar haqida so‘z yuritiladi. Aholining kambag‘al
qatlamlari, dehqonlar va hunarmandlar boshchiligida
boshlangan qo‘zg‘olonlar voqeligi tarixiy dalillar asosida
yoritilgan.

Shuningdek,

Rossiya

ma’muriyatining

qo‘zg‘olonlarga nisbatan kuch ishlatish siyosati, harbiy
sudlar orqali qo‘rqitish va boshqaruvni mustahkamlash
yo‘llari ochib berilgan. Matnda Turkiston xalqlari o‘z
mustaqilligi, adolat va milliy erkinlik yo‘lida olib borgan
kurashi tarixiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil
qilinadi..

KEYWORDS

Imperiya,

Mustamlakachilik,

Milliy ozodlik harakati, Soliq
zulmi, Dehqon qo‘zg‘olonlari,
Hunarmandchilik

inqirozi,

Harbiy

sud,

Ma’muriy

adolatsizlik, Siyosiy tazyiq.

Rossiya imperiyasi Turkiston hududini bosib olgach, bu yerda o‘z siyosiy hukmronligini

mustahkamlash uchun mahalliy xalqlarning mustaqillik va milliy davlatchilik g‘oyalarini
bostirishga harakat qildi. Podsho ma’muriyati, bu yurt ustidan bemalol hukmronlik qilish
uchun avvalo odamlarning ozodlik tuyg‘ularini yo‘q qilish zarurligini tushunardi. Bosqinchi
davlat sifatida Rossiya imperiyasi o‘ziga bo‘ysundirilgan hududlarning tabiiy boyliklaridan
foydalanib, iqtisodiy foyda olishni asosiy maqsad qildi. Turkiston ham bu siyosatdan chetda
qolmadi – u imperiyaning asosiy xomashyo manbaiga aylantirildi. Bu jarayonda sanoat
rivojlanayotgan bo‘lsa-da, buning ijobiy samarasini oddiy xalq emas, balki sanoat egalar,
amaldorlar va yirik savdogarlar ko‘rdi. Natijada yer-mulk boylar qo‘lida jamlandi, kambag‘al
dehqonlarning soni esa ortdi. Qarz berish, foizli savdo qilish va sudxo‘rlik keng tus oldi

Qarz mablag‘lari ko‘pincha boy va vositachilar tomonidan boshqarilar, ular bu

mablag‘larni o‘z manfaatlariga mos tarzda ishlatardi. Dehqonlar og‘ir moddiy ahvolda qolib,
keyingi yildagi hosilga past bahoda qarz olishga majbur bo‘lardi. Bu esa ularni erkin xo‘jalik
yuritish huquqidan mahrum etar, sudxo‘rning istagiga binoan ekin ekishga majbur qilar edi.
Bu kabi iqtisodiy bosimlar dehqonlarni o‘z yerlarini sotishga majbur etgan va ularning
yashash darajasi keskin yomonlashgan. Bundan tashqari, Turkiston aholisi asosan
hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanar edi. Ammo Rossiyadan keltirilgan arzon va ko‘plab
sanoat mahsulotlari, ayniqsa to‘qimachilik buyumlari, mahalliy hunarmandchilik turlarining


background image

Page 112

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. Hunarmandlar ishsiz qolib, ko‘plab oilalar og‘ir ahvolda
yashashga majbur bo‘ldi. Og‘ir soliq yuki, majburiy mehnat va yashash sharoitining yomonligi
aholi farovonligining keskin pasayishiga olib keldi.Natijada bu holatlar mahalliy xalqning
siyosiy mustaqillikdan mahrum bo‘lishi, milliy g‘ururining toptalishi va Rossiya ma’muriyati
tomonidan kamsitilish holatlarining kuchayishiga olib keldi.

XIX asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma’naviy jihatdan kamsitilishi,

mahalliy urf-odatlarga zid bo‘lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya
imperiyasining milliy ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. (O‘lkaning
turli joylarida ko‘tarilib kelayotgan bu qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi, asosan,
dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblaridan iborat aholining kambag‘al qismi bo‘ldi. Bu
harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g‘ururini yo‘qotmagan mulkdorlar, savdogarlar
ham ishtirok etdi.) Mustamlakachilikka qarshi o‘lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari
bo‘lib

turdi.

Jumladan,

1878-yili

Mingtepada

(hozirgi

Marhamat

tumani)

mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo‘zg‘olon
ko‘tarildi[5]. Uni mustamlakachi hukumat kuch bilan bostirdi. 1879-yilning kuzida mahalliy
aholi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig‘ildi. Ular
Marg‘ilon uyezdida soliq to‘plash noqonuniy tusga kirganiga qarshi chiqib, soliqlarning
kamaytirilishini qat’iy talab qildi[1]. Qo‘zg‘olon kuchayib ketishi ehtimolini sezgan podsho
hukumati komissiya tuzib, vaziyatni o‘rganishga kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning
keng ko‘lamda avj oldirilishi, natijada boshqa muhim ekinlar keskin kamaygani bunga sabab
bo‘lganini ma’lum qilgan.

1880-yilning noyabrida aholi hamma soliqlarni to‘laganiga qaramay, Xo‘jand uyezdining

boshlig‘i Xo‘jand va O‘ratepa tumanlaridagi aholidan qo‘shimcha yer solig‘i olinishini e’lon
qildi. Buning oqibatida sabr kosasi to‘lgan aholi Rahmonqulihoji, Mirkarimboylar
boshchiligida odamlar uyezd boshlig‘ining mahkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni
talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish rahbarlarini hibsga olishni buyurdi.

Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqani sababli 1882-yilning boshlarida

Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko‘tarib chiqdi. Bu safar ular uyezd boshlig‘ining
uyini o‘rab oldi. Uyezd ma’murlari harbiy bo‘linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni
qattiq jazoladi[2]. 1885-yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq qo‘zgolonlari qaytadan avj olib,
Andijonda Darvishxon boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash
usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdi. Shu
yillarda qo‘zg‘olon birin-ketin butun viloyatga yoyildi. 1896-yilda Namangan uyezdining
Oqsuv–Shahrixon volostidagi Naymanchi, Ko‘hna mozor, Langarbob qishloqlarida aholining
mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo‘zg‘olonga aylanib ketdi[1].

Turkistonda podsho hukumatining hukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachilik

siyosatiga qarshi o‘lkaning har bir joyida mahalliy aholi tomonidan turli ko‘rinishdagi
norozilik harakatlari olib borildi. Xаlq hаrаkаtlаrigа qаrshi jаzо tаdbirlаrining kuchаytirilishi.
Rossiya imperiyasining savdo-sanoat doiralari Turkiston o‘lkasini har tomonlama, ayniqsa,
iqtisodiy jihatdan qaram qilishda faol ishtirok etdi. Mustamlakachi hukumat dastlab ko‘chirib
keltirilganlar qishloqlarini o‘zbek, qirg‘iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bo‘lishini
ta’minlagan bo‘lsa, keyinchalik bu qishloqlar va mahalliy qishloqlarni birlashtirgan
volostlarga rahbarlarni mahalliy aholiga mansub bo‘lmagan shaxslardan qo‘ya boshlashdi.


background image

Page 113

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH

IF = 5.441

Volume 3, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Ular orqali mahalliy aholi ustidan boshqaruv va nazoratni o‘z qo‘llariga to‘liq olish
mo‘ljallangandi.

O‘lka ma’muriyati qo‘zg‘olonlarning yangi to‘lqin bilan kuchayib ketishidan doimiy

ravishda xavfsirab turardi. General-gubernator mahkamasi maxsus bo‘limining boshlig‘i o‘z
ma’ruzasida ʻʻisyonga moyilʼʼ aholi vakillarini harbiy sudga berish va bu sud o‘lim jazosini
oshkora ijro etishi haqida fikr bildirdi[4]. U xalqni qo‘rquv va tobelikda ushlab turish o‘lkada
tartib hamda osoyishtalikni ta’minlashga qodir yagona vosita ekanini uqtirdi[3]. 1892-yildan
mustamlakachilar oddiy fuqarolarni ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita
harbiy dala sudiga bera boshladi. ʻʻGunohkorlarʼʼni ochiqchasiga qatl etish endilikda
odamlarni qo‘rqitish uchun mustamlakachilarga katta huquqlar berdi.

Xulosa.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasi

tomonidan olib borilgan mustamlakachilik siyosati mahalliy aholining siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonlar, hunarmandlar, kambag‘al aholi
soliq va majburiyatlar og‘irligidan aziyat chekdi, milliy qadriyatlar va urf-odatlar
mensilmaslik holatlari ko‘paydi. Bu holatlar norozilik va qarshilik harakatlarining
kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Yuzaga kelgan xalq qo‘zg‘olonlari – Mingtepa, Andijon, Namangan

va boshqa hududlardagi isyonlar – mustamlakachilikka qarshi kurashning yaqqol
namunasidir. Biroq bu harakatlar ko‘pincha harbiy kuch bilan bostirildi. Rossiya hukumati
tomonidan jazolash, sud qilish va qo‘rquv orqali boshqaruvni saqlab qolish strategiyasi
tanlandi. Shunga qaramay, mazkur harakatlar Turkiston xalqining ozodlikka, adolatga va o‘z
milliy qadriyatlarini himoya qilishga bo‘lgan qat’iy intilishining tarixiy dalilidir.

Ushbu davr

voqealari o‘lkamiz tarixining eng muhim sahifalaridan biri bo‘lib, ularni o‘rganish va to‘g‘ri
talqin qilish hozirgi va kelajak avlodlar uchun muhim saboq bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari (1916 yil qo‘zg‘oloni misolida). —
Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2003. — 336 bet.
2. Dono Ziyo. Turkistonda milliy ozodlik harakati. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.
3. Tursunov X. O‘zbekistonda 1916 yil xalq qo‘zg‘oloni. — Toshkent: “O‘zbekiston”, 1966. —
163 bet.
4.https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/tarix/1916-milliy-ozodlik-harakati
5. https://tarix.sinaps.uz/hodisa/turkistonda-milliy-ozodlik-harakatlari/

Библиографические ссылки

Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari (1916 yil qo‘zg‘oloni misolida). — Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2003. — 336 bet.

Dono Ziyo. Turkistonda milliy ozodlik harakati. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.

Tursunov X. O‘zbekistonda 1916 yil xalq qo‘zg‘oloni. — Toshkent: “O‘zbekiston”, 1966. — 163 bet.