Авторы

  • Gulhayo Boymurodova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti, ingliz tili o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126608

Ключевые слова:

Individual o‘rganish uslubi Vizual o‘quvchilar Audial o‘quvchilar Kinestetik o‘quvchilar Differensial yondashuv Pedagogik metod Dars samaradorligi Motivatsiya Faol ishtirok.

Аннотация

Maqolada o‘quvchilarning individual o‘rganish uslublariga qarab (vizual, audial va kinestetik) ta’lim jarayoniga qanday yondashish kerakligi yoritiladi. Har bir o‘quvchi turining xususiyatlari, qanday uslublar orqali samarali bilim berish mumkinligi va o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar keltirilgan. Shu orqali darslar individual ehtiyojlarga moslashtirilgan holda o‘tilsa, o‘zlashtirish darajasi va motivatsiya oshadi


background image

Page 188

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

CHET TILLARINI O‘RGANISHDA O‘QUVCHILAR TURIGA

QARAB YONDASHUV: VIZUAL, AUDIAL, KINESTETIK

O‘RGANUVCHILAR

Boymurodova Gulhayo Ismoil qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti, ingliz tili o‘qituvchisi

Email: gulhayoismoilovna@gmail.com

Tel: (+998) 97 385 95 59

https://doi.org/10.5281/zenodo.15752550

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Maqolada

o‘quvchilarning

individual

o‘rganish

uslublariga qarab (vizual, audial va kinestetik) ta’lim
jarayoniga qanday yondashish kerakligi yoritiladi. Har
bir o‘quvchi turining xususiyatlari, qanday uslublar
orqali samarali bilim berish mumkinligi va
o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar keltirilgan. Shu orqali
darslar individual ehtiyojlarga moslashtirilgan holda
o‘tilsa, o‘zlashtirish darajasi va motivatsiya oshadi

KEY WORDS

Individual o‘rganish uslubi; Vizual
o‘quvchilar; Audial o‘quvchilar;
Kinestetik o‘quvchilar; Differensial
yondashuv ; Pedagogik metod;
Dars samaradorligi; Motivatsiya;
Faol ishtirok.

Ma’lumki, chet tillarini o’rganishda har bir o‘quvchining o‘rganish uslubi har xil. Kimdir

eshitib yaxshiroq o‘rganadi, kimdir ko‘rib, yana kimdir harakatlar orqali o‘zlashtiradi. Shu

sababli, ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarning o‘rganish uslublari (learning styles) ni inobatga

olish o‘ta muhim. Bu yondashuv talabaning tilni o‘zlashtirishini tezlashtiradi va darslarni

qiziqarli qiladi.

Vizual o‘quvchilar (ko‘ruv orqali o‘rganadiganlar)
Audial o‘quvchilar (eshitib o‘rganadiganlar)

Kinestetik o‘quvchilar (harakat orqali o‘rganadiganlar)

Endi har biriga alohida to’xtalib o’tsak.

Har bir o‘quvchi ma’lumotni o‘ziga xos uslubda o‘zlashtiradi. Ularning o‘rganish

uslublarini bilish — dars samaradorligini oshirish uchun muhim omildir. Shulardan biri —

vizual o‘quvchilar

Vizual o‘quvchilarning xususiyatlari:

Tasvir, grafik va ranglar orqali o‘rganishni yoqtiradilar.

So‘zlarni rasm yoki simvol bilan bog‘lab eslaydilar.

Matnni rasm yoki sxemaga aylantirib ishlashga moyil bo‘ladilar.

O‘zlashtirish tezligi vizual materiallar bilan oshadi.


background image

Page 189

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Vizual o‘quvchilar uchun samarali o‘qitish usullari:

-

“Word + Picture” flashcards – yangi so‘zlarni surat bilan bog‘lab yodlash.

-

Grammar posters – grammatik qoidalarni rangli plakatlarda ko‘rsatish.

-

Infographics – mavzularni ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan yoritish.

-

Video-based learning – videoga asoslangan topshiriqlar bilan ishlash.

-

Timeline method – voqealarni vizual tarzda ketma-ket joylashtirish.

-

Color coding – grammatik strukturalarni rang bilan farqlash.

-

Venn diagram – so‘zlar va tushunchalarni solishtirish usuli.

-

Real dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan usullar

-

Fe’l zamonlarini jadvalda rangli ko‘rinishda ko‘rsatish.

-

So‘z turkumlarini ranglar bilan kodlash: otlar – ko‘k, fe’llar – yashil.

-

Mind map orqali matn rejasini tuzish.

-

PowerPoint orqali mavzuni slaydlar bilan tushuntirish.

-

YouTube’dagi qisqa videoni ko‘rsatib, undan so‘z yoki iboralarni topish topshirig‘i.

Vizual o‘quvchilarning o‘rganish natijalariga e`tibor bersak, ularda so‘z boyligi

yaxshilanadi, yodlash qulay bo‘ladi. Shuningdek ularning yozma ishlari strukturali, aniq va

mantiqiy bo‘ladi.

Mustaqil o‘rganishda ko‘proq internet, grafik va rasmli resurslardan foydalanadi.Vizual

o‘quvchilar bilan ishlashda ularning qabul qilish uslubini inobatga olgan holda, dars

materiallarini ko‘rgazmali, rangli, grafik shakllarda taqdim etish tavsiya qilinadi. Bu nafaqat

o‘zlashtirish darajasini oshiradi, balki ularni darsga faol jalb qiladi.

2. Audial o‘quvchilar (eshitib o‘rganadiganlar)

Audial (yoki eshituvchan) o‘quvchilar – ma’lumotni eshitish, suhbatlashish, muhokama

qilish orqali samarali o‘zlashtiradigan insonlardir. Ular vizual (ko‘ruv) yoki kinestetik

(harakat) o‘quvchilarga qaraganda tovushlar, ohanglar, talaffuzlar orqali yaxshiroq

o‘rganadilar.

Audial o‘quvchilarning miyasi eshitilgan axborotni fonologik va semantik tahlil qilish

orqali chuqurroq qayta ishlaydi. Ularning eshituv esh va nutq markazi kuchliroq bo‘lishi

mumkin (Broka va Vernike zonalari faolligi yuqori).

Belgilari:

-

Darsda gapirishga va tinglashga ko‘proq e’tibor beradi

-

Baland ovozda gapirib, fikrini o‘zi eshitib mustahkamlaydi

-

Matnni o‘qiganda ovoz chiqarib o‘qishni afzal ko‘radi


background image

Page 190

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

-

Eshitganini yozganidan ko‘ra tezroq tushunadi

-

Muzokaralarda faol ishtirok etadi

O‘qituvchining ohangi, intonatsiyasiga sezgir bo‘ladi.

Ularga mos metodlar:

“Repeat after me”:

O‘qituvchi iborani aytadi, o‘quvchi takrorlaydi

“Audio dictation”:

O‘qituvchi matnni aytadi, o‘quvchi yozadi

“Pair conversations”: Juftlikda gaplashish, muloqot qilish

“Songs and rhymes”: Inglizcha she’r, qo‘shiq, ritmik gaplar orqali yodlash

“Listening quizzes”: Audio tinglab, savollarga javob berish
“Storytelling”: Og‘zaki hikoya qilish va tinglash orqali o‘rganish

Real dars mashg‘ulotlar:

“Guess the Word” – talaffuz qilingan so‘zni topish o‘yini

“Audio Bingo” – audio orqali berilgan so‘zlarni daftariga moslab belgilash

“Echo reading” – o‘qituvchidan keyin ohangni saqlab o‘qish

“Listening tree” – matnni tinglab, voqealarni ketma-ketlikda chizish
“Who Said That?” – matndagi gapni kim aytgani eslab topish

Audial o`quvchilarning afzalliklari shundaki, ular o`zlarini suhbatlarda o‘zini erkin

tutadi,nutq madaniyati va talaffuzi tez shakllanadi, og‘zaki bahslarda faolligi oshadi, audio

asosli testlarda muvaffaqiyati yuqori bo‘ladi.

Ammo ular bilan ishlashda, quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak :

-

Faqat eshitish bilan chegaralanmaslik — ko‘rish va amaliy mashqlar bilan muvozanat

kerak

-

Eshitish moslamalari (naushnik, mikrofon, audio qurilmalar) sifatli bo‘lishi muhim

-

Barcha o‘quvchilar audial emas — individual yondashuv zarur.

Kinestetik o‘quvchilar

— harakat va jismoniy faoliyat orqali o‘rganishni afzal

ko‘radigan insonlardir. Ular qo‘l bilan ushlash, tajriba qilish, amaliyot asosida harakat qilib

o‘rgangan ma’lumotni yaxshiroq eslab qoladilar

Bu o‘quvchilarda tana xotirasi (muscle memory) kuchli bo‘ladi. Ular uchun tana

harakati, sezgi, muhit bilan bevosita aloqa asosiy o‘rganish manbai hisoblanadi. Harakatsizlik
yoki faqat tinglash asosidagi darslarda charchab qolishadi.

Kinestetik o‘quvchilarning xususiyatlari:

Harakat qilib o‘rganadi (ko‘proq “qilayotganida” o‘rganadi)

Qolida qalam, varaq, kartochka yoki qandaydir vosita bo‘lishini xohlaydi


background image

Page 191

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

Volume 4, Issue 6, Part 2 Iyun 2025

www.in-academy.uz

Og‘zaki emas, amaliy topshiriqlarda faolroq

Ko‘proq tana tili va imo-ishoralardan foydalanadi
Uzoq vaqt o‘tirib dars qilishda qiyinlanadi

O‘yinlar, rolli mashqlar, sahnalashtirishni yoqtiradi

Kinestetik o‘quvchilarga mos metodlar:

“Total Physical Response (TPR)”: So‘z yoki ibora aytilganda tana harakati bilan javob

berish

“Role-play”:

Voqeani rollarda o‘ynab ifodalash

“Flashcard relay”:

So‘zlar yozilgan kartalarni harakat bilan ishlatish

“Act it out”:

Hikoyani sahnalashtirish orqali ifodalash

“Touch-and-learn”: Buyumlar orqali o‘rganish (real narsalarni ushlab ko‘rish)

Aralash uslub

ko‘pchilik o‘quvchilarda uchraydi.

Ko‘pgina o‘quvchilar 2 yoki 3 uslubni birlashtirgan bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi

turli usullarni uyg‘unlashtirgan darslarni tuzishi kerak.

O‘quvchilar turiga qarab darslarni tashkil qilish — til o‘rganish jarayonini

shaxsiylashtirish demakdir. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olish, ularni
rag‘batlantiradi, ishtirokni oshiradi va tilni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi.
O‘qituvchi uchun bu ko‘proq tayyorgarlikni talab qiladi, ammo natijalar ancha samarali
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdurahmonova M. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –

Toshkent: TDPU, 2020.
2.

Jalolov J. Chet tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

3.

Praninskas J. Teaching English as a Second Language. – New York: Harper & Row, 1972

4.

Fleming, N. D. (2001). Teaching and Learning Styles: VARK Strategies. – Christchurch, New

Zealand: Neil Fleming.
5.

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. – White Plains, NY:

Pearson Education.
6.

Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. – London: Longman.

7.

Gardner, H. (1993). Multiple Intelligences: The Theory in Practice. – New York: Basic Books.

8.

Reid, J. M. (1987). The Learning Style Preferences of ESL Students. – TESOL Quarterly,

21(1), 87-111.
9.

Oxford, R. L. (1990). Language Learning Strategies: What Every Teacher Should Know. –

Boston: Heinle & Heinle.
10.

BBC Learning English – Ingliz tili o‘rgatishda audio va video resurslar manbasi sifatida.

11.

VARK Learn Limited – O‘quvchilar turini aniqlash va uslublar bo‘yicha tavsiyalar sayti.

Библиографические ссылки

Abdurahmonova M. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2020.

Jalolov J. Chet tilini o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

Praninskas J. Teaching English as a Second Language. – New York: Harper & Row, 1972

Fleming, N. D. (2001). Teaching and Learning Styles: VARK Strategies. – Christchurch, New Zealand: Neil Fleming.

Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. – White Plains, NY: Pearson Education.

Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. – London: Longman.

Gardner, H. (1993). Multiple Intelligences: The Theory in Practice. – New York: Basic Books.

Reid, J. M. (1987). The Learning Style Preferences of ESL Students. – TESOL Quarterly, 21(1), 87-111.

Oxford, R. L. (1990). Language Learning Strategies: What Every Teacher Should Know. – Boston: Heinle & Heinle.

BBC Learning English – Ingliz tili o‘rgatishda audio va video resurslar manbasi sifatida.

VARK Learn Limited – O‘quvchilar turini aniqlash va uslublar bo‘yicha tavsiyalar sayti.