Авторы

  • Oqilbek Adizov
    Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126576

Ключевые слова:

Transchegaraviy savdo shartnomalari Xalqaro xususiy huquq Huquqni tanlash erkinligi Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari CISG (Vena konvensiyasi) INCOTERMS qoidalari UNIDROIT prinsiplari Party autonomy (Tomonlar avtonomiyasi)

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuv sharoitida transchegaraviy savdo shartnomalarining xalqaro xususiy huquq doirasida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro savdo bitimlarining asosiy turlari – tovarlar oldi-sotdi, xizmatlar ko‘rsatish, agentlik va distribyutorlik, litsenziya va franchayzing, shuningdek, investitsiya shartnomalari bo‘yicha normativ hujjatlar va xalqaro tajribalar asosida tasnif berilgan. Shuningdek, huquqni tanlash erkinligi tamoyilining xalqaro va milliy huquqiy tizimlarda qanday ifodalangani, ushbu prinsipning ahamiyati va amaliy natijalari – xususan, huquqiy aniqlik, investitsiya xavfsizligi va arbitraj samaradorligi nuqtai nazaridan muhim tahlillar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi mavjud tartibotlar, cheklovlar va ularning xalqaro standartlarga mosligi ham muhokama qilingan.


background image

Page 14

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

TRANSCHEGARAVIY SAVDO SHARTNOMALARINI

KOLLIZION-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: NAZARIYA,

AMALIYOT VA XALQARO TAJRIBA

Adizov Oqilbek Oybek o’g’li

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti magistranti

Е-mail: oqilbekadizov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15674296

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2025 yil

Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 16-June 2025 yil

Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya va
globallashuv

sharoitida

transchegaraviy

savdo

shartnomalarining xalqaro xususiy huquq doirasida
tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada xalqaro savdo
bitimlarining asosiy turlari – tovarlar oldi-sotdi,
xizmatlar ko‘rsatish, agentlik va distribyutorlik,
litsenziya va franchayzing, shuningdek, investitsiya
shartnomalari bo‘yicha normativ hujjatlar va xalqaro
tajribalar asosida tasnif berilgan. Shuningdek, huquqni
tanlash erkinligi tamoyilining xalqaro va milliy huquqiy
tizimlarda qanday ifodalangani, ushbu prinsipning
ahamiyati va amaliy natijalari – xususan, huquqiy
aniqlik,

investitsiya

xavfsizligi

va

arbitraj

samaradorligi nuqtai nazaridan muhim tahlillar
keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi
mavjud tartibotlar, cheklovlar va ularning xalqaro
standartlarga mosligi ham muhokama qilingan.

KEY WORDS

Transchegaraviy

savdo

shartnomalari, Xalqaro xususiy
huquq, Huquqni tanlash erkinligi,
Xalqaro

tovarlar

oldi-sotdi

shartnomalari,

CISG

(Vena

konvensiyasi),

INCOTERMS

qoidalari, UNIDROIT prinsiplari,
Party

autonomy

(Tomonlar

avtonomiyasi)

Xalqaro iqtisodiy integratsiya va globallashuvning jadal rivojlanishi sharoitida

davlatlararo savdo-iqtisodiy aloqalar keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Ushbu jarayonlarda
transchegaraviy savdo shartnomalari markaziy rol o‘ynaydi. Xalqaro xususiy huquq doirasida
transchegaraviy shartnomalarni tartibga solish, ularning turlarini aniqlash va ularga tatbiq
etiladigan huquqni tanlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, taniqli rus olimi
M.M.Boguslavskiy ta’kidlaganidek, xalqaro xususiy huquqning zamonaviy rivojlanishi ko‘p
jihatdan xalqaro tijorat shartnomalarini tartibga soluvchi kollizion normalarning
samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, bunda shartnomalarni to‘g‘ri tasniflash va huquqni tanlash
erkinligining keng tan olinishi muhim rol o‘ynaydi

1

.

Xalqaro savdo shartnomalarini tasniflash xalqaro xususiy huquq fanida va amaliyotda

muhim ahamiyat kasb etadi. Transchegaraviy savdo bitimlarining murakkabligi va xilma-
xilligi ularni aniq va to‘g‘ri tasniflashni taqozo etadi. Xalqaro huquqiy hujjatlar, xalqaro tijorat
odatlari va ilmiy manbalarda transchegaraviy savdo shartnomalarining quyidagi asosiy turlari
keng va batafsil ko‘rsatib o‘tiladi:

1.1.

Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari.


background image

Page 15

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

Transchegaraviy savdoda eng ko‘p qo‘llaniladigan shartnoma turi bo‘lib, xalqaro

savdoda tovarlarning eksport-import operatsiyalari aynan shu shartnomalar orqali amalga
oshiriladi. Mazkur shartnomalar xalqaro huquqda, xususan, 1980-yilgi BMT Vena
konvensiyasi (CISG) orqali tartibga solinadi. CISG xalqaro tijorat shartnomalariga nisbatan
yagona moddiy-huquqiy me’yorlarni belgilaydi va tomonlarga huquqiy munosabatlarda
aniqlik hamda barqarorlik ta’minlaydi. CISG ishtirokchilari orasida hozirgi kunda dunyoning
97 ta davlati mavjud bo‘lib, ular global savdo aylanmasining asosiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ham mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar qatorida
turadi.

Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari

tovarlarni yetkazib berish shartlari orqali belgilanadi. Yetkazib berish shartlari ko‘pincha
Xalqaro Savdo Palatasi tomonidan ishlab chiqilgan INCOTERMS qoidalari orqali ifodalanadi.
INCOTERMS xalqaro tijorat shartnomalarida FOB (Free on Board), CIF (Cost, Insurance and
Freight), DAP (Delivered At Place) kabi standart shartlarni taqdim etib, taraflarning huquq va
majburiyatlarini aniq ko‘rsatib beradi (UNCTAD, 2020).

2. Xalqaro xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari

. Mazkur shartnomalar xalqaro savdo

doirasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bitimlarni tartibga soladi. Ular moliyaviy, transport,
sug‘urta, konsultatsiya, texnik xizmatlar va boshqa xalqaro xizmatlarni qamrab oladi.
Xizmatlar savdosi ko‘pincha JSTning Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh bitimi

2

(GATS, 1994)

bilan tartibga solinadi. Ushbu bitim xalqaro xizmatlar bozorida diskriminatsiyani oldini olish
va adolatli raqobat muhitini yaratishni maqsad qiladi. Bundan tashqari, xalqaro arbitraj va
nizolarni hal qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomalari xalqaro tijorat arbitraji

3

(1958

yilgi Nyu-York konvensiyasi) orqali ham tartibga solinadi.

3. Xalqaro agentlik va distribyutorlik shartnomalari

. Bu turdagi shartnomalar

xalqaro biznesda vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi shaxslar – agentlar yoki
distribyutorlarning faoliyatini tartibga soladi. Agent yoki distribyutor bir davlatdagi
kompaniyaning mahsulotlarini boshqa davlat bozoriga olib chiqish uchun xizmat qiladi.
Mazkur munosabatlar ko‘pincha UNIDROIT institutining Xalqaro tijorat shartnomalari
prinsiplari (2016) asosida tartibga solinadi

4

.

4. Litsenziya va franchayzing shartnomalari

. Bu shartnomalar intellektual mulk

huquqlaridan foydalanishga asoslanadi va xalqaro bozorda patentlar, savdo belgilari, nou-xau
kabi huquqlardan foydalanishni tartibga soladi. Xalqaro darajada bu munosabatlar JSTning
Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to‘g‘risidagi bitimi (TRIPS, 1994) orqali
tartibga solinadi.

5. Xalqaro investitsiya shartnomalari

. Bu shartnomalar ikki yoki ko‘p tomonlama

investitsiya bitimlari orqali tartibga solinib, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va himoyalash
maqsadida tuziladi. Mazkur shartnomalar xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish
uchun xalqaro arbitraj mexanizmlarini qo‘llash imkonini yaratadi.

Transchegaraviy savdo shartnomalarida huquqni tanlash erkinligi prinsipiga ko‘ra,

tomonlar o‘z shartnomalariga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni mustaqil ravishda va erkin
tanlash imkoniyatiga egadirlar. Xalqaro xususiy huquq fanida mazkur prinsip "tomonlar




background image

Page 16

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

avtonomiyasi" (party autonomy) sifatida tanilgan bo‘lib, u xalqaro tijorat bitimlarida
shartnoma erkinligini ta’minlovchi asosiy tamoyillardan biri hisoblanadi.

Tomonlar avtonomiyasi prinsipi xalqaro huquqiy hamjamiyat tomonidan keng e’tirof

etilgan va xalqaro xususiy huquq sohasidagi eng muhim kollizion prinsip sifatida qabul
qilinadi. Taniqli huquqshunos M.M. Boguslavskiyga ko‘ra, tomonlarning o‘z shartnomalariga
tatbiq etiladigan huquqni erkin tanlash huquqi xalqaro tijorat munosabatlarida huquqiy
aniqlik va barqarorlikni ta’minlashning asosiy kafolati hisoblanadi. Ushbu tamoyil xorijiy
elementli shartnomalarda tomonlarning o‘z manfaatlarini samarali himoya qilish
imkoniyatlarini kengaytiradi hamda xalqaro savdoda huquqiy noaniqlik xavfini sezilarli
ravishda kamaytiradi

5

.

Xalqaro miqyosda mazkur prinsipni mustahkamlovchi muhim hujjatlar mavjud. Bu

borada 2015-yilda Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi tomonidan qabul
qilingan

Xalqaro tijorat shartnomalarida qo‘llaniladigan huquqni tanlash prinsiplari

(Hague Principles on Choice of Law in International Commercial Contracts)

alohida o‘rin

tutadi. Ushbu prinsiplar xalqaro savdo amaliyotida tomonlar avtonomiyasini keng qo‘llashga
qaratilgan bo‘lib, shartnomaviy munosabatlarda huquqni tanlash huquqining chegaralari va
shartlarini batafsil belgilab bergan. Gaaga prinsiplari taraflarning erkin tanlash imkoniyatini
qo‘llab-quvvatlash bilan birga, huquq tanlashda tomonlarning "o‘zaro bog‘langanligi" (closest
connection) mezoniga ham murojaat qilish imkoniyatini yaratadi

6

.

Yevropa Ittifoqining

Rim I Reglamenti (Regulation (EC) No 593/2008)

ham

tomonlarning huquq tanlash erkinligini tartibga soluvchi asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi.
Mazkur reglament xalqaro savdo shartnomalari bo‘yicha huquq tanlash prinsipi va uning
qo‘llanish tartibini aniq belgilab beradi. Rim I Reglamentining 3-moddasiga ko‘ra, shartnoma
taraflari o‘zaro kelishuv orqali qo‘llaniladigan huquqni aniq va ravshan shaklda tanlash
huquqiga egadirlar. Agar tomonlar o‘zlari qo‘llaniladigan huquqni tanlamagan bo‘lsalar,
Reglamentga ko‘ra shartnoma eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan davlat huquqi qo‘llaniladi

7

. Taniqli

huquqshunos P. Stone mazkur reglamentning xalqaro savdo shartnomalari uchun
qo‘llaniladigan huquqni aniqlashda tomonlarning avtonomiyasini asosiy prinsip sifatida
ko‘rsatishini ta’kidlaydi va bu yondashuvni xalqaro tijorat huquqining zamonaviy
rivojlanishining mantiqiy natijasi deb hisoblaydi

8

.

AQSh va Buyuk Britaniya kabi umumiy huquq tizimi mamlakatlarida ham tomonlar

avtonomiyasi tamoyili xalqaro shartnomalarda keng qo‘llaniladi. Xususan, AQShda
"Restatement (Second) of Conflict of Laws" hujjatida xalqaro shartnomalar bo‘yicha huquqni
tanlash erkinligi prinsipi mustahkamlangan bo‘lib, tomonlarning tanlagan huquqi qonuniy va
asosli deb qabul qilinadi, agar bu tanlov aniq va erkin amalga oshirilgan bo‘lsa

9

. Britaniya

amaliyotida ham tomonlarning shartnomaviy huquq tanlash erkinligi "English common law"
va xalqaro tijorat arbitrajidagi qarorlar orqali keng tasdiqlanib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham mazkur prinsip mustahkamlangan bo‘lib,

Fuqarolik kodeksining VI-bo‘limida (Xalqaro xususiy huquq normalarini qo‘llash) huquqni
tanlash erkinligi prinsipining asoslari belgilab berilgan. Jumladan, FK 1164-moddasiga ko‘ra,






background image

Page 17

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

tomonlar xorijiy elementli shartnomalarga tatbiq etiladigan huquqni kelishuv orqali erkin
ravishda tanlashlari mumkin. Ammo O‘zbekiston amaliyotida bu tamoyilning tatbiq etilishida
ayrim cheklovlar mavjud bo‘lib, xususan, majburiy milliy qonun normalari va ommaviy tartib
(public policy) talablariga zid keluvchi huquq tanlashni amalga oshirish mumkin emasligi
ta’kidlanadi

10

Professor A.Saidov ta’kidlaganidek, xalqaro tijorat shartnomalarida huquq tanlash

erkinligining keng tatbiq qilinishi mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyatlarini sezilarli ravishda oshiradi va xalqaro savdo ishtirokchilari uchun huquqiy
aniqlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari, xalqaro tijorat shartnomalarida tomonlarning huquq
tanlash erkinligi prinsipining amalda qo‘llanilishi xalqaro nizolarni samarali hal qilishga
xizmat qiladi va xalqaro tijorat arbitrajida nizolarni tez va samarali hal etish imkoniyatini
oshiradi

11

Xulosa qilib aytganda, xalqaro tijorat shartnomalarida huquq tanlash erkinligi

prinsipining keng e’tirof etilishi xalqaro savdo munosabatlarida huquqiy barqarorlik va
xavfsizlikni oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro va milliy qonunchilikning mazkur tamoyilni
mustahkamlashi orqali tijorat munosabatlarida huquqiy noaniqliklar kamayib, xalqaro savdo
subyektlari manfaatlari yanada samarali himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida ham mazkur prinsip Fuqarolik kodeksining VI-bo‘limi bilan
tartibga solingan. Unga ko‘ra, tomonlar o‘z shartnomasiga nisbatan istalgan mamlakat
huquqini qo‘llashni kelishib olishlari mumkin. Shunday qilib, transchegaraviy savdo
shartnomalarida huquqni tanlash erkinligi prinsipining mavjudligi xalqaro savdo
munosabatlarida huquqiy aniqlik va oldindan aytib bo‘ladiligi darajasini oshiradi hamda
taraflarning tijorat manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

American Law Institute. (1971). Restatement (Second) of Conflict of Laws. Retrieved from

https://www.ali.org
2.

Boguslavskiy, M. M. (2018). Mezhdunarodnoe chastnoe pravo: Uchebnik (2nd ed.). Moskva:

Norma.
3.

European Parliament and Council. (2008). Regulation (EC) No 593/2008 of the European

Parliament and of the Council of 17 June 2008 on the law applicable to contractual obligations
(Rome I). Official Journal of the European Union. Retrieved from https://eur-lex.europa.eu
4.

General Agreement on Trade in Services (GATS), Apr. 15, 1994, Marrakesh Agreement

Establishing the World Trade Organization, Annex 1B, 1869 U.N.T.S. 183.
5.

HCCH. (2015). Hague Principles on Choice of Law in International Commercial Contracts.

The Hague Conference on Private International Law.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. (1996). Respublika qonun hujjatlari

ma’lumotlari bazasi. Retrieved from https://lex.uz
7.

Schreuer, C. H., Malintoppi, L., Reinisch, A., & Sinclair, A. (2009). The ICSID Convention: A

Commentary (2nd ed.). Cambridge University Press.



background image

Page 18

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 06, Part 2 June 2025

www.in-academy.uz

8.

Stone, P. (2018). EU Private International Law (4th ed.). Cheltenham: Edward Elgar

Publishing.
9.

UNIDROIT. (2016). UNIDROIT Principles of International Commercial Contracts 2016.

Rome: International Institute for the Unification of Private Law.
10.

United Nations. (1958). Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign

Arbitral Awards (New York Convention), June 10, 1958, 330 U.N.T.S. 3.

Библиографические ссылки

American Law Institute. (1971). Restatement (Second) of Conflict of Laws. Retrieved from https://www.ali.org

Boguslavskiy, M. M. (2018). Mezhdunarodnoe chastnoe pravo: Uchebnik (2nd ed.). Moskva: Norma.

European Parliament and Council. (2008). Regulation (EC) No 593/2008 of the European Parliament and of the Council of 17 June 2008 on the law applicable to contractual obligations (Rome I). Official Journal of the European Union. Retrieved from https://eur-lex.europa.eu

General Agreement on Trade in Services (GATS), Apr. 15, 1994, Marrakesh Agreement Establishing the World Trade Organization, Annex 1B, 1869 U.N.T.S. 183.

HCCH. (2015). Hague Principles on Choice of Law in International Commercial Contracts. The Hague Conference on Private International Law.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. (1996). Respublika qonun hujjatlari ma’lumotlari bazasi. Retrieved from https://lex.uz

Schreuer, C. H., Malintoppi, L., Reinisch, A., & Sinclair, A. (2009). The ICSID Convention: A Commentary (2nd ed.). Cambridge University Press.

Stone, P. (2018). EU Private International Law (4th ed.). Cheltenham: Edward Elgar Publishing.

UNIDROIT. (2016). UNIDROIT Principles of International Commercial Contracts 2016. Rome: International Institute for the Unification of Private Law.

United Nations. (1958). Convention on the Recognition and Enforcement of Foreign Arbitral Awards (New York Convention), June 10, 1958, 330 U.N.T.S. 3.