Авторы

  • Asilabonu Azizjonova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126556

Ключевые слова:

tanqidiy tafakkur ko‘nikma interfaol metodlar o‘quvchi o‘yin ijodiy-izlanish

Аннотация

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har bir o‘quvchining darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot shakllari alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalalarni ta’limning o‘yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin.


background image

Page 138

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY

TAFAKKUR KO‘NIKMALARINI INTERFAOL METODLAR

YORDAMIDA SHAKLLANTIRISH

Azizjonova Asilabonu

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.15656726

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil

Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 13-June 2025 yil

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har bir o‘quvchining
darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot
shakllari alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalalarni
ta’limning o‘yinli shakllari texnologiyasi orqali
muvaffaqiyatli hal etish mumkin.

KEY WORDS

tanqidiy

tafakkur,

ko‘nikma,

interfaol metodlar, o‘quvchi, o‘yin,
ijodiy-izlanish, o‘quvchi

O‘yin tashqi tomondan tashvissiz va yengil ko‘rinadi. Aslida esa, u o‘yinchidan

maksimum energiya sarflashini, fikrlashni, o‘zini tuta bilishni, mustaqil harakat qila olishni
talab etadi.

Ta’limning o‘yinli shakllari bilim o‘zlashtirilishini barcha darajalaridan foydalanishga

imkon beradi, masalan, ijodiy-izlanish faoliyati. Ijodiy-izlanish faoliyati juda samarali
hisoblanib, unda o‘quvchi ta’lim olishning usullarini o‘zlashtiradi. O‘yin ko‘p funksionaldir. Biz
o‘yinlarning faqat didaktik, ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi funksiyalariga to‘xtalib o‘tamiz.

Didaktik o‘yinlar – bu atamani bevosita o‘yinlarga nisbatan ishlatish mumkin, chunki u

maqsadli ravishda didaktikaning bo‘limiga kiradi. Hozirgi vaqtda metodik adabiyotlarda
yetarli miqdordagi, u yoki bu tasnifiy mezonlariga mos keladigan ta’limiy o‘yinlarning tasnifiy
va tizimlashtiruvchi ko‘rinishlari mavjud. Masalan, ular quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:

-ta’limiy o‘yinlarning maqsad va vazifalari;
- o‘tkazilish shakllari;
- tashkillashtirilish usullari;
- murakkablilik darajasi;
- ishtirokchilar sonining tarkibi.
O‘tkazilish shakliga ko‘ra o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: predmetli, harakatlanuvchan,

syujetli yoki holatli, rolli, musoboqa-o‘yin, intellektual o‘yinlar (rebuslar, krossvordlar,
viktorinalar), o‘zaro ta’sir qiluvchi (kommunikativ, interfaol) o‘yinlar.

Tashkil qilinishiga ko‘ra o‘yinlar kompyuterli va kompyutersiz, yozma va og‘zaki,

tayanchli va tanchsiz, immitatsion-modellashtiriluvchi va kreativ hamda boshqalar.

Barcha o‘quv o‘yinlari, amallarining bajarilishidagi murakkablik darajasiga qarab, oddiy

(yakka) va murakkab (ko‘p) holatlilarga, o‘tkazilish vaqtiga qarab, ular davomli va davomli
bo‘lmaganlarga bo‘linadi.

Ishtirokchilarning tarkibiy soniga qarab, o‘yinlar yakka tartibdagi, juftliklardagi,

gruhlardagi, komandali va jamoalilarga


background image

Page 139

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

bo‘linadi. Ma’lumki, qayd etilganlardan birinchisi, ya’ni yakkatartibdagi o‘yinlar o‘quvchilarga
nisbatan yakkatartibdagi yondashuvni amalga oshirilishini va ta’lim oluvchini ma’lumot
manbasi bilan “muloqotini” nomoyon etadi. Qolgan o‘yinlarda esa, sheriklarni bir-birlari
bilan muloqot qilishi, masalan, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida yakka tartibdagi kabi
tabaqalashtirilgan yondashuvning amalga oshishi mumkin.

O‘quvchilar intellektni rivojlantiruvchi, bilish faolligini oshiruvchi bir necha o‘yinlar

guruhi mavjud.

I guruh

– predmetli o‘yinlar, o‘yinchoqlar va predmetlar bilan manipulyatsiya qilish

sifatida. O‘yinchoqlar – predmetlar – orqali bolalar shakllarni, rangni, hajmni, materialni,
hayvonot dunyosini, odamlar dunyosini va boshqalarni bilishadi, o‘rganishadi.

II guruh

– ijodiy, syujetli-rolli o‘yinlar, ularda syujet – intellektual faoliyat shaklidir.

“Baxtli tasodif”, “Zakovot” va boshqa shu kabi inttellektual o‘yinlar. Ma’lumotlar – o‘quv

ishlarida bilish tavsifiga ega, lekin, eng avvalo darsdan tashqaridagi ishlarda u muhim
tarkibiy qismdir.

Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalarda rolli o‘yinlar katta ahamiyat kasb etadi. Ular shu

bilan tavsiflanadiki, o‘quvchi o‘ynab turib, o‘ziga ma’lum bir aniq rolni oladi va tasavvur
qilinadigan holat bo‘yicha, aniq bir insonni odatlarini takrorlab, harakatlarni amalga oshira
boshlaydi. Syujetlarni turli-tuman bo‘lishligiga qaramasdan, uning ortida bitta va faqat bitta
mazmun yashiringan bo‘ladi – inson faoliyati va insonlarning jamiyatdagi munosobatlari.

Masalan, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchi o‘ziga yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchi rolini

oladi. Bunday o‘yindagi ijobiy holat shundan iboratki, yaxshi o‘quvchi bo‘lish uchun zarur
bo‘lgan talablarni bola o‘z oldiga qo‘ya boshlaydi. Shunday qilib, rolli o‘yinni boshlang‘ich sinf
o‘quvchisini o‘z-o‘zini tarbiyalovchi usuli sifatida qarashimiz mumkin.

III guruh

o‘yinlari – bolalarni bilish faolligini rivojlantiruvchi vosita sifatida

foydalaniladi – tayyor qoidalardan iborat o‘yinlar bo‘lib, ular odatda

didaktik o‘yinlar

deb

ataladi.

Qoidaga ko‘ra, ular o‘quvchidan jumboqni yechishni, topishmoqni topishni, eng asosiysi

– predmetni bilishni talab qiladi. Didaktik o‘yin qanchalik mahoratli tuzilgan bo‘lsa, didaktik
maqsad shunchalik mohirona yashiringan bo‘ladi. O‘yinda joylashtirilgan bilimlarni o‘quvchi
o‘zi bilmagan holda, beixtiyoriy ravishda, o‘ynab turib o‘zlashtiradi.

IV guruh o‘yinlari

– quruvchilikka, mehnat qilishga, texnikaga, konstruktorlikka doir

o‘yinlar. Bu o‘yinlar kattalarning kasbiy faoliyatini aks ettiradi. Mazkur o‘yinlarda o‘quvchilar
yaratuvchanlik jarayonini o‘zlashtirishadi, ular o‘z ishlarini rejalashtirishga, kerakli
materiallarni tanlashga, o‘zini va boshqalar faoliyati natijalarini tanqidiy baholashga, ijodiy
masalalarni yechishga o‘rganadilar. Mehnatdagi faollik bilishga bo‘lgan faollikni oshiradi.

V guruh o‘yinlari

, intellektual o‘yinlar bo‘lib – ruhiy doiraga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘yin-

mashqlar, o‘yin-treninglardir. Bu o‘yinlar musoboqalarga asoslangan bo‘lib, taqqoslash yo‘li
orqali o‘ynayotgan o‘quvchilarga ularni tayyorgarligi darajasini, mukammalikka erishish
yo‘llarini ko‘rsatadi, ya’ni bilishga bo‘lgan faolliklarini oshiradi.

VI guruh o‘yinlari

– alohida guruh o‘yinlari bo‘lib, ular harakatlanuvchi o‘yinlar deb

ataladi. Ular boshlang’ich sinf yoshida sezilarli o‘rinni egallaydi. Bolaning organizmi o‘suvchan
bo‘lganligi sababli u har doim harakatni talab qiladi. Bolalar rohatlanib to‘p o‘ynashadi,
chopishadi, sakrashadi. Turli harakatlar modda almashinuviga, qon aylanishiga va nafas
olinishini yaxshilanishiga yordam beradi. Harakatlantiruvchi o‘yinlar shaxsiy sifatlarni


background image

Page 140

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06,June 2025

www.in-academy.uz

shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi: ularda iroda, fikrlash, jasurlik rivojlanadi. Jamoaviy sport
o‘yinlari va musoboqalar jamoada harakatlanish ko‘nikmasini, o‘rtog‘ini qo‘llab-
quvvatlanishni, sinf va maktab sha’ni uchun kurashishni rivojlantiradi.

Lekin, o‘qituvchi va sardor musoboqalar bolalarning o‘yin faoliyatini tashkillashtirishda

samarali vosita ekanligi unutmagan holda uning mahsuldorligini oshirish uchun alohida
tayyorgarlik ko‘rishni talab qilishligini esda saqlashlari zarur. Hech qachon musoboqalar
maqsad bo‘lib qolishligiga yo‘l qo‘ymaslik, ular faqat bir istak uchun – birinchi o‘rinni egallash,
sovg‘a olish harakatida bo‘lmasliklari lozim. Bu holda u salbiy jihatlarni: man-manlikni,
hasadni va boshqalarni shakllantiradi. O‘quvchilar musoboqalarini samarali o‘tkazilishini
muhim shartalari bo‘lib quyidagilar:

ularni jamoaviy faoliyat sifatida tashkillashtirilishi; buning uchun musoboqa shartlari

alohida bolalarga emas, balki barcha ishtirokchilar oldiga qo‘yilishi lozim;

Erishilgan natijalarni to‘g‘ri hisob-kitobini olib borilishi: o‘z natijalarini nisbatan

yaxshilab borayotgan bolalarni rag‘batlantirib, ularni muvaffaqiyatlarini baholab borish;

Tarbiyaviy samarani baholash – musoboqa jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirgan

munosobatlar shakllari va ko‘nikmalari; bunday baholashda o‘yindagi barcha ishtirokchilar
g‘olib bo‘lishi mumkin;

O‘yin faoliyatining barcha oltita ko‘rinishidan foydalana olgan o‘qituvchi,

o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkillashtirishda juda katta miqdordagi usullariga
ega bo‘lgan bo‘ladi.

O‘quvchilarda bunday qobiliyatlarni rivojlantirilishi o‘quv matnlarini ma’no jihatidan

qayta ishlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Matn rejasini tuzish uchun, uning har bir
qismidan asosiysini ajrata bilish, assotsiatsiyalarni topish, ularni eslab qolish kerak.

Xulosa.

Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar o‘z o‘yinlari davomida, ularni real hayotda

jalb qiladigan insonlarning sifatlariga ega bo‘lishga harakat qilishadi. Shu sababdan bolalarga
qahramonlik, botirlik, ochiqko‘ngillilik bilan bog‘iq bo‘lgan rollar yoqadi. O‘quvchilar haqiqiy
hayotda bajara olmayotgan ishlarini ifodalashga harakat qilishib, o‘z-o‘zlarini rolli o‘yinlarda
tasvirlay boshlashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ismoilova M. Noan’anaviy ish uslublari orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish
yo’llarini axtaryapmiz: Tajriba minbari // Maktabgacha tarbiya. 2015. №2. 44-46 b.
2. Аslonovа M. А. Tа’lim jаrаyonidа hаrаkаtli o’yinlаrdаn foydаlаnish. Monogrаfiyа – Toshkent
– 2009. 166b.
3. Ibrаgimov R. Boshlаng’ich sinf o’quvchilаri bilish fаoliyаtini shаkllаntirishniig didаktik
аsoslаri. Monogrаfiyа – Toshkent – 2005. 144b.
4. Ibrаgimov G. N. Interfаol o’qitish metodlаri vа teхnologiyаlаri аsosidа tаlаbаlаrning
kreаtivlik qobiliyаtlаrini rivojlаntirish. Dissertаtsiyа – Toshkent – 2017. 154b.
5. Shodmonqulova S.R. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini
rivojlantirishda pirls topshiriqlaridan foydalanish metodikasi. Academic Research in
Educational Sciences Volume 3 | Issue 4 April, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary
Scientific Journal

Библиографические ссылки

Ismoilova M. Noan’anaviy ish uslublari orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish yo’llarini axtaryapmiz: Tajriba minbari // Maktabgacha tarbiya. 2015. №2. 44-46 b.

Аslonovа M. А. Tа’lim jаrаyonidа hаrаkаtli o’yinlаrdаn foydаlаnish. Monogrаfiyа – Toshkent – 2009. 166b.

Ibrаgimov R. Boshlаng’ich sinf o’quvchilаri bilish fаoliyаtini shаkllаntirishniig didаktik аsoslаri. Monogrаfiyа – Toshkent – 2005. 144b.

Ibrаgimov G. N. Interfаol o’qitish metodlаri vа teхnologiyаlаri аsosidа tаlаbаlаrning kreаtivlik qobiliyаtlаrini rivojlаntirish. Dissertаtsiyа – Toshkent – 2017. 154b.

Shodmonqulova S.R. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini rivojlantirishda pirls topshiriqlaridan foydalanish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 4 April, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal