Page 71
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
PROSODIK TADQIQOTLAR TARIXI
Gaziyeva Maftuna Muhammadovna
FarDU tilshunoslik kafedrasi dotsenti, f.f.d.(DSc)
O‘rinboyeva E’zozxon Komolovna
FarDU tilshunoslik kafedrasi dotsenti v.b., f.f.f.d. (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15799005
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 28-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 30-Iyun 2025 yil
Ushbu maqola fonetika va uning tarkibiy qismi sifatida
prosodika nazariyasining shakllanish jarayonlari va
rivojlanish bosqichlarini yoritadi. Prosodik vositalarning
(intonatsiya, urg‘u, pauza, temp va boshqalar) tarixiy
taraqqiyoti qadimgi ritorika maktablari, sahna nutqi
hamda publisistik amaliyotda shakllangan nazariy
qarashlardan boshlab, XX–XXI asrlarda eksperimental-
fonetik tadqiqotlar asosida chuqurlashganligi tahlil
qilinadi. Tadqiqotda prosodik birliklarning fonetik va
pragmatik funksiyalari, ularni o‘rganish metodlari,
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga
oshirilayotgan eksperimental kuzatishlarning ilmiy
ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, prosodika
nazariyasining zamonaviy yo‘nalishlari va ularning
o‘zbek tilshunosligidagi istiqbollari aniqlab berilgan.
KEYWORDS
Prosodika,
fonetika,
intonatsiya,
urg‘u,
eksperimental-fonetik
tadqiqotlar,
ritorika,
pragmalingvistika,
supersegment birliklar, nutq
madaniyati.
Fonetika inson nutqining tovush tabiatini, uning fiziologik va akustik xususiyatlarini
o‘rganuvchi muhim fan sohasi sifatida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida mustaqil
ilmiy yo‘nalishga aylandi. Shu davrdan boshlab fonetikaning tarkibiy qismi sifatida prosodika
ham shakllandi va nutqning supersegment birliklarini o‘rganishga qaratilgan izlanishlar
vujudga keldi. Prosodik vositalarning, jumladan intonatsiya, urg‘u, pauza, temp va ritmning
nutqning mazmunini aniqlashdagi o‘rni nafaqat tilshunoslik, balki publisistika, sahna nutqi,
kommunikatsiya nazariyasi va boshqa ijtimoiy fanlar uchun ham alohida ahamiyat kasb etdi.
Ammo prosodika masalalarini chuqur tadqiq qilish uchun zarur bo‘lgan texnik
vositalarning uzoq davr davomida yetarli emasligi ushbu yo‘nalishning rivojlanishini
sekinlashtirdi. Faqat XX asrning o‘rtalaridan boshlab elektroakustik va intonografik
metodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi natijasida prosodik birliklarni ilmiy asosda
aniqlash va tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugungi kunda esa zamonaviy kompyuter
dasturlari va multimodal eksperimental metodlar yordamida prosodika nazariyasi yangi rivoj
bosqichiga chiqmoqda.
Adabiyotlar sharhi
Prosodika va intonatsiya masalalari bo‘yicha qator tadqiqotchilar nazariy va amaliy
izlanishlar olib borgan. S.Axmanova prosodiya tushunchasini supersegment vositalarning
umumiy nomi sifatida ta’riflagan bo‘lib, uning tarkibiy komponentlari sifatida melodika,
Page 72
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
dinamika, temp va pauza kabi birliklarni ko‘rsatgan. V.A.Artemov eksperimental fonetika va
intonografik metod asoschisi sifatida intonatsiyaning fiziologik va akustik parametrlarini
chuqur o‘rganib, ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqqan.
M.I.Matusevich urg‘u va intonatsiyaning cho‘ziqlik, kuch va balandlik kabi
xususiyatlarini tadqiq qilgan bo‘lsa, N.D.Svetozarova prosodik vositalarning integral va
differensial belgilarini aniqlashga alohida e’tibor qaratgan. N.V.Cheremisina poeziya, proza va
so‘zlashuv nutqi intonatsiyasining farqli va umumiy tomonlarini qiyosiy asosda ko‘rsatgan.
L.A.Kanter intonatsiya tizimini eksperimental-fonetik metodlar asosida tahlil qilgan
bo‘lsa, A.Brizgunova rus nutqi intonasion konstruksiyalarini shakllantirgan. Shuningdek,
D.L.Lensa va Ye.V.Solovyeva segment va supersegment birliklarni pragmatik jihatdan
o‘rgangan va ularning kommunikativ hamda emotsional funksiyalarini ajratib ko‘rsatgan.
A.M.Antipova va A.S.Volkov ritm va prosodiya o‘zaro munosabatini izchil tadqiq etgan.
Mazkur adabiyotlar prosodik vositalarni nazariy va amaliy jihatdan chuqur
o‘rganishning poydevorini yaratgan.
Metod va metodologiya
Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda asosiy metod sifatida eksperimental-fonetik
kuzatishlar qo‘llaniladi. Elektroakustik metodlar (intonografiya, spektrografiya), kompyuter
dasturlari (Praat, Speech Analyzer), statistik tahlil, foizlar asosidagi parametrlarni hisoblash,
vizual ko‘rinishdagi grafik materiallar tayyorlash metodlari tadqiqotning asosini tashkil etadi.
Shu bilan birga, pragmalingvistik tahlil metodlari (intonatsiya komponentlarining
kommunikativ vazifalarini aniqlash), tipologik va qiyosiy tahlil metodlari (turli tillardagi
intonatsiya tizimlarini taqqoslash), nazariy izoh va deskriptiv metodlar ham keng qo‘llanadi.
Metodologik asos sifatida fonetika, eksperimental fonetika, ritorika, pragmalingvistika,
stilistika nazariyalari va supersegment birliklar haqidagi konsepsiyalar olinadi. Masalan,
N.D.Svetozarova va M.I.Matusevich asarlari fonetik nazariyaning ilmiy manbai sifatida xizmat
qiladi.
Asosiy qism
Fonetika fan sohasi sifatida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida shakllandi.
Prosodika esa fonetikaning alohida tarkibiy qismi sifatida doimo tilshunoslar e’tiborini jalb
etib kelgan. Prosodika masalalari mohiyatini belgilash keng qamrovli eksperimental
tadqiqotlar o‘tkazishni talab qiladi. Lekin bu izlanishlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan
yuqori aniqlikdagi texnik-uskunaviy jihozlarning yetarli bo‘lmaganligi sabab prosodika
sohasini o‘rganish tilshunoslikning boshqa sohalaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, shuningdek, tor sohalar uchun
ham xizmat qiladigan zamonaviy kompyuter dasturlarining ishlab chiqilishi tadqiqotlar
imkoniyatining kengayishiga sharoit yaratdi. Bu esa tilshunoslikda prosodika sohasidagi
tadqiqotlarning jonlanishiga va olinayotgan ilmiy natijalarning aniqligiga olib keldi. Texnik
imkoniyatlarning kengayganligi hamda oraliq sohalarning tadqiqot obyekti sifatida
belgilanishi umumiy ma’noda fanning rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.
Ma’lumki, har bir sohaning ilmiy asosi shu yo‘nalishga oid atamalarning mukammal
izohiga tayanadi. Prosodiya atamasiga maxsus lug‘atlarda “Prosodiya (grekcha prosodia –
urg‘u ma’nosini anglatadi) – 1) antik poetikada metrik she’r bo‘g‘inlaridagi cho‘ziqlikka
asoslangan urg‘u miqdori haqidagi bilim hisoblanib, “miqdoriy prosodiya” ma’nosida
qo‘llangan; 2) rus poetikasida esa prosodiya tushunchasi ostida she’rshunoslik sistemasi yoki
Page 73
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
she’riy o‘lchov sistemasi tushunilgan” deb izoh beriladi [11, 227]. Demak, prosodiya hodisasi
bo‘g‘inga aloqador bo‘lib, urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlardagi miqdoriy ko‘rsatkichlarga
asoslanadi. Prosodiya va prosodika atamalarining sohaga oid adabiyotlarda sinonim sifatida
qo‘llanishi kuzatiladi. Prosodika supersegment birliklarni o‘rganuvchi fonetikaning alohida
bo‘limidir. Shuning uchun ham fonetik birliklar segment va supersegment birliklar sifatida
ajratiladi. Prosodikaga S.Axmanova quyidagicha ta’rif beradi: “prosodiya supersegment
vositalarning umumiy nomi bo‘lib, aynan tonning balandligi, cho‘ziqlik (miqdor) va
balandlikdir (kuch, amplituda)” hamda “asosiy tonning ko‘tarilishi va pasayishi (melodika),
kuchli va kuchsiz urg‘ularning taqsimoti (dinamika), nutqning tez yoki sekinligi (temp) hamda
talaffuzning uzilishi (pauza) kabi nutqning supersegment vositalari birikish tamoyillari
haqidagi ta’limot” dir [2, 367]. Prosodika fonetikaning maxsus bo‘limi sifatida intonatsiya
masalalarini ham qamrab oladi. Ko‘rinadiki, bir atamani turlicha tushunish holatlari mavjud.
Atamalar izohidagi bu kabi murakkabliklar ushbu sohada tadqiqot olib borish qanchalik
muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Intonatsiya masalalarining o‘rganilishi uzoq davrlarga borib taqaladi. Bu sohadagi
dastlabki tadqiqotlar qadimgi Gresiya va Rimda ritorika sohasidagi izlanishlar natijasida
yuzaga kelgan. Dastlab kishilar o‘rtasidagi muloqot va kommunikatsiya jarayoni ehtiyojlari
natijasida so‘zlashuvchilar o‘zaro bir-birlarini tushunish uchun harakat qilgan bo‘lsalar,
keyinchalik verbal ifodalar orqali ta’sir ko‘rsatish va ommani boshqarish uchun nutqning
ifodali, ta’sirchan, jonli bo‘lishida intonatsiyaning barcha usul va vositalaridan mukammal
darajada foydalanishga intilganlar.
Dastlab nutqning ifodaliligi so‘zlovchining o‘z maqsadiga erishishi uchun samarali usul
sifatida o‘rganilgan. Keyinchalik esa u publisistikaning shakllanishida muhim o‘rin tutgan.
Shuning uchun ham intonatsiya orqali ta’sir ko‘rsatish publisistika, notiqlik san’ati, ritorika,
sahna nutqi, kommunikatsiya kabi sohalarning rivojlanishida katta o‘rin egallagan. Aslida fan
sifatida “nutq tovushlarini o‘rganuvchi alohida soha mavjud bo‘lib, tembral bo‘yoq orqali
ma’no ifodalangan…sahna va publisistik nutq masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar XIX
asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida shakllana boshlangan” deb e’tirof etiladi [22,
53-54]. Bu haqda boshqa ilmiy adabiyotlarda ham qiziqarli ma’lumotlar beriladi. Jumladan,
manbalarda intonatsiya bilan bog‘liq tahlillar publisistik nutq nazariyasi doirasida amalga
oshirilganligi hamda publisistik nutq yoki notiqlik san’ati, ritorika, sahna nutqi intonatsiyasiga
taalluqli bo‘lgan bunday izlanishlar tarixi uzoq davrga borib taqalishi alohida ta’kidlanadi [15,
310-342].
Demak, nutq intonatsiyasi masalalarining o‘rganilishi notiqlik san’atining rivojlanishi
bilan uyg‘un holda kechdi. Bu esa intonatsiya muammolari ritorikaning tarkibiy qismlaridan
biri ekanligidan dalolat beradi. Professor N.Mahmudov ham o‘zining notiqlik san’ati haqidagi
qarashlarida nutqning ifodaviyligi, ta’sirchanligi va muloqot jarayonida intonatsiyaning o‘rni
muhim ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ayniqsa, olimning qarashlarida segment birliklarning
talaffuzi o‘zbekona xarakterga ega ekanligi she’riy misollar bilan izohlab beriladi. Nafaqat
tilshunoslar, balki badiiy so‘z ijodkorlari ham tovushlarning talaffuzi, qattiq-yumshoqligi, ular
talaffuzidagi turlicha tovlanish lar nutqning jonli va ifodali bo‘lishini ta’minlashini e’tirof
etadilar [16, 79]:
Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi, bo‘yi bor.
Page 74
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bo‘lsaydi agar,
chizar edi shunday lavhalar.
(M.Shayxzoda, “Shoir qalbi dunyoni tinglar”)
Yuqori axborot texnologiyalari bugungi kun tadqiqotchisiga, M.Shayxzoda aytganidek,
rassom bo‘lish imkoniyatini yaratib berdi. U shoir qilmagan ishni qila oladi: maxsus dasturlar
orqali tovushlarning rangi-ro‘yini, qattiq-yumshoqligini aks ettirishdan tashqari, ko‘zga
ko‘rinmas, tutqich bermas intonatsiyaning ham suratini chiza oladi. Ya’ni eksperimental-
fonetikaga oid maxsus tadqiqotlar nutq tovushlari va intonasion birliklarni vizual ko‘rinishda
tasvirlash imkonini beradi.
Nutq madaniyati sohasiga oid darslik va adabiyotlarda [26, 15; 29, 22] notiqlik
san’atining shakllanishi haqida quyidagi fikrlar bildiriladi. Qadimgi Gresiyada aybdorlar,
jinoyatchilar o‘zining aybsizligini isbotlash uchun sud zalida nutq so‘zlaganlar. Albatta,
bunday iqtidor barcha odamlarda ham yetarli bo‘lmagan. Natijada o‘sha davrda sud notiqligi
bilan bog‘liq logograflar faoliyati shakllangan. Ayblanuvchilar ularga ta’sirchan, mazmunli,
ifodali nutq tayyorlash bo‘yicha buyurtmalar berganlar. Natijada ular maxsus yozilgan
matndagi marjondek terilgan tovushlarni jonli nutqda mayin va ta’sirli, ba’zi o‘rinlarda qo‘pol
va dag‘al, lekin yoqimli ohangda mantiqiy izchillik bilan talaffuz qilish orqali himoyalanganlar.
Yuqoridagi fikrlar asosida intonatsiya nazariyasi ritorika, notiqlik san’ati, publisistik
nazariya va sahna nutqi [28] kabi amaliy maktab bosqichlarida shakllanganligini ko‘rish
mumkin. Bu intonatsiya masalalariga qiziqish va o‘rganishning birinchi davri hisoblanadi.
Tilshunoslikda
prosodika
nazariyasining
shakllanishi
eksperimental-fonetik
tadqiqotlarning ilk davri bilan bog‘lanadi. Pnevmatik metod eksperimental fonetikada tajriba
o‘tkazishning boshlang‘ich davri hisoblanadi. Bu davr “…nutqning talaffuz qonuniyatlarini
fiziologik va psixologik asboblar vositasi bilan o‘rganishdan boshlandi… pnevmatik metod
amaliy fonetikaning taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Bu usul yordamida turli tillarning
fonemalar sistemasi, ayrim fonetik hodisalarning artikulyasion mohiyati aniqlandi” [14, 54].
Biroq intonatsiya masalalarini o‘rganish uchun bu metod orqali o‘tkazilgan tajribalar nazarda
tutilgan ilmiy xulosalarni bermadi.
A.Nurmonovning ta’kidlashicha, fonetika sohasida eksperimental kuzatishlar o‘tkazish
davrining asoschisi sifatida professor V.A.Artemov nomi tilga olinadi. U o‘tgan asrning “30-
yillariga kelib intonatsiya, pauza, bo‘g‘in kabi fonetik hodisalarni o‘rganishda elektroakustik
metodlardan foydalanish ishini boshlab berdi… V.A.Artemov nutqning fonetik xususiyatlarini
tadqiq etishga mo‘ljallangan elektrodinamik rekardyor, spektograf singari yangi apparatlar
ixtiro qildi” [18, 81]. V.A.Artemov tomonidan yaratilgan intonografik metod fonetikaning
taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Eksperimental fonetika sohasidagi tadqiqotlarning yuzaga
kelishi fanda aniq ilmiy xulosalar chiqarish imkoniyatini yaratdi. Natijada nutq jarayonida
prosodik vositalarning harakati bilan bog‘liq hodisalar haqida dastlabki tushuncha va
nazariyalar yuzaga kela boshladi. Nafaqat turkologiyada, balki dunyo tilshunosligida ham XX
asrning oxiriga qadar fonetika sohasidagi eksperimental tadqiqotlar V.A.Artemov metodikasi
asosida amalga oshirildi. Bu prosodika nazariyasi shakllanishining ikkinchi davri edi.
Page 75
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Tilshunoslikda prosodik vositalar haqidagi masalalar fonetik-fonologik sathga oid
supersegment birliklar nomi bilan bog‘liqdir. Prosodika masalalari bilan shug‘ullanish asosan
o‘tgan asrning 50-80 yillariga to‘g‘ri keladi. Bu sohaning yirik vakillari hisoblangan
M.A.Peshkovskiy, G.A.Glison, N.S.Trubetskoy, A.M.Shcherbak, A.A.Reformatskiy, L.R.Zinder
[20; 6; 25; 32, 21, 8, 24] kabi olimlarning qarashlari umumiy tipologik fonetika masalalariga
bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi.
Intonatsiya masalalariga bag‘ishlangan yirik ilmiy ishlardan biri T.M.Nikolayevaning
“Intonatsiya slojnogo predlojeniya v slavyanskix yazыkax” nomli asaridir [17]. Ushbu ishda
rus, chex, polyak va ukrain tillarida qo‘shma gaplar intonatsiyasi qiyosiy-tipologik aspektda
tahlil qilinadi. Qarindosh tillarda qo‘shma gaplar intonatsiyasi tadqiqida dastlab
intonatsiyaning temporal komponentlariga e’tibor qaratiladi. Xususan, temp va pauza
mohiyatan vaqt paradigmasiga tegishli turdosh komponentlar sifatida o‘rganiladi. Qo‘shma
gap komponentlarining melodik xususiyatlari hamda gapning tarkibiy qismlariga oid
urg‘uning
darajalari
foizlar
asosida
statistik
tahlilga
tortiladi.
Nutqning
segmentatsiyalanishiga oid fonetik birliklarda ohang va urg‘uning funksional xususiyatlari
ularning harakatlari orqali aniqlanadi. Olingan ilmiy xulosalar asosida til va nutq hodisalari
farqlanib, intonemaning o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi, rus, chex, polyak va ukrain tillarida
intonatsiya komponentlaridan pauza, temp, melodika, urg‘u bilan bog‘liq akustik parametrlar
statistik metod orqali o‘rganiladi.
Rus tilshunosligida M.I.Matusevichning “Sovremennыy russkiy yazыk. Fonetika” nomli
o‘quv qo‘llanmasi prosodika sohasiga bag‘ishlangan asosiy tadqiqotlardan biri hisoblanadi
[13, 222-278]. Muallif kitobning urg‘u deb nomlangan qismida so‘z urg‘usining cho‘ziqlik,
kuch, sifat va balandlik kabi fonetik tabiati va uning bo‘g‘inlardagi taqsimotiga alohida
to‘xtaladi. Sintagmatik urg‘u tushunchasi ostida uning sintagmalardagi o‘rni, ma’no
ajratuvchilik funksiyasi hamda mantiqiy va emfatik turlari to‘g‘risida o‘z qarashlarini bayon
qiladi. Shuningdek, u o‘zining eksperimental-fonetik kuzatishlari asosida intonatsiya
komponentlaridan biri bo‘lgan melodikaning sintagma, kirish so‘z va kirish gap, undalma,
gapning kommunikativ turlaridagi funksiyalari bilan bog‘liq masalalarni tahlil qiladi. Bu ish
asosiy ton chastotasining o‘zgarishi bilan bog‘liq tekis, ko‘tariluvchi va pasayuvchi ohang
orqali sintaktik birliklar funksiyalarining ajratilishi va farqlanishi bilan xarakterlidir. Shu bilan
birga, tadqiqotda intonatsiyaning faqat birgina komponenti – melodika o‘rganilgan bo‘lib,
uning boshqa komponentlari e’tibordan chetda qolgan. Bizning nazarimizda, intonatsiya
o‘zining barcha komponentlari va ular bajargan funksiyalari bilan yaxlit holda o‘rganilsagina,
olingan ilmiy xulosalar aniq va fandagi ahamiyati yuqori bo‘ladi.
M.V.Panov “Zamonaviy rus tili. Fonetika” (“Современный русский язык. Фонетика”)
[19] nomli darsligida segment va supersegment birliklarga tavsif bergan. Supersegment
birliklarni tasnif qilish orqali urg‘u, bo‘g‘in kabi birliklarning eksperimental jarayondagi vizual
ifodasi, taktlar chegarasi, intonatsiya, fraza va mantiqiy urg‘u kabi masalalarga izoh bergan.
Darslikda bo‘g‘in, takt va fraza kabi fonetik birliklar tadqiqiga oid ma’lumotlar, shuningdek,
intonatsiya va urg‘u masalalariga oid ilmiy xulosalar asosida supersegment birliklar
tavsiflangan. Bizning nazarimizda, ushbu ishda supersegment birliklar haqidagi ilmiy
xulosalarni berish uchun segment birliklar haqidagi ma’lumotlarga to‘xtalish to‘g‘ridir. Buni
supersegment birliklarning segment birliklar talaffuzisiz yuzaga chiqmasligi bilan izohlash
mumkin.
Page 76
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
N.D.Svetozarovaning “Rus tilining intonatsion tizimi (Интонационная система
русского языка) [22]” nomli monografiyasi prosodika va intonatsiya nazariyasi masalalariga
bag‘ishlangan. Unda, asosan, intonatsiya komponentlari va funksiyalari haqida fikr yuritilgan.
Melodika, pauza, cho‘ziqlik, temp, intensivlik va prosodik tembr kabi intonatsiyaning
komponentlari tahlil qilinadi. Olima intonatsiya nazariyasining asosiy muammolari bilan bir
qatorda rus tili materiallari asosida intonatsiya sistemasining nutqda namoyon bo‘lish
xususiyatlarini o‘rganadi. Uning izlanishlari mohiyatan prosodika va intonatsiyaning integral
va differensial belgilarini ajratishga, prosodik vositalarning nutqdagi funksional
xususiyatlarini ko‘rsatishga qaratilganligi bilan muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur
monografiya muallifi intonatsiya nazariyasi masalalarini yoritishda eksperimental tadqiqot
natijalaridan olingan ilmiy xulosalarga suyangani uchun ham uning har bir prosodik vosita
haqidagi tahlillari, ayniqsa, urg‘u va intonatsiya haqidagi xulosalari qimmatlidir.
N.V.Cheremisina “Russkaya intonatsiya: poeziya, proza, razgovornaya rech (Русская
интонация: поэзия, проза, разговорная речь)” [30] deb nomlangan kitobida proza, poeziya
va so‘zlashuv nutqi intonatsiyasining farqli va o‘xshash jihatlari o‘rganilgan. Olima intonatsiya
masalalarini nazariy planda maxsus tadqiq etadi. Unda boshqa olimlarnikidan farqli ravishda,
intonatsiya, uning komponentlari til va nutq dixotomiyasi asosida tahlilga tortilgan. Melodika,
urg‘u, temp, tembr, ritm kabi intonatsiyaning struktur birliklari so‘zlashuv nutqi, proza va
she’riy nutq ko‘rinishlari materiallari asosida tahlil qilinganligi bilan xarakterlidir.
Tadqiqotning bu xususiyatlari poeziya, proza va so‘zlashuv nutqi intonatsiyalarining o‘zaro
farqlanganligida ko‘rinadi.
A.M.Antipova “Ritmicheskaya sistema angliyskoy rechi” [1] asarida ingliz nutqining
ritmik sistemasi tadqiq etilgan. Bunda asosiy e’tibor ritm masalalariga qaratilgan. Prosodiya
ritmni shakllantiruvchi vosita sifatida o‘rganilgan. Nutq ritmi, uning birliklari, she’riy va
prozaik nutqda ritm, ularning umumiy va farqli jihatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, asosiy
e’tibor prosodika, prosodik komponentlar va uning funksiyalariga qaratilgan. Xususan,
prosodiya funksiyalarining “...kommunikativ, emosional-modal, sosial, struktur hamda ritm va
stil hosil qiluvchi funksiyalari mavjud”ligi [1, 49-51], shuningdek, ularning o‘rganilishi bir-
biridan tubdan farqlanishi ko‘rsatiladi. Ritmni shakllantirishda prosodiyaning roli va prosodik
sistemada ritmning o‘rni yuzasidan olib borgan tadqiqotlari natijalarini ilova qiladi. Demak,
nutqda prosodik vositalar funksiyalarini aniqlash uchun faqat eksperimental-fonetik
izlanishlar olib borish orqaligina aniq ilmiy xulosalar olish mumkin.
L.A.Kanter “Sistemniy analiz rechevoy intonasii” nomli asarida intonatsiyaning
struktur birliklari eksperimental-fonetik jihatdan o‘rganilgan. U nutqiy intonatsiya
masalalarini tizimli tahlil qilgan [9]. Intonatsiya masalalarini tizimli tahlil qilish melodika,
urg‘u, temp, pauza va tembr kabi komponentlar funksiyalarining bir-biri bilan bog‘lanishi
asosida izohlanadi. Bu komponentlarning nutqdagi ishtiroki natijasida intonatsiya yuzaga
keladi.
A.Brizgunovaning ishlari [3] ham eksperimental xarakterga ega ekanligi bilan boshqa
tekshirishlardan tubdan farqlanadi. Olimaning asosiy ilmiy xulosasi rus nutqi intonasion
strukturasi asosida yetti xil intonasion konstruksiyalar ajratilganida ko‘rinadi. Intonasion
konstruksiyalar intonatsiyaning nutqdagi funksiyalari orqali aniqlanadi. Intonasion
konstruksiya masalalari prosodika sohasidagi alohida yo‘nalish ekanligi bilan ajralib turadi.
Page 77
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
Bugungi kunda jahon tilshunosligida eksperimental-fonetik tadqiqotlarning ko‘lami
tobora kengayib bormoqda. Fonetik-eksperimental kuzatishlar olib borgan tadqiqotchilar
qatorida A.S.Shagidevich, O.Ye.Burashnikova, L.N.Sibilyova, A.K.Derkachlarni ko‘rsatish
mumkin [31; 7; 4; 23]. Umuman, prosodik vositalar masalasi yuzasidan olib boriladigan har
qanday tadqiqotlarni eksperimental-fonetik izlanishlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
D.L.Lensa va Ye.V.Solovyevaning “Fonetika v aspekte pragmatiki” nomli kitobida [12,
97] segment va supersegment vositalar pragmalingvistik aspektda o‘rganilgan. Mualliflar
so‘roq ifodalarda emosionallikning segment va supersegment vositalar orqali ifodalanishiga
e’tibor qaratganlar. Pragmalingvistikaning muammolari, prosodiya va sintaksis, prosodiya va
leksika, segment va supersegment birliklar tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Matn yoki
ifodada illokutiv struktura tilshunoslik uchun yangi muammo sifatida e’tirof etiladi. Tilning
pragmatik funksiyasiga bag‘ishlangan ushbu tadqiqotda perseptiv va elektroakustik, nazariy
va eksperimental-fonetik tahlillarning uyg‘un holda olib borilishi bilan bog‘liq mualliflarning
o‘ziga xos metodikasi namoyon bo‘lgan. “Ironik matnlarda segment va supersegment
fonetika” deb nomlangan qismida ironik matnlarning pragmatik tavsifi, semantik-pragmatik
prinsiplari, intonatsiya, semantika va pragmatikaning munosabati, ironik matnlarda
intonatsiyaning eksperimental-fonetik tadqiqi masalalari yoritilgan. Prosodika sohasiga
bag‘ishlangan ishlardan farqli ravishda unda segment va supersegment birliklarning
pragmatik xususiyatlari ham nazariy, ham eksperimental-fonetik jihatdan tadqiq etilgan.
Prosodik vositalarning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish bilan bog‘liq yangi
metodikaga asoslangan qator eksperimental-fonetik kuzatishlar N.A.Karjanova, A.S.Volkov,
N.A.Faustovalarning ishlarida ham ko‘zga tashlanadi [10; 5; 27]. Prosodik vositalarning
pragmatik funksiyalarini o‘rganish bilan bog‘liq eksperimental-fonetik tadqiqotlar davri
intonatsiya nazariyasida uchinchi davr hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan eksperimental-fonetik izlanishlar natijasida
prosodika nazariyasi shakllantirildi. Eksperimental-fonetik tadqiqotlar olib borish uchun
an’anaviy intonografik metod o‘rnini axborot texnologiyalariga asoslangan yangi kompyuter
dasturlari egallay boshladi. Natijada fonetika sohasida bunday zamonaviy innovasion
eksperimental tadqiqotlarga ehtiyoj kundan-kunga orta boshladi. Bu borada dastlabki
harakatlar amalga oshirilgani holda keng miqyosdagi xususiy fonetikaga oid, jumladan, o‘zbek
tili prosodik birliklarining eksperimental tadqiqiga bag‘ishlangan monografik plandagi ishlar
mavjud emas. Fonetika sohasidagi xorijiy eksperimental-fonetik tadqiqotlar o‘zbek
tilshunosligida ham yangi davrning boshlanishi bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bunday
tadqiqotlarning amaliy tomoni umumiy nazariyalar yaratilishiga yo‘l ochadi.
Xulosa
Prosodika nazariyasi fonetika fanining eng qiyin va murakkab, shu bilan birga eng
qimmatli yo‘nalishlaridan biri sifatida bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.
So‘nggi yillarda texnologiyalar taraqqiyoti tufayli eksperimental-fonetik tadqiqotlarning
ko‘lami kengayib, prosodik birliklarning akustik va pragmatik xususiyatlarini yanada
chuqurroq o‘rganish imkoniyati yaratildi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, prosodika va intonatsiya masalalarining izchil va tizimli
o‘rganilishi nafaqat nutqning ichki strukturasi va estetik qimmati, balki uning kommunikativ
va emotsional jihatlarini ham aniqlashga yordam beradi. Shu bois, fonetika fanining hozirgi va
Page 78
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
kelajakdagi taraqqiyoti uchun ushbu yo‘nalishda maxsus eksperimental izlanishlar olib borish
alohida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega
.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Антипова А.М. Ритмическая система английской речи. - М.: Высшая школа, 1984.
2.
Ахманова О. С. Словарь лингвистических терминов. – М.: Советская энциклопедия,
1969.
3.
Брызгунова Е.А. Звуки и интонация русской речи. – М., 1983.
4.
Бурашникова О.Е. Просодические характеристики истинных и неистинных
оценочных иллокутивов (экспериментально-фонетическое исследование на материале
современного немецкого языка): Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – М., 2009.
5.
Вольков А.С. Просодические особенности реализаций ложных речевых актов
(экспериментально-фонетическое
исследование
на
материале
современного
немецкого языка): Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – Нижний Новгород, 2013.
6.
Глисон Г.А. Введение в дескриптивную лингвистику – М.: Изд-во иностранной
литературы, 1959.
7.
Деркач А.К. Культурно-специфические характеристики просодии директивных
высказываний:
эксприментально-фонетическое
исследование
на
материале
французского, немецкого и русского языков (экспериментально-фонетическое
исследование на материале современного немецкого языка): Автореф. дисс. ... канд.
филол. наук. – М., 2007.
8.
Зиндер Л.Р. Общая фонетика. – М.: Высшая школа, 1979.
9.
Кантер Л.А. Системный анализ речевой интонации. – М.: Высшая школа, 1988.
10.
Каржанова Н.В. Экспрессивная функция интонации в современном французском
языке (экспериментально-фонетическое исследование на материале высказываний,
выражающих эмоции группы «радость»): Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. – М., 2000.
11.
Квятковский А. Поэтический словарь. – М.: Советская энциклопедия, 1966.
12.
Ленца Д.Л., Соловьева Е.В. Фонетика в аспекте прагматики. – Кишинев: Штиинца,
1989.
13.
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. – М.: Просвещение, 1976.
14.
Маҳмудов А. Интонографик метод ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти – Тошкент,
1970. – 6-сон. – Б. 54.
15.
Маҳмудов М., Шукуров Р. Арасту “Риторика”сида нотиқлик санъати ва маънавият
асослари // Арасту. Ахлоқи кабир. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2018. – Б. 310-342.
16.
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқи маданияти. – Тошкент:
Алишер
Навоий
номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2007. – Б. 79.
17.
Николаева Т.М. Интонация сложного предложения в славянских языках. – М.:
Наука, 1969. – 286 с.
18.
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Тошкент: Шарқ,
2001. – Б. 81.
19.
Панов М.В. Современный русский язык. Фонетика. – М.: Высшая школа, 1979.
20.
Пешковский А. М. Интонация и грамматика. – М., 1928;
21.
Реформатский А.А. Введение в языковедение. – М.: Просвещение, 1967;
Page 79
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC
RESEARCH
Volume 3, Issue 6, Part 4 Iyun 2025
www.in-academy.uz
22.
Светозарова Н.Д. Интонационная система русского языка. – Ленинград: Изд-во
Ленинградского университета, 1982.